Авторы

  • Fotima Xurramova
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.68126

Ключевые слова:

банк финансы реформа акции потребление предпринимательство инвестиции капитал клиент инвестиции.

Аннотация

В данной статье изучены роль, направления государственной политики в проведении финансовых реформ в нашей стране, анализ статистических данных по этому вопросу, обзор литературы, проведен аналитический анализ данных о перспективах дальнейшего стимулирования деятельности банков. На основании полученных данных были сделаны выводы и предложения в соответствующем порядке.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

33

O’ZBEKISTONDA MOLIYAVIY ISLOHOTLAR BORASIDA MAMLAKAT

SIYOSATINI AMALGA OSHIRISHDA TIJORAT BANKLARINING ROLI

Xurramova Fotima Bahodir qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi

mail: fotimaxurramova261@gmail.com

Tel:+998936685251

https://doi.org/10.5281/zenodo.14900448

Annotatsiya:

Ushbu maqolada mamlakatimizda moliyaviy islohotlarni olib borishda

davlat siyosatining o'rni, yo'nalishlari, bu borada statistik ma'lumotlar tahlili, adabiyotlar
sharhi o'rganilib, banklar faoliyatini yanada rag'batlantirish istiqbollari bo'yicha
ma'lumotlarning analitik tahlili amalga oshirildi. Olingan ma'lumotlar asosida tegishli tartibda
xulosa va takliflar berildi.

Abstract:

In this article, an analysis of the role, directions of state policy in conducting

financial reforms in our country, statistical data analysis in this regard, a review of literature
was studied and an analytical analysis of information on the prospects for further stimulation
of banking activities was carried out. Based on the data obtained, conclusions anda proposals
were made in the appropriate order.

Аннотация:

В данной статье изучены роль, направления государственной

политики в проведении финансовых реформ в нашей стране, анализ статистических
данных по этому вопросу, обзор литературы, проведен аналитический анализ данных о
перспективах дальнейшего стимулирования деятельности банков. На основании
полученных данных были сделаны выводы и предложения в соответствующем порядке

.

Kalit so’zlar:

bank, moliya, islohot, aksiyadorlik, iste'mol, tadbirkorlik, investitsiya,

kapital, mijoz, sarmoya.

Key words:

banking, finance, reform, stock, consumer, entrepreneurship, investment,

capital, customer, investment.

Ключевые

слова:

банк,

финансы,

реформа,

акции,

потребление,

предпринимательство, инвестиции, капитал, клиент, инвестиции

.

Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim sub'ekti bo'lgan banklar faoliyatini

o'rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya va operatsiyalarini bilishni lozim hisoblanadi.
Odatda iqtisodiyotning holati banklar faoliyati bilan aniqlanadi. Banklar iqtisodiyotni
harakatga keltiruvchi organ hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda
vositachi sifatida, kapital aylanishining uzluksizligini ta'minlash, bo'sh pul mablag'larini yig'ish
va ularni pul zarur bo'lgan sub'ektlar o'rtasida taqsimlash bo'yicha faoliyat olib boradi Banklar
faoliyatining boshqa sub'ektlardan farqli yana bir tomoni shundaki, ular asosan jalb qilingan
mablag'larga tayanib ishlaydilar Bu esa o'z navbatida bank ishining risklilik darajasini oshiradi.
Chunki bank bir tomondan unga o'z jamg'armalarin 'armalarini ishonib topshirgan yuridik va
jismoniy shaxslar oldida majburiyatga atga ega bo'lsa, ikkinchi tomondan bank o'z
aktsiyadorlari oldida majburiyatga ega hisoblanadi. Shu sabab banklar mablag'larni doimo
iqtisod qilib ish olib boradilar. Banklar faoliyatidagi bunday ehtiyotkorlikni mashhur yozuvchi
Mark Tven "Bankir shunday odamki, u quyosh chiqib turganda sizga soyabonini berib turadi-
yu, yomg'ir yog'ishi bilan uni sızdan tortib oladi deb ta'riflagan edi. O'zbekistonda moliyaviy


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

34

islohotlar haqida davlat siyosatı amalga oshirilishida tijorat banklarining roli muhim
hisoblanıb, bu siyosat moliyaviy tizimini rivojlantirish, iste'molni oshirish va mamlakatni
xalqaro moliyaviy tizimiga integratsiyalashishga qaratilgan.Tijorat banklari moliyaviy
resurslarni jalb qilish, savdo-sotiqni rivojlantinsh va kapitalni hajmini oshintshda muhim rol
o'ynaydilar. Ular moliyaviy in tutlar orqali kreditlar berib, korporativ tadbirkorlarni qo'llab-
quvvatlaydilar Tijorat banklarining faoliyatini rivojlantirish orqali O'zbekiston moliyaviy
tizimini kengaytirishga harakat qilinadi. Yangi bank xizmatlarini ishlab chiqish, moliyaviy
innovatsiyalar va xizmatlarni takomillashtirish, xonjiy investitsiyalarni jalb qilish va
mamlakatni xalqaro moliyaviy tizimga integratsiyalashishda tijorat banklari katta rol o'ynaydi.

Tijorat banklari faoliyatiga nisbatan respublika Markaziy banki tomonidan o'rnatilgan

dastlabki, asosiy iqtisodiy normativlardan biri bank kapitalining minimal miqdori
ko'rsatkichidir Xalqaro bank amaliyotida bank ustav kapitalining minimal miqdori 5 min. AQSh
dollari atrofidagi miqdorni tashkil etadi. Shu sababli, bank kapitalini xalqaro andozalar bo'yicha
etarli bo'lishi uchun 5 mln. dollar miqdorida shakllantirish lozim. Respublikamızda xorijiy
kapital ishtirokidagi banklarga nisbatan belgilangan ustav kapitalining minimal miqdori
xalqaro andozalarga mos keladi. Ya'ni 1998-yil 1- yanvardan boshlab ushbu miqdor 5,0 min
AQSh dolları qilib belgilangan O'zbekiston mustaqilligining Respublikasida davlat dastlabki
davrlaridan boshlaboq tijorat banklarining kapital bazasini mustahkamlashga katta e'tibor
berildi Respublika Markaziy bankining 1998-yil 2- noyabrdagi 420-sonli yo'riqnomasiga
asosan 1999-yil 1-yanvardan boshlab aholisi 0,5 mln. kishidan ortiq bo'lgan shaharlarda tashkil
etiladigan tijorat banklan uchun ustav kapitalining minimal miqdori 2,0 min. AQSh dollari
miqdorida belgilab qo'yildi. Aholisi 0,5 mln. kishidan kam bo'lgan shaharlarda tashkil etiladigan
banklar uchun bu ko'rsatkich 1,0 min. dollar qilib belgilandi. 2000-yilning 1-yanvaridan
boshlab banklarning ustav kapitalining minimal miqdori yanada oshirildi va uning miqdori mos
ravishda 2,5 mln. va 1,25 min. AQSh dollari ekvivalentı miqdorida belgilab qo'yildi. Demak, bir
yil ichida tijorat banklarini ustav kapitalining minimal miqdorini 25 foizga oshirish majburiyati
belgilab qo'yildi. holbuki, 1999-yil 1-yanvarga qadar tijorat banklari ustav kapitalining minimal
miqdori aholisi 0,5 mln kishidan ortiq bo'lgan shaharlarda tashkil etiladigan tijorat banklari
uchun 1,5 min AQSh dollari ekvivalenti miqdorida, aholisi 0,5 mln. kishidan kam bo'lgan
shaharlarda tashkil etiladigan banklar uchun esa 0,75 mln. AQSh dollari miqdorida belgilab
qo'yilgan edi. Kredit qo'yilmalari, boshqa so'z bilan aytganda, moliyaviy tijorat banklari yoki
boshqa moliyaviy institutlar tomonidan mijozlarga kreditlar taqdim etilishidir. Bu kreditlar
korporativ tashkilotlar, yoki shaxsiy foydalanuvchilarga moliyaviy sohani rivojlantirish,
tadbirkorlikni oshirish, yoki shaxsiy ehtis Jarni qondirish uchun ishlatiladi. Shunigdek, kredit
qo'yilmalari moliyaviy tizimning rivojlanishida, hamda moliyaviy tizimning umumiy xizmat
ko'rsatishida muhim ahamiyatga ega. Kreditlar tijoratni o'zgartinsh, kapital sarmoyası
tuzilishini rivojlantirish va moliyaviy islohotlarni kengaytirish imkonini beradi.

2023-yilga nisbatan 2024-yilda ilg'or sohalar hisoblanmish sanoat va jismoniy shaxslar

uchun ajratilgan kredit ta'minoti hajmi bir qadar ortgan bo'lib (3-rasm), jismoniy shaxslar
uchun kredit qo'yilmalari (2024-yil 1- yanvar holatiga) 148 trillion 624 milliard so'mni, sanoat
uchun esa 140 trillion 152 milliard so'mni tashkil qilgan. 2024-yilning 1-yanvar holatiga ko'ra
qishloq xo'jaligi sohasining kredit qo'yilmalari hajmi bir oz kamayib 47 trillion 255 milliard


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

35

so'mni tashkil qilgan. Bunig asosiy sababi, qishloq xo'jaligi sohasidagi qator islohotlar
hisoblanib, so'nggi yıllarda sanoatning agrar ko'rinishidan ko'ra boshqa turdagi sanoat,
shiningdek xizmat ko'rsatishga katta e'tibor berilayotganligidir. Qurilish, moddiy va tehnik
ta'minotni rivojlantirish va uy-joy kommunal xizmati sohalariga kredit qo'yilmalan ham mos
ravishda 12 trillion 275 milliard, 4 trillion 67 milliard va 2 trillion 345 milliardni tashkil qilgan.
Bu miqdorlar o'tgan yilgiga qaraganda ancha ortganligini sezish mumkin bo'ladi, shuningdek,
yurtimizda amalga oshinlayotgan moliyaviy va boshqa sohalardag islohotlarga misol bo'la
oladı.

2024 YIL I CHORAKDAGI BANKLAR FAOLIYATINING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI:

Ushbu rasmda banklar bo’yicha umumiy reytinglar keltirilgan

Bank tizimining jami aktivlarining o‘sish surʼati sekinlashdi. 2022-2023 yillarda ushbu

ko‘rsatkich 20-30% oralig‘ida bo‘lib, 2024 yil 1 mart holatiga 15,4%ni tashkil etdi. Bank tizimi
aktivlari 648,6 trln. so‘mni, majburiyatlari esa 549,6 trln. so‘mni tashkil etdi. Bank tizimi
aktivlarining 67,4 foizi, kredit portfelining 70,1 foizi – 331,2 trln. so‘m hamda depozitlarning


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

36

50,7 foizi – 120,6 trln so‘m 10 ta davlat ulushi mavjud banklar hissasiga, qolgan qismi 25 ta
xususiy banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bankning asosiy vazifalaridan biri bo'sh pul

mablag'larini mumkin qadar ko'proq jalb qilish va ularni boshqa foyda keltiruvchi optimal
aktivlarga joylashtirishdan iborat.Shu o’rinda yuqoridagi rasmda 2024-yildagi banklarning
umumiy reytingi, reyting o’zgarishi, moliyaviy vositachilik bo’yicha reyting,kapital yetarliligi
bo’yicha reyting, aktivlar sifati bo’yicha reyting, boshqaruv samaradorligi bo’yicha reyting,
daromad olish salohiyati bo’yicha reyting, likvidligi bo’yicha reytinglar berilgan va barcha
banklar o’rini yuqoridagi jadvalda keltirilgan. Ko’rib turganimizdek, Kapital bank hamma
samaradorlik bo’yicha peshqadamdir. Faoliyat ko'rsatayotgan banklar ustav kapitaliga talablar
iqtisodiy ahvol va bankning moliyaviy holatidan kelib chiqib markaziy bank tomonidan
belgilanadi. Shuningdek, bank ustav a kapitali miqdorini o'zgarishi va oʻzgarishni ro'yxatga
olish tartibi Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi.

References:

1.

Sh. Abdullayeva. Bank ishi. Darslik. Toshkent moliya instituti. 2003 yil. 3-bet.

2.

M. Twain. Pudd'nhead Wilson. The Century Magazine. 1894

3.

Sh. Abdullayeva. Bank ishi. Darslik. Toshkent moliya instituti. 2003 yil. 84-bet.

4.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.

Библиографические ссылки

Sh. Abdullayeva. Bank ishi. Darslik. Toshkent moliya instituti. 2003 yil. 3-bet.

M. Twain. Pudd'nhead Wilson. The Century Magazine. 1894

Sh. Abdullayeva. Bank ishi. Darslik. Toshkent moliya instituti. 2003 yil. 84-bet.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)