ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
93
PEDAGOGIKA YOʻNALISHI TALABALARINI OʻQUVCHILARNING KASBIY
IJTIMOIYLASHUVI FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING METODIK TA'MINOTI
Maxkamova Dilafruz Aliyevna
Qoʻqon DPI Boshlangʻich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri
https://doi.org/10.5281/zenodo.14942655
Annotatsiya:
Mazkur maqolada pedagogika yoʻnalishi talabalarini oʻquvchilarning kasbiy
ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashning metodik ta’minoti va uning bugungi kundagi amalga
oshirish mexanizmlari bayon etilgan. Shuningdek, boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning
kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlash jarayoni – yoshlar psixologiyasini bilish, oʻz
taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda
ishga yaroqlilik hususida ham ayrim fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Kalit soʻzlar.
pedagogika yoʻnalishi talabalari, kasbiy ijtimoiylashuv, yoshlar
psixologiyasi, obyektiv va toʻgʻri idrok qilish, kasbiy faoliyatning motivlari, ijtimoiy-kasbiy
yoʻnaltirish.
МЕТОДИЧЕСКОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ ПОДГОТОВКИ СТУДЕНТОВ
ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ВУЗА К ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ СОЦИАЛИЗАЦИИ
УЧАЩИХСЯ
Махкамова Дилафруз Алиевна
Заведующий кафедрой методики начального образования
Кокандской ГПИ
Абстрактный.
В статье рассматривается методическое обеспечение подготовки
студентов педагогической специальности к деятельности по профессиональной
социализации обучающихся и механизмы его реализации на современном этапе. Также
высказываются некоторые мысли о процессе подготовки будущих учителей к
профессиональной социализации учащихся - знание психологии юности, знание
организации собственного развития и талантов, оптимальной трудоустраиваемости в
любом возрасте.
Ключевые слова.
Студенты педагогических вузов, профессиональная
социализация, психология молодежи, объективное и правильное восприятие, мотивы
профессиональной деятельности, социально-профессиональная ориентация.
METHODOLOGICAL SUPPORT FOR PREPARING STUDENTS OF
PEDAGOGICAL DEPARTMENT FOR PROFESSIONAL SOCIALIZATION OF
STUDENTS
Makhkamova Dilafruz Aliyevna
Head of the Department of Primary Education Methodology of Kokand SPI
Annotation.
This article describes the methodological support for preparing students of
the pedagogical direction for the activities of professional socialization of students and the
mechanisms of its implementation today. Also, some thoughts are expressed on the process of
preparing future teachers for the activities of professional socialization of students - knowledge
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
94
of youth psychology, knowledge of organizing one's own development and abilities, and
optimal employability at any age.
Keywords.
students of the pedagogical direction, professional socialization, youth
psychology, objective and correct perception, motives of professional activity, socio-
professional orientation.
Boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlash
jarayoni – yoshlar psixologiyasini bilish, oʻz taraqqiyotini va iqtidorini tashkil etishni bilish, har
qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli oʻzgarishlarga psixologik
jihatdan tayyorgarlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, roʻy berayotgan
jarayonlarni obyektiv va toʻgʻri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari
suradi”.[1.B.200] Pedagogika va psixologiya fanlarida oʻquv hamda kasbiy faoliyatning
motivlari tarkibi keng tadqiq qilingan. Biroq, oʻquvchilar va faoliyat olib borayotgan yosh
mutaxassislarning ijtimoiy-kasbiy yoʻnaltirish bilan bogʻliq kasbiy motivatsiyaning mazmuniy
jihatlari hanuzgacha toʻliq tadqiq qilinmagan.
“Adabiyotlar va tadqiqotlar natijalari quyidagi kasbiy-ahamiyatli sabablarni ajratib olish
imkonini beradi:
kasb va oʻquv muassasasini tanlash sabablari;
oʻqish, oʻquv kasbiy faoliyat sabablari;
ish joyini tanlash sabablari;
mehnat (kasbiy faoliyat) sabablari;
kasbiy oʻsish va martabasining oshish sabablari”.[2.B.22]
Oʻquvchilarda kasb tanlash va kasbiy motivatsiyaning shakllanishi ularning ongida aks
etgan aniq ijtimoiy-kasbiy yoʻnalishning ta’siri bilan bogʻliq holda shakllanadi, ya’ni “bu jarayon
ma’lum darajada shaxsiy qadriyatlar va jamiyat ehtiyojlariga mos keladigan kasbiy tasavvurlar
orqali shartlanadi:
jamoatchilik fikri boʻyicha kasbning nufuzi;
mazkur kasb boʻyicha iste’molchilar uchun mehnat natijalarining (mahsulotlar,
xizmatlar) ahamiyati;
mehnat bozorida kasbga (nomutaxassislikka) boʻlgan talab;
katta maosh olish imkoniyati;
kasbiy faoliyatning ijodiy xususiyati;
mazkur kasbga boʻlgan qiziqish va yaxshi mutaxassis boʻlishga intilishi;
kasbiy oʻsish, mehnatda martaba oshirish istiqbollari”.[3.B.98-99]
Tabiiyki, hozirgi yoshlarning aksariyatida kasbiy kelajagini tasodifiy hal etishlari ba’zi
murakkab kechinmalarga, tanlagan faoliyat yoʻnalishi boʻyicha ikkilanishlarga, ichki
ziddiyatlarga sabab boʻlmoqda. Jumladan, A.N.Leontev talqinidagi shaxs, faoliyat, ong va
ijtimoiy faollik oʻrtasidagi psixologik uygʻunlikning mavjudligi shaxs munosabatlari tizimining
psixologik mexanizmlarini shakllantirishda muhim metodologik ahamiyatga ega.
V.D.Shadrikov esa “munosabat motivatsiyasi jarayonini faoliyat tizimining funksional
psixologik modeliga bogʻlagan holda faoliyatli yondashuv motivatsiyasi kasbiy
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
95
tayyorgarlikning
oʻziga
xos
ijtimoiy-psixologik
istiqbollarini
ochib
berishini
ta’kidlaydi”.[4.B.12]
Kasb tanlash jarayoni ijtimoiy jihatdan katta ahamiyatga ega boʻlsa-da, uning asosida
alohida jismoniy shaxs yotadi. Shu sababli, har bir kasb tanlovchi shaxsga individual
yondashuvni amalga oshirish muhimdir. Buning uchun kasb tanlovchining yoshi va jinsi
xususiyatlariga asoslanib kasb ma’rifatini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda,
avvalo, shaxsning kasbga boʻlgan zarurati, ragʻbati, qobiliyati, qiziqishi va salohiyatini inobatga
olish zarur. Aks holda, umumiy xarakterga ega tavsiyalar va koʻrsatmalar kutilgan natijani
bermaydi, chunki har bir shaxsning oʻziga xos talablariga mos yondashuv talab etiladi. Hatto
oddiy kasb haqidagi ma’lumotlar ham turli yondashuvni talab etadi, chunki ularsiz asosiy
maqsadga erishishning imkoni yoʻq. Kasb haqidagi ma’lumotlar – bu oʻquvchilarni kasbning
mohiyati, shuningdek, har bir kasbning shaxs oldiga qoʻyadigan talablaridan xabardor qilishga
qaratilgan samarali ma’lumotlar toʻplamidir. Axborotlarning aniqligi, toʻliqligi, shaxsiy va
jamiyat uchun ahamiyatining aks ettirilishi bilan boshqa tarkibiy qismlardan ajralib turadi.
Oʻquvchilarni kasbiy ijtimoiylashuvi jarayoni dastlabki kasbiy madaniyat unsurlarini
oʻzlashtirishni talab qiladi. Kasbiy madaniyat doimo uni shakllantiruvchi ma’naviy poydevor
bilan boyib, bu gʻoyalar, bilimlar va inson maqsadlarining ramziy aksidir. Gʻoyasiz, bilimsiz va
maqsadsiz kasbiy madaniyatni shakllantirishning imkoni yoʻq. Ma’naviy madaniyatning natijasi
esa moddiy shaklda namoyon boʻlib, shu yoʻsinda moddiylashadi va ijtimoiy hamda kasbiy
faoliyatga tatbiq etiladi. Kasb madaniyatining mohiyatini aniqlash mumkin, chunki u har
qanday tashqi ifoda orqali insonning oʻsish yoki yetuklik darajasini aks ettiradi. Oʻquvchilarni
kasbga yoʻnaltirishga doir didaktik resurslar quyidagilar hisoblanadi:
1-jadval
BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI OʻQUVCHILARNING KASBIY IJTIMOIYLASHUVI
FAOLIYATIGA TAYYORLASHGA DOIR DIDAKTIK RESURSLAR
№
DIDAKTIK
RESURSLAR
TAVSIFI
1
Kasbiy
ijtimoiylashuvga
doir
mediamanbalar
Oʻquvchilar uchun moʻljallangan kasb tanlash, kasbiy
ijtimoiylashuv, karyera imkoniyatlariga doir mediamanbalar
oʻquvchilarga har doim, takroran ma’lumot olish imkoniyatini
beradi.
2
Kasb tanlashga
doir testlar
Onlayn yoki yozma kasbiy ijtimoiylashuv testlari
oʻquvchilarning qiziqishlari, qobiliyatlari va shaxsiyatiga
munosib ravishda identifikatsiya qilish va ma’lum bir kasbga
mosligini aniqlash imkonini beradi.
3
Amaliyot
Oʻquvchilarning oʻzlari qiziqqan sohalari, kasblari boʻyicha ilk
tajribalar egallash imkoniyati amaliyot orqali amalga oshadi.
Amaliy tajribalar oʻquvchilarga qaror qabul qilishi uchun muhim
hisoblanadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
96
4
Kasbga
yoʻnaltirshga doir
tadbirlar
Hududlarda, turli tashkilot, korxona va muassasalar ishtirokida
kasbiy ijtimoiylashuv tadbirlarini tashkil etish. Oʻquvchilar
uchun kasblarga doir ma’lumorlarga ega boʻlish imkoni
yaratilsa, tashkilot, korxona va muassasalar uchun potentsial
boʻlajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga yoʻnaltirish
imkoniyati mavjud boʻladi.
5
Mentor dasturlar
Turli kasb egalari, mutaxassislar bilan yakka tartibda gaplashish,
oʻz savollarini berish. Mentorlikdan maqsad oʻquvchilar oʻz
tanalyotgan kasbi boʻyicha oʻz tasavvurlari, maqsadlarini
mutaxassis bilan oʻrtoqlashish. Bu ularning kasbiy rejalarini
puxta boʻlishiga xizmat qiladi.
6
Kasbiy
ijtimoiylashuvga
doir maslahatlar
Oʻqituvchi bilan oʻquvchining kuchli tomonlari, potentsiali va
kayera maqsadlariga doir muntazam suhbatlar oʻquvchilarning
kasb-tanlashiga, oʻzlarining kasbiy layoqatini identifikatsiya
qilishga koʻmaklashadi.
7
Kasb-hunar
maktablari, bilim
yurtlari va texnika
oʻquv maskanlari
Hududdagi kasb-hunar oʻquv yurtlari, bilim maskanlari va
texnika ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, u yerdagi mavjud
sharoitlarni oʻrganish ham kasb tanlashga qiziqishni
kuchaytirishga yordam beradi.
8
Onlayn resurslar
Internet sahifalari, kasbiy ijtimoiylashuvga doir turli ilovalar,
platformalar, YouTubedagi videokontentlar oʻquvcilarning
mustaqil ravishda kasblar boʻyicha batafsil ma’lumot olishiga
yordam beradi.
Ma’lumki, “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani pedagogik oliy ta’lim muassasalari
Pedagogika (qoʻshimcha “Tarbiya” fani oʻqituvchisi) yoʻnalishida majburiy fan sifatida 1 va 2
semestrlarda oʻqitiladi. Auditoriya mashgʻulotlari uchun 136 soat va mustaqil ta’lim uchun 194
soat ajratilgan.
Mazkur faning maqsadi – boʻlajak pedagoglarni zamonaviy ta’lim fanlarining nazariy va
tarixiy negizlariga oid bilimlar bilan ta’minlashdan iborat. Ilmiy-nazariy asoslar, pedagogika
nazariyasi tushunchasi va uning asosiy kategoriyalari, shuningdek, oʻquv jarayonini tashkil
etish usul va shakllariga zamonaviy talablar qoʻyiladi.
Ta’lim oluvchilar shaxsining shakllanish omillari va rivojlanish bosqichlari, yagona oʻquv-
tarbiya jarayonini tashkil qilish va uni amalga oshirish tamoyillari, tarbiya jarayonining
qonuniyatlari va qoidalarini amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirish bu jarayonning
ajralmas qismidir.
References:
1.
Bayjonov F.B. Oʻspirinlarda kasb tanlash motivatsiyasining oʻziga xos xususiyatlari:
“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
97
masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari toʻplami. – T.: Mahalla
va oila nashriyoti, 2021. – 200 b.
2.
Карандашев В.Н. Психология введения в профессию. 2-е изд. – Москва: Смысл, 2003.
– C. 22.
3.
Jumayev U.S. Oʻquvchilarni kasbiy ijtimoiylashuvning ijtimoiy-psixologik asoslari. –
Buxoro, 2002. – B. 98-99.
4.
Климов Е.А. Как выбирать профессию. – М: “Проcвещение”, 1990. – С.