Авторы

  • Gulnoza Tulyaganova
    Alfraganus university “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsent v/b, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.69354

Аннотация

Shaxsning o‘z individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish fenomeni psixologiya fanida ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida o‘rganiladi. Xususan, ushbu fenomen bir tomondan ijtimoiy muhit, faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan esa insonning individual shaxsga oid sifatlari bilan shartlanadi. Shaxsdagi o‘z individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishning mohiyati o‘zini o‘zi namoyon qila olish, tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatga kirishish va faoliyatni amalga oshirish jarayonida inson tomonidan o‘z individualligini ko‘rsata olishdir.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

68

TALABALIK DAVRIDA O‘Z INDIVIDUAL IMKONIYATLARINI RO‘YOBGA

CHIQARISH PSIXOLOGIK FENOMEN SIFATIDA

Tulyaganova Gulnoza Olimjon qizi

Alfraganus university “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsent v/b, psixologiya

fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.14921373

Shaxsning o‘z individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish fenomeni psixologiya fanida

ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida o‘rganiladi. Xususan, ushbu fenomen bir tomondan ijtimoiy
muhit, faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari, ikkinchi tomondan esa insonning individual
shaxsga oid sifatlari bilan shartlanadi. Shaxsdagi o‘z individual imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqarishning mohiyati o‘zini o‘zi namoyon qila olish, tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatga
kirishish va faoliyatni amalga oshirish jarayonida inson tomonidan o‘z individualligini ko‘rsata
olishdir.

Insonning o‘z individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi nafaqat kasbga oid vaziyatlar

va hal etilishi kerak bo‘lgan masalalarga, balki individual xususiyatlar, shaxsiy
determinantlarga ham bog‘liq. Aynan shuning uchun ham insonlar bir xil bo‘lgan u yoki bu
vaziyat va sharoitlarda o‘z individual imkoniyatlarini turli xil ko‘rinishda namoyon etadilar. Bu
o‘z navbatida inson xulq-atvori va faoliyatining bevosita boshqaruvchisi uning psixikasi
ekanligi bilan tushuntiriladi. O‘z individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqaruvchi shaxs xulq-
atvorining bevosita psixologik mexanizmlari uning o‘zida yuzaga keladi. Ayniqsa, u shaxs xulq-
atvori, xatti-harakatlari, munosabatlari va muhitning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq [3].

Ma’lumki, shaxsning o‘z individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uzluksiz davom

etadigan jarayon. Har bir inson o‘zida mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqaradi. Shu bois mazkur jarayonning yuzaga kelishi uchta bosqichga bo‘linadi: tayyorgarlik,
asosiy va yakuniy.

Tayyorgarlik bosqichining asosiy mazmuni inson o‘z shaxsini aniqlashdan iborat. Bunda

o‘zini shaxs sifatida rivojlantirish jarayonida o‘z individual imkoniyatlarini ro‘yobga
chiqarishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash, o‘zining pozisiyasini, uni o‘rab turgan muhitga bo‘lgan
munosabatini ishlab chiqish, jamoaning rolli formal va noformal tuzilishida o‘z o‘rnini belgilash,
o‘z xatti-harakatlarini, xulq-atvorini qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishdagi usul va
vositalarni asoslash va ularga javob qaytarish amalga oshiriladi.

Amalga oshirish bosqichi. Bu inson tomonidan o‘z individual imkoniyatlarini ro‘yobga

chiqarish jarayonida maqsadlarga erishish va ularning amalga oshirilishidir.

Yakuniy bosqichda inson tomonidan o‘z individual imkoniyatlarini amalga oshirish

darajasi va natijasi baholanadi hamda qiyinchiliklarning yuzaga kelish sabablari aniqlanadi.
Mazkur bosqich asta-sekinlik bilan birinchi bosqichga o‘tadi, undan shaxsning keyingi
individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish jarayonidagi maqsadlar, usul va vositalarning
korreksiya jarayoni amalga oshiriladi. Bu jarayonda barcha bosqichlar o‘zaro bir-biri bilan
bog‘liq lekin mustaqil hisoblanadi [1].

O‘z o‘rnini belgilash – shaxs o‘z individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishining muhim

chegarasi, tomoni va bosqichi hisoblanib, o‘zining ko‘p jihatlari bilan uning tarkibiy va


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

69

jarayonli-instrumental xususiyatlarini aniqlaydi. O‘z navbatida shaxsning individual
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uning layoqatlari, qobiliyatlari bilan taqozolanadi [2].

Ma’lumki, talabalik davri bu- his-tuyg‘ular, istaklar, kuch-quvvat va zavqu-shavq, kuch-

g‘ayratga to‘la davr hisoblanadi. Mazkur yoshda shaxsning o‘zini o‘zi namoyon qilishi, ma’lum
pozisiyani egallashi uchun hayotiy zaruratga aylanib qoladi.

Shu o‘rinda aytish lozimki, o‘z individual imkoniyatlarini namoyon qilish hozirgi kunda

o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, chuqur ijtimoiy o‘zgarishlar davrida va demokratik
jamiyatdagi yangilanishlar o‘z ortidan insonning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini barqarorlik
hissini yo‘qotishga olib keladi va turli xil buzg‘unchilik hamda tartibsizliklarni keltirib
chiqaradi. Shuning uchun o‘z mavqeini o‘zi belgilash kerak bo‘lgan hayot ostonasining
chegarasida turgan hamda o‘z individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish va ijtimoiy
sohalarga doir izlanishlarda bo‘lgan ayni vaziyatda eng katta psixologik qiyinchiliklar boshiga
tushadi. Izlanishlar jarayonida yo‘nalishlarning mavjud emasligi talablar, o‘z shaxsini namoyon
qilishdagi tartibsizlik, tarqoqlik, atroflicha fikrlamaslik, oxiriga yetkazmaslik uni, to‘liq
darajada amalga oshmaydigan qilib qo‘yishi mumkin [1].

Talabalik – bu shaxs shakllanishining yakunlovchi davri hisoblanadi. Bu davr yetilish

bosqichi bo‘lib, o‘z davri kelganida hayotda kerak bo‘ladigan ahamiyatli narsalarning
yo‘nalishini belgilab beradigan, ongda fundamental ko‘rsatmalarning shakllanish davridir.

O‘z individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish talabaning yetuklik davrida mustaqil

hayotga o‘tishi bilan izohlanadi. Boshdan kechirilgan taassurotlardan, o‘z tajribasida sinalgan
xatti-harakatlarning natijasida kelib chiqqan oqibatlardan shaxsiy dunyoqarash kurtaklari
shakllanadi. Natijada insonning dunyoqarashi kengayadi, e’tiqodlari paydo bo‘ladi. Bu esa o‘z
navbatida shakllanayotgan shaxsning xatti-harakatlariga va hayotiy faoliyatiga ta’sir qiladi. Bu
jarayonda kattalarning o‘rni beqiyos – ular talabalarni o‘zini o‘zi tarbiyalashlariga va o‘zlarini
tashkillashtirishlariga yordam ko‘rsatishlari zarur. Ayniqsa, ulardan talaba o‘zi istagan
narsasiga erishishi uchun rejalashtirishni o‘rganishi va nimadan ehtiyot bo‘lishini tushunishni
bilib olishi kerak. Talaba dunyoni anglashdan uni qayta qurishga o‘tadi hamda faol tarzda
o‘zining faoliyatida tasdiqlay boshlaydi. Talabalikning yetuklik davrida mustaqil hayot dolzarb
muammoga aylanib boradi. Uni yechimi uchun o‘z faoliyatini tashkillashtira olish malakasi,
mas’uliyatli qarorlarni qabul qila olish va ularni hayotga tadbiq etishi zarur [2].

Shunday qilib, talabalik davrida shaxsning shakllanishi va xayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi

bilan bog‘liq faoliyati insonlarning ichki pozisiyasini egallashga ehtiyoji, jamiyatda o‘z o‘rnini
anglashga intilishi, o‘zini va o‘z individual imkoniyatlarini anglash jarayoni yorqin namoyon
bo‘ladi. Shaxs o‘zining ko‘z o‘ngida va boshqalar nigohida o‘zining ahamiyatli ekanligini ko‘rsata
olishi uning eng muhim maqsadi bo‘lib qoladi. Bu yoshda talaba ongida fundamental
ko‘rsatmalar o‘rnashib qoladi. Keyinchalik, vaqt o‘tgan sayin ular hayotning eng qimmatli
yo‘nalishlarida o‘z aksini topa boshlaydi. Yigit va qizlar uchun o‘zlarining ichki “Men”larini
kashf etishdan va dunyoqarashlarini shakllantirishlaridan tashqari kasb tanlovi ham teng
darajada muhimdir.

Inson dastlab dunyoni anglashidan uni qayta yaratishga o‘tadi, faol tarzda o‘z shaxsining

kasbiy faoliyatida namoyon qila boshlaydi hamda o‘zining hayot yo‘lini tanlaydi. Mazkur
tanlovlarning muvaffaqiyatli rivojlanishi va kelajakdagi katta hayotning samaradorligi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

70

to‘g‘ridan-to‘g‘ri uning rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning bilan birga ularning
katta xavf ostonasiga ilk qadam bosishlariga asosiy ta’sir o‘tkazadigan psixologik
tayyorgarliklarga o‘tish jarayoni asta-sekinlik bilan, shoshmasdan, bir me’yorda amalga
oshirilishi zarur. Shu bois, talabalik davrida o‘z individual imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga
ta’sir etuvchi psixologik omillarning rolini ochib berish muhim hisoblanadi [1].

Darhaqiqat, talabalik davrida shaxs qanchalik o‘zini o‘zi anglashi, o‘zini o‘zi baholashi,

o‘zini o‘zi boshqarishi, nazorat qilishi, o‘zini o‘zi tarbiyalashi kabi refleksiv jarayonlarning
rivojlanishi ularda o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishga nisbatan ongli munosabatni yuzaga
keltiradi. Shu nuqtai nazardan olganda, talabalik davrida o‘z individual imkoniyatlarini
ro‘yobga chiqarishga ta’sir etuvchi psixologik omillarni o‘rganish muhim sanaladi.

References:

1.

Алберти Р., Эммонс М. «Самоутверждающее поведение.» – СПб.: Гуманитарное

агентство «Академический проект», 1998. – 188 с.
2.

Жизномирская О.Я. «Осебенности построения жизенных планов на будущее и

самоутверждения личности в период взросления/» // Молодеж и рынок- № 8 (31) –
август, 2007.-С 118-122.
3.

Харламенкова Н. Е., Никитин Е. П. Разработка валидной процедуры оценки

самоутверждения личности // Психологический журнал. – 2000. – Т. 21. – № 6. – С. 67

Библиографические ссылки

Алберти Р., Эммонс М. «Самоутверждающее поведение.» – СПб.: Гуманитарное агентство «Академический проект», 1998. – 188 с.

Жизномирская О.Я. «Осебенности построения жизенных планов на будущее и самоутверждения личности в период взросления/» // Молодеж и рынок- № 8 (31) – август, 2007.-С 118-122.

Харламенкова Н. Е., Никитин Е. П. Разработка валидной процедуры оценки самоутверждения личности // Психологический журнал. – 2000. – Т. 21. – № 6. – С. 67