ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
54
EKOLOGIK XAVFSIZLIK - INSON HAYOT FAOLIYATI DARAJASINING
YUKSALISHI BOSH OMILI
N.A. Tursunova
“University of Business and Science” Toshkent filiali
“Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14915632
Annotatsiya.
Mazkur maqolada respublikadagi ekologik nazorat, YuNEP-Atrof muxit
boʻyicha BMTning Dasturi-United Nations Environment Programme (UNEP) maqsadlari,
ekologik nazorat jarayonida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ekologik nazorat
tomonidan olib borilayotgan tashkiliy-huquqiy usullar bayon etilganligi o’z aksini topgan.
Kalit soʻzlar:
ekologik nazorat, atrof-muhit, BMTning Dasturi, tashkiliy-huquqiy usullar,
kuzatish, umumlashtirish, baholash, ruxsatnoma berish, ogohlantirish, javobgarlikka tortish.
Fan - texnikaning rivojlanib borishi albatta, birinchi navbatda xalqlar turmush darajasi
yuksalib borishiga xizmat qilmoqda. Biroq tadbirkorlar foyda ketidan quvib, insoniyat
salomatligi uchun zarur boʻlgan atrof-muhit muhofazasi masalasiga panja ortidan
qaramasliklari lozim.
Xom ashyo resurslarining asosan togʻ yon bagʻrlarida joylashganligi sanoat korxonalarini
ham koʻproq togʻ hududlarida qurish zaruratini keltirib chiqaradi. Shu sababdan, bunday
hududlarda havoning oʻz-oʻzini tozalash hususiyati ancha chegaralangan. Togʻ vodiy shamollari
ifloslangan havoni togʻ etaklari tomon surib ketadi, natijada bu hudud vohalari va shaharlarida
ifloslangan havoning turib qolishi seziladi. Bunday holat Tojikistonning Tursunzoda shahrida
qurilgan oʻsha ulkan alyuminiy zavodining havoga koʻtarilgan chiqindilari Uzun, Sariosiyo va
Denov tumanlaridagi aholi yashash punktlarida atrof muhitning 80- yillarida kuchli darajada
ifloslanishiga olib kelgan. Oʻsha vaqtda zavod chiqindilari ta'sirida bu hudud aholisida doimiy
bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, kuchli yaligʻllanish, yurakning kuchli urishi, uyqusizlik, teri va
koʻzning shilliq pardasi yalligʻlanishi, burundan qon ketishi va boshqa turli kasalliklar uchray
boshlagan.
Ekologiya nazorati - davlat ekologik siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida tabiat-
jamiyat tizimidagi ekologik munosabatlarning barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyatga
egadir.
Bugungi kunda dunyoning koʻpgina davlatlari atrof muhitni muhofaza qilish uchun e'tibor
berish kerakligini tan oldi. Bunga BMT raxbarligida ish yurituvchi xalkaro tashkilotlarning
faoliyati sabab boʻldi. (YuNESKO xam bunga kiradi), birinchi boʻlib 1972 yil dekabrda tashkil
topgan. Atrof muxit boʻyicha BMT Dasturining Bosh Assambleyasi - YuNEP. YuNEP-Atrof muxit
boʻyicha BMTning Dasturi-United Nations Environment Programme (UNEP) katnashchilar:
BMTga a'zo davlatlar (58 ta davlat — kengash a'zolari xisoblanadi). Maqsadlari:
biosfera resurslari xakidagi yangi ma'lumotlarni takdim etish;
maksimal sosial — iqtisodiy foydaga amal qilgan holda umumiy rejalashtirish va
rivojlanishni boshqarishga koʻmaklashish;
texnik yordam, ta'lim va kadrlarni tayyorlash uchun koʻshimcha moliyaviy vositalarni jalb
etish.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
55
atrof muhitni boshkarish sohasidagi dasturlarni amalga oshirish;
yer sathidagi ekosistemalarni saqlash;
choʻlga aylanish, xosildor erlarni tanazzulga uchrashi, dengiz muxitining ifloslanishi, ob-
havoning oʻzgarishi, kimyoviy moddalar va xavfli chikindilar bilan kurashish.
Ekologiya nazoratining asosiy maqsadi atrof tabiiy muhit barqarorligini saqlashdan
iborat boʻlib, davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirgan holda olib
borilishini taqozo etadi.
Hozirgi va kelajak avlodga barqaror atrof tabiiy muhitni ta'minlash maqsadida
Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunining 29-moddasiga
asosan, ekologiya nazoratining asosiy vazifalari sifatida qoʻyidagilar belgilangan:
-atrof tabiiy muhit holatini hamda xoʻjalik yuritish va boshqa faoliyat ta'siri ostida unda
boʻladigan oʻzgarishlarni kuzatib borish;
-atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof
tabiiy muhitni sogʻlomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlar talablari va atrof
tabiiy muhit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda ayrim tadbirlar
bajaralishini tekshirish.
Ekologiya nazorati murakkab jarayonni oʻz ichiga oladi va turli xil chora-tadbirlar
tizimini amalga oshirishni taqazo etadi.
Ekologiya nazorati jarayonida qoʻyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
atrof tabiiy muhitda boʻladigan oʻzgarishlarni kuzatish, axborot jamlanmasini
shakllantirish;
atrof tabiiy muhit holatiga antropogen ta'sirlarni oʻrganish;
ishlab chiqarish va xoʻjalik yuritish jarayonining barcha jabhalarida ekologik qonunchilik
qoida-talablariga rioya etilishini tekshirish;
ishlab chiqarish va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirayotgan yuritik va jismoniy
shaxslarning tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarning belgilangan
amalga oshirilishini tekshirish;
tabiiy resurslardan foydalanish boʻyicha ruxsatnomalar berish;
ekologik qoida-talablarni buzgan yuridik va jismoniy shaxslarni aniqlash, ogohlantirish,
javobgarlikka tortish;
aholi orasida ekologik qonunchilik qoida-talablarni targʻib va tashviqot qilish va
boshqalar.
Demak, ekologiya nazorati bilan bogʻlik murakkab faoliyatini olib borishda ekologiya
nazorati sub'ektlari tomonidan qoʻyidagi asosiy tashkiliy-huquqiy usullar qoʻllaniladi:
1.
Kuzatish - atrof tabiiy muhitda boʻladigan oʻzgarishlarni oʻrganish va ma'lumotlarni
toʻplash;
2.
Umumlashtirish - atrof tabiiy muhit holatiga zararli va xavfli ta'sirlarni aniqlash, tahlil
qilish asosida ma'lumotlarni tasniflash.
3.
Baholash - antropogen faoliyat ishlarining zararli, xavfli va noqonuniyligini aniqlash.
4.
Ruxsatnoma berish - yuridik va jismoniy shaxslarga er, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi,
er osti boyliklari va atmosfera havosidan foydalanish uchun lisenziya berish;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
56
5.
Ogohlantirish, cheklash va toʻxtatish - ekologik xavfli va zararli xoʻjalik va boshqa
faoliyatni cheklash, vaqtincha toʻxtatib qoʻyish va bekor qilish;
6.
Javobgarlikka tortish - ekologik qoida-talablarni buzgan, yuridik va jismoniy shaxslarga
nisbatan ma'muriy-huququqiy javobgarlik choralarini qoʻllash.
References:
1.
Karimov I. A. "Oʻzbekiston XX1 asrga intilmoqda". T.: "Oʻzbekiston". 2000 yil.
2.
«Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida» Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni. T. 1992 yil.
3.
Abirqulov N., Xojimatov A., Rajabov N., Atrof- muhit muxofazasi, oʻquv qoʻllanma - T.:
Yozuvchilar uyushmasi nashriyoti, 2004 yil..
4.
Rafikov A.A.Abirqulov N.Xojimatov A.N. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti. oʻquv
qoʻlllanma - T.: Yozuvchilar uyushmasi nashriyoti, 2004.
5.
Rafikov A.A., Abirkulov N., Xojimatov A.N. Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti. oʻquv
qoʻlllanma - T.: Yozuvchilar uyushmasi nashriyoti, 2004.