ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
192
MANFAATLAR TOʻQNASHUVINI TARTIBGA SOLISHGA DOIR MILLIY
QONUNCHILIK TAHLILI
Roʻzimov Zafar Zokir oʻgʻli
Xorazm viloyati Maxsus Loyiha Qurilish Taʻmir
Davlat ilmiy ishlab chiqarish Birlashmasi Xududiy boʻlimi
yuriskonsulti
rozimovzafar24@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15093752
Annotatsiya:
Mazkur maqolada manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishga doir milliy
qonunchilik tahlili bilan bogʻliq masalalar bayon etilgan. Shuningdek, maqolada manfaatlar
toʻqnashuvini tartibga solishga doir milliy qonunchilik normalarining oʻziga xos jihatlari ochib
berilgan.
Kalit soʻzlari:
Boshqaruv, davlat, davlat xizmatchilari, davlat xaridlari, manfaatlar,
toʻqnashuv, jamoat manfaatlari, zarar yetkazish, korrupsiya, oldini olish.
АНАЛИЗ НАЦИОНАЛЬНОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА О КОНФЛИКТЕ
ИНТЕРЕСОВ
Рузимова Зафара Зокир угли
Хорезмская область Специальный Проект Строительство Ремонт
Государственное научное производство
Территориальный отдел объединения
юрисконсульт
rozimovzafar24@gmail.com
Аннотация:
В данной статье рассматриваются вопросы, связанные с анализом
национального законодательства, регулирующего конфликт интересов. Также в статье
раскрываются особенности норм национального законодательства по урегулированию
конфликта интересов.
Ключевые слова:
Управление, государство, государственные служащие,
государственные закупки, интересы, конфликт, общественные интересы, причинение
вреда, коррупция, предотвращение.
ANALYSIS OF NATIONAL LEGISLATION ON CONFLICT OF INTEREST
REGULATION
Ruzimov Zafar Zakir ugli
Khorezm Region Special Project Construction Repair
State scientific production
Territorial Department of the Association
legal counsel
rozimovzafar24@gmail.com
Abstract:
This article discusses issues related to the analysis of national legislation
regulating conflicts of interest. The article also reveals the specifics of the norms of national
legislation on the regulation of conflicts of interest.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
193
Keywords:
Management, state, civil servants, public procurement, interests, conflict,
public interests, causing harm, corruption, prevention.
Bizga maʼlumki,
manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishga doir milliy va xalqaro
qonunchilikda davlat xizmatchilarining muayyan huquqiy-axloqiy talablarni bajarishi
haqidagi talablari ham belgilab qo‘yilgan.
Dastlab quyidagi universal xalqaro huquqiy hujjatlarga to‘xtaladigan bo‘lsak: Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948-yil 10-dekabr); BMT Bosh Assambleyasi
tomonidan 1979 -yil 17-dekabrda qabul qilingan 34/169-sonli Rezolyutsiya; Jinoyat
qurbonlari uchun va hokimiyatni suiisteʼmol qilishga qarshi odil sudlovning asosiy tamoyillari
to‘g‘risidagi Deklaratsiya (1985-yil 29-noyabr); BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1996-yil
12-dekabrda qabul qilingan Davlat mansabdor shaxslarining odob-axloqi to‘g‘risidagi Xalqaro
Kodeks; Xorijiy davlatlarning mansabdor shaxslariga pora berishga qarshi kurash to‘g‘risida
Konventsiya (1999-yil 27-yanvar); BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2003-yil 31-oktyabrda
qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi BMT Konvensiyasi kabilarni keltirish mumkin.
Milliy qonunchiligimizda davlat xizmatchisi odob-axloqiga oid normalar doirasi keng
bo‘lib, ular qatorida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Yangi tahrirdagi Kostitutsiyasi),
Mehnat kodeksi (2022), “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Korrupsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risida”gi (2017), “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi (2018), “Davlat
fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi (2022) qonunlari, 2017–2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
(2017), “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi (2022), “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”
(2022) kabilarni qayd etish o‘rinlidir.
Mamlakatimizda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishga qaratilgan huquqiy asoslar
sifatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”
1
gi,
“Davlat xaridlari to‘g‘risida”
2
gi, “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”
3
gi, shuningdek, “Davlat
fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”
4
ni alohida qayd etish o‘rinlidir.
Shu bilan birga, davlat tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ularni aniqlash
va tartibga solish samarali huquqiy mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida
“Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilgan va
hozirda qabul qilinish arafasida.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”
5
gi Farmoni
bilan tasdiqlangan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da amalga oshirishga oid
davlat dasturida ham korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini
1
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni. Lex.uz
2
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni. Lex.uz
3
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni. Lex.uz
4
Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy
qoidalari” to‘gʻrisida 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son
. Lex.uz
5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni. Lex.uz
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
194
takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari samaradorligini oshirish
bo‘yicha tadbirlar belgilanganligi bunga yana bir yaqqol misolidir.
“2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida” Prezident Farmoniga ko‘ra, Taraqqiyot strategiyasining 83-maqsadi davlat
xizmatida halollik standartlarini joriy etishni nazarda tutdi. Shu asnoda davlat xizmatida
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish,
korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatda ochiqlikni taʼminlash va jamoatchilik
ishtirokini kengaytirish nazarda tutildi. 2022-yilgi Davlat dasturida davlat xizmatida
manfaatlar to‘qnashuvi haqida xabar berish va uni hal etish tizimini joriy etish bo‘yicha vazifa
belgilangan.
Taraqqiyot strategiyasining 84-maqsadida esa korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni
aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda
korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish belgilandi
6
.
O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini
tashkil etishga qaratilgan qonun hujjatlarida, xususan, “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”
7
gi,
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”
8
gi, “Davlat statistikasi to‘g‘risida”
9
gi, shuningdek, har
bir davlat organlarining (vazirlik, idora va qo‘mitalar) faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qabul
qilingan maxsus normativ-huquqiy hujjatlarda aynan davlat boshqaruvida manfaatlar
to‘qnashuvi bo‘yicha maxsus norma bo‘lmasa-da, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi ga
olib keladigan vaziyatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan normalar belgilanganligini
ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, mamlakatdagi oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan
huquqiy islohotlar natijasida qator Prezident hujjatlari qabul qilinib, bevosita manfaatlar
to‘qnashuvining oldini olishga oid qoidalar nazarda tutildi.
Tarmoq normativ hujjatlar orqali manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish borasidagi
fikrlarni davom ettirgan holda aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 3-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat
fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5843-
sonli
10
, 2019-yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5729-sonli farmonlarida
ham sohada amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilangan.
Xususan, davlat organlari faoliyatining xususiyatlarini inobatga olgan holda manfaatlar
to‘qnashuvining oldini olish va hal qilish borasida amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish, kasbiy
odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish, davlat xizmatini
6
L Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022- yildagi PF-60-son. Lex.uz
7
Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019 y., 03/19/591/4130-son. Lex.uz
8
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Аxborotnomasi, 1993 y., 9-son, 320-modda.
9
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 2003 y., 12son, 219-modda. Lex.uz
10
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va
davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-son Farmoni // (Qonun
hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2019 y., 06/19/5843/3900-son).
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
195
o‘tashda manfaatlar to‘qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
shular jumlasidandir
11
.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi
“Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-sonli
12
qarorida ham korrupsiyaga, shu jumladan, manfaatlar
to‘qnashuvi ga yo‘l qo‘yilgan holda tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat
xizmatchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etganligining huquqiy oqibatlarini
belgilash bo‘yicha vazifalar belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining
19-moddasida davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar
belgilangan
13
bo‘lib, mazkur qoidalar asosida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish
masalalarini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Zero, manfaatlar to‘qnashuvini hal etish
mexanizmlarini qonunchilik talablari asosida tartibga solish nizoli holatlarning yuzaga kelish
ehtimollarini minimallashtiradi.
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish mexanizmlaridan biri sifatida davlat fuqarolik
xizmatchisining shaxsiy foydadan, taklif qilingan moddiy manfaatdorlikdan voz kechishi va
o‘z-o‘zini rad qilishi (chaqirib olishi) muhim ahamiyat kasb etadi.
Taʼkidlash o‘rinliki, davlat fuqarolik xizmatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish
bo‘yicha amalga oshirilgan huquqiy islohotlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-sonli
14
qarori bilan tasdiqlangan “Davlat
fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari” muhim o‘rinni egallaydi. Aynan
mazkur hujjatda mamlakatda ilk bora davlat xizmatiga tegishli ravishda manfaatlar
to‘qnashuvi huquqiy kategoriya sifatida normativ jihatdan mustahkamlandi. Jumladan,
Mazkur hujjatga asosan, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda davlat xizmatchilari o‘z
rahbarini xabardor qilishi kerak, rahbar esa uni tartibga keltirish bo‘yicha o‘z vaqtida
choralar ko‘rishi shart.
Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq
munosabatlarni tartibga solishning dolzarbligi sababli, 2024-yilning 5-iyun kuni “Manfaatlar
to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ–931-son Qonuni қабул қилинди.
Mazkur Qonunda, manfaatlar to‘qnashuvining quyidagi yangi tahrirdagi tushunchasi
qayd etildi: “Manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita)
manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga
ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik
bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy
manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi)
yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat”.
11
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5729-sonli Farmoni // Qonun hujjatlari
maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2019 y., 06/19/5729/3199-son.
12
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali
tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-sonli
13
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017 y., 1-son, 2-modda.
14
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat
fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
196
Amaliyotda, bunday vaziyatlar asosan ayrim davlat xizmatchilarning tashkilotning ichki
me’yorlariga, shu jumladan, tashkilot nizomi (ustavi), faoliyat tartib-taomillari va kun
tartibiga rioya qilmaslikda, shuningdek boshqa xodimlarning huquq va erkinliklarini
mensimaslik oqibatida kelib chiqadi. Manfaatlar to‘qnashuvining, navbatdagi muhim
xususiyati bu mansabdor shaxsning yoki xizmatchining o‘z vakolatini shaxsiy manfaat yo‘lida
suiiste’mol qilishi orqali sodir etilishidadir. O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar
to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunida “Shaxsiy manfaatdorlik – davlat organining yoki boshqa
tashkilotning xodimi yoxud u bilan aloqador shaxslar ushbu xodim tomonidan bevosita yoki
bilvosita qaror qabul qilinishi yoki xodimning ushbu jarayonda boshqacha tarzda ishtirok
etishi natijasida olishi mumkin bo‘lgan har qanday naf yoki afzallik” deb tushuncha keltirilgan
(Qonunning 3-moddasi). O‘z navbatda, bunday qonunga zid shaxsiy manfaatdorlik, masalan,
tashkilotning yohud tashkilotda ishlayotgan boshqa xodimlarning qonuniy manfaatlari bilan
amaldagi yoki ehtimol bo‘lgan qarama-qarshilikni keltiradi.
Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasini anglash uchun uning ko‘rinishlarini tahlil qilish
ahamiyat kasb etadi. Manfaatlar to‘qnashuvining asosan urug‘-aymoqchilik, mahalliychilik,
nepotizm,
shafelik,
kronizm
va favoritizm kabi
ko‘rinishlari ajratiladi. Bunda, urug‘-
aymoqchilik deganda, tashkilot xodimining avlod-ajdodlari bir bo‘lgan, bir sulolaga mansublik
asosida uchinchi shaxslarga nisbatan sub’ektiv, imtiyozli va noxolis munosabat shaklidagi
shaxsiy manfaatdorligi tushuniladi. Mahalliychilik – shaxsni uning nasliy kelib chiqishi
(aslzoda yoki mashhur sulola vakili ekanligi va u jamoatchilik tomonidan e’tirof etilganligi)
hamda yaqin qarindoshlarining egallab turgan xizmat mavqei sababli, uning lavozimga
qo‘yiladigan malaka talablariga mos kelish-kelmasligini hisobga olmagan holda ishga qabul
qilish, rotatsiya qilish va lavozimga tayinlash kabi holatni anglatadi.
Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda, albatta, javobgarlikning belgilanishi muhim
o‘rin egallaydi. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ–931-
son Qonuniga muvofiq, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini
bajarmaslik” uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksiga
1934-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik belgilandi, “Bitimlar haqiqiy emasligining
oqibatlari to‘g‘risidagi umumiy qoidalar”ni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining 114-moddasi esa ”Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holda
tuzilgan bitim haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, ushbu bitimni tuzish natijasida olingan
foyda bitim bo‘yicha olingan hamma narsani qaytarib berish to‘g‘risida talab qo‘yilmagan
holda, sud tartibida davlat daromadiga o‘tkaziladi. Bunday bitimni ijro etish bilan bog‘liq
xarajatlarning o‘rni manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan shaxsning hisobidan qoplanadi” (3-
qism), “Korrupsiyaga yo‘l qo‘yilgan holda tuzilgan bitim haqiqiy emas deb topilgan taqdirda,
bunday bitimni tuzish natijasida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni
aybdor shaxslar tomonidan sud tartibida qoplanadi” (4-qism) degan mazmundagi uchinchi va
to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirildi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi
Konstitutsiyasi 2023-yil 1-mayda kuchga kirgan.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
197
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston
Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5729-sonli Farmoni // Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi,
29.05.2019 y., 06/19/5729/3199-son.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 -yil 3 oktyabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5843-son Farmoni // (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy
bazasi, 04.10.2019 y., 06/19/5843/3900-son).
5.
2020-yil 29-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish
tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF6013-sonli
Farmon.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi
kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
5177-sonli.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022- -yildagi PF-60-son.
8.
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir
tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 -yil 13
apreldagi PQ-3666- sonli qarori.
9.
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida”gi Qonuni.
10.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 08.08.2022
yildagi O‘RQ-788-son.
11.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni 22.04.2021 yildagi
O‘RQ-684-son.
12.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni 10.05.2019
yildagi O‘RQ-537-son.
13.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni
2017.03.01. O‘RQ-419-son.