ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
172
RELIGIONIMLAR TIZIMIDA MA’NO KENGAYISHI VA TORAYISHI
To‘ychiyeva Zulayho Hamraqulovna
Guliston davlat universiteti
O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15123423
Annotatsiya:
Ushbu maqolada religionimlar semantikasida o‘zgarishlar umumiylikdan
xususiylikka tomon yuz berganda – ma’no torayishi, xususiylikdan umumiylikka tomon yuz
berganda esa ma’no kengayishi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
din, religionim, ma’no kengayishi, ma’no torayishi, metafora.
Diniy tushunchalar o‘z taraqqiyoti jarayonida ikki turli, ya’ni umumiylikdan
xususiylikka qarab borgan (ma’nosi toraygan) hamda xususiylikdan umumiylikka qarab
borgan (ma’nosi kengaygan) religionimlarga bo‘linishini kuzatish mumkin. Ma’nosi toraygan
va kengaygan religionimlarga misollar keltiramiz:
Domla
– 1. Diniy maktab va madrasalarda talabalarga ta’lim beruvchi shaxs; din va
shariat peshvosi. 2. Duolar o‘qib, dam solib, kasalliklardan forig‘ qiluvchi shaxs.
Xon mulla
Niyoz domullaga qaradi, Domulla Niyoz Anvar tarafidan duoga qo‘l ochdi.
(Abdulla Qodiriy.
Mehrobdan chayon. T.://G‘.G‘ulom nashriyoti, 1975) (57).
Domla
religionimida ma’no
torayishi yuz bergan. Birinchi gapda keng ma’noda, ikkinchi gapda hozirgi vaqtda ma’no
torayishi yuz berganligini kuzatish mumkin.
Kursi
– arabcha so‘z bo‘lib o‘zbek tilida taxt ma’nosini beradi. Kursi haqida ham
Arsh
religionimi borasida qayd etilgan fikrlarni aytish mumkin. Biz Allohning
Arshi
va
Kursisi
borligiga iymon keltiramiz. Bu ikki narsa odamlarning taxti yoki kursisiga o‘xshamaydi. U
ikkisining hajmi, kayfiyati va sifatini faqat Alloh taoloning O‘zi biladi.
Solib ham Arshu, ham Kursiga soya,
Bo‘lib Kursi aning taxtiga poya.
(Alisher Navoiy. T. 15. Farhod va Shirin. T.://G‘.G‘ulom nashriyoti, 1990, 8-6.). Bugungi
kunda mebel jihozlariga nisbatan
kursi, stul, taburetka, divan
kabi ishlatiladi.
Kursi
deganda
amal, martaba ham tushunilad.
Kursi
so‘zida ma’no kengayish hodisasi yuz bergan.
Mutolaa
religionnimi diniy tushunchani anglatib, o‘qib tushunish, faxm bilan tushunish,
ravon, grammatik jihatdan to‘g‘ri o‘qish ma’nolarini anglatadi. Qur’oni karimni o‘qishda shu
tamoyillarga amal qilish ta’lab etiladi. Hozirgi kunda o‘zbek tilidagi umumiste’mol so‘zlar
tizimidagi
mutolaa
so‘zi tor ma’nodagi kitobxonlik, kitob o‘qish tushunchalarini beradi.
Jin
arabcha so‘z bo‘lib to‘silgan, ya’ni odamlar ko‘zidan to‘silgan narsa ma’nolarini
beradi, uning ko‘pligi – ajina. Diniy ta’limot bo‘yicha Alloh yaratgan uch toifadagi aqlli
mavjudotlar (farishtalar, odamlar, jinlar)dan biri
jin
dir. Hozirda jin religionimi dastlabki
ma’nosiga nisbatan torayish yuz bergan. Masalan, – Voy xo‘varingni...
jin
nilar, voy esi yo‘q
xo‘varilar! Qovog‘imni ber
jin
nilar! – Tuzik-tuzik, avliya. Qovog‘ingizni tushirib bersam nima
berasiz? – So‘rag‘aningni ol,
jinni
... Oyim qishlog‘ig‘a bek bo‘l, tentak: tilla jabduqliq ot min,
jinni
.... [1, 86].
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
173
Diniy tushunchani anglatadigan
minbar
religionimi islomda:
Xutba o‘qiladigan joy.
Masjiddagi va’z aytiladigan joy. Baland joy va baland makon
kabilarni bildiradi. Ayni kunda
minbar
majlis va yig‘ilishlarda ma’ruza qilinadigan joy ma’nosida qo‘llanadi.
Umumiylikdan xususiylikka qarab borgan sari religionimlarda ma’no torayishi bilan
hodisaning ma’nosini aniq ifodalash kuchayib boradi.
Demak, religionimlar semantikasida o‘zgarishlar umumiylikdan xususiylikka tomon yuz
berganda – ma’no torayishi, xususiylikdan umumiylikka tomon yuz berganda esa ma’no
kengayishi yuz beradi.
Xullas, davrlar o‘tishi bilan ayrim religionimlar hodisaning ma’nosini aniq ifodalash
zarurati bilan ma’no torayishiga uchraydi. Masalan,
domla, jin, aso, minbar
kabi. Ma’noda
torayish yuz bergan sari hodisa mohiyati aniqroq ifodalanadi. Ayrim religionimlar esa ma’no
kengayishi bilan o‘zining dastlabki, boshlang‘ich ma’nosini yo‘qota boshlaydi. Masalan,
kursi,
ziyorat, isyon, mutolaa
religionimlari kabi.
Metafora yo‘li bilan hosil qilingan religionimlar.
Religionimlar tilda umumtil
qonuniyatlari (so‘z yasash, so‘z o‘zlashtirish, ma’no ko‘chishi va boshqalar) asosida vujudga
keladi. Shu ma’noda diniy islomiy religionimlarning shakllanishi va taraqqiyotida metafora
yo‘li bilan hosil bo‘lgan ko‘plab diniy tushunchalarni uchratish mumkin. Bir qator olimlar
to‘g‘ri ta’kidlaganidek: “Fanda yangi bilimni topish va aniqlashtirishning necha ming yillardan
beri ma’lum bo‘lgan bir qancha usullari mavjud. Ana shunday evristik ilmiy bilishning eng
muhim usullaridan biri analogiya bo‘lib, u turli obyektlar xususiyatlari, belgilari yoki
munosabatlarining o‘xshashligiga asoslanadi, ana shu o‘xshashlikka ko‘ra bir obyekt haqidagi
ma’lumot ikkinchi obyektga ko‘chiriladi. Bu kognitiv jarayon, shubhasiz, metafora
hodisasining mohiyatini tashkil etadi” [2, 3].
Islomiy diniy tushunchalarning tarixi juda uzun. Lekin vaqtlar o‘tishi bilan, jumladan
hozirgi vaqtda kelib, kognitiv tilshunoslikning paydo bo‘lishi bilan metaforaga qarash
butunlay o‘zgardi. N.Mahmudovning ta’kidlashicha, metaforaning ikki asosiy turi farqlanadi,
ya’ni lisoniy metafora va poetik (badiiy) metafora. Kognitiv yoki lisoniy metafora insonning
o‘z bilimlarini namoyon qilish va kontseptuallashtirish usullaridan biri bo‘lib, bir obyektni
boshqa bir obyekt vositasida tushuntirish va tushunishdan iboratdir. Lisoniy metafora
o‘xshashlik asosida nomlashni qayd etsa, “nolisoniy” metafora (kognitiv metafora) esa lisoniy
metafora yuzaga kelishini tashkil etadi. Demak, lisoniy metafora kognitiv metaforasiz yuzaga
kela olmaydi. Ular o‘z qonuniyatidan kelib chiqib, biri ikkinchisini taqozo etadi. Har qanday
lisoniy metafora zaminida ayni kognitiv mexanizm yotadi [3, 6].
Diniy tushunchalarni tadqiq etgan olimlarning fikriga ko‘ra, metaforik usulda religionim
hosil qilish ko‘p uchraydigan hodisadir. Bunda umumadabiy yoki jonli tildagi so‘zlarning biror
xususiyati, shaklan o‘xshashligi, rang-tusdagi bir xilligi asos qilib olinishi tufayli yangi-yangi
diniy tushunchalarni ifodalovchi so‘zlar vujudga keladi. Masalan, odam tana a’zolari nomlarini
ko‘chma ma’noda qo‘llash orqali
bosh masjid, bosh farishta, bosh imom
kabi islomiy diniy
religionimlar hosil qilingan.
Biz bosh so‘zining boshqa sohalarda ham termin hosil qilishini o‘rganganimizda, bunday
terminlarning barchasi metafora yo‘li bilan hosil qilingani ma’lum bo‘ldi. Masalan:
bosh konsul
(diplomatik termin),
bosh qo‘mondon
(harbiy termin),
bosh uzatma
(texnik termin),
bosh fokus
(fizik termin) [4, 128]. Misollarga murojjat qilamiz:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
174
Makkai Mukarrama – Islom olamida eng tabarruk shahar sanaladi. Uni “Ummul-kuro”
(shaharlar onasi) deyiladi. Qur’oni karimning 86 ta surasi Makkada nozil bo‘lgan. Unda
Muhammad (s.a.v) tavallud topganlar, u zotga ilk ilohiy vahiy shu yerda nozil bo‘lgan.
Islomning
bosh masjidi
Masjidul Xarom. Musulmonlar qiblasi Ka’ba. Zamzam bulog‘i, Safo va
Marva tog‘lari ham Makkada.
Jome masjidi – Islom mamlakatlarida shahar markazidagi yoki nisbatan katta hududdagi
asosiy va eng katta
bosh masjid
. Jamoa uchun zarur turli xabarlar e’lon qilinadigan, haftalik
juma namozlari hamda hayit namozlari jamoa bo‘lib o‘qiladigan maxsus bino.
Imom – arab. - oldinda turuvchi. Ergashiladigan shaxs, namozda oldinda turuvchi,
boshqaruvchi. Shar’iy istilohda esa o‘rniga qarab turli ma’nolarda ishlatiladi. Islom davlati
xalifalarini ham imom, deb nomlashgan. Ilm va tafakkur bobida yuksak maqomga erishgan
allomalar,
mazhabboshi
lar, muhaddislarga ham “imom” unvoni berilgan. Masalan: Imom
Buxoriy, Imom Muslim, Imom A’zam, Imom Gazzoliy kabi.
Isrofil – islomda to‘rt
bosh farishta
dan biri. Qiyomat kuni darakchisi.
Haj ziyoratchilarini birlashtirgan guruhga
hojiboshilar
rahbar bo‘lgan. “Vakillar” deb
ham atalgan
hojiboshilar
safarda yo‘l ko‘rsatib, guruh ichidagi turli muammolarni hal qilgan
[5, 92].
Assalamu alaykum Ustoz. Maschitda birinchi jamoat
imomboshi
bilan namoz o‘qib
bo‘lgandan keyin ikkinchi jamoat bo‘lib o‘qishga ruxsat yo‘q degandingiz, ikkinchi jamoat
mehrobda turib o‘qilmaydimi yoki umuman masjid ichida jamoat bo‘lib o‘qilmaydimi?
Mehrobda turib o‘qilmaydi, lekin maschid ichida o‘qisa bo‘laveradi, degan javob ham bo‘lyapti,
bizga kengroq, batafsilroq malumot bersangiz. Alloh sizdan rozi bo‘lsin. – Bu masjid
imomining ruxsatiga bog‘liq. Ruxsat berilsa, mehrobda turmay o‘qilgani odobdan bo‘ladi [6.].
Bosh masjid, bosh farishta[7, 8]. mazhabboshi
,
hojiboshi, imomboshi
kabi religionimlar
ham metafora yo‘li bilan hosil qilingan.
Demak, metaforalar inson ongining borliqni bilishdagi, nomlashdagi asosiy quroli bo‘lib,
u orqali insonning til faoliyati amalga oshadi, narsa-hodisalarni nomlashda ishtirok etadi,
metaforalar orqali tilning ichki imkoniyatlari kengayadi. Islomiy diniy religionimlarning
shakllanishida ham metaforalar yetakchi o‘rinni egallaganini ko‘rish mumkin. Bunday
religionimlar islom dinining paydo bo‘lishi va tarqalishida hamda o‘zbek til diniy
tushunchalarini anglatuvchi so‘zlarda ham kuzatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Khamrokulovna, T. Z. (2022). Literature is a source that reveals the truth of life.
2.
Khamrokulovna, T. Z. (2021). ISSUES RELATED TO SOSIOLINGVISTIK ANALYSIS
(ABOUT
Qul-,-qul-COMPONENT
NAMES).
In
INTERNATIONAL
CONFERENCE
ON
MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND INNOVATIVE TECHNOLOGIES
(Vol. 1, pp. 48-50).
3.
Khamrokulovna, T. Z. (2022). On the morphological structure of the word in the uzbek
language.
4.
Tuychieva, Z. K. (2018). LITERATURE REVEALING THE TRUTH OF LIFE.
Проблемы
педагогики
, (7), 77-78.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
175
5.
Yerjanova, S. B., & To‘ychiyeva, Z. H. L. (2024). MAHMUD KOSHG ‘ARIYNING “DEVONU
LUG ‘OTIT TURK” ASARIDA SO ‘ZLARNI KO ‘CHMA MA’NODA QO ‘LLASH.
Philological
research: language, literature, education
,
4
(4), 7-12.
6.
Toychiyeva, Z. (2024). RELATION OF MORPHEMA TO LEXEMA.
Modern Science and
Research
,
3
(1), 1-7.
7.
Тураева, Д. Н., Саймуратова, И. Т., & Туйчиева, З. Х. (2024). ТВОРЧЕСКИЙ ПРОЦЕСС И
ОБРАЗЫ.
Eurasian Journal of Technology and Innovation
,
2
(1-1), 198-202.
8.
Туйчиева, З. Х. (2015). Проявление научно-исследовательских мотивов студентов
в процессе обучения психолого-педагогических наук.
Austrian Journal of Humanities and
Social Sciences
,
1
(3-4), 89-91.
9.
Джураев, М. Э. (2021). ЗНАЧЕНИЕ ГЕОХИМИЧЕСКИХ ПРОЦЕССОВ В
ВЕРТИКАЛЬНОЙ И ГОРИЗОНТАЛЬНОЙ СВЕЗИ ПАРА
10.
Sattarov, S. M., Khudaykulov, S. I., Djuraev, М. E., & Axunbabaev, M. M. (2018).
DETERMINATION OF THE CONCENTRATION OF NON-CONSERVATIVE SUBSTANCES IN A
MULTI-DENSITY FLOW.
Bulletin of Gulistan State University
,
2018
(2), 7-12.
11.
Djurayev, M., & Husenov, J. (2022). STUDIES IN GEOGRAPHY, CONFLICTS AND
SOLUTIONS IN APPLIED GEOGRAPHY.
Journal of Geography and Natural Resources
,
2
(01),
2428.