Авторы

  • Zukhra Usmanova
    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.75556

Аннотация

Gripp va o’tkir respirator virusli infeksiyalar dunyo bo’ylab kasallanish va o’limning asosiy sabablaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu kasalliklar aholi salomatligiga, shuningdek, iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko’rsatib, katta ijtimoiy va iqtisodiy yo’qotishlarga sabab bo’lmoqda. Globallashuv va aholi sonining koʻpayishi sharoitida havo tomchilari orqali yuqadigan infeksiyalar hududlar va mamlakatlar oʻrtasida tez tarqalmoqda. Bu, ayniqsa, epidemiya yoki pandemiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan viruslarning yangi shtammlariga taalluqlidir. Bundan tashqari, kasallanish statistikasi va klinik maʼlumotlar kabi epidemiologik nazoratning anʼanaviy usullari har doim ham kasalliklar tarqalishini tezkor aniqlash va ularga samarali javob berish imkonini bermaydiDozorli epidemiologik nazorat yuqumli kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning tarqalishini nazorat qilish uchun zamonaviy metodologiya sifatida epidemiyalarni aniqroq prognozlash, ularning dinamikasini baholash va profilaktika chora-tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun muhim vositadir. Bu kasallikning yangi holatlarini tezkorlik bilan aniqlash, virus mutatsiyalarini kuzatish va emlash profilaktikasini tezkor joriy etish imkonini beradi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

162

DOZORLI EPIDEMIOLOGIK NAZORAT TIZIMI ORQALI GRIPP VA O‘TKIR

RESPIRATOR VIRUSLI INFEKSIYALAR PROFILAKTIKASINI

TAKOMILASHTIRISH

Usmanova Zukhra Abdubasitovna

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-

epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi

Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15123251

Dolzarbligi:

Gripp va o’tkir respirator virusli infeksiyalar dunyo bo’ylab kasallanish va

o’limning asosiy sabablaridan biri bo’lib qolmoqda. Bu kasalliklar aholi salomatligiga,
shuningdek, iqtisodiyotga sezilarli ta’sir ko’rsatib, katta ijtimoiy va iqtisodiy yo’qotishlarga
sabab bo’lmoqda. Globallashuv va aholi sonining koʻpayishi sharoitida havo tomchilari orqali
yuqadigan infeksiyalar hududlar va mamlakatlar oʻrtasida tez tarqalmoqda. Bu, ayniqsa,
epidemiya yoki pandemiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan viruslarning yangi shtammlariga
taalluqlidir. Bundan tashqari, kasallanish statistikasi va klinik maʼlumotlar kabi epidemiologik
nazoratning anʼanaviy usullari har doim ham kasalliklar tarqalishini tezkor aniqlash va ularga
samarali javob berish imkonini bermaydi

.

Dozorli epidemiologik nazorat yuqumli

kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularning tarqalishini nazorat qilish uchun zamonaviy
metodologiya sifatida epidemiyalarni aniqroq prognozlash, ularning dinamikasini baholash va
profilaktika chora-tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish uchun muhim vositadir. Bu
kasallikning yangi holatlarini tezkorlik bilan aniqlash, virus mutatsiyalarini kuzatish va
emlash profilaktikasini tezkor joriy etish imkonini beradi.

Epidemiologik nazorat tizimini takomillashtirish, kuzatuv monitoringi asosida yangi

texnologiyalar va usullarni joriy etish gripp va O‘RVI tarqalishini nazorat qilish
samaradorligini oshirish, ularning jamoat salomatligiga taʼsirini kamaytirish va yirik
epidemiyalarning oldini olish uchun zarur qadam hisoblanadi.

Tadqiqot maqsadi:

Yuqumli kasalliklarni aniqlash, tahlil qilish va ularning

tarqalishining oldini olish samaradorligini oshirish uchun kuzatuv epidemiologik nazorati
tizimi orqali gripp va o’tkir respirator virusli infeksiyalar profilaktikasi tadbirlarini
takomillashtirish.

Materiallar va usullar:

Respublikada 2014-2023-yillar davrida gripp va o’tkir

respirator virusli infeksiya bilan kasallanish va nazorat ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumotlarni
to’plash va tizimlashtirish. Statistik va epidemiologik usullar (retrospektiv tavsif tahlili,
kasallanishning mavsumiy dinamikasi). Aylanuvchi shtammlarni va ularning epidemik
ahamiyatini aniqlash uchun laboratoriya tadqiqotlari (PCR, sekvenatsiya).

Natijalar:

2014–2023 yillar davomida O‘zbekistonda umumiy yuqumli kasalliklar soni

hamda gripp va O‘RVI holatlari ortishi kuzatildi. Eng yuqori ko‘rsatkichlar 2022 yilda qayd
etilgan. Ushbu davr mobaynida gripp va O‘RVIning umumiy yuqumli kasalliklar tarkibidagi
ulushi taxminan 42%dan 63%gacha oshgan bo‘lib, bu nafas yo‘llari orqali yuqadigan o‘tkir
infeksiyalarning keng tarqalganligini ko‘rsatadi. 2023 yilda bu ulushda oz miqdorda pasayish
qayd etilgan, bu esa epidemiologik vaziyat barqarorlasha boshlaganidan dalolat berishi
mumkin.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

163

Adenovirus, respirator-sintsitial virus (RS), bokavirus va metapnevmovirus kabi boshqa

viruslar esa butun kuzatuv davrida barqaror va past darajada saqlanib qolgan. Biroq 2020–
2021 yillardan boshlab ayrim viruslar bo‘yicha ham mo‘tadil o‘sish kuzatilmoqda, bu esa
laborator tahlillar imkoniyatlarining yaxshilanganini ko‘rsatadi.

Dozorli epidemiologik nazoratning gripp turlari bo’yicha tahlil qilinganda 2020–2021

yilda barcha gripp turlarining ko‘rsatkichlari keskin kamaygan bo‘lib, bu ehtimol pandemiya
davrida qo‘llangan cheklov choralari va karantinlar bilan bog‘liq bo’lgan, ammo 2021–2022
yillarda esa barcha gripp turlarida keskin o‘sish kuzatilgan, ayniqsa A(H1N1) va B tipi grippi
bo‘yicha eng yuqori darajadagi ko‘rsatkichlar qayd etilgan. 2022–2023 yillarda esa
ko‘rsatkichlar pasaygan bo‘lsa-da, B turi grippi bo‘yicha holatlar yuqoriligicha qolgan.

Xulosa:

O‘zbekistonda 2014–2023 yillarda olib borilgan epidemiologik tahlillar natijalari

grippning boshqa O‘RVI turlariga nisbatan yuqori tarqalish ko‘rsatkichi va aniq ifodalangan
mavsumiy xususiyatlarga ega ekanligini tasdiqladi. Dozorli epidemiologik nazorat,
respublikada gripp va o‘tkir nafas yo‘llari kasalliklariga qarshi ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni
rejalashtirish, aholining epidemiologik xavfsizligini ta’minlash, gripp va o‘tkir respirator
infeksiyalar bilan aholining ommaviy kasallanish holatlarini oldini olish hamda pandemik
salohiyatga ega yangi yuqori patogen virusli infeksiyalarga qarshi kurashishda muhim
ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) — Global Influenza Programme bo‘limi.

2.

CDC (Centers for Disease Control and Prevention, AQSh) — gripp monitoringi:

https://www.cdc.gov/flu

3.

Respirator virusli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik nazoratning operatsion jihatlari,

Yevropa, 18 iyul 2022 y.

www.ecdc.europa.eu

,

publications@ecdc.europa.eu

4.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining gripp bo‘yicha axborot byulleteni:

https://tokpb.ru/main/informatsionnyy-byulleten-vsemirnoy-organizatsii-
zdravookhraneniya-po-grippu/

5.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 16-fevraldagi 31-sonli

buyrug‘i: “O‘zbekiston Respublikasida o‘tkir respirator infeksiyalar bo‘yicha dozorlu
epidemiologik nazoratni takomillashtirish choralari to‘g‘risida”.
6.

WHO. Epidemiological Influenza Surveillance Standards. 2014.

Библиографические ссылки

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) — Global Influenza Programme bo‘limi.

CDC (Centers for Disease Control and Prevention, AQSh) — gripp monitoringi: https://www.cdc.gov/flu

Respirator virusli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik nazoratning operatsion jihatlari, Yevropa, 18 iyul 2022 y. www.ecdc.europa.eu, publications@ecdc.europa.eu

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining gripp bo‘yicha axborot byulleteni: https://tokpb.ru/main/informatsionnyy-byulleten-vsemirnoy-organizatsii-zdravookhraneniya-po-grippu/

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 16-fevraldagi 31-sonli buyrug‘i: “O‘zbekiston Respublikasida o‘tkir respirator infeksiyalar bo‘yicha dozorlu epidemiologik nazoratni takomillashtirish choralari to‘g‘risida”.

WHO. Epidemiological Influenza Surveillance Standards. 2014.