ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
26
BOLAJAK BOSHLANG'ICH SINF O’QTUVCHILARINI LISONIY TAHLILGA
O’RGATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Yo’ldashova Dilso’z Umar qizi
Nizomiy nomidagi TDPU 1-bosqich doktoranti
Telefon:+998943622116
dilsuzumarovna@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15113074
Annotatsiya:
mazkur tezisda boshlang’ich sinf ona tili fanining eng asosiy va murakkab
vazifalaridan biri boʻlgan o’qituvchilar nutqini o’stirish,nutq o’stirish ishlarini muvaffaqiyatli
amalga oshirishda til hodisalarini puxta o’zlashtirish, ularning o’xshash va farqli tomonlarini
bilishning ahamiyati, boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining lisoniy tahlilga oʻrgatish
metodikasini takomillashtirish boʻyicha fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Аннотация:
В данной диссертации рассматривается одна из важнейших и сложных
задач обучения родному языку в начальной школе: развитие речи учителя, успешное
проведение речевой работы, глубокое овладение языковыми явлениями.
Обозначена важность знания их сходств и различий, а также идеи по
совершенствованию методики обучения лингвистическому анализу будущих учителей
начальной школы.
Abstract:
This thesis presents ideas on the importance of mastering language
phenomena, their similarities and differences, and improving the methodology for teaching
future primary school teachers to analyze language in order to successfully implement speech
development, which is one of the most important and complex tasks of primary school native
language teaching.
Kalit soʻzlar:
boshlangʻich taʼlim, lisoniy tahlil,lisoniy tahlil turlari, fonetik,sintaktik,
morfologik,aralash tahlil, nutq oʻstirish, muloqot, soʻz boyligi.
Ключевые слова:
начальное образование, лингвистический анализ, виды
лингвистического анализа, фонетический, синтаксический, морфологический,
смешанный анализ, развитие речи, коммуникация, словарный запас.
Keywords:
primary education, linguistic analysis, types of linguistic analysis, phonetic,
syntactic, morphological, mixed analysis, speech development, communication, vocabulary.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarining bosh vazifasi o’quvchilar nutqini o’stirishdir. Nutq
o’stirish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda til hodisalarini puxta o’zlashtirish, ularning
o’xshash va farqli tomonlarini bilishning ahamiyati katta.
Boshlang’ich sinfda amalga oshiriladigan ona tili mashg’ulotlarida o’quvchilar fonetika,
leksikologiya, morfemika, so’z yasalishi, so’z turkumlari, sintaksis kabi tilshunoslik fani
bo’limlaridan tegishli tarzda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishlari DTS, dastur va
darsliklar talabi asosida amalga oshiriladi. O’quvchilarning yuqorida sanab o’tilgan bo’lim va
mavzulardan egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini holatini tekshirish, nazorat qilishning
juda ko’plab tajriba-sinovidan o’tgan usullari mavjud. Bu usullardan boshlang’ich sinf
o’qituvchilari o’z tajribalarida keng ko’lamda samarali foydalanib kelishmoqdalar. Lekin bir
ish turi mavjudki, u boshlang’ich sinf o’quvshilarining ona tili fanidan egallagan BKMlari
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
27
darajasini to’g’ri va haqqoniy belgilab berish bilan bir qatorda ularni mustaqil va ijodiy fikrlash,
mantiqiy tafakkur yuritish, mavjud til hodisalarini farqlash, ularni umumlashtirish, taqqoslash,
guruhlash kabi aqliy faoliyat bilan shug’ullanishga majbur qiladi va buning natijasida bolada
mavjud til hodisalariga tanqidiy ko’z bilan qarash asosida dunyoqarashlarining kengayishi,
ilmiy mushohada va mulohaza yurita olish ko’nikmalarining shakllanishiga olib keladi. Shu bois
ham ona tili darslarida o’quvchilarni lingvistik tahlilga o’rgatish muhim ijtimoiy-pedagogik
ahamiyatga ega.
Ona tili ta’limi jarayonida o’quvchilarni lisoniy tahlilga o’rgatish muammosi til o’qitish
nazariyasi va metodikasida yangilik emas. O’quvchilarni lisoniy tahlilga o’rgatish rus olimi
A.V.Tekuchev, o’zbek olimlari Y.Abdullaev, X. G‘ulomova, M.Mirmahmudovalar tomonidan
chuqur va atroflicha o’rganilgan. Ammo ularning ishlarida boshlang’ich sinf o’quvchilarini
lisoniy tahlilga o’rgatish tadqiqot ob’ekti qilib olinmagan.Metodist Karima Qosimova
rahbarligidagi mualliflar guruhi tomonidan yaratilgan “Ona tili o’qitish metodikasi“ nomli
darslikda grammatik tahlil turlari sifatida fonetik, morfologik va sintaktik tahlillar kiritilgan,
ularni o’tkazish yuzasidan metodik tavsiyalar berilgan. Darslikda bu masala juda qisqa
yoritilgan bo’lib, unda tahlil uchun material tanlash, lisoniy tahlilni o’tkazishdagi izchillik, ish
turlari haqida fikr bildirilmaydi. T.Ashrapova, M.Odilovalar o’z darsliklarida “Grammatik tahlil
va uning turlari” mavzusini o’rganishga alohida to’xtaladilar. Ular grammatik tahlilning
ahamiyati haqida: “O’quvchilar grammatika va imlodan olgan bilimlarini qay darajada
o’zlashtirganini hisobga olish maqsadida o’tkaziladi”, - deb grammatik tahlilning ahamiyatiga
e’tibor qaratadilar va grammatik tahlilni 1) mazmuniga ko’ra: fonetik, morfologik, sintaktik,
aralash tahlil; 2) hajmiga ko’ra: to’liq tahlil, to’liq bo’lmagan tahlil; 3) shakliga ko’ra: og’zaki va
yozma kabi turlarga ajratadilar. Bu darslikda ham boshlang’ich sinflarda grammatik tahlilni
o’tkazish izchilligi, tahlil o’tkazishda didaktik vositalardan foydalanish haqida fikr
bildirilmagan. Boshlang’ich sinf "Ona tili" darsliklarida ham lisoniy tahlilga yetarlicha e’tibor
qaratilmagan. 1-2 -sinf “Ona tili” darsligida lisoniy tahlilning biron turi haqida nazariy
ma’lumot, amaliy malakalar hosil qilish yuzasidan topshiriqlar berilmagan. 3-sinf darsligida
“So’z tarkibi”ni o’rganishda so’zning tarkibi, qanday qismlardan iboratligini shartli chiziqlar
yordamida ko’rsatish o’rgatiladi. Maktab amaliyotida “grammatik tahlil” atamasi qo’llanadi.
Bizning fikrimizcha, “grammatik tahlil” atamasi faqat morfologiya va sintaktik
hodisalarga xosdir. “Lisoniy tahlil” esa til fanining boshqa qismlarini ham o’z ichiga oladi. Shu
nuqtai nazardan “lisoniy tahlil” atamasini qo’llashni lozim deb topdik. Lisoniy tahlil – aniq bir
til yoki nutq biriligini parchalab o’rganishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”. T. “Ma’naviyat”
2.
Sh. Yo’ldosheva, U. Masharipova, D. Xudoyberdiyeva. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini
lisoniy tahlilga o’rgatish. Qo’llanma –T.: «Fan va texnologiya», 2012, 32 bet
3.
Qosimova K., Safo Matchonov va boshqalar. “Ona tili o’qitish metodikasi”. Toshkent.
“Noshir” nashriyoti 2009 yil.
4.
Akhmanova O. S. – "Лингвистический энциклопедический словарь"
5.
S. Safarov – "Tilshunoslik nazariyasi"
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
28
6.
Yo. Mamajonov, A. Abduazizov, B. Yo’ldoshev – "Hozirgi o’zbek adabiy tili"
7.
N. Mahmudov, Sh. Nurmonov – "Tilshunoslikka kirish"
8.
Internet manbalar.
9.
ww.ziyouz.uz
10.
11.
12.
13.
http://www.utube.uz