ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
62
ONG VA ONGSIZLIK HAQIDA TUSHUNCHA
Iskandarova Ruxshona Sherali qizi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Pedagogika fakulteti
Amaliy psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
iskandarovaruxshona965@gmil.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15179859
Annotatsiya:
Mazkur maqolada ong va ongsizlik tushunchalarining mohiyati, ularning
inson tafakkuri va xatti-harakatlariga ta’siri tahlil qilinadi. Ong- insonning atrof-muhitni
anglash, fikrlash va maqsadli faoliyat yuritish qobilyatidir. U bilim olish, tahlil qilish va qaror
qabul qilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Ongsizlik esa inson ongidan tashqarida bo‘lib,
instinktlar, sezgilar va avtomatik xatti-harakatlar bilan bog‘liq holatni o‘z ichiga oladi.
Ushbu maqolada Zigmund Freyd va Karl Gustav Yung kabi mutaxassislarning ong va
ongsizlik haqidagi qarashlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ongsizlikning inson hayotiga
qanday ta’sir ko‘rsatishi, u orzu va his-tuyg‘ular bilan qanday bog‘liqligi muhokama qilinadi.
Maqola psixologiya, falsafa va nevrologiya nuqtayi nazardan ong va ongsizlikning o‘zaro
munosabatini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ong va ongsizlik
inson tafakkurining ajralmas qismi bo ‘lib, ular birgalikda shaxsiy rivojlanish va qaror qabul
qilish jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar:
ong, ongsizlik, psixologiya, tafakkur, inson, mutaxassis, falsafa,
nevrologiya.
KIRISH
Ong— psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong, uning
mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik
qarashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni diniy tushuntirish uni ilohiy hodisa,
Xudo yaratgan moʻjiza tarzida talqin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson ongi buyuk
ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda
qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam
yaratilganligini tan olar ekan, ong ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi.
. Ong ijtimoiy tarixiy sharoitda odam mehnat faoliyatining tarkib topishida til yordamida
boshqa kishilar bilan doimiy munosabatda bo'lish natijasidir. Bu ma'noda ong mutafakkirlar
ta'kidlab o'tganlaridek, ijtimoiy mahsulotdir. Ongsizlik (psixologiyada) — ong ishtirokisiz
sodir boʻladigan ruhiy jarayon va holatlar. Ongsizlik koʻpincha, badan harakatida, xotirasida,
xayolida namoyon boʻladi. Real mavjud, lekin sezilmaydigan qoʻzgʻatgichlar vujudga
keltiradigan javob taʼsirotlarida, asli ongi paydo boʻlib, takrorlanishi natijasida avtomatlashib
ketgan harakatlarda va boshqa holatlarda roʻy beradi. Mas odam oʻz oʻyxayollariga choʻmgan
holda uyiga qaytadi va har holda yoʻldan adashmasdan keladi. Agar u biror xavfni sezib qolsa,
bu xavfning sababi va qandayligini hali anglamasdan turib ham, himoya harakatini qiladi.
Bemor psixikasida vujudga keladigan alahlash, gallyusinatsiya kabi patologik hodisalar,
uxlash, gipnoz vaqtida, lunatizm chogʻida yuz beradigan psixik faoliyat ham ongsizlik holatiga
kiradi. Freyd ongsizlikni sof irratsionalistik tarzda talqin etadi. Uning fikricha, ong bilan
ongsizlik oʻrtasida murosasiz qarama-qarshilik bor. Insonning butun xatti-harakati ana shu
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
63
qarama-qarshilik bilan belgilanadi. Ongsizlikni odam anglashga va payqashga jurʼat
etolmaydi, u insondagi azaliy mayllar maskanidir.
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir. Ongsizlik – bu shunday psixik jarayonlar va
hodisalar yig’indisiki, unda inson o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga
tush ko’rish, ba’zi patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi. Onglilikdan
farqli o’laroq, ongsizlikda amalga oshirilayotgan harakatlarni maqsadli nazorat qilish,
shuningdek, natijalarini baholash imkoniyati mavjud emas.
Ongning mohiyatini izohlashda 2-yoʻnalish-bu ong moddiy olamni inson miyasida aks
etishi deb tushunish, uni inson tanasi faoliyati bilan bogʻlab talqin etishdir. Ayni
vaqtda materialistik yoʻnalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning
mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo boʻldi. Vulgar materializm deb nom olgan
oqim namoyandalarining fikricha, xuddi jigar saf-roni ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni
ishlab chiqarar emish. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, moddiy hodisa degan
xulosa kelib chiqadi. Vaholanki, safroni koʻrish mumkin, ammo ongni koʻrib ham, ushlab ham
boʻlmaydi. Aslida ong tarixi insonning inson boʻlib shakllana boshlashi tarixi bilan bogʻliqdir.
Inson ham biologik, ham ijtimoiy mavjudot ekan, demak, ong ham biologik va ijtimoiy
taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, irodasi va
qarashlaridan tashkil topgan. Oʻz-oʻzini anglash, xotira, iroda, nutq ongning asosiy jihatlaridir.
Psixoanaliz
{psixo... va analiz) — psixoterapiya metodi va Zigmund Freyd tomonidan
rivojlantirilgan psixologik taʼlimot. Ongsiz psixik jarayonlar va motivatsiyani diqqat
markaziga qoʻyadi. Inson xulqi asosini lazzat olish (libido)ga nisbatan, ayniqsa, ilk bolalikda
paydo boʻlgan seksual (jinsiy) mayl tashkil qiladi degan gʻoyani ilgari surib, odam xulqidagi
ijtimoiylik, onglilikni inkor etadi. Ongdan unga muvofiq kelmaydigan (asosan, seksual)
mayllar va ruhiy kechinmalarni siqib chiqarish psixoanalizda har xil nevrozlar va turli
patologik hodisalar (unutish, yanglish harakatlar va hokazolar)ning asosiy manbai sifatida
qaraladi. Psixoanaliz nazariyasiga koʻra, 3 xil psixik instansiyalar hukm surishi mumkin:
gʻayrishuuriy "U" (id) — mayl doirasi; turli himoya vositalari bilan "U"ning impulyelarini
cheklovchi shuuriy "Men" (Ego); "Oʻta-Men" (Super-Ego) — ijtimoiy taqiqdar, qonun tusiga
kirgan majburiy tartib-qoidalar. Freydning fikricha, "Men" reallik tamoyiliga asoslangan holda
inson psixikasida harakatlanuvchi qarama-qarshi kuchlarni muvofiqlashtirish vazifasini
bajaradi. Inson oʻzining qadimgi ajdodlaridan irsiy yoʻl bilan oʻtgan instinktiv mayllarning
namoyon boʻlishi tufayli faoldir. Instinktiv mayllar dastavval jinsiy instinkt va oʻzini himoya
qilishga intilish instinkti tarzida yuzaga keladi. Lekin jamiyat shaxsni koʻp jihatdan cheklab
qoʻyadi, uning instinktlari va mayllari "senzura"dan oʻtkaziladi. Buning natijasida oʻzining
aksariyat instinktlari va mayllarini toʻxtatish, taqiqlashga majbur boʻladi. Instinktiv mayllar
uning shaxsiyatiga tegadigan ruhiy holat sifatida ongli hayotidan siqib chiqariladi, lekin
yoʻqolib ketmaydi, faqat ongsizlik sohasiga oʻtkazib yuboriladi, xolos.
Psixoanaliz taʼlimotining vazifalaridan biri — ongsizlik sohasidagi "kompleks"larni
aniklash va ularni anglashga yordamlashishdan iborat. Ushbu taʼlimot namoyandalari
shaxsning ichki ixtiloflarini ochib berish uchun "Edip kompleksi"ni yaratdilar. Ularning
mulohazasicha, instinktiv mayllar oʻz quvvati va faolligini saqlagan holda insoniyat
madaniyati va shaxs faoliyati mahsulining har xil shakllariga kirib ("sublimatsiyalashib"),
ongsizlik holatidan turib inson xulq-atvorini boshqarishda ishtirok qilaveradi. Psixoanalizda
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
64
ongsizlik bilan onglilik oʻrtasidagi qaramaqarshi munosabatni mutlaqlashtirish uchraydi,
buning natijasida ularning oʻzaro bir-birini toʻldirish imkoniyati rad qilinadi.
Ongsizlik
(psixologiyada) — ong ishtirokisiz sodir boʻladigan ruhiy jarayon va holatlar.
Ongsizlik koʻpincha, badan harakatida, xotirasida, xayolida namoyon boʻladi. Real mavjud,
lekin sezilmaydigan qoʻzgʻatgichlar vujudga keltiradigan javob taʼsirotlarida, asli ongi paydo
boʻlib, takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan harakatlarda va boshqa holatlarda roʻy
beradi. Mas odam oʻz oʻyxayollariga choʻmgan holda uyiga qaytadi va har holda yoʻldan
adashmasdan keladi. Agar u biror xavfni sezib qolsa, bu xavfning sababi va qandayligini hali
anglamasdan turib ham, himoya harakatini qiladi. Bemor psixikasida vujudga keladigan
alahlash, gallyusinatsiya kabi patologik hodisalar, uxlash, gipnoz vaqtida, lunatizm chogʻida
yuz beradigan psixik faoliyat ham ongsizlik holatiga kiradi. Freyd ongsizlikni sof
irratsionalistik tarzda talqin etadi. Uning fikricha, ong bilan ongsizlik oʻrtasida murosasiz
qarama-qarshilik bor. Insonning butun xatti-harakati ana shu qarama-qarshilik bilan
belgilanadi. Ongsizlikni odam anglashga va payqashga jurʼat etolmaydi, u insondagi azaliy
mayllar maskanidir.
Zigmund Frеyd ta’limotining tarafdorlari ham, tanqidchilari ham ko‘p bo‘lgan. Uning
eng yaqin safdoshlari va shogirdlari bo‘lmish Alfrеd Adlеr va Karl Gustav Yung uning
ta’limotini avvaliga qo‘llab-quvvatlashdi, kеyinchalik undan qisman voz kеchishdi. Ular
o‘zlarining ta’limotini yaratishdi. A. Adlеr individual psixologiya, K.G. Yung esa analitik
psixologiya ta’limotini. Bu olimlar Z. Frеydni tanqid qilishsa-da, aslida ular tanlagan yo‘nalish
psixoanalizning davomi edi
A.Adlеr fanga «еtishmovchilik hissi» dеgan tushunchani kiritdi. Uning fikricha, bu tuyg‘u
tabiiy va tug‘ma bo‘lib, har birimiz uchun xos va shaxs rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
A.Adlеr fikriga ko‘ra, har bir inson umri mobaynida o‘zidagi ushbu еtishmovchilikdan qutulish
uchun boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, ularning faolligini bostirishga intilib yashaydi.
Buning uchun u o‘zidagi barcha imkoniyatlarni ishga soladi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishga
intiladi. A. Adlеr bu jarayonni kompеnsatsiya yoki supеrkompеnsatsiya dеb atadi.
Supеrkompеnsatsiya – bu еtishmovchilik hissiga bo‘lgan tug‘ma rеaktsiyalarning ijtimoiy bir
ko‘rinishidir. Adlеrning fikricha, ana shu tug‘ma instinktlar odamni atrofdagilarga tajovuzkor
qilib qo‘yadi. Dеmak, odamda nеvroz rivojlanishining oldini olish uchun undagi
еtishmovchilik hissini bartaraf etish zarur. Vaholanki, A.Adlеr ham o‘z ta’limotida inson
ruhiyati rivojlanishida instinktiv rеaktsiyalarga urg‘u bеrgan. K.G. Yung ta’limoti biroz
boshqacha edi. U «jamoa ongsizligi» dеgan tushunchani taklif etdi. Yung individual ongsizlik
va jamoa ongsizligi orasida aniq bir chеgara chizig‘ini o‘tkazdi. Uning fikricha, jamoa ongsizligi
individual ongsizlikdan farqli o‘laroq, avloddan avlodga uzatiladi va «Mеn» jamoa ongsizligi
ta’siri ostida rivojlanadi. Yungning fikricha, individual ongsizlik odamning shaxsiy tajribasida
aks etadi. Bu tajribalar, albatta, qachonlardir ongda aks etgan, lеkin ongdan siqib chiqarilishi
natijasida unut bo‘lib kеtgan. Jamoa ongsizligi — bu umuminsoniy tajribalar bo‘lib, har bir
millat va elatlar uchun xos, u o‘tmishimizning yashiringan xotira izlaridir.
XULOSA
Ong- insonning atrof-muhitni idrok etish, fikrlash, ongli qarorlar qabul qilish va o‘z
hayotini boshqarish qobilyatidir. U tafakkur, xotira, tasavvur va tahlil qilish jarayonlari bilan
bog‘liq bo‘lib, insonning shaxs sifatida shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
65
Ongsizlik esa insonning ong nazorat qilmaydigan psixologik holatlari va instinktiv
harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bu tushlar, reflekslar avtomatik harakatlar va chuqur psixologik
jarayonlar shaklida namoyon bo‘ladi. Ongsizlik ko‘pincha insonning ichki xotiralari,
qo‘rquvlari va tug‘ma instinklariga bog‘liq bo‘ladi. Ong va ongsizlik bir-birini to‘ldirib, inson
ruhiyatining muhim tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Ong inson hayotini ongli ravishda
boshqarishda asosiy rol o‘ynasa, ongsizlik esa ba’zan yashirin ravishda inson qarorlariga va
xatti-harakatlariga ta’sir qilishi mumkin. Shu sababli, inson o‘z ongsiz his-tuyg‘ulari va
instinktlarini tushunib, ularni ongli ravishda boshqarishga harakat qilishi muhimdir.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
P.I.Ivanov, M.E.Zufarov//Umumiy psixologiya O ‘ZBEKISTON FAYLASUFLARI MILLIY
JAMIYATI NASHRIYOTI-2008
2.
F.I.Xaydarov, N.I.Xalilova//Umumiy psixologiya O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi-2009
3.
E.G‘oziyev//Umumiy psixologiya psixologiya mutaxassisligi uchun o‘quv qo‘llanma
Toshkent-2002
4.
Sharipova, N. (2023). PHONETICS: UNLOCKING THE SOUNDS OF LANGUAGE. В ZDIT (Т.
2, Выпуск 27, сс. 22–24). Zenodo.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10321056
5.
Sharipova Nodira Shavkat Qizi, . (2024). TEACHING ENGLISH TO YOUNG LEARNERS
USING CLIL METHOD IN CLASS. International Journal of Pedagogics, 4(06), 161–164.
https://doi.org/10.37547/ijp/Volume04Issue06-29
6.
Abdurasulov, J. (2024). PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF MILITARY
PATRIOTIC EDUCATION IN GENERAL SECONDARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS. В
INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 7, сс.
38–40). Zenodo.
https://doi.org/10.5281/zenodo.12721051
7.
Аbdurasulov J. (2024). HARBIY PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI.
Молодые
ученые,
2(6),
48–52.
извлечено
от
https://inacademy.uz/index.php/yo/article/view/28164
8.
Jo‘rayev , S. ., & Abdurasulov, J. (2024). SUBJECT, TASKS AND CONTENT OF STUDYING
THE BASICS OF MILITARY-PATRIOTIC EDUCATION. Академические исследования в
современной науке, 3(7), 149–153.извлечено.
9.
Абдурасулов, Ж. (2022). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНФОРМАЦИОННЫХТЕХНОЛОГИЙ В
УСВОЕНИИ УРОКОВ ИСТОРИИ.
10.
Abduqodirova, D., & Abdurasulov, J. (2025). YOSHLARDA HARBIY-VATANPARVARLIK
TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISHNING PSIXOLOGIK HUSUSIYATLARI. Педагогика и
психология в современном мире: теоретические и практические исследования, 4(1),
50– 53. извлечено от
https://in-academy.uz/index.php/zdpp/article/view/42882 13
11.
Жўраев , Ш. ., & Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАДАГИ ИЖТИМОИЙ ФИКР.
Журнал академических исследований нового Узбекистана, 1(2), 97–103. извлечено от
https://in-academy.uz/index.php/yoitj/article/view/28151
12.
Abdurasulov , J. (2022). HARBIY KOMPETENTSIYA KURSANTNING KASBIY
MAHORATINI 54 SHAKLLANTIRISHNING KALITI SIFATIDA. Евразийский журнал
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
66
социальных наук, философии и культуры, 2(11), 231–234. извлечено от
https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/5326 17.
13.
Abdurasulov , J. (2022). CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANGʼICH TAYYORGARLIK FANI
OʼQITUVCHISIGA QOʼYILADIGAN TALABLAR. Евразийский журнал академических
исследований,
2(11),
983–988.
извлечено
от
https://inacademy.uz/index.php/ejar/article/view/5305
14.
Абдурасулов , Ж. (2024). ҲАРБИЙ ЖАМОАНИНГ ПСИХОЛОГИК АСПЕКТЛАРИ.
Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 2(2), 59–65
15.
Аbdurasulov J., & Pardabayeva , M. (2024). MUSOBAQADAN OLDIN SPORTCHILARNI
PSIXOLOGIK TAYYORLASH. Евразийский журнал социальных наук, философии и
культуры,
4(6
Part
2),
73–76.
извлечено
от
https://inacademy.uz/index.php/ejsspc/article/view/34717
16.
Abduqodirova Dilobarbonu Erkinjon Qizi TALABALARDA PSIXOLOGIK STRESSNI
YENGISH // YOPA. 2025. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/talabalarda-psixologik-
stressni-yengish (дата обращения: 02.04.2025).
17.
Usarboyeva D. The importance of innovative educational methods in organizing the
educational process //Current Issues of Bio Economics and Digitalization in the Sustainable
Development of Regions (Germany). – 2023. – Т. 1. – №. 1. – С. 184-187.
18.
Usarboyeva, D. (2024). Talabalarning akademik mobilligini shakllantirish mexanizmlari.
Таълим тизимида ижтимоийгуманитар фанлар, 1(1), 74-77. 31.
19.
Абдусаматова, Ш. С. (2024). Роль психологии в формировании толерантности у
студентов. IMRAS, 7(7), 39-43.
20.
Abdusamatova, S. S. (2024). Tolerantlikning shaxsiy omillari. Inter education & global
study, (5 (1)), 487-489.
21.
Abdusamatova, S. S., & Sultonqulova, G. F. (2023). Ehtiyojlar va faoliyatning o'zaro
bog'liqligi. Евразийский журнал академических исследований, 3(3 Part 3), 65-69.
22.
Аbdusаmаtоvа, S. (2023). Descriptiоn оf mоdern cоncepts оf emоtiоnаl intelligence.
Science and innovation, 2(B11), 524-529.
23.
Abdusamatova, S. (2023). Mechanism of innovation in the field of lifelong education.
Science and innovation, 2(B1), 341-344.
24.
Abdusamatova, S. (2023). Some aspects of self-development and self-knowledge, and
effective assessment methods. Science and innovation, 2(B5), 420-423.
25.
Meylieva, M. S. (2024). Talabalarga individual ta ‘lim yondashuvlari asosida intellektual
qobiliyatlarini rivojlantirish. Pedagog, 7(2), 381-384.
26.
Meyliyeva, M. S. (2024). Specific aspects of the formation of student professional
motivation through an individual approach. International education and innovative sciences,
1(9), 347-357.
27.
K.O. Arzibayev, V.Sh.Rahimov Effects On Performance By Electronic Training Equipment
For Young Karatists. «Psychologi and education» Journal (2021) 58(2): 11488-11490 ISSN:
00333077
28.
K.O. Arzibayev, V.Sh.Rahimov Influence of Basketball on the Mental and Physical
Development of the Personality. «International Journal of Future of Generation
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
67
Communication and Networking » Vol. 14. No. 1. (2021). pp. : 768-772 ISSN: 2233-7857
IJFGCN
29.
Arzibaev, K. O., & Rafiqov, A. U. (2021). THE ROLE OF MATHEMATICS IN SPORTS. In
АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В СОВРЕМЕННЫХ
СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 5-8).
30.
Arzibaev, K. O., & Tanikulova, Z. R. (2021). MECHANISMS FOR IMPROVING THE LEGAL
KNOWLEDGE OF ATHLETES. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И
СПОРТА В СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 117-119).
31.
Arzibaev, K. O., & Elmurodova, M. U. (2021). DEVELOPMENT IN SPORTS USING UNIQUE
TECHNIQUES. In АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА В
СОВРЕМЕННЫХ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ УСЛОВИЯХ (pp. 3-5).
32.
ARZIBAYEV, Q. (2024). O ‘SMIR SPORTCHILARDA MAQSADGA ERISHISH
MOTIVATSIYASI TADQIQI. News of the NUUz, 1(1.9), 54-57.
33.
Арзибаев, К. О. (2015). РОЛЬ МОТИВАЦИИ В ЕДИНОБОРСТВЕ. Наука и мир, (3-3),
103-105.
34.
Арзибаев, К. О., & Аралов, С. А. (2016). КОНСТИТУЦИОННЫЕ ОСНОВЫ
ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ. Наука и мир, 3(1), 53-54.
35.
Арзибаев, Қ. О., & Акбарова, Д. Р. (2016). Проблема здорового образа жизни в
исследованиях. Наука и мир, (3-3), 77-78.
36.
Арзибаев, К. О. (2013). МОТИВАЦИЯ ДОСТИЖЕНИЯ КАК ВАЖНЫЙ ФАКТОР
СПОРТИВНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. SCIENCE AND WORLD, 93.
37.
Арзибаев, К., & Бердалиева, Ю. (2013). ВЛИЯНИЕ МЕЖЛИЧНОСТНЫХ ОТНОШЕНИЙ
НА МОТИВАЦИЮ ЮНЫХ СПОРТСМЕНОВ. SCIENCE AND WORLD, 14.
38.
Arzibayev, Q. (2023). THE PROBLEM OF MOTIVATION OF SPORT ACTIVITY IN THE
ANALYSIS. European journal of education and applied psychology, (2), 82-89.
39.
Arzibayev, Q. (2023). THE APPEARANCE OF MOTIVES FOR SPORTS ACTIVITY IN
ANALYSIS. Modern Science and Research, 2(10), 694-704.
40.
Arzibayev, K. O., & Aralov, S. A. (2016). Physical culture and social importance of sport in
educating the young by the principles National Concept. In Scientific achievements of the third
millennium (pp. 23-24).
41.
Arzibayev, Q. (2023). О ‘smir sportchilarda sport bilan shug ‘ullanish motivlarini о
‘rganish. Sport ilm-fanining dolzarb muammolari, 1(3), 18-25.