ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
42
QISHLOQ XО‘JALIGI FAOLIYATINING RIVOJLANISHIDA KORXONALAR
MONITORINGIDA AGROSANOAT MAJMUI USTIDAN NAZORAT QILISH
INSPEKSIYASI FAOLIYATINING TUTGAN O‘RNI
Yusupov Nizomiddin Ro‘zimurod o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Statistika qo‘mitasining
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15174250
Qishloq xo‘jaligi sohasida raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi ishlab chiqarish
jarayonlarini optimallashtirish va samaradorlikni oshirish imkonini bermoqda. Ushbu
jarayonda korxonalar monitoringi faoliyati muhim o‘rin tutadi, chunki u ishlab chiqarish
jarayonlarini nazorat qilish, resurslardan samarali foydalanish va hosildorlikni oshirishga
xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan agrosanoat majmuida davlat nazorati
tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan farmonlar asosida, qishloq xo‘jaligida
raqamlashtirish jarayonlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish
inspeksiyasi tomonidan texnika holatini nazorat qilish yo‘nalishida raqamlashtirish ishlari olib
borilmoqda .
Tahlillarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda mavsum davomida
41 dan ortiq turli qarorlar qabul qilinadi. Ushbu qarorlarning aksariyati raqamlashtirish
obyekti bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra,
ekish, yetishtirish, saqlash va tashish jarayonlarida hosilning 31% yo‘qolmoqda. Shunday
sharoitda yer, suv, moddiy-texnika va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlovchi
“aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalari muhim ahamiyatga ega.
Sohaning texnik va texnologik bazasi agrosanoat majmuasining umumiy rivojlanishini
belgilaydi. Bu chorvachilik va o‘simliklarni yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirish, yer
unumdorligini oshirish va qo‘l mehnatini mexanizatsiyalashgan faoliyat bilan almashtirishda
namoyon bo‘ladi. Texnikalarning yetishmasligi fermerlarning imkoniyatlarini cheklaydi va
mahsulot tannarxida mehnat sarfini oshiradi. Mavjud texnik vositalardan samarali foydalanish,
ularning xizmat muddatini uzaytirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish takroriy ishlab
chiqarish jarayonini tezlashtiradi.
Ijtimoiy taraqqiyotning zamonaviy bosqichi yuqori tezlikdagi texnologik taraqqiyot bilan
tavsiflanadi. XXI asrda kompyuterlar va ular bilan birga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari jamiyat hayotiga, jumladan, iqtisodiyotning ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish sohalariga shiddat bilan kirib keldi. Qishloq xo‘jaligi ham bundan mustasno emas.
Bugungi kunda axborotlashtirishni jadallashtirish kelajakdagi rivojlanish barqarorligini
ta’minlashning asosi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi ko‘plab davlatlar milliy iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri sifatida
ko‘plab qiyinchilik va muammolarga duch kelmoqda. Bu jarayonlarni hal qilish uchun
quyidagilarga e’tibor qaratish lozim.
-
Samarali raqamli texnologiyalardan ilmiy asoslangan foydalanishni takomillashtirish;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
43
-
Inson kapitalini qishloq xo‘jaligida oshirish;
-
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoniga innovatsion ilg‘or texnologiyalarni
tatbiq etgan holda ularning xavfsizligini oshirish.
Yuqoridagi omillarga e’tibor qaratish qishloq xo‘jaligi mahsulotlari samaradorligini
oshirish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda agrosanoat majmuasini modernizatsiya qilish imkoniyatlari juda katta.
Dunyoda qishloq xo‘jaligi an’anaviy sanoatdan yuqori texnologiyali sanoatga aylanmoqda va u
ko‘plab amaliy muammolarni hal qilish uchun innovatsion yechimlar va ishlanmalar orqali
yangi bozorlarni yaratishga qodir.
Raqamli transformatsiyaga sarflanadigan global xarajatlar 2022-yilda 1,85 trillion AQSH
dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda 2,16 trillion AQSH dollari va 2026-yilga kelib 3,4
trillion AQSH dollariga yetishi prognoz qilinmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda
iqtisodiyotning har bir tarmog‘ida raqamli texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Agrar sohada raqamlashtirish iqlim o‘zgarishiga moslashish, xavflarni kamaytirish va
ekinlarning hosildorligini oshirishga yordam beradi. Resurslardan samarali foydalanish, ilmiy
asoslangan yondashuvlar yordamida mahsulot tannarxini kamaytirish, uning sifatini va
raqobatbardoshligini oshirish raqamlashtirishning asosiy maqsadlari hisoblanadi. Qishloq
xo‘jaligi rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarishga raqamli
texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilmagan xarajatlarni 23% gacha qisqartiradi. Mavjud
mobil yoki onlayn ilovalardan foydalangan holda uskunalar, sensorlar, sun’iy yo‘ldoshlar va
boshqa tashqi ilovalardan olingan ma’lumotlar optimal qarorlar qabul qilish uchun ishlatiladi.
Yangi texnologiyalar mahsulot sifatini kafolatlaydigan va xaridorlarning ehtiyojlarini
qondiradigan daladan iste’molchigacha bo‘lgan mahsulotni ilgari surish jarayonini kuzatish
imkonini beradi. Shu bois ham, raqamlashtirish qishloq xo‘jaligi faoliyatini tartibga solishning
asosiy yo‘nalishlarini, jumladan, agrobiznes subyektlarini moliyalashtirish, sotish
bozorlarining mavjudligi va eksportni rivojlantirishning asosiy vositasiga aylanadi. Qishloq
xo‘jaligi faoliyatini raqamlashtirish raqobatbardoshlik va mehnat unumdorligini oshirish, oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash va sohaga investitsiyalarni jalb etish imkonini beradi.
Qishloq xo‘jaligi raqamlitexnologiyalarni faol qo‘llash uchun eng mos tarmoqlardan biri
hisoblanadi. Ayniqsa, yuzlab gektar yer maydonlarida dalalarni bir vaqtning o‘zida monitoring
qilish, ma’lumot yig‘ish va ularni tahlil qilish imkoniyatining mavjudligi bu sohada raqamli
transformatsiyani tezlashtiradi. Raqamli texnologiyalar yordamida ob-havo sharoitlari,
mavsumiy quyosh nuri, hasharotlar va qushlar harakati, maxsus o‘g‘itlar ta’siri, sug‘orish va
hosil yig‘im-terim davrlari tahlil qilinadi va ularning hosilga ta’siri oldindan modellashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan
nazorat qilish inspeksiyasi rasmiy saytida (https://agroinspeksiya.uz) e’lon qilingan tahliliy
materiallarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi texnikalari monitoringi yo‘nalishida ham aniq raqamli
yechimlar ishlab chiqilgan. Xususan, mamlakat bo‘yicha 170 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi
texnikasining texnik holatini raqamli tarzda nazorat qilish, ularni diagnostika qilish, texnik
xizmat ko‘rsatish davriyligini avtomatik aniqlash va ma’lumotlarni yagona baza orqali
boshqarish yo‘lga qo‘yilgan. Bu tizim agrotexnika vositalarining ishlash muddatini uzaytirish,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
44
buzilishlar oldini olish va ishlab chiqarish jarayonida to‘xtalishlarni kamaytirish imkonini
bermoqda.
Saytdagi ma’lumotlarda qayd etilishicha, davlat tomonidan tashkil etilgan elektron
axborot tizimida texnikalarning ish holati, ishlab chiqarilgan yili, xizmat ko‘rsatish muddati,
zaxira qismlarning mavjudligi va joylashuvi haqidagi to‘liq axborot mavjud. Bu esa, o‘z
navbatida, raqamli monitoringning davlat miqyosida ham strategik boshqaruvga xizmat
qilishiga dalolat beradi. Bunday tizim orqali nafaqat texnik vositalarning ish holati nazorat
qilinadi, balki ularni samarali taqsimlash, modernizatsiya qilish, texnik xizmatlarni
rejalashtirish va sohani avtomatlashtirish imkoniyati ham yaratiladi.
Shu asosda aytish mumkinki, monitoringning texnik holatga doir yo‘nalishlari
O‘zbekiston tajribasida amaliy natijalar bermoqda. Bu tajriba nafaqat texnikaning ishlashiga,
balki qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimining umumiy barqarorligiga bevosita ta’sir qiladi.
Ayniqsa, fermerlar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi tizimi
aniq ma’lumotga asoslangan bo‘lib, sohadagi texnik salohiyatni aniq tahlil qilish imkonini
beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 794-sonli
qarori – “O‘zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo‘jaligida raqamlashtirish
tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan
nazorat qilish inspeksiyasi – "Monitoring texnik holat: nima amalga oshirildi?" maqolasi.
3.
FAO (Food and Agriculture Organization of the United Nations). (2022). "Digital
Agriculture: Transformation of Food Systems for People, Planet and Prosperity".
4.
World Bank. (2021). “Digital Technologies in Agriculture and Rural Areas: Briefing Paper”.
5.
Bekchanov, M., & Karimov, B. (2020). “Raqamli texnologiyalarni O‘zbekistonda qishloq
xo‘jaligiga integratsiyalash: muammo va imkoniyatlar”. Iqtisodiyot va Innovatsion
Texnologiyalar, №2, 45–53.
6.
Sultanov, A., & G‘aniyev, R. (2023). “Agrotexnologik monitoring tizimlarini joriy etishning
iqtisodiy samaradorligi”. Ilmiy-amaliy agroiqtisodiy jurnal, №1(15), 22–30.