ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
30
O‘QISHNING FIZIOLOGIK BUZILISHI
Xusnidinova Saodat Sabitovna
ALFRAGANUS universiteti pedogogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15173701
Annotasiya:
Maqolada disleksiyaning fiziologik kelib chiqish sabalari, tasnifi, shakllari
yoritilgan.
Kalit so
‘
zlar:
disleksiya, psixik funksiya, harf, grammatika, fonetika, aleksiya.
Khusnidinova Saodat Sabitovna
Lecturer at the Department of Pedagogy and Psychology at ALFRAGANUS University
Abstract:
The article discusses the causes, classification, and forms of dyslexia of
physiological origin.
Keywords:
dyslexia, mental function, letter, grammar, phonetics, Alexia.
Hozirgi zamon adabiyotlarida o’qish buzilishlari "aleksiya" va "disleksiya" terminlari
bilan yuritiladi. Aleksiya termini o‘qish jarayonining yo’qligini, disleksiya termini esa o’qish
jarayonini qisman buzilishini bildiradi.
O‘qish buzilishlari bolalar orasida keng tarqalgan. Mualliflarnin bergan ma’lumotiga ko’ra
Evropa mamlakatlarida aqli normal bolalar orasida disleksiya 10% tashkil etar ekan. R. Bekker
ma’lumotiga ko’ra esa, ommaviy maktab boshlang’ich sinf bolalarida o’qish buzilishlari 3% og’ir
nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar maktabida esa 22 % ni tashkil etar ekan. R.I. LalaEva
ma’lumotiga ko’ra, yordamchi maktablarining o’quvchilarida o’qish buzilishlari 62 % tashkil
etadi. A.N. Korneva ma’lumoti bo’yicha 7-8 yoshli o’quvchilar orasida 4,8% disleksiya
kuzatilgan. Og’ir nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar va psixik rivojlanishi ortda qolgan
bolalar maktabi o’quvchilarining 20-50% da disleksiya aniqlangan. Disleksiya o’g’il bolalarda
qiz bolalarga nisabatan 4,5 baravar ko’p uchrar ekan.
Disleksiya – bu markaziy psixik funksiyaning shakllanmaganligi va qat’iy xarakterdagi
xatolarning qaytarilishi bilan bog’liq bo’lgan o’qish jarayoning qisman buzilishi.
Disleksiyaning alohida o’zi mustaqil nutq nuqsoni sifatida kamdan-kam uchraydi.
Disleksiya belgilari quyidagichadir:
1. Harflarni esda saqlay olmaslik, ularni bir-biri bilan almashtirib o’qish; harflarni
bo’g’inlarga biriktira olmaslik;
2. Harf va bo’g’inlarni qayta – qayta takrorlash, tushirib ketish, o’rnini almashtirish
natijasida ma’noni tushunmay, noto‘g’ri sekin o’qish;
3. So’z qismlarini, bo’g’inlarni, qo’shimchalarni boshqa harf, bo’g’in yoki so’zlar bilan
almashtirish;
4. Tinish belgilari, pauzalarga rioya qilmaslik; so’z o’rtasida to’xtab, pauzalar qilib,
birinchi so’zning ikkinchi qismini keyingi so’zning birinchi qismi bilan qo’shib o’qib ketish.
O‘qish bu nutq faoliyatining tovushlar talaffuzi va idroki bilan chambarchas bog’liq
bo’lgan bir turidir. Psihologiyaga doir adabiyotlarda o’qish mexanizmlariga, birinchidan
so’zning o’qilishi, ya’ni grafik tomoni va aytilishi o’rtasidagi bog’lanish, ikkinchidan, o’qilgan
so’zning ma’nosini tushunish, ya’ni ongli o’qish kiradi, deb ta’kidlanadi. O‘qish malakalari
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
31
mukammal bo’lishi uchun o’qish jarayonining ikkala tomonini ham bir-biriga payvasta qilib,
baravar shakllantirib, olib borilish kerak. Aks holda materialni tushunib,ongli o‘qishni
ta’minlab bulmaydi. Yuqorida ko’rsatilgan disleksiyaning belgilari ko’proq o’qish texnikasi
bilan bog’liq bo’lsada, bularning hammasi ongli o’qishga ta’sir ko’rsatadi.
Disleksiya jarayonida bolalarda ko’pincha og’zaki nutqning buzilishi ham kuzatiladi.
Adabiyotlarda disleksiyadagi og’zaki nutq buzilishning turli xil turlari ko’rsatilgan bo’lib, bular:
1. Nutqning tempi va ritmining buzilishi (duduqlanish, juda tez nutq).
2. Nutq paydo bo’lishining kechikishi.
3. Verbal funksiyaning yaxshi rivojlanmaganligi (so’zlarni notug’ri ishlatilishi).
4. Og’zaki nutqning grammatik tuzilishining buzilishi.
5. Tovush talaffuzining buzilishi.
6. Fonematik rivojlanishning buzilishi.
Disleksiyaning kelib chiqishida nutq rivojlanishining kechikishi ko’p ahamiyatga ega. Ko’p
hollarda disleksiyada nutqning rivojlanishining kechikishi kuzatiladi. Ba’zi hollarda bu qoloqlik
Engil bo’ladi (nutq 2 yoshdan keyin paydo bo’lganda) boshqa hollarda nutqning
rivojlanishining kechikishi qo’pol tarzda ya’ni nutq 4 yosh va undan keyingi yoshlarda paydo
bo’lganda. Disleksiyali bolalarda tovush talaffuzining buzilganligi lug’atining kambag’alligi,
so’zlarni noto‘g’ri ishlatganida kuzatiladi. Ular jumlalarni grammatik jihatdan to’g’ri tuza
olmaydilar. So’zlarni ishlatishda xatolarga yo’l qo’yadilar.
R.E. Levinaning fikricha, og’zaki nutq va o’qish buzilishlari asosida fonematik sistemaning
bir shaklga tushmaganligi yotadi. O‘qishga o’rgatishning dastlabki, bosqichlarida bolalarda
nutqning fonetik-fonematik tomoni rivojlanmaganligi, nutqiy umumlashtirishlarning
noto’g’riligi kuzatiladi. Bu so’zning tovush analizini qiyinlashtirishadi. Harflarni
o’zlashtirmaslik, grafik belgilarini o’zlashtiridagi zaiflikdan emas, balki tovushlarni
umumlashtirishni bir maromga tushmaganligidan kelib chiqadi. Agar harf-tovush bilan
umumlashtirilmasa uni o’zlashtirish mexanik xarakterda bo’ladi. Bola to’g’ri talaffuz etgan
tovushlarni harf bilan aniq umumlatira oladi. Agarda tovushni yomon eshitsa noto’g’ri talaffuz
etsa yoki boshqa tovushga almashtirsa unda shu tovushga mos tovushni idrok etish qiyin
kechadi. Harfni o’zlashtirmaslik fonematik idrokni yaxshi rivojlanmaslikdan kelib chiqadi.
Shunday qilib, agar bolada fonematik idrok yaxshi rivojlangan bo’lsa, unda harf hakida
tushuncha ham sekin rivojlanadi (A.Ananev, R.E. Levina).
Bu bolalarda tovushlarni bo’g’inlarga birlashtirishda ham qiyinchiliklar kuzatiladi.
Sidirg’asiga o’qishni o’zlashtirishi uchun bola harfni faqatgina o’ziga mos tovush bilan
umumlashtirishi kerak. Bundan tashqari u shu tovushni umumiy talaffuzini qilish kerak.
Bo’g’inlarni sidirg’asiga talaffuzi etish mazmunni oldindan bilishga yordam beradi. Tovushlarni
bo’g’inda birlashishi bu birinchi navbatda ularni og’zaki nutqdagi talaffuz bilan bog’liq. Agar
bolada tovush so’zning tovush harf tarkibi haqidagi bilimlari aniq bo’lmasa tovush bo’g’in
obrazlarining umumlashuvi qiyinlashadi.
O‘qishning buzilishi nutqning leksik, grammatik rivojlanishining etarli emasligi bilan ham
bog’lanadi. Bunga ko’ra o’qishda so’zlarni almashtirish faqat ularning fonetik o’xshashligi
noto‘g’ri talaffuz yoki ayrim tovushlarni ajrata olmaslik bilan emas, balki gapning sintaktik
bog’lanishlardagi qiyinchliklar bilan kuzatiladi. Bu hollarda morfologik analiz qiyinlashgan
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
32
bo’ladi. Nutqning grammatik tuzilishi rivojlanmaganligi so’zning morfologik strukturasini etarli
idrok etmaganidan kelib chiqadi.
Bunda bolalarda o’qish jarayonida agramatizmlar kuzatiladi.
Lug’atning cheklanganligi va grammatik umumlashtirishning Etarli rivojlanganligi
o’qiyotgan narsani tushunishida qiyinchilik keltiradi, chunki o’qiyotgan narsani tushinish bola
nutqini qay darajada rivojlanganligi, so’zni tushirish, so’z va gaplarning bog’lanishlarini
tushunish orqali ruyobga chiqadi.
Shuning uchun o’qish malakalarini muvaffaqiyatli o’zlashtirishning asosiy jarayonlari
quyidagilar: og’zaki nutqni, uning fonetik-fonematik tomonini (talaffuz, fonemalarni eshitishda
ajratish, ofnematik analiz va sintez), leksik-grammatik analiz va sintezni, leksik-grmammatik
tuzilishini, fazoviy tasavvurni, ko’ruv analiz sintezi va mnezisni shakllantirishdir.
Disleksiyani tasniflash asosida turli mezonlar yotadi: o’qish buzilishining paydo bo’lishi,
o’qish buzilishlarining ifodalanish darajalari (R. Bekker), o’qish aktida ishtirok etuvchi
analizator faoliyatining buzilishi (O.A. Tokaryova) u yoki bu psixik funksiyalarning buzilishi
(M.E. Xvatsev, R.V. Levina va boshqalar), o’qish jarayoni operatsiyalarining hisobga olish (R.I.
LalaEva).
O‘qish buzilishlari paydo bo‘lishiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: literal – harflarni
o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar yoki qobiliyatsizlikni namoyon bo’lishi, verbal – so’zlarni
o’qishdagi qiyinchiligi bilan namoyon bo’ladi.
R. Bekker o’qish buzilishlarining turlari juda ko’pligini qayd qiladi va ularni quyidagi
turlarga guruhlash mumkin deb hisoblaydi: tug’ma so’z ko’rligi, disleksiya, bradileksiya,
legasteniya, o’qishning tug’ma zaifligi. Ushbu tasnif asosida disleksiya
patogenizi
va uning
namoyon bo’lishi darajalari yotadi.
O.A. Tokaryova o’qish buzilishlari tasnifini birlamchi buzilgan analizatorlar bilan bog’lab
ko’rsatadi (eshitish, ko’rish yoki harakat) va shunga asoslangan holda disleksiyani quyidagi
shakllarini ajaratadi: akustik, optik va motor.
O‘qish jarayoni operatsiyalarining buzilishining hisobga olib R.I. LalaEva disleksiyani
quyidagi shakllarini ajratadi: fonematik, semantik, agrammatik, mnestik, optik, taktik.
Fonematik disleksiya
– fonematik sistema funksiyasining rivojlanmaganligi bilan
bog’liqdir.
Fonematik sistema funksiyasining shakllanmaganligini hisboga olib, fonematik disleksiyani
ikki shaklga ajratish mumkin.
Birinchi shakl – o’qishning buzilishi fonematik idrokni rivojlanmaganligi bilan bog’liq.
Bunda harflarni o’zlashtirishda bir qator qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Shuningdek akustik va
artikulyator jihatdan o’xshash tovushlar (b-p, d-t, s-sh, j-sh) almashtiriladi.
Ikkinchi
shakl
–
o’qishning
buzilishi
fonematik
analiz
funksiyasining
rivojlanmaganligidan kelib chiqadi.
Disleksiyaning bu shaklida o’qishda quyidagi xatolar kuzatiladi: harflab o’qish, so’zning
tovush-bo’g’in tuzilishining buzilishi.
Semantik disleksiya
– texnik jihatdan to’g’ri o’qilgan so’z, gap, tekst mazmunining
tushunishni buzilishi bilan xarakterlanadi. Bunda bola o’qigan so’ziga mos rasmni ko’rsata
olmaydi. O‘qigan tekst yuzasidan berilgan savollarga javob bera olmaydi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
33
Agrammatik disleksiya
– nutqning grammatik tomoni hamda morfologik va sintaktik
umumlashtirishning rivojlanmaganligi oqibatidir.
Mnestik disleksiya
– hamma harflarni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklarda namoyon bo’ladi.
Mnestik disleksiya tovush va harf o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning va nutqiy xotiraning buzilishi
natijasida kelib chiqadi.
Optik disleksiya
– grafik jihatdan o’xshash harflarni o’zlashtirishdagi qiyinchiliklar
natijasida kelib chiqadi.
Taktil disleksiya
– ko’r bolalarda kuzatiladi. Uning asosida Brayl alifbosidagi harflarni
taktil qabul qilish orqali ajratishdagi qiyin chiliklar yotadi.
M.V. Xvatsev disleksiyani quyidagicha tasnif qiladi: fonematik, optik, semantik va menstik.
Uning fikricha, bolalarda ko’prok fonematik va optik disleksiya kuzatilar ekan.
Fonematik disleksiyada bolalar 2-4 yil davomida ham to’g’ri o’qishni o’rgana olmaydilar.
Ular ayrim harflarni juda qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar va ularni bo’g’inlarga, so’zlarga
qo’shib o’qiy olmaydilar. Boshqalar ba’zi harflarni qiyinchiliksiz o’zlashtiradilar, lekin bo’g’in
va so’zlarni o’qish jarayonida ko’p xatoliklarga yo’l qo’yadilar. Buni muallif fonematik eshituvni
yaxshi rivojlanmaganligi deb ko’rsatadi.
Bolalar o’qish jarayonida tovushlarni aniq talaffuz qilmaydilar va o‘xshash tovushlarni
bir-biridan ajrata olmaydilar.
Optik disleksiya bolalar yozilishi jihatdan o’xshash harflarni almashtiradilar. Bolalarda
ko’ruv analiz sintezi va fazoviy tasavvurlar buzilgan bo‘ladi. Optik disleksiyada bolalar shakli
va yozilishi bilan o’xshash harflarni almashtiradilar.
Ҳarf elementlarini fazoda joylashuviga ko’ra o’xshash harflar almashtiriladi.
Mnestik disleksiya harf va tovush o’rtasidagi bog’lanishni rivojlanmaganligi yoki buzilishi
bilan xarakterlanadi.
Semantik disleksiya texnik jihatdan to’g’ri o’qilgan tekst ma’nosi tushunarsiz bo’lishi bilan
xarakterlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Ахутина Т. В., Иншакова О. Б. Нейропсихологическая диагностика, обследование
письма и чтения младших школьников: методическое пособие. — М.: В. Секачев, 2008. —
128 с.
2.
Корнев А. Н. Нарушения чтения и письма у детей: учебно-методическое пособие. —
СПб.: МиМ, 1997. — 286 с. 1
3.
Лалаева Р. И. Нарушение процесса овладения чтением у школьников: учебное
пособие для студентов дефектологических факультетов педагогических институтов. —
М.: Просвещение, 1983. — 136 с. 1
4.
Лурия А. Р. Очерки психофизиологии письма. — М.: Изд-во Академии
педагогических наук РСФСР, 1950. — 84 с. 1
5.
Заваденко Н. Н. Дислексия: механизмы развития и принципы лечения / Н. Н.
Заваденко, М. В. Румянцева // Русский журнал детской неврологии. — 2008. — №3(1). —
С. 1–8. 2
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
34
6.
PROчтение: дислексия в XXI веке. Сборник материалов IХ Международной научно-
практической конференции Российской ассоциации дислексии (10 сентября 2020 г.,
Москва). — М: Гос. ИРЯ им. А. С. Пушкина, 2020. — 319 с.
7.
Лалаева Р. И., Венедиктова Л. В. Диагностика и коррекция нарушений чтения и
письма у младших школьников. — СПб., 2001