Авторы

  • G‘ulomjon Axmedov
    Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining mustaqil tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.78410

Ключевые слова:

metallsozlik konchilik qurolsizlik manabshunoslik masalasi qoyatosh bitiklari.

Аннотация

Markaziy Osiyoda qadimgi davrdan arab xalifaligi hukmronligigach bo’lgan metallsozlik va konchilikka oid jarayonlar manbalar, bitiklar, jumladan “Avesto”, fors, yunon-rim tarixchilari, hind, xitoy, arab tarixchilari tomonidan yozilgan asarlar asosida ko’rib chiqildi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

145

MANBALARDA MARKAZIY OSIYO METALLSOZLIK VA KONCHILIK TARIXIGA

DOIR MA’LUMOTLAR TAHLILI

G‘ulomjon Jumanazarovich Axmedov

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori

Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Urganch davlat universitetining mustaqil tadqiqotchi

E-mail: axmedov.gulom.1981@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15202278

Annotatsiya:

Markaziy Osiyoda qadimgi davrdan arab xalifaligi hukmronligigach bo’lgan

metallsozlik va konchilikka oid jarayonlar manbalar, bitiklar, jumladan “Avesto”, fors, yunon-
rim tarixchilari, hind, xitoy, arab tarixchilari tomonidan yozilgan asarlar asosida ko’rib chiqildi.

Kalit so’zlar:

metallsozlik, konchilik, qurolsizlik, manabshunoslik masalasi, qoyatosh

bitiklari.

ANALYSIS OF DATA ON THE HISTORY OF CENTRAL ASIA'S METALLURGY

AND MINING IN SOURCES

Gulomjon Jumanazarovich Akhmedov

Director of the Specialized Boarding-School № 1 in Urgench

Independent Researcher at Urgench State University

named after Abu Rayhon Biruni

E-mail: axmedov.gulom.1981@gmail.com

Annotation.

The processes of metallurgy and mining in Central Asia from ancient times

to the rule of the Arab Caliphate were examined on the basis of sources, inscriptions, including
the “Avesta”, works written by Persian, Greco-Roman historians, Indian, Chinese, and Arab
historians.

Keywords:

metallurgy, mining, metallurgy, the issue of mineralogy, rock inscriptions.

АНАЛИЗ СВЕДЕНИЙ ПО ИСТОРИИ МЕТАЛЛУРГИИ И ГОРНОГО ДЕЛА

ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ В ИСТОЧНИКАХ

Гуломжон Жуманазарович Ахмедов

Директор специализированной школы-интерната № 1 города Ургенча

Независимый исследователь Ургенчский государственный университет имени

Абу Райхана Беруни

E-mail: axmedov.gulom.1981@gmail.com

Аннотация.

На основе источников и текстов, в том числе Авесты, трудов

персидских, греко-римских историков, индийских, китайских и арабских историков,
рассмотрены процессы металлургии и горного дела в Средней Азии с древнейших
времен до правления Арабского халифата.

Ключевые слова:

металлургия, горное дело, разоружение, проблема минералогии,

наскальные надписи.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

146

O‘zbekiston, hududidagi qazilma boyliklar haqidagi dastlabki yozma ma’lumotlar Avesto,

grek-rim manbalarida, Ahamoniylar davri bitiklarida va qadimgi Xitoy va fors-arab
manbalarida uchraydi.

Avesto asaridagi ma’lumotlar tahlili, Markaziy Osiyoda metallsozlik va qurolsozlik

qadimdan taraqqiy qilgan sohalardan biri bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Asa

rning Mehr Yasht

qismining turli bo‘limlarida qurol-aslahalardan foydalanish, ularning ishlab chiqarilishi va
unda Mitraning yordami haqida alqovlar keltirilgan bo‘lib, shu orqali o‘sha davrda mintaqada
qurolsozlik sohasida ishlab chiqarilgan qurol-aslaha turlari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish
mumkin. Misol uchun, Mehr Yashtning oltinchi bo‘limida

uchqur nayza, sakkizinchi bo‘limida

― burgut pati qadalgan o‘qlari, kamonlar, sopqonidan uchgan tosh, ― tig‘lar, bolta kabi
qurollardan foydalanish bilan bog‘liq vaziyatlar tasvirlangan

1

.

Ahamoniylar davrini yorituvchi Persepol saroyi va Naqshi Rustam qoyasidagi bo‘rtma

tasvirlarda xorasmiylar elati va saklarning qiyofasi, usti–boshi va qurol–aslahalari aks
ettirilgan. Ulardan qadimgi Persepol shahrida Eron podsholari Doro I va Kserks saroyi
devorlaridagi o‘yib ishlangan bo‘rtma ilovalarda alohida guruhlardan iborat turli xalqlarning
Ahamoniylar hukmdorlariga o‘lpon keltirish manzarasi aks ettirilgan.

O‘n yettinchi guruh xorazmliklar bo‘lib, ularning dudama xanjar, jangovar oybolta,

bilaguzuklar va otni o‘lpon sifatida to‘lashga olib kelayotgan holati tasvirlangan

2

.

Qadimni fors qoyatosh bitiklari va Persopol saroyidagi bo‘rtma tasvirlar hamda yunon-

rim manbalaridagi ma’lumotlarni tahlil qilsak, mil.av. VI – V asrlarda Xorazm va Orol bo‘yida
yashovchi xalqlar kamon, nayza, qilich, xanjar, harbiy bolta kabi hujum qurollaridan tashqari,
bellariga oltin kamar, boshlariga dubulg‘a, qalqon, metalldan himoya sovutlari kabi jangchining
himoya yarog‘-aslahalarini tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan

3

. Xorazmda mil.avv. IV asrdan

bronza va mis paykonlar o‘rniga temir paykonlarning kirib kelishi himoya sovutlarini ishlab
chiqarish jarayonini tezlashtiruvchi va kuchaytiruvchi omillardan bir bo‘ldi.

Ahmoniy shohlarining Suzadagi saroyida bitilgan yozuvlarda ham Baqtriya, So‘g‘diyona

va Xorazmdan olib kelinadigan oltin va boshqa nodir metallar, qimmatbaho toshlar haqida
ma’lumotlar bor. Xususan, ushbu yozuvlardan Baqtriyadan oltin, So‘g‘ddan lojuvard va
«sanaubar toshi», Xorazmdan «axshayna» nomi bilan yuritiladigan tosh keltirilib, saroy
qurilishida foydalanilganligi haqida bilib olishimiz mumkin

4

.

Gerodot massagetlar yurtida oltin va mis konlari ko‘pligini, ular temir va kumushdan

foydalanmasligini, chunki bu metallar ular yurtida yo‘qligini yozib qoldirgan bo‘lsa

5

. Shoh

Kserks qo‘shini tarkibidagi saklarni Gerodot quyidagicha tasvirlaydi: “Saklar (skif) tik turuvchi
o‘tkir uchli qalpoq, ishton kiyib, saklar kamoni va xanjari bilan qurollangan. Shuningdek, ularda
ikki qirrali harbiy bolta-sagarislar mavjud”

6

.

1

Авесто: Яшт китоби. / М. Исҳоқов таржимаси. Тошкент: Шарқ, 2001.-Б.51,53.

2

Уилбер Д. Персеполь. Археологические раскопки резиденции персидских царей / Перевод с англ. Е.Л.Власовой.

– М.: Наука, 1977 .- С.70-71.

3

Литвинский. 1972, 126-бет

4

Лунин Б.В. История Узбекистана в источниках. –Т.: Фан, 1984. С.11-12.

5

Геродот. История. В девяти книгах. /Пер. с греческого и коммент. Г.А. Стратановского. –М.: “ОЛМА-ПРЕСС

Инвест”, 2004. С.117.

6

Геродот. История. В девяти книгах / Перевод Г.А. Стратановского. –Л.: Наука, 1972. VII -том. –С 64.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

147

Mil. av. II asrda O‘rta Osiyoga kelgan Xitoy elchisi Chjan-Syan qadimgi farg‘onaliklar

cho‘yan eritishni bilmas edilar, ularga xitoyliklar o‘rgatgan deb yozadi

7

. O‘rta Osiyo xalqlari

temir va cho‘yan eritish va qo‘yishni xitoyliklardan o‘rganganmi yoki bu ilgaridan ularga
ma’lum sa’natmi, yo‘qmi bundan qat’iy nazar, har holda ular mil. av. II asrda temir rudasini
qazib olish, uni eritib temir va cho‘yan tayyorlash va ulardan har xil buyumlar yasashni
bilganligini Chjan-Syan ma’lumotlari yaqqol ko‘rsatadi.

Plutarx Parfiya to‘g‘risidagi xabarida, parfiyaliklarning zirhlari Marg‘iyananing po‘latidan

ishlanganligini ta’kidlaydi

8

.

Strabon (mil. avv. I asr) bu ma’lumotlarida massagetlar yurtida kumush umuman

yo‘qligini, temir oz uchrashini, mis va oltin buyumlar ko‘pligini ta’kidlaydi

9

. Rim tarixchisi Pliniy

(I asr) saklar yurtida (Toshkent vohasida) ko‘p uchraydigan nodir, qimmatbaho tosh - feruza
haqida yozib qoldirgan.

10

Undan turli taqinchoqlar, zeb-ziynat buyumlari yasashda

foydalanilgan.

Mashhur hind eposi “Mahabxarat”da Hindistonga temirni toharlar olib kelishgani haqida

ma’lumot mavjud. Mutaxassislar fikricha, Surxon vohasi tog‘lari (Ko‘xitog‘)dan topilgan
qadimiy temir konlari qoldiqlari ham bu ma’lumotlarning to‘g‘riligidan dalolat beradi. O‘rta
Osiyo viloyatlarining ahamoniylar Eroni va unga tobe bo‘lgan mamlakatlar bilan savdo va
hunarmandchilik aloqalari haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjud. O‘rta Osiyo xalqlari
ahamoniylar davridagi madaniy yodgorliklarni bunyod etishda katta hissa qo‘shdilar. Doro
yozuvlari ma’lumotlariga qaraganda, Suzadagi podsho saroyini qurishda oltin Baqtriyadan,
lojuvard va qimmatbaho toshlar Sug‘diyonadan, feruza Xorazmdan olib kelingan

11

.

Xitoydagi katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 206 - mil. 25 yy.) ham Farg‘ona va Toshkent

vohasida olinadigan metall va nometall qazilma boyliklar haqida ma’lumotlar mavjud. Unga
ko‘ra, Farg‘onaga Xitoydan bu davrda oltin va kumush olib kelingan, dovon(farg‘ona)liklar
temirdan cho‘yan olish usulini xitoyliklardan o‘zlashtirganlar

12

.

Ilk o‘rta asrlarda O‘zbekiston hududidagi foydali qazilmalar haqida Xitoy manbalarida

ham ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Syuan-Szyanning 645 yildagi O‘rta Osiyo sayohatlari
kundaligida va “Shimoliy xonadon tarixida” Badaxshonning oltin, la’l va lojuvardlari,
Xorazmning qora tuzi, Zarafshonni quyi oqimidan olinadigan 5 xil rangdagi tuzlar, 751 yilga
taalluqli manbada esa Raxon (Farg‘ona)dagi simob, temir va oltin konlari haqida ma’lumotlar
keltiriladi

13

.

Toshkent vohasi – Choch va Iloq hududlarida tog‘ jinslari va ma’danlarni qazib olish va

tog‘-kon sanoati rivojlanishi haqida ma’lumotlar dastlab o‘rta asrlar geograflari va

7

Бичурин И. Собрание сведий о народах обитавших в Средней Азий в древние времена. –СПб., 1851. Т. III. -

С.61-62.

8

Кошеленко и др, Древнейший Мерв в свидетельствах письменных источников //Сборник документов

(Составители Кошеленко Г.А., Губаев А., Бадер А. Н., Гаибов В.А.). - Ашхабад. 1994. – С.43.

9

Страбон. География в семнадцати книгах. Пер. с греч., вступ. слова и комм. Г.А. Стратановского. –М.: Олма-

Пресс, 2004.

10

Массон М.Е. К истории горного дела на территории Узбекистана. -Т.: 1953. -С.11.

11

Ўзбекистон тарихи. Муаллифлар жамоаси. Масъул муҳаррирлар. А.Сагдуллаев, Б.Эшов. –Т. Университет,

1999. 54-бет.

12

Бичурин Н.Я. (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. –Ч.2. –

М-Л. 1950. С.154

13

Массон М.Е. К истории горного дела. -С.14, 19.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

148

tarixshunoslari asarlarida o‘z aksini topgan. Ular ichida At-Tabariy (X asr), Ibn Xavqal (X asr),
Ibn Xurdodbex, Mahmud ibn Vali (XV asr) asarlarini, muallifi noma’lum “Hudud al-Olam” (X asr)
nomli asarni va boshqalarni aytib o‘tish mumkin.

14

Ushbu asarlarda O‘zbekiston hududidagi, xususan, Choch va Iloq vohasidagi mis, kumush,

oltin va boshqa konlar haqida muhim ma’lumotlar mavjud. Shu tufayli ularga qisqacha to‘xtalib
o‘tamiz. O‘rta asr islom dunyosida ilm-fan rivojining dastlabki davrlardanoq ko‘pgina fanlar
singari mineralogiya fani ham rivojlanib borgan bo‘lib, bu jarayon ko‘p holda mazkur davrdagi
ijtimoiy-iqtisodiy hayot talabiga mos ravishda bo‘lganligini ko‘ramiz. Xalifa Xorun ar-Rashid
Bag‘dodda “Donishmandlar uyi”ga asos solgan davrda (IX asr boshlari) uning o‘g‘li Ma’mun
Xuroson noibi bo‘lib turgan edi. Ma’mun dastlabki davrdayoq O‘rta Osiyoning mashhur olimlari
bilan yaqin aloqalar o‘rnatganligi ma’lum. Keyinchalik u Bag‘dod xalifasi bo‘lgan davrda ham
(813-833) bu aloqalarni davom ettiradi. Xususan, bu davrda Bag‘doddagi Akademiya
Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy rahbarligida ish yurita boshladi. Aynan shu davrdan boshlab
musulmon sharqida boshqa fan sohalari kabi mineralogiya fani ham rivojlana boshladi. Bu
davrda turli ma’danlar, minerallarga bag‘ishlangan ko‘plab asarlar yozilgani ham bu soha
rivojini ko‘rsatuvchi muhim belgidir.

Arab olimi as-Saolibiy (961-1038 yy.) asarlarida xalifa Ma’mun va Vosiq saroyiga usti muz

bilan qoplangan maxsus qo‘rg‘oshin idishlarda keltirilgan

15

. IX-XII asrlarda Xorazmdan

Xitoyga ham muz solingan bronza idishlarda tarvuzlar olib kelingan

16

. Ushbu ma’lumotlar o‘rta

asrlarda Xorazmda qovunlarni Sharq davlatlariga yetkazish uchun qo‘rg‘oshin va bronzadan
maxsus idishlar tayyorlanganligini ko‘rsatadi.

Sayoh al–Maqdisiyning Xorazmdan tashqi savdoga chiqariladigan mahsulotlar ruyxatida

“…qulf, eng kuchli odamlar ishlata olishi mumkin bo‘lgan kamonlar., qayiq tayyorlanadi va
jihozlanishi” ta’kidlanadi

17

.

Xorazmda X–XIV asrlarda qulf, oltin va kumush suvi yuritilgan egar–jabduq, jugan–

suvliqlar tashqi savdoga chiqarilgan. Manbalarda X–XI asrlarda qulfchi, qulachi (misgar),
oltunchi (zargar) kabi ixtisoslashgan kasblar faoliyat ko‘rsatganligi ta’kidlanadi

18

.

Sharq musulmon dunyosida mineralogiya fani rivojida Husayn ibn Is’hoqning “Toshlar

haqida kitob” asari, basralik qomusiy olim al-Qandiyning “Qimmatbaho toshlar va ularga
o‘xshash minerallar haqida” asari, ar-Roziyning “Sirlarning siri haqida kitob” asari, muhim o‘rin
tutadi.

O‘zbekiston, xususan, Iloq vohasida tog‘-kon ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotlarni IX-

XII asr arab geograflari asarlarida, muallifi noma’lum “Hudud al-olam» asarida va boshqalarda

14

Табари. История ат-Табари. /Пер. В.И.Беляева. –Т., Фан, 1987; Бетгер Е.К. Извлечение из книги «Пути и

страны» Абул Касыма ибн Хаукаля //Тр. САГУ. Вып. I. Археология Средней Азии. -Т., 1957. С5-57.; Ибн
Хордадбех. Книга путей и стран. (Китоб ал масалик вал мамалик). /Пер. с арабского, комм., исслед., указ. и карты
Н. Валихановой. –Боку.:Университет, 1986.; Махмуд ибн Вали. Бахр ал-асрор фи манокиб ал-ахайр (Море тайн
относительно доблестей благородных). География. Пер. Б.А.Ахмедова. –Т.: Фан, 1977.

15

Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского завоевания. – Сочинения. Т.I. –М.: «Наука», 1963.-С.297.

16

Шефер Э. Золотые персики Самарканда. Книга о чужеземных диковинах в империи Тан. – М.: ГРВЛ, 1981. –

C.147-148, 164 ( 608 с.).

17

МИТТ. – М.–Л., 1939. Т. I – С. 202.

18

Якубовский А.Ю. Феодальное общество Средней Азий и его торговля… – С. 3; МИТТ. – С. 202 ; Иброҳимов

С. Фарғона шеваларининг касб–ҳунар лексикаси. – Б.93.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

149

uchratamiz. Iloq vohasida tog‘-kon ishlab chiqarishi masalasini yoritishda ibn Xurdodbek,
Istaxriy va Ibn Havqalning bir xil nom bilan atalgan “Masalik val mamalik” (“Yo‘llar va
mamlakatlar”) asarlari

19

, Beruniyning “Minerologiya” asari

20

, muallifi noma’lum “Hudud al-

olam” (“Olam hududlari”) asari va boshqalar muhim ahamiyatga egadir.

Ma’lumki, “Yo‘llar va mamlakatlar” nomli asar IX asrda yashagan bir nechta muallif

tomonidan yaratilgan. Bu nomdagi birinchi asarni Abu Zayd al Balxiy yozganligi ma’lum.
Keyinchalik yana bir arab geografi Abu Is’hoq Ibrohim bin Muhammad al Farasi al Istaxriy bu
asarni ancha to‘ldirib, yangi ma’lumotlar bilan boyitadi va “Kitob al masalik val mamalik” nomi
bilan ataydi. Movarounnahrga tashrif buyurgan arab sayyohlari ichida 943 yilda Bag‘doddan
chiqib, barcha musulmon mamlakatlariga sayohat qilgan Abul Qosim Muhammad ibn
Havqalning ma’lumotlari alohida ahamiyatga ega. U o‘z sayohati davrida Istaxriy bilan
uchrashadi. Keyinchalik Istaxriyning asarini to‘liq qayta ishlab, to‘ldirib 977 yilda “Masalik val
mamalik” (“Yo‘llar va mamlakatlar”) asarini yaratadi. Bu asarda Ibn Havqal Iloq konlari haqida
ham ma’lumot berib, bu davrda (IX asrda) Iloqda zarbxona mavjudligini, bu yerda zarb qilingan
tangalar katta mablag‘ ko‘rinishida ichki va tashqi iqtisodiy aloqalarda katta ahamiyatga ega
bo‘lib kelganligini ta’kidlab o‘tadi. Ibn Xurdodbek va boshqa arab geograflari singari Ibn Havqal
ham Movarounnahrda Buxoro, Samarqand va Iloqdan keyin boshqa joyda zarbxonalar mavjud
emasligini alohida ta’kidlaydi.

21

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Авесто: Яшт китоби. / М. Исҳоқов таржимаси. Тошкент: Шарқ, 2001.-Б.51,53.

2.

Абу Райхан Беруни. Собрание сведений для познания драгоценностей

(Минерология) / Перевод Беленицкого. – Л., 1963.
3.

Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского завоевания. – Сочинения. Т.I. –М.:

«Наука», 1963.-С.297.
4.

Бетгер Е.К. Извлечение из книги «Пути и страны» Абул Касыма ибн Хаукаля … –

С.24.
5.

Бичурин Н.Я. (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в

древние времена. –Ч.2. –М-Л. 1950. С.154
6.

Геродот. История. В девяти книгах. /Пер. с греческого и коммент. Г.А.

Стратановского. –М.: “ОЛМА-ПРЕСС Инвест”, 2004. С.117.
7.

Ибн Хурдодбек. Книга путей и стран. – Баку: Университет. 1986.

8.

Иброҳимов С. Фарғона шеваларининг касб–ҳунар лексикаси. – Б.93.

9.

Кошеленко и др, Древнейший Мерв в свидетельствах письменных источников

//Сборник документов (Составители Кошеленко Г.А., Губаев А., Бадер А. Н., Гаибов В.А.).
- Ашхабад. 1994. – С.43.
10.

Лунин Б.В. История Узбекистана в источниках. –Т.: Фан, 1984. С.11-12.

11.

Массон М.Е. К истории горного дела на территории Узбекистана. -Т.: 1953. -С.11.

19

Ибн Хурдодбек. Книга путей и стран. – Баку: Университет. 1986.

20

Абу Райхан Беруни. Собрание сведений для познания драгоценностей (Минерология) / Перевод Беленицкого.

– Л., 1963

21

Бетгер Е.К. Извлечение из книги «Пути и страны» Абул Касыма ибн Хаукаля … – С.24.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

150

12.

Табари. История ат-Табари. /Пер. В.И.Беляева. –Т., Фан, 1987; Бетгер Е.К.

Извлечение из книги «Пути и страны» Абул Касыма ибн Хаукаля //Тр. САГУ. Вып. I.
Археология Средней Азии. -Т., 1957. С5-57.; Ибн Хордадбех. Книга путей и стран. (Китоб
ал масалик вал мамалик). /Пер. с арабского, комм., исслед., указ. и карты Н. Валихановой.
–Боку.:Университет, 1986.; Махмуд ибн Вали. Бахр ал-асрор фи манокиб ал-ахайр (Море
тайн относительно доблестей благородных). География. Пер. Б.А.Ахмедова. –Т.: Фан,
1977.
13.

Уилбер Д. Персеполь. Археологические раскопки резиденции персидских царей /

Перевод с англ. Е.Л.Власовой. – М.: Наука, 1977 .- С.70-71.
14.

Ўзбекистон тарихи. Муаллифлар жамоаси. Масъул муҳаррирлар. А.Сагдуллаев,

Б.Эшов. –Т. Университет, 1999. 54-бет.
15.

Шефер Э. Золотые персики Самарканда. Книга о чужеземных диковинах в империи

Тан. – М.: ГРВЛ, 1981. – C.147-148, 164 ( 608 с.).
16.

Якубовский А.Ю. Феодальное общество Средней Азий и его торговля… – С. 3; МИТТ.

– С. 202.

Библиографические ссылки

Авесто: Яшт китоби. / М. Исҳоқов таржимаси. Тошкент: Шарқ, 2001.-Б.51,53.

Абу Райхан Беруни. Собрание сведений для познания драгоценностей (Минерология) / Перевод Беленицкого. – Л., 1963.

Бартольд В.В. Туркестан в эпоху монгольского завоевания. – Сочинения. Т.I. –М.: «Наука», 1963.-С.297.

Бетгер Е.К. Извлечение из книги «Пути и страны» Абул Касыма ибн Хаукаля … – С.24.

Бичурин Н.Я. (Иакинф). Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена. –Ч.2. –М-Л. 1950. С.154

Геродот. История. В девяти книгах. /Пер. с греческого и коммент. Г.А. Стратановского. –М.: “ОЛМА-ПРЕСС Инвест”, 2004. С.117.

Ибн Хурдодбек. Книга путей и стран. – Баку: Университет. 1986.

Иброҳимов С. Фарғона шеваларининг касб–ҳунар лексикаси. – Б.93.

Кошеленко и др, Древнейший Мерв в свидетельствах письменных источников //Сборник документов (Составители Кошеленко Г.А., Губаев А., Бадер А. Н., Гаибов В.А.). - Ашхабад. 1994. – С.43.

Лунин Б.В. История Узбекистана в источниках. –Т.: Фан, 1984. С.11-12.

Массон М.Е. К истории горного дела на территории Узбекистана. -Т.: 1953. -С.11.

Табари. История ат-Табари. /Пер. В.И.Беляева. –Т., Фан, 1987; Бетгер Е.К. Извлечение из книги «Пути и страны» Абул Касыма ибн Хаукаля //Тр. САГУ. Вып. I. Археология Средней Азии. -Т., 1957. С5-57.; Ибн Хордадбех. Книга путей и стран. (Китоб ал масалик вал мамалик). /Пер. с арабского, комм., исслед., указ. и карты Н. Валихановой. –Боку.:Университет, 1986.; Махмуд ибн Вали. Бахр ал-асрор фи манокиб ал-ахайр (Море тайн относительно доблестей благородных). География. Пер. Б.А.Ахмедова. –Т.: Фан, 1977.

Уилбер Д. Персеполь. Археологические раскопки резиденции персидских царей / Перевод с англ. Е.Л.Власовой. – М.: Наука, 1977 .- С.70-71.

Ўзбекистон тарихи. Муаллифлар жамоаси. Масъул муҳаррирлар. А.Сагдуллаев, Б.Эшов. –Т. Университет, 1999. 54-бет.

Шефер Э. Золотые персики Самарканда. Книга о чужеземных диковинах в империи Тан. – М.: ГРВЛ, 1981. – C.147-148, 164 ( 608 с.).

Якубовский А.Ю. Феодальное общество Средней Азий и его торговля… – С. 3; МИТТ. – С. 202.