ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
123
SURXONDARYODA UCHROVCHI NOYOB YIRTQICH QUSHLAR VA ULARNI
MUHOFAZA QILISH MASALALARI
Hakimova Nilufar Ahror qizi
TerDU Biologiya ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15193034
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XI bob, 62-moddasida “Fuqarolar atrof
tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”, XII bob, 68-moddasida
esa “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar
umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb
ta’kidlangan.
Surxondaryo viloyati cheksiz tabiiy resurslarga, turli-tuman nabotot va hayvonot olami
vakillariga boyligi bilan ajralib turadi. Bu yerda juda ko‘p hayvon turlari uchrab, ularning
ayrimlari turli ta’sirlar natijasida areali torayib, soni kamayib borayotgan, bir so‘z bilan
aytganda “noyob hayvon” maqomini olayotgan turlardir. Mazkur hayvonlar qat’iy himoyaga
muhtoj bo‘lib, ularning biologik va ekologik xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish, ilmiy
asoslangan muhofaza choralarini ishlab chiqish eng muhim vazifalarimizdan biridir. Quyida
viloyat hududida uchrovchi noyob yirtqich qushlar, ularning kamyoblik darajasi, cheklovchi
faktorlar, muhofaza qilish masalari bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
Suvqiyg
‘
ir - Скопа -
Pandion haliaetus
Linnaeus, 1758
Suvqiyg‘ir tabiatan kamyob, uchib o‘tuvchi nominal kenja tur bo‘lib, Surxondaryo
viloyati hududida tekisliklardagi va tog‘ etaklaridagi suvi tiniq havzalar, ya’ni, suv omborlari,
ko‘llar, daryo bo‘ylarida qishlash va uchib o‘tish davrida uchraydi. Tabiatda bu qush o‘zining
ikki xil rangi bilan - orqa tomonidagi to‘q qo‘ngir va qorin tomonidagi oq rangi bilan ajralib
turadi. Ularning soni hamma vaqt kam bo‘lgan. Bir necha yuztasi yakka xolda va kichik gala
bulib o`chib o‘tadi. Suvqiyg‘irlarning bahorgi uchib o‘tishi mart-may oylariga to‘g‘ri keladi.
Ular turli daraxt va simyog‘ochlar ustiga in quradi. May-iyun oylarida 2-3 ta tuxum qo‘yadi va
25 kun bosib yotadi. Polaponlari iyun-iyul oylarida ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o‘tishi avgust-
oktabr oylariga to‘g‘ri keladi. Suvqiyg‘irlar baliqlar bilan ovqatlanadi. Keyingi yillarda inson
faoliyati natijasida suv rejimining o‘zgarishi oqibatida suvqiyg‘irlar yashash joylarining
yemirilishi, bundan tashqari, elektr uzatish tizimlarida ularning ko‘plab nobud bo‘lishi bu
noyob qush turining keskin kamayib ketishiga sabab bo‘lgan. Suvqiyg‘irlarni ovlash
ta’qiqlangan bo‘lib, noyob tur sifatida SITESning II-Ilovasiga va “O`zbekiston qizil kitobi”ga
kiritilgan hamda muhofaza ostiga olingan.
Oq dumli suvburgut – Орлан белохвост -
Halialetus albicilla
Linnaeus, 1758
Oq dumli suvburgut tabiatan kamyob, uchib o‘tuvchi nominal kenja tur bo‘lib,
Surxondaryo viloyati hududida Janubiy Surxon suv ombori va Amudaryo qirg‘oqlarida
qishlash, uchib o‘tish davrida uchraydi. Ularning soni hamma vaqt ham bo‘lgan. Yakka holda,
juft va guruh bo‘lib uchib o‘tadi. Oq dumli suvburgutlarning bahorgi uchib o‘tishi fevral-mart
oylariga to‘g‘ri keladi. Qirg‘oqlarda va suv bo‘yidagi baland daraxtlarga in quradi. Mart-
aprelda tuxum qo‘yadi (1-3 ta) va tuxumlarini 35-40 kun bosib yotadi. Polaponlari iyun-iyulda
ucha boshlaydi. Kuzgi uchib o‘tishi sentabr-oktabr oylariga to‘g‘ri keladi. Qishlashi noyabrdan
fevralgacha. Ular asosan, baliqlar, mayda sut emizuvchilar (yumronqoziq, dala sichqonlari,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
124
quyon, ondatra va boshq.), qushlar (o‘rdak, goz, qashqaldoq, turna, kaklik, bulduruq va
boshq.), ba’zida esa o‘laksalar bilan ovqatlanadi. Keyingi yillarda inson faoliyati natijasida Orol
havzasida suv rejimining o‘zgarishi oqibatida yashash joylarining yo‘qotilishi hamda
brakonerlik oq dumli suvburgutlar sonining keskin kamayishiga sabab bo‘lgan. Oq dumli
suvburgutlar qat’iy muhofazaga muhtoj tur bo‘lib, dunyo va O‘zbekiston faunasidagi noyob
qush turi sifatida TMXI qizil ro‘yxatiga, SITESning I-Ilovasiga va “O`zbekiston qizil kitobi”ga
kiritilgan. Ularni ovlash ta’qiqlangan bo‘lib, mamlakatimizning bir nechta buyurtmaxonalarida
muhofaza ostiga olingan.
Boltayutar - Бородач -
Gypaetus barbatus
Linnaeus, 1758.
Boltayutar tabiatan kamyob, o‘troq, lokal tarqalgan tur bo‘lib, Surxondaryo viloyati
hududida Ko‘hitang, Bobotog‘ tog‘larida uyalash davrida uchraydi. Boysun tumani hududidagi
dengiz sathidan balandligi 1000-4000 metr bo‘lgan Machay, Qizilnavr, Kentala qishloqlari
hududida o‘troq holda uchraydi. Ko‘hitang tog‘ida 5-6, Bobotog‘da 5 jufti uyalashi qayd
etilgan. “Surxon” davlat qo‘riqxonasi hududida ularning soni 50-55 boshni tashkil etadi.
Qo‘riqxonaning Oltikunlik, Tangidevol, Daroyigul, Sovuqbuloq daralarida boltayutarlarning
inlari qayd etilgan. Boltayutarlar qoyalarda in quradi. Dekabr-fevral oylarida tuxum qo‘yadi
(1-2 ta) va tuxumlarini ancha ko‘p muddat, ya’ni 55-60 kun bosib yotadi. Polaponlari may-
iyun oylarida ucha boshlaydi, ko‘chishi nomuntazam. Boltayutarlar asosan tuyoqli
hayvonlarning suyaklari, o‘laksalar, ba’zida mayda qushlar va kemiruvchilar bilan
ovqatlanadi. Keyingi yillarda tabiatda yovvoyi tuyoqli hayvonlarning kamayib ketishi
boltayutarlar sonining keskin kamayishiga sabab bo‘lgan. Boltayutarlar muhofazaga muhtoj
qush turi hisoblanib, noyob hayvon sifatida SITESning II-Ilovasiga va “O`zbekiston qizil
kitobi”ga kiritilgan. Ovlash ta’qiqlangan va tog‘ qo‘riqxonalari, milliy bog‘larda muhofaza
ostiga olingan.
Tasqara – Чёрный гриф -
Aegypius monachus
Linnaeus, 1766
Tasqara o‘troq, mozaik tarqalgan tur bo‘lib, Surxondaryo viloyati hududida Boysun
tog‘ining etak va o‘rta qismlari, ya’ni, dengiz sathidan 500-2500 metrgacha bo‘lgan
balandliklarida, Sherobod daryosining o‘rta oqimlarida uchraydi. “Surxon” davlat qo‘riqxonasi
hududida kam sonda uchraydi. Qo‘riqxona xodimlari tomonidan 2014-yilgi sanoq davrida 14-
15 bosh, 2015-yil bahorgi sanoq davrida 10 bosh uchratilgan. O‘tgan asrning 80-yillarida
mamlakatimiz hududida taxminan 80 jufti uyalagan bo‘lsa, hozirgi vaqtda soni kamayib
borayotganligi qayd etilmoqda. Tasqaralar turli xil daraxtlar, butalarda ko‘pincha alohida juft
bo‘lib, tog‘ qoyalarida esa koloniya bo‘lib uyalaydi. Fevral-aprel oylarida bitta tuxum qo‘yadi
va tuxumlarini 54-56 kun bosib yotadi. Polaponlari iyul-sentabrdan ucha boshlaydi. Ko‘chishi
nomuntazam. Asosan, tuyoqli hayvonlarning o‘laksalari, ba’zida esa toshbaqalar,
yumronqoziqlar, kaltakesaklar bilan ovqatlanadi. Keyingi yillarda turli omillar ta’sirida
yovvoyi tuyoqli hayvonlar sonining kamayishi va brakonerlik tasqaralar sonining keskin
kamayib ketishiga sabab bo‘lgan. Tasqaralar muhofazaga muhtoj, noyob qush turi sifatida
TMXI qizil ro‘yxatiga, SITESning II-Ilovasiga va “O`zbekistan qizil kitobi”ga kiritilgan.
Tasqaralarni ovlash ta’qiqlangan bo‘lib, tog‘ qo‘riqxonalari va milliy bog‘larda muhofaza ostiga
olingan.
Tavsiyalar
I. Tabiiy yashash joylarini asrash:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
125
1. Yovvoyi qushlar uchun muhim bo‘lgan o‘rmonzorlar, tog‘ etaklari, cho‘l va dasht
hududlarini buzmaslik.
2. Qushlar uyasi joylashgan daraxtlarni kesmaslik va ularni maxsus belgilar bilan
himoyalash.
II. Ilmiy va ekologik monitoring:
1. Noyob qushlar soni, ularning migratsiyasi va holatini doimiy kuzatish.
2. Ekologik pasport va monitoring tizimini joriy qilish.
III. Tarbiyaviy va targ‘ibot ishlari:
1. Maktab va OTMlarda ekologiya va yovvoyi tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot
ishlari olib borish.
2. Mahalliy aholiga qushlarni ovlamaslik va muhofaza qilish zarurligi haqida
tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish.
IV. Qonuniy choralar:
1. Qizil kitobga kiritilgan qushlarni ovlash va ularga zarar yetkazishga qat'iy taqiq
qo‘yish.
2. Huquqbuzarlarga nisbatan jarima va jinoiy javobgarlik choralarini kuchaytirish.
V.Maxsus qo‘riqlanadigan hududlar tashkil etish:
1. Surxondaryo viloyatida maxsus qo‘riqxonalar, biosfera rezervatlari va milliy bog‘larni
kengaytirish.
2. Ekoturizmni rivojlantirish orqali aholiga daromad manbai yaratish, shu orqali tabiatni
muhofaza qilishga rag‘bat uyg‘otish.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (yangi tahriri). Toshkent. O‘zbekiston. 2023.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi. 2-tom. Toshkent. “Chinor ENK”, 2019.
3.
Bekmurodov A.S. Surxondaryoning noyob hayvonlari. Toshkent. “Nihol” nashriyoti. 2018
yil. 88 b.