Авторы

  • Nasiba Ametova
    Toshkent davlar agrar universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.78417

Аннотация

Ish haqi - bu xodimning malakasiga, bajarilgan ishning murakkabligi, miqdori, sifati va shartlariga qarab ishlagan mehnati uchun beriladigan mehnat haqi, mukofot, kompensatsiya va rag'batlantirish to'lovlari [3].


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

120

XODIMLARGA TUNGI VAQTDAGI ISH UCHUN HAQ TO‘LASH

Ametova Nasiba Danilovna

Toshkent davlar agrar universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15193022

Ish haqi - bu xodimning malakasiga, bajarilgan ishning murakkabligi, miqdori, sifati va

shartlariga qarab ishlagan mehnati uchun beriladigan mehnat haqi, mukofot, kompensatsiya
va rag'batlantirish to'lovlari [3].

Ish haqi tizimi - bu ish haqi darajasini belgilash qoidalari to'plami. Ish haqi tizimini

mehnatga haq to'lash shakllari deb ataladigan guruhlarga ajiratish mumkin[2].

Mehnatga haq to‘lash ish beruvchi tomonidan xodimga uning mehnati uchun to‘lovlar

belgilash va ularni amalga oshirish yuzasidan mehnat shartnomasi taraflari o‘rtasidagi
mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar va mehnat
shartnomasi bilan tartibga solingan munosabatlar tizimidir.

Ish beruvchi tomonidan xodimning malakasiga, bajaradigan ishining murakkabligiga,

miqdoriga, sifati va sharoitlariga qarab to‘lanadigan mehnat uchun mukofot summasi,
shuningdek kompensatsiya xususiyatiga ega to‘lovlar (kompensatsiya xususiyatiga ega
qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar, shu jumladan normal ish sharoitlaridan chetga chiqadigan
sharoitlarda ishlaganlik, noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun shunday
qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar hamda kompensatsiya xususiyatiga ega boshqa to‘lovlar) va
rag‘batlantiruvchi to‘lovlar ish haqidir[1].

Xodim ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun kamida ikki barobar miqdorida haq

to‘lanishi kerak.

Xodim bilan tuzilgan sharnomaga asos xodimning xohishiga ko‘ra

ish vaqtidan tashqari

ish uchun oshirilgan haq to‘lash o‘rniga ish vaqtidan tashqari ishlab berilgan vaqtning
davomiyligiga muvofiq keladigan qo‘shimcha dam olish vaqtini berish bilan kompensatsiya
qilinishi mumkin. Bunday holda ish vaqtidan tashqari ish uchun bir hissa miqdorida haq
to‘lanadi, dam olish vaqti uchun esa haq to‘lanmaydi.

Quyidagi hollarda tungi vaqtdagi mehnat uchun haq to‘lash kamida bir yarim baravar

miqdorida amalga oshiriladi:

-

mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimida

— tungi vaqtdagi ishning har bir soati

uchun

1,5 yoki

undan ortiq koeffitsientni qo‘llagan holda;

-

mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida

— tegishli razryadga (malakaga) ega

bo‘lgan vaqtbay ishlovchining soatlik tarif stavkasining (maoshining)

50 foizi

yoki undan

ortiq miqdorida ishbay ish haqi va qo‘shimcha to‘lov to‘liq to‘lanadi.

Tungi vaqtdagi ish uchun

oshirilgan miqdorda haq to‘lash tarif stavkalariga

(maoshlarga) kiritilmaydi.

Tungi vaqtdagi, shuningdek ko‘p smenali rejimdagi ish uchun ish haqiga doir qo‘shimcha

to‘lovning aniq miqdori jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi
qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra qabul qilinadigan ichki hujjatlarda yoxud mehnat
shartnomasida belgilanadi.

Quyidagi xodimlar tungi vaqtdagi ishga qabul qilinmaydi:


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

121

-homilador ayollar va tort yoshga tolmagan bolasi(on olti yoshga tolmagan nogiron

bolasi) bor ayollar

-on sakkiz yoshga tolmagan shaxslar
-qonun hujjatlariga muvofiq boshqa toifadagi hodimlar.
Soat 22-00 dan to soat 6-00 gacha bolgan vaqt tungi vaqt hisoblanadi[1]. Agar xodim

uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga togri kelsa,
tungi ish vaqti muddati bir soatga,ish xaftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda
qisqartiriladi.

Tadqiqot obekti hisoblangan qishloq xo‘jaligi korxonasida xodim bir oy mobaynida

xodim tungi ish rejimida 80 soat ishladi. Soatbay tarif stavkasi 55 000 so‘m. Tungi ish uchun
mehnat haqi mehnat shartnomasi tuzilayotganda taraflar kelishuviga binoan soatbay tarif
stavkasining 1,5 baravari miqdorida belgilangan. Xodim tolanadigan qoshimchahaq miqdori
71 250 som(80 s. x 55 000 so‘m x 1,50).

Xarajatlar tarkibi togrisidagi nizomning 1.2.3.1-bandi tungi vaqtdagi ish uchun

ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini ishlab chiqarish tusidagi mehnatga haq to‘lash
xarajatlari yoki qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini hisobga olmagan davriy xarajatlar
tarkibigakiritadi hamda ularni qonunda belgilangan meyorlarga kiritadi. Mehnat kodeksi
ishga qo‘shimcha to‘lovlarning yuqori chegarasini cheklamay, faqat pastgi chegarasini
belgilagan. Tungi vaqtdagi ish uchun qo‘shimcha to‘lovlarning real miqdorlari korxonaning
normativ hujjatlarida belgilanadi, shuning uchun har qanday qo‘shimcha to‘lovlar mahsulot
qiymatiga yoki soliq natijalarisiz davr xarajatlariga kiritilishi lozim.

Amaliyotda korxonalar kopincha ikki smenali rejimda ishlaydilar: 9-00 dan 18-00 gacha

– kunduzgi smena va 18-00 dan 12-00 gacha – tungi smen. Lekin amaldagi qonunchilik faqat
tungi vaqtdagi yani 22-00 dan 6-00 gacha bolgan ish uchun yuqori haq to‘lash zarurligini
nazarda tutadi. Kechki vaqtdagi ish uchun umumiy tartibga ko‘ra qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.
Lekin shu vaqtning ozida korxona o‘z xodimlariga kechki smenadagi ish uchun tegishli lokal
hujjatlarni (buyriq, farmoyish) rasmiylashtirib, qoshimcha to‘lovlarni mustaqil ravishda
belgilashi mumkin.

Bunda shuni hisobga olish kerakki, bunday kompensatsiya tusidagi to‘lovlar xarajatlar

tarkibi to‘grisidagi nizomga 1-ilovaning 1.4-bandi asosida qayta hisob bilan soliq solish
bazasiga kiritilishi shart. Shuning uchun kechki soatlarda ishlab chiqarishda band bolgan
xodimlar mehnatiga qoshimcha haq to‘lashdan manfaatdor korxonalar bu xodimlarning
maoshlarini (tarif stavkalari, ishbay haq tolashdagi baholar v.x) oshirishlari va keyinchalik ish
haqi miqdorining to‘liq hajmini foydadan soliq undirishda hisobga olinadigan mehnat haqi
xarajatlari tarkibiga kiritishlari mumkin.

Xulosa qilib aytganda,

tungi vaqt ishlagan xodimlarga, ish (xizmatlarni)ni sifatli

bajargan xodimlarga vaqtbay mukofot shaklini qo‘llash maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

O'zbekiston respublikasi mehnat kodeksi. https://lex.uz/ru/docs/-6257288.

2.

Ametova N.D “Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditini tashkil etishning ayrim jihatlari”.

Journal of economy, tourism and service. Vol.2, №12, 2023. –b. 10.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

122

3.

Гартвич А. В. Бухгалтерский учет с нуля: Самоучитель. — СПб.: Питер, 2013. - 298 с.

4.

Эргашева Ш.Т.

Бухгалтерский учёт.

Учебное пособие. «Iqtisodiyot moliya», - T.

2010. - 305 с.

Библиографические ссылки

O'zbekiston respublikasi mehnat kodeksi. https://lex.uz/ru/docs/-6257288.

Ametova N.D “Xodimlar bilan hisob-kitoblar auditini tashkil etishning ayrim jihatlari”. Journal of economy, tourism and service. Vol.2, №12, 2023. –b. 10.

Гартвич А. В. Бухгалтерский учет с нуля: Самоучитель. — СПб.: Питер, 2013. - 298 с.

Эргашева Ш.Т. Бухгалтерский учёт. Учебное пособие. «Iqtisodiyot moliya», - T. 2010. - 305 с.