ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
115
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM MUASSASALARINING
MARKETING FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH: HUQUQIY ASOSLAR VA
STRATEGIK YONDASHUVLAR
Tadqiqodchi:
Marksov Abrorbek Xurmatbek o‘g‘li
https://doi.org/10.5281/zenodo.15188705
Kirish.
Oliy ta’lim muassasalari (OTMlar) har bir mamlakatning ta’lim tizimining ajralmas qismi
bo‘lib, nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham ta’lim sifatini oshirish, ilm-fan, innovatsiyalar
va iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shadi. Dunyo bo‘ylab oliy ta’lim muassasalari,
raqobatbardosh brendlarni shakllantirish va ta’lim tizimini rivojlantirish borasida muhim o‘rin
egallaydi. Oliy ta’limning samaradorligi va sifatini oshirish nafaqat ichki bozorni qamrab olish,
balki xalqaro reytinglar va ko‘plab xalqaro hamkorliklar orqali mamlakatning global ta’lim
tizimiga integratsiyasini ta’minlash imkoniyatini yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimini takomillashtirish va
raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha bir qator strategik farmonlar, qarorlar va dasturlar
ishlab chiqilgan. Ushbu hujjatlar nafaqat oliy ta’lim muassasalarining sifatini oshirish, balki
xalqaro miqyosda ularni tanitish, ilmiy faoliyatni rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish va
raqamli texnologiyalarni qo‘llash orqali raqobatbardoshlikni kuchaytirishga ham qaratilgan.
Ayniqsa, marketing strategiyalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, oliy ta’lim
muassasalarining tashqi va ichki imidjini yaxshilashda, ular uchun yangi bozorlar va
imkoniyatlarni ochishda katta rol o‘ynaydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar, shu jumladan, ta’lim tizimini xalqaro
standartlarga moslashtirish va oliy ta’lim muassasalarini xalqaro reytinglarga kirish uchun
tayyorlash, raqamli marketing va universitetlar faoliyatini yaxshilashni nazarda tutuvchi bir
nechta huquqiy asoslar yaratildi. OTMlarning marketing strategiyalarini rivojlantirishga
qaratilgan bu hujjatlar, universitetlarning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish,
ta’lim xizmatlarini yaxshilash, bitiruvchilarning muvaffaqiyatlarini targ‘ib qilish va umumiy
ravishda mamlakat ta’lim tizimining jahon miqyosida o‘z o‘rnini topishiga imkon yaratadi.
Metodologiya
. Mazkur maqolada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qabul qilgan
2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori – Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
dasturi, 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni – Ilm-fan va ilmiy
faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari, 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning
yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi farmoni va boshqa huquqiy aoslar tahlil qilinib, uning marketing strategiyalari va
oliy ta’lim muassasalarining brendini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi aniqlanadi.
Tahlil va natijalar.
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim muassasalarining marketing
strategiyalarini rivojlantirishga qaratilgan bir qator muhim qarorlar va farmonlar qabul
qilingan. Ushbu hujjatlar, universitetlarning raqobatbardoshligini oshirish, marketing
faoliyatini kuchaytirish, ilm-fan va ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan. 2017-yil 20-apreldagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909-son qarori, oliy ta’lim tizimini 2017–2021-
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
116
yillarda rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi. Bu qaror oliy
ta’lim muassasalarining sifatini oshirish va xalqaro reytinglarda ishtirokini rag‘batlantirishni
maqsad qilib qo‘ygan. Xususan, qarorda "Oliy ta’lim muassasalarida marketing yondashuvlarini
kuchaytirish va raqobatbardoshlikni oshirish" vazifasi aniq belgilanadi, bu esa OTMlarni
zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy etishga va ta’lim sifatini oshirishga undaydi
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, PQ-2909-son, 2017).
Bu qaror doirasida, OTMlar uchun marketing strategiyalarini joriy etish,
universitetlarning tashqi va ichki imidjini oshirish, va xalqaro miqyosda taninishga erishish
ko‘zda tutilgan. Qarorda shuningdek, universitetlar faoliyatini samaradorligini baholash tizimi
yaratish, ta’lim muassasalarining xalqaro reytinglarda qatnashishini rag‘batlantirish, va ilg‘or
pedagogik metodlarni joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, PQ-2909-son, 2017).
2019-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847-son
farmonida ilm-fan, innovatsiya va ta’limni integratsiya qilish, ilmiy salohiyatli kadrlar
tayyorlash orqali universitetlar nufuzini oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu farmon, OTMlarning
marketing salohiyatini oshirishni, ilmiy va innovatsion yutuqlarni targ‘ib qilishni va OTMlar
faoliyatini xalqaro miqyosda tanitishni maqsad qiladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, PF-
5847-son, 2019). Bu hujjat, OTMlar uchun raqobatbardoshlikni oshirishning yana bir muhim
yo‘nalishi bo‘lib, ilm-fan va ta’limni integratsiya qilish orqali universitetlarning global
miqyosda tanilishiga imkon yaratadi. Shuningdek ushbu farmonda oliy ta’lim tizimini 2030-
yilgacha rivojlantirishga oid konsepsiyada ta’lim muassasalarining xalqaro standartlar asosida
raqobatbardosh brendga aylanishi, xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qilish va raqamli
texnologiyalardan foydalanish vazifalari ko‘zda tutilgan.
2020-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6108-son
farmonida, OTMlarning marketing strategiyalarini shakllantirishga katta turtki bo‘lgan va uni
zamonaviy kommunikatsiya yondashuvlari bilan birlashtirgan (O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, PF-6108-son, 2020).
Ushbu qarorlar va farmonlar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining global miqyosda
raqobatbardoshligini oshirishga, universitetlarning marketing strategiyalarini samarali joriy
etishga va ularni xalqaro reytinglar va hamkorliklar orqali tanitishga imkon yaratdi. Raqamli
texnologiyalar, ilmiy yutuqlar va innovatsion metodlarni qo‘llash orqali OTMlar o‘z
pozitsiyasini mustahkamlab, xalqaro miqyosda muvaffaqiyatli brendlar shakllantirish yo‘lida
muhim qadamlarga erishdi.
Munozara.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qabul qilingan hujjatlar, OTMlarning
marketing strategiyalarini rivojlantirishda muhim huquqiy asos yaratdi. Ayniqsa, 2020-yildan
keyingi yondashuvlar, raqamli marketing, alumni tarmog‘i, xalqaro hamkorlik va shaffof imidj
yaratish kabi yangi yondashuvlar OTMlarning raqobatbardoshligini oshirishda sezilarli
o‘zgarishlarga olib keldi. Bu hujjatlar, shuningdek, bitiruvchilarni “brend elchilari” sifatida
foydalanish orqali OTMlarning marketing imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Biroq, ushbu hujjatlarning samaradorligini baholashda, ularni amalga oshirishdagi
muammolarni, shu jumladan, marketing bo‘limlarining yetarli darajada resurslar bilan
ta'minlanmasligi yoki zamonaviy marketing texnologiyalaridan to‘liq foydalanilmasligini
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
117
e'tiborga olish zarur. Shu bilan birga, marketing strategiyalarining muvaffaqiyatli joriy etilishi
OTMlarning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini oshirish va ta’lim xizmatlarining sifatini
yaxshilashga yordam beradi.
Xulosa.
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qarorlar va farmonlar, OTMlarning
marketing strategiyalarini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, 2020-yildan keyingi
yondashuvlar, raqamli marketing, xalqaro hamkorlik va alumni tarmog‘i yaratish kabi yangi
imkoniyatlar yaratgan. Ushbu hujjatlar orqali OTMlar, nafaqat o‘z brendini rivojlantirishi, balki
bitiruvchilarning yutuqlarini ommalashtirish orqali ijtimoiy faollikni oshirishga ham
erishmoqda. Biroq, samarali marketing strategiyalarini amalga oshirish uchun yetarli resurslar
va innovatsion texnologiyalarni to‘g‘ri qo‘llash zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
O
‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori. "Oliy
ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi. Toshkent, 2017.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son farmoni.
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi Toshkent, 2019.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6108-son farmoni.
"O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi. Toshkent, 2020.
4.
Jalilov, N. (2020). Oliy Ta’lim Tizimida Marketing Yondashuvlari.
O‘zbekiston ta’lim tizimi
jurnal
, 25(2), 101-110.
5.
Shukurov, I. (2019). O‘zbekiston Respublikasida Oliy Ta’limning Raqobatbardoshlikni
Oshirish.
O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar jurnali
, 4(1), 27-35.
6.
Rahmonov, A. (2021). Oliy Ta’lim Muassasalarining Marketing Strategiyalarini Joriy Etish:
Teoriyalar va Amaliyot.
Marketing va Innovatsiyalar
jurnali, 5(3), 56-65.