Авторы

  • Anvarbek Mavlanov
    О‘zbekistоn Resрublikаsi Bank moliya akademiyasi Biznesni boshqarish (master of business administration – MBA general) mаgistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.78420

Аннотация

So‘nggi yillarda tashqi savdo sohasini rivojlantirish, uning barqarorligini ta’minlash hamda eksportni rag‘batlantirish maqsadida mamlakatimizda qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

111

O‘ZBEKISTON TASHQI SAVDO SIYOSATINING RIVOJLANISH

TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI

Mavlanov Anvarbek Atabekovich

О‘zbekistоn Resрublikаsi Bank moliya akademiyasi

Biznesni boshqarish (master of business administration – MBA general) mаgistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15188688

Kirish.

So‘nggi yillarda tashqi savdo sohasini rivojlantirish, uning barqarorligini ta’minlash

hamda eksportni rag‘batlantirish maqsadida mamlakatimizda qator huquqiy-me’yoriy
hujjatlar qabul qilindi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yilda qabul
qilingan “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3351-sonli qarori

1

, 2022-yilda e’lon qilingan

“Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-97-sonli Farmoni

2

, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 137-sonli hamda “O‘zbekiston Respublikasida tashqi
savdo operatsiyalarini monitoring qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 283-sonli qaror

3

lari mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan muhim normativ-

huquqiy asoslarni tashkil etadi.

Mamlakatimizda tashqi savdo balansining ijobiy holatga erishishi, eksportga

yo‘naltirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini yanada rivojlantirish, import hajmini
maqbullashtirish hamda qisqa muddatda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash borasida sezilarli
yutuqlarga erishildi. Statistik tahlillarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2022–2023-yillarda
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro savdodagi natijalari ijobiy dinamikani namoyon
etmoqda. Masalan, 2022-yilda tashqi savdo aylanmasi 50 008,4 million AQSH dollarini tashkil
etib, bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 18,6% (

7837,9 million AQSH dollarga

) oshgan. Xususan,

eksport hajmi 19 309,1 million AQSH dollariga yetib, 15,9% ga ortgan, import esa 30 699,3
million AQSH dollarni tashkil etib, 20,4% ga ko‘paygan. 2000-yil bilan solishtirilganda, tashqi
savdo aylanmasi 8,1 barobarga oshgani kuzatilmoqda.

2023-yilda ilk bor tashqi savdo aylanmasi 62 567,4 million AQSH dollariga yetib, bu

ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 23,9% ga oshdi. Jumladan, eksport hajmi 23,8% ga ortib, 24
426,2 million AQSH dollarini tashkil etdi, import esa 24,0% ga oshib, 38 141,2 million AQSH
dollariga yetdi. O‘tgan yilga nisbatan savdo balansining saldosi 2,68 milliard AQSH dollariga
ko‘payib, 13,71 milliard AQSH dollariga yetgani kuzatildi.

O‘zbekiston Respublikasi dunyoning 198 davlati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni

amalga oshirib kelmoqda. Bu jarayonda eng yuqori ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar qatoriga
Xitoy Xalq Respublikasi (21,9%), Rossiya Federatsiyasi (15,8%), Qozog‘iston (7,0%), Turkiya

1

www.lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada

erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab- quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3351-son qarori

2

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (2022) “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashning

qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 06.04.2022 yildagi PF-97-son Farmono.

3

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2020) “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari

monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 14.05.2020 yildagi 283-son qarori


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

112

(5,0%) va Koreya Respublikasi (3,7%) kiradi. Tashqi savdo aylanmasida Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarining ulushi 32,9% ni tashkil etib, ushbu guruhdagi eng katta
hissaga ega davlatlar Rossiya Federatsiyasi (48,1%), Qozog‘iston (21,4%) va Turkmaniston
(5,3%) bo‘ldi.

Tahlil qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda import hajmi sezilarli

darajada o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Xususan, 2020-yilda import hajmi 21 153,9
million AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda ushbu ko‘rsatkich 30 767,7 million AQSH
dollaridan oshib, 45,4% ga ortgan.

2000–2022-yillar oralig‘ida mahsulotlar va xizmatlar importi (XSST tasnifiga ko‘ra) 13,5

barobarga oshgan. Ushbu davr mobaynida eng katta o‘sish hayvonlar va o‘simlik moylari
(yog‘lari) bo‘yicha kuzatilib, u 22,1 barobarga ortgan. Shuningdek, sanoat mahsulotlari 18,7
barobarga, mineral yoqilg‘i va yog‘lash moylari 17,6 barobarga, oziq-ovqat mahsulotlari hamda
tirik hayvonlar importi esa 16,5 barobarga oshgan

4

.

2022-yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mahsulot importi (XSST tasnifi bo‘yicha)

tarkibida yetakchi o‘rinlarni avtomobillar hamda transport ehtiyot qismlari egallab, ularning
import hajmi 2 135,4 million AQSH dollarini tashkil etgan. Shuningdek, sanoat mahsulotlari
(asosan material turiga qarab tasniflangan) 1 715,4 million AQSH dollar, kimyoviy vositalar va
boshqa shu toifaga kiritilmagan mahsulotlar 1 604 million AQSH dollar, oziq-ovqat
mahsulotlari esa 1 070 million AQSH dollarga yetgan. Ushbu tovar guruhlari mahsulotlar
importida yetakchi mavqega ega bo‘lgan.

Import hajmining o‘sishi turli tovar guruhlari bo‘yicha farq qilgani sababli ularning

umumiy import tarkibidagi ulushlari ham o‘zgarishga uchragan. Masalan, 2000-yilda jami
importda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlarning ulushi 9,8% ni, kimyoviy vositalar va
shu turkumga kiritilgan boshqa mahsulotlar 13% ni, sanoat tovarlari 14,7% ni, avtomobillar va
transport asbob-uskunalari esa 43,1% ni tashkil etgan. 2022-yilga kelib, ushbu tarkib sezilarli
darajada o‘zgargan bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlarning ulushi 12% ga,
kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar 15% ga, sanoat tovarlari 20,4% ga yetgan.
Avtomobillar va transport asbob-uskunalarining umumiy importdagi hissasi esa 34,3% ni
tashkil etib, avvalgi yillarga nisbatan pasaygan.

2022-yilda avtomobillar va transport vositalari importi 2021-yilga nisbatan 13,9 foizga

oshdi. Ushbu mahsulotlarning Oʻzbekistonga yetkazib berilishida Xitoyning ulushi 38 foizni,
Koreya Respublikasining ulushi 16,8 foizni, Turkiyaning esa 7,7 foizni tashkil etdi. Misol
tariqasida, 2022-yilda mamlakatimizga xorijdan umumiy qiymati 69,8 million AQSH dollariga
teng boʻlgan 2 180 dona elektromobil import qilingan bo‘lib, bu 2021-yilga nisbatan 1 371 taga
ko‘proqdir. Eng katta yetkazib beruvchi davlatlar qatorida Xitoy (1 941 ta), BAA (111 ta),
Germaniya (58 ta), Gonkong (42 ta), Litva (10 ta) va Koreya Respublikasi (7 ta) qayd etilgan
bo‘lib, yana 11 dona elektromobil boshqa davlatlardan import qilingan.

2023-yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi 179 ta davlat bilan

savdo-iqtisodiy hamkorlik olib bormoqda. Import jarayonida eng yirik savdo hamkorlari
sifatida Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Germaniya, Turkmaniston, Braziliya, Hindiston va
Fransiyani ajratib ko‘rsatish mumkin. Shu bilan birga, MDH davlatlarining umumiy importdagi

4

www.stat.uz

rasmiy web sayti ma’lumotlari


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

113

ulushi 32,7 foizni tashkil etib, bu 2022-yilga nisbatan 6,6 foizga kamaygan. Import tarkibida
asosiy ulush avtomobillar va transport vositalariga (39,2%), sanoat mahsulotlariga (16,6%)
hamda kimyoviy vositalar va shu turkumdagi mahsulotlarga (12,8%) to‘g‘ri kelgan.

Tovarlar importi tarkibida mashinasozlik va butlovchi qismlar yetakchi o‘rinni egallab,

2023-yilda 14,93 milliard AQSH dollariga yetdi va umumiy importning 54 foizini tashkil etdi.
Ayniqsa, Xitoydan import hajmi sezilarli darajada oshib, 11 260,1 million AQSH dollariga yetgan
bo‘lib, bu 2022-yilga nisbatan 4 832,4 million AQSH dollariga ko‘proqdir. Xitoydan olib
kelinayotgan mobil telefonlar importining ulushi ham sezilarli darajada oshib, 40 foizdan 75,8
foizga, keyinchalik esa 91,1 foizga yetdi.

Shuningdek, 2023-yilda oziq-ovqat mahsulotlari importi ham sezilarli darajada ortdi.

Jumladan, 2022-yilda O‘zbekistonga mandarin mevasining import hajmi keskin oshib, 63,6
ming tonnaga yetdi, bu esa 2021-yilga nisbatan 1,8 baravar ko‘pdir. 2023-yilda esa
mamlakatimizga 133,5 ming tonna, umumiy qiymati 95,1 million AQSH dollariga teng bo‘lgan
banan import qilingan. Ushbu mahsulot yetkazib berishda asosiy hamkor davlatlar sifatida
Ekvador (130 ming tonna), Xitoy (1 043 tonna), Gruziya (976 tonna), Turkiya (746 tonna) va
Qozog‘iston (375 tonna) ajralib turadi.

Oziq-ovqat mahsulotlariga import bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash va ushbu

imtiyozni 2023-yilda uzaytirish oziq-ovqat tovarlari importining sezilarli darajada oshishiga
sabab bo‘ldi.

Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda import hajmining ortishi, bir

tomondan, ayrim mahsulotlar ishlab chiqarish hajmining yetarli darajada rivojlanmaganligini
ifodalasa, boshqa tomondan, mahalliy tovarlarning narx va sifat bo‘yicha xalqaro bozordagi
raqobatbardoshligini oshirish zaruratini anglatadi. Tashqi savdoda doimiy salbiy balansning
mavjudligi milliy valyutaning qadrsizlanishiga, inflyatsiyaning oshishiga va tashqi qarzning
ortishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, tashqi savdo balansining manfiy holatini kamaytirishda

importni cheklash har doim ham samarali natija bermaydi. Proteksionizm siyosatini qisman
qo‘llash mumkin bo‘lsa-da, uni to‘liq joriy qilish ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayoni
murakkabligi sababli muammo tug‘dirishi mumkin. Shuningdek, import cheklovlari
eksportning rivojlanishiga ham salbiy ta’sir o‘tkazishi ehtimoli mavjud, chunki raqobatbardosh
mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sifatli va nisbatan arzon xomashyo ham muhim ahamiyat
kasb etadi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar ichki bozorda yetarli muqobil ta’minotchilar topa olgan

taqdirda import tabiiy ravishda kamayishi mumkin. Shu bilan birga, O‘zbekiston sanoatida
texnologik jihatdan quyi va o‘rta darajadagi korxonalar ulushining yuqoriligi ham importga
bog‘liqlikni oshiruvchi omillardan biridir. Shu bois sanoatni innovatsion rivojlantirish
yo‘nalishida import mahsulotlari ham muhim o‘rin tutadi. Shunday sharoitda mamlakat
eksportini rag‘batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning yangi bozorlarni egallashiga
sharoit yaratish eng maqsadga muvofiq strategiya bo‘lib qolmoqda.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

114

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

www.lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi

savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab- quvvatlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3351-son qarori
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (2022) “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini

qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 06.04.2022 yildagi PF-97-son
Farmono.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2020) “O‘zbekiston Respublikasida

tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
14.05.2020 yildagi 283-son qarori
4.

www.stat.uz

rasmiy web sayti ma’lumotlari

Библиографические ссылки

www.lex.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab- quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-3351-son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (2022) “Tashqi savdo faoliyati ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 06.04.2022 yildagi PF-97-son Farmono.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2020) “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 14.05.2020 yildagi 283-son qarori

www.stat.uz rasmiy web sayti ma’lumotlari