ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
4
TARJIMA JARAYONIDA YUZAGA KELADIGAN MADANIY MUAMMOLAR VA
ULARGA YECHIMLAR
Zoirova Azizabonu Anvar qizi
O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti
Tarjimonlik fakulteti 1- bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15227247
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tarjima jarayonida uchraydigan madaniy muammolar
tahlil qilinadi. Turli madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutlar tarjimada semantik noaniqliklar,
noto‘g‘ri talqinlar va madaniy mos kelmaslik holatlarini yuzaga keltirishi mumkin. Maqolada
madaniy anglashilmovchilik jarayonlari, diniy qadriyatlar, hazil va kinoya, ijtimoiy rollar,
tarixiy-geografik kontekst va stilistik ifodalar kabi madaniy jihatlar tarjima jarayonida qanday
muammolarni keltirib chiqarishi ochib beriladi. Ularning tarjima jarayonida yuzaga keladigan
jiddiy, salbiy jihatlari va ta’sirlari haqida aytib o’tiladi. Shuningdek, bu muammolarning oldini
olish bo‘yicha tarjimonlar foydalanishi mumkin bo‘lgan samarali usullar haqida ham ma’lumot
beriladi. O’z ichiga yechim va choralarni qamrab olgan maqola tarjimonlar, tilshunoslar va
madaniyatshunoslar uchun foydali ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Annotation:
Analysis of cultural issues in the process of working on a translation.
Different cultures have their own differences that can lead to semantic ambiguities,
misinterpretations, and cultural inconsistencies in translation. The article reveals how cultural
processes such as cultural misunderstandings, religious values, humor and irony, social roles,
historical-geographical context, and stylistic expressions develop. Their seriousness,
preservation, and impact on translation failure are discussed. Information is also provided on
effective methods that can be used by translators to prevent these problems. The article, which
received its help and advice, serves as a useful scientific and practical basis for translators,
linguists, and cultural studies scholars.
Аннотация:
В статье анализируются культурные проблемы, возникающие в
процессе перевода. Различия между разными культурами могут привести к
семантической двусмысленности, неправильным толкованиям и культурной
несовместимости при переводе. В статье показано, как культурные аспекты, такие как
процессы культурного непонимания, религиозные ценности, юмор и ирония,
социальные роли, историко-географический контекст и стилистические выражения,
создают проблемы в процессе перевода. Обсуждаются серьезные негативные аспекты и
последствия, возникающие в процессе перевода. В нем также содержится информация
об эффективных методах, которые переводчики могут использовать для
предотвращения этих проблем. Статья, включающая решения и меры, служит полезной
научной и практической основой для переводчиков, лингвистов и культурологов.
Kalit so’zlar:
Tarjima, madaniyat, streotip, kontekst, adaptatsiya, transliteratsiya,
transpozitsiya, tafovut, yechim.
Keywords:
Translation, culture, stereotype, context, adaptation, transliteration,
transposition, difference, solution.
Ключевые
слова:
Перевод, культура, стереотип, контекст, адаптация,
транслитерация, транспозиция, различие, решение. iborasini ruscha tilidan tarjima qilish.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
5
Tarjima – bu shunchaki bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish emas, balki, madaniyatlar,
davlatlararo ko’prik qurish jarayonidir. Har bir til o’ziga xos madaniyat, tarix va mentalitetni
aks ettiradi. Shu boisdan ham tarjimon faqat so’zlarni emas, balki, ular ortidagi madaniy
mazmun – mohiyatni ham to’laqonli ravishda anglay olishi , tushunishi, tinlovchi va so’zlovchi
o’rtasida yoxud bir aloqa vositasi, ko’prik vazifasini bajarishi kerak. Ayniqsa, ikki xil madaniyat
vakillari o’rtasidagi aloqa jarayonida madaniy tafovutlar, turlicha qarashlar kelib chiqishi tabiiy
hol, albatta. Tarjimani bir so’z bilan aytda transformatsiya jarayoni deya olish mumkin.
Umuman olib gapiradigan bo’lsak, tarjima qilingan har qanday turdagi matn , nutq yoki asar
o’quvchiga asl holidagi mazmunni yetkaza olishi kerak, Mashhur amerikalik tilshunos Yevgeniy
Nida ta'kidlaganidek, "Yaxshi tarjimaning ta'rifi qabul qiluvchining tarjima qilingan xabarga
bo'lgan munosabatiga bog'liq va bu ma'lumotni asl nusxada berilganda qabul qiluvchilarning
xabarga qanday javob bergani bilan taqqoslash lozim".[1] Rossiyalik olim Yakobsonning
fikricha, tarjima shunchaki shakllarning boshqa tilga o'zgarishi emas, balki axborot
almashtirish bo'lib, tarjimonning vazifasi qabul qilingan ma'lumotni belgilangan tildagi
shakllarga o'zgartirishdir. "Shotlandiyalik tilshunos Ketford tarjima jarayonida ma'no
ekvivalentligi bo'lmasligini ta'kidlab, faqat shakl jihatdan ekvivalentlik borligini
tushuntiradi".[2] Tarjimaning asl maqsadi sifatida turli mamlakatlar o’rtasidagi madaniyatlarni
bog’lab turuvchi ko’prik vazifasini ko’rsatib o’tishimiz mumkin. Mashhur amerikalik tarjima
nazariyotchisi Yevgeniy Nida tarjimaga quyidagicha ta'rif bergan: "Tarjima, birinchidan, ma'no
jihatdan, ikkinchidan, uslub jihatdan qabul qiluvchi tilni manba tilning sof ekvivalenti sifatida
takrorlashdan iborat. Biroq, tarjima qilinayotgan tilda eng yaqin o'xshash ekvivalentning paydo
bo'lishiga madaniy farqlar turli darajada ta'sir qiladi"[3]. Madaniy kontekstning o’zi nimaligiga
to’xtaladigan bo’lsak, bu til orqali ifodalangan g’oya, jumla yoki ma’lum bir asarning qayerda ,
qanday sharoitda, muhitda madaniyatda kelib chiqqanini ham aytib o’itshimiz mumkin.
Masalan, ingliz tilida "Thanksgiving" degan so‘z bor. Uni o‘zbek tiliga oddiygina “rahmat aytish
kuni” deb tarjima qilish mumkin, lekin bu kun AQSh madaniyatida ancha chuqur ma’noga ega
bo‘lgan bayramdir. Uni to‘g‘ri tushunish uchun AQSh tarixini va urf-odatlarini bilish zarur va
tarjima jarayonida o’quvchiga aniq va tushunarli yetkazib berish maqsadida bu bayram haqida
qo’shimcha ma’lumotlar aytib o’tish , masalan. Qanday holda , qaysi paytda o’tkazilishi , urf -
odatlari haqida tushuncha berib o’tishi tarjima o’quvchisi uchun qulaylik va kontekstni to’g’ri
anglashga yordam beradi. Madaniy muammolar tarjima jarayonida kelib chiqishi tabiiy, albatta,
bunga sababa qilib har bir davlatning o’ziga xos an’ana, tradetsiyasi borligini dalil sifatida
keltira olamiz. Tarjima jarayonida yuzaga keladigan madaniy muammolar va ularga yechimlar
tilshunoslik, sotsiologiya va madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan muhim mavzulardan biridir.
Quyida asosiy madaniy muammolar va ularni hal qilish yo‘llari keltirilgan
Madaniy muammolar:
1.
Madaniy kontekstning yo‘qolishi:
Har bir til o‘ziga xos madaniyatni aks ettiradi. Tarjimada bu kontekst yo‘qolishi mumkin.
Masalan, hazil-mutoyiba, kinoya yoki iboralar boshqa tilga o‘girilganda ma'nosiz yoki noto‘g‘ri
tushunilishi mumkin.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
6
2. Iboraviy tarjima muammolari:
Idiomlar, maqollar, atamalar bevosita tarjima qilinsa,
o‘z mazmunini yo‘qotadi. Masalan, ingliz tilidagi "It's raining cats and dogs" iborasi so‘zma-so‘z
tarjima qilinganda tushunarsiz bo‘ladi.
3. Diniy yoki ijtimoiy sezgirlik:
Ba'zi madaniyatlarda muayyan so‘zlar, mavzular yoki
tasvirlar taqiqlangan yoki noqulay bo‘lishi mumkin. Bu holat, ayniqsa, reklama, adabiyot yoki
kino tarjimalarida muhim hisoblanadi.
4. Teskari stereotip yoki noto‘g‘ri madaniy aks ettirish:
Tarjimon asl madaniyatni noto‘g‘ri talqin qilishi yoki stereotiplarga tayanib tarjima qilishi
mumkin. stereotip atamasi maʼlum bir toifadagi odamlarga nisbatan haddan tashqari
umumlashtirilgan eʼtiqod sifatida taʼriflanadi.[4] Stereotiplar umumlashtiriladi, chunki maʼlum
bir stereotip toifadagi har bir shaxsga alohida toʻgʻri keladi.[5] Tez qaror qabul qilishda bunday
umumlashtirish foydali boʻlishi mumkin boʻlsa-da, har bir shaxsga alohida-alohida qoʻllanilsa,
ular notoʻgʻri boʻlish ehtimoli ham yo’q emas. Tarjimada stereotiplar qanday muammo
tug‘diradi? Tarjimon madaniyatni noto‘g‘ri aks ettirishi mumkin. Ayrim millat yoki guruhlarni
kamtitib yoki yomon tasvirlab qo‘yish ehtimoli bo‘ladi. Tarjima asarlarda stereotiplar saqlanib
qolsa, ular kamsituvchi yoki haqoratli ko‘rinishi mumkin.
Yechimlar:
1. Madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish:
Tarjimon faqat tillarni emas, balki tarjima qilinayotgan madaniyatlarni ham chuqur
tushunishi kerak. Davlar madaniyatidan ham xabardor bo’lish kerak. Bu ustuvor
2. Adaptatsiya (moslashtirish):
Tarjimon matnni asl maqsadini saqlagan holda, yangi madaniyatga moslashtiradi.
Masalan, bolalar kitobidagi belgilar yoki ovqat nomlari lokal variantlarga o‘zgartirilishi
mumkin.
3. Kommentariyalar qo‘shish:
Zarur hollarda, madaniy tushunchalarni tushuntirish uchun izoh yoki qavs ichidagi
tarjimalar kiritiladi. Bu tushunish jarayonida qulaylik va aniqliklarni yuzaga keltiradi.
4. Mutaxassislar bilan maslahatlashish:
Diniy, huquqiy yoki texnik matnlar tarjimasida soha vakillari bilan ishlash muhim chunki
bularning har biri o’ziga xos tushunch , atamalarga ega.
5. Tarjima strategiyalarini mos tanlash:
Ekvivalentlik, transliteratsiya, transpozitsiya, adaptatsiya kabi usullardan maqsadga
muvofiq tarzda foydalanish.
Madaniy muammolar turlari
1. Madaniy an’analar va qadriyatlar farqi
Har bir xalqning o‘ziga xos urf-odatlari, qadriyatlari bor. Bu qadriyatlar tarjimada
tushunmovchilikka sabab bo‘lishi mumkin.
Misol: G‘arb tillarida shaxsiy erkinlikka urg‘u berilsa, Sharq tillarida jamiyat va oila
qadriyatlari ustun turadi. Bunday farqlar noto‘g‘ri talqinlarga olib kelishi mumkin.
2.Realia (madaniy birliklar) muammosi
Realia – bu faqat ma’lum bir xalq yoki madaniyatga xos bo‘lgan so‘zlar yoki tushunchalar
(masalan, “mahalla”, “navro‘z”, “samovar”).
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
7
Tarjimada bu so‘zlarga muqobil topish qiyin bo‘lishi mumkin.
3. Hazil va kinoya (ironiya)
Har bir madaniyatda hazilning turi, shakli va qabul qilinish darajasi turlicha.
Misol: Ingliz tilidagi “dry humor” (quruq hazil) yoki sarkazm o‘zbek tiliga tarjima
qilinganda asl mazmun yo‘qolishi mumkin.
4. Diniy va mafkuraviy sezgirlik
Diniy atamalar yoki e’tiqodga oid iboralar ba’zi madaniyatlarda sezgir mavzu sanaladi.
Misol: “Inshaalloh” kabi diniy iboralar har doim to‘g‘ri tushunilavermaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tarjima jarayonida yuzaga keladigan madaniy muammolar
– bu tillar orasidagi nafaqat lug‘aviy, balki madaniy tafovutlardan kelib chiqadigan
murakkabliklardir. Har bir til o‘z madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlarini aks ettiradi, shuning
uchun tarjimon nafaqat til bilimiga, balki madaniyatlararo sezgirlik va tushunchaga ham ega
bo‘lishi kerak. Realia, hazil, diniy iboralar va ijtimoiy tushunchalarning noto‘g‘ri tarjimasi matn
mazmunini buzishi mumkin. Bunday muammolarning oldini olish uchun tarjimada
moslashtirish, izohli tarjima, kontekstga e’tibor berish va madaniyatlararo bilimdan
foydalanish zarur. Shundagina tarjima matni nafaqat so‘zma-so‘z, balki ma’naviy va madaniy
jihatdan ham to‘g‘ri va ta’sirli bo‘ladi. Tarjimon esa ikki til o‘rtasida emas, balki ikki madaniyat
o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Rajabov S. et al. Tasavvurli, umumiy-tasavvurli va raqamli-tasavvurli qoidalarni tahlil
//Science and Education. - 2024. - Т. 5. - №. 5. - С. 262-268.
2.
Rajabov S. TASAVVURLI, UMUMIY-TASAVVURLI VA RAQAMLI-TASAVVURLI
QOIDALARNI TAHLILI //Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari. - 2024. - Т. 4. - №. 1. -
С. 113-119
3.
Абдуллаев М. ORGANIZATION OF WASTE PROCESSING IN SOLVING ENVIRONMENTAL
PROBLEMS IN UZBEKISTAN //Nordic_Press. - 2024. -Т. 1. - №. 0001.
4.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Maxsus:BookSources/978-1579580643
5.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Maxsus:BookSources/978-1579580643