ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
157
O‘ZBEKISTONDA PENSIYA TIZIMI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI
TA’MINLASHNING DOLZARB MASALALARI
Tursunov Zohidxo‘ja Orifovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15208707
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab, iqtisodiy islohotlar jarayonida
asosiy e’tibor ijtimoiy himoyani ta’minlash, aholining turmush darajasini oshirish, aholi
o‘rtasidagi tabaqalanishning oldini olish hamda kambag‘allik darajasini kamaytirishga
qaratilgan. Shu maqsadda qator kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi “2022 — 2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son
farmonida 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining
maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki
barobarigacha oshirilishi, ayollarga pensiya hisoblashda ularning bolani parvarishlash ta’tilida
bo‘lish vaqtining hammasini jamlaganda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan 3 yillik davrni 6
yilga oshirish, bolalikdan nogironligi bo‘lgan bolalarga 18 yoshgacha qaralgan davrni pensiya
tayinlashda ish stajiga qo‘shib hisoblash, fuqarolarning pensiya miqdorlari mamlakatning
iqtisodiy ko‘rsatkichlariga muvofiq izchil oshib borishini ta’minlash, xalqaro tamoyil va
standartlarga muvofiq ko‘p bosqichli va davlat tomonidan kafolatlangan pensiya ta’minoti
tizimini joriy qilish hamda fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab qilmasdan idoralararo elektron
ma’lumot almashinuvi asosida pensiya tayinlash tizimiga o‘tish kabi ustuvor vazifalar
belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari
pensiya jamg‘armasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatda
fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti sohasida yagona elektron baza tizimi shakllantirildi.
Soha faoliyatining bosqichma-bosqich takomillashib borayotgani, jamg‘armaning hududiy
bo‘limlari zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlanish darajasining keskin oshgani,
shuningdek, pensionerlar va nogironlarni manzilli himoya qilish, ularning turmush darajasi
hamda hayot sifatini oshirish borasida qonunchilik bazasi izchil takomillashtirilmoqda.
Bundan tashqari, ijtimoiy xizmat turlarining soni va sifati oshirilmoqda, bu esa aholining
ushbu qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa,
pensiya yoshiga yetib, mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolar manfaatlarini himoya
qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri
hisoblanadi. Shu bilan birga, qarilik davrida tayinlanadigan davlat pensiyalariga qo‘shimcha
ravishda jamg‘arma asosidagi pensiya ta’minoti tizimining ahamiyati ortib bormoqda.
Bugungi kunga kelib, ko‘plab davlatlar singari O‘zbekistonda ham pensiya xarajatlarining
daromadlardan tezroq o‘sayotgani yaqqol sezilmoqda. Bunga asosiy omil sifatida aholi sonining
yildan-yilga ko‘payib borayotgani ko‘rsatiladi. Shu boisdan ham pensiya jamg‘armasi
mablag‘lari daromad bazasini kengaytirish hamda mavjud mablag‘larni samarali boshqarish
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hozirgi kunda Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini yanada ko‘paytirish orqali uning
barqarorligini ta’minlash maqsadida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunga misol qilib,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
158
2019-yil 1-sentabrdan boshlab O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlash
legallashtirilganligini misol sifatida keltirish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi “O‘zini o‘zi
band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq
amalga oshiriladi. Ushbu nizomning Pensiya Jamg‘armasi daromadlariga ta’siri shundaki,
o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlovchi ish faoliyatlari asosida to‘lanuvchi majburiy badalning bir
qismi aynan Pensiya jamg‘armasi daromadlariga yo‘naltiriladi. O‘zini ish bilan band etgan
shaxslarga bir qancha imtiyozlar yaratilmoqda (1-rasm).
1-rasm. O‘z-o‘zini ish bilan band etgan shaxslarga yaratilgan imtiyozlar
1
O‘z-o‘zini band qilgan fuqarolar ma’lum bir miqdorda to‘lov to‘lab berishi majburiy
hisoblanadi va bu mablag‘lar eng kam oylik ish haqiga nisbatan koeffitsientlarda belgilanadi (4-
jadval).
1-jadval
O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomasi berilganligi
uchun undiriladigan to‘lov miqdorlari
2
Vaqtinchalik mehnat guvohnomasi
quyidagi muddatga beriladi (oylar)
To‘lov miqdori (bazaviy
hisoblash miqdori baravari)
1
0,5
3
1,4
6
2,6
9
3,7
12
4,5
Bu to‘lanadigan mablag‘larning maksimal muddati 1 yilni tashkil etib, kelgusi yillarda yoki
oylarda uzaytirilishi ham mumkin, buning uchun guvohnoma egasi Bandlikka
1
https://pfru.uz/ - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya
jamg‘armasi rasmiy veb sahifasi.
2
https://pfru.uz/ - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya
jamg‘armasi rasmiy veb sahifasi.
jismoniy shaxslar
daromad solig’ini
to’lamaydi;
pensiya staji qo’shib
boradi;
xodimlarni yollay
olmaydi;
o’z faoliyati bo’yicha
hujjatlar yuritmaydi;
daromadlar bo’yicha
hisobot bermaydi, soliq
deklaratsiyasi
to’ldirmaydi (to’ldirganda
ham ixtiyoriy asosda).
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
159
ko‘maklashishning hududiy markazlariga borishi va uzaytirish istagi borligini bildiradi va
kerakli to‘lovni amalga oshiradi.
Ushbu mablag‘lar kerakli kategoriyalar bo‘yicha taqsimlanadi:
- vaqtinchalik mehnat guvohnomalari berilganligi uchun to‘lov undirishdan tushgan
mablag‘larning 60 foizi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga — o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro tomonidan yagona
ijtimoiy to‘lovni to‘lash hisobiga;
- 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga;
- 20 foizi tumanlar (shaharlar) budjetlariga yo‘naltiriladi.
Ushbu guvohnomalardan kelib tushuvchi mablag‘lar asosida o‘zini-o‘zi band etgan
shaxslarga pensiya ish staji yozib boriladi. Ro‘yxatdan o‘tishdan avval fuqaro mehnat
faoliyatining qaysi turi bilan shug‘ullanishinni aniqlab olishi kerak. Ruxsat etilgan o‘zini-o‘zi
band qilish turlari jadvali uncha katta emas va yopiq — ular atigi 24 tani tashkil etadi.
Davlat soliq qo‘mitasi 2025-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi band qilgan
shaxslar 4,4 mln. nafardan oshganini ma’lum qildi. Yil davomida ko‘rsatkich 76,5 foizga (1,9
mln. nafar) oshgan. Eng yuqori o‘sish maishiy xizmatlar hamda ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohasida kuzatilgan (2-rasm).
2-rasm. 2025-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar
to‘g‘risida ma’lumot
2025-yil davomida sohalar kesimida o‘sish quyidagicha bo‘lgan:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
160
maishiy xizmatlar — 104,3 foiz (+976 ming nafar, 2025-yil 1-yanvar holatiga 1 mln 912
ming nafar);
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish — 94,6 foiz (+203,1 ming nafar, 417,8 ming nafar);
axborot-kommunikatsiya — 87 foiz (+55,7 ming nafar, 119,7 ming nafar);
ijtimoiy yo‘nalishdagi xizmatlar — 55,9 foiz (+178,2 ming nafar, 496,9 ming nafar);
qishloq xo‘jaligi xizmatlari — 53,6 foiz (+386 ming nafar, 1 mln 106,5 ming nafar);
sanoat xizmatlari — 49,6 foiz (+138,9 ming nafar, 418,9 ming nafar).
O‘zbekistonda pensiya tizimini isloh qilish masalasi bugungi kundagi eng dolzarb
muammolardan biri bo‘lib, bu boradagi yondashuvlar rivojlangan hamda rivojlanayotgan
mamlakatlar tajribasi asosida qiyosiy tahlil qilinmoqda. Xususan, jismoniy va yuridik shaxslar
tomonidan pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan badallarni proporsional holatga keltirish,
nodavlat pensiya ta’minoti bo‘yicha huquqiy-me’yoriy bazani yaratish hamda uni amaliyotga
joriy etish bugungi kun talablaridandir.
Shuningdek, mamlakatimizga xos bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarni inobatga olgan
holda, ushbu yo‘nalishda samarali islohotlarni amalga oshirish zarur. Yuqorida ko‘rsatilgan
omillarni chuqur tahlil qilish orqali mamlakat pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha yangi
imkoniyatlarni aniqlash va ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmoni. 2022-yil 28-fevral.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi “O‘zini o‘zi
band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
3.
Abdurahmonov Q.X., Abdurahmanov X.X. Aholi turmush tarzi va daromadlari. O‘quv
qo‘llanma. - T.: TDIU, 2011 - 226 bet.
4.
Qosimova G.A, Karimova Z.X. Byudjetdan tashqari fondlar. O‘quv qo‘llanma. –T.:
“IQTISOD-MOLIYA”. 2009. - 202 b.
5.
https://pfru.uz/ - O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi
Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi rasmiy veb sahifasi.
6.
- O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining rasmiy veb
sahifasi.