Авторы

  • Аzizbеk Tоshpоʻlаtоv
    Namangan davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.79021

Ключевые слова:

musaddas aruz Muzori’yi musammani axrab qofiya radif istiora tashxis mubolagʻa tazod nido tasavvuf mumtoz adabiyot XIX asr she’riyati.

Аннотация

Mazkur maqolada XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xorazm adabiy muhitida ijod qilgan Ahmad Tabibiyning Muhammad Rizo Ogahiy gʻazali asosida yaratilgan “Tagʻoful” radifli musaddasi tahlil etilgan. Maqolada musaddasning badiiy-gʻoyaviy xususiyatlari, aruz tizimidagi oʻrni, qofiya va radif tizimi, badiiy san’atlar qoʻllanishi keng yoritilgan. Tahlil natijasida Tabibiy ijodining Xorazm adabiy muhitidagi oʻrni va uning mumtoz adabiyot an’analarini davom ettirishdagi hissasi ochib berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

153

AHMAD TABIBIY MUSADDASLARIDA OGAHIYGA IZDOSHLIK

Аzizbеk Tоshpоʻlаtоv Ikrоmjоn оʻgʻli

Namangan davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

E-mail: аzizbеktоshpulаtоv1907@gmаil.cоm

https://doi.org/10.5281/zenodo.15208675

Annotatsiya.

Mazkur maqolada XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Xorazm adabiy muhitida

ijod qilgan Ahmad Tabibiyning Muhammad Rizo Ogahiy gʻazali asosida yaratilgan “Tagʻoful”
radifli musaddasi tahlil etilgan. Maqolada musaddasning badiiy-gʻoyaviy xususiyatlari, aruz
tizimidagi oʻrni, qofiya va radif tizimi, badiiy san’atlar qoʻllanishi keng yoritilgan. Tahlil
natijasida Tabibiy ijodining Xorazm adabiy muhitidagi oʻrni va uning mumtoz adabiyot
an’analarini davom ettirishdagi hissasi ochib berilgan.

Kalit soʻzlar:

musaddas, aruz, Muzori’yi musammani axrab, qofiya, radif, istiora, tashxis,

mubolagʻa, tazod, nido, tasavvuf, mumtoz adabiyot, XIX asr she’riyati.

Abstract.

This article analyzes the “Tagʻoful” musaddas created by Ahmad Tabibiy, who

worked in the Khorezm literary environment in the late 19th and early 20th centuries, based
on Muhammad Rizo Ogahi’s ghazal. The article extensively covers the artistic and ideological
features of the musaddas, its place in the aruz prosody system, rhyme and redif structures, and
the use of literary devices. As a result of the analysis, Tabibiy’s place in the Khorezm literary
environment and his contribution to continuing the traditions of classical literature are
revealed.

Keywords:

musaddas, aruz, Muzori’yi musammani axrab, rhyme, redif, metaphor,

personification, hyperbole, antithesis, apostrophe, Sufism, classical literature, 19th century
poetry.


XIX asr oxiri XX asr boshlari Xorazm adabiy muhitining taniqli vakillaridan biri Ahmad

Tabibiy hisoblanadi. Shoir ijodiy faoliyati davomida koʻplab salaflarining an’analarini munosib
davom ettirgan. Uning Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874) gʻazali asosida yaratgan “Tagʻoful”
radifli tasdis musaddasi mumtoz she’riyatimizdagi an’anaviylik va ijodiy oʻziga xoslikning yaxlit
namunasidir.

Tabibiy Xiva xonligida yashab ijod etgan shoir va tabib boʻlib, “Tabibiy” taxallusi bilan

she’rlar yozgan. U Feruz davrida saroyda xizmat qilgan, tabiblik bilan bir qatorda adabiyot va
san’at sohasida ham salmoqli meros qoldirgan. Uning lirik merosi gʻazallar, muxammaslar,
musaddaslar va boshqa mumtoz janrlardan iborat. Tabibiyning koʻplab taxmislari mavjud
boʻlib, ular orasida Ogahiy gʻazaliga bogʻlangan quyidagi musaddasi alohida oʻrin tutadi.

Mazkur tasdis musaddas aruzning

muzori’yi musammani axrab

vaznida boʻlib,

Ogahiyning “tagʻoful”[1, 332] radifli gʻazali asosida yozilgan. Ogahiyning bu gʻazali devonida
“Lom” harfi bilan tugaydigan gʻazallar qatorida boʻlib, gʻazal toʻqqiz baytdan iborat. Bu tasdis
orqali Tabibiy oʻzidan oldin oʻtgan(salaflar) ijodi bilan yaqindan tanish boʻlganligiga dalolat
etadi. She’r bandi quyidagi band bilan boshlanadi:

Qilmas edim bu yangligʻ hargiz gumon tagʻoful,
Kim qildi kulfatimni behaddu son tagʻoful,
Jismimni gʻam oʻtigʻa aylab makon tagʻoful,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

154

Ne qilgʻamen desam man bexonumon tagʻoful,
To mandin, ey parivash, qilding ayon tagʻoful,
Aylar manga damo-dam yuz qasdi jon tagʻoful.

maf’uvlu foilotun maf’uvlu foilotun
– – V/ – V – – / – – V / – V – –

Musaddasidagi ushbu band oshiqning ma’shuqa beparvoligi tufayli tortayotgan iztiroblari

tasvirini yuksak badiiy mahorat bilan ifodalaydi. Band “tagʻoful” (beparvolik) radifi va qofiyalar

(gumon, son, makon, bexonumon, ayon, jon)

asosiga qurilgan. Shoir bandda badiiy maqsadini

bosqichma-bosqich ochib boradi: avval u bunday beparvolikni kutmagani (“Qilmas edim bu
yangligʻ hargiz gumon tagʻoful”), soʻng bu beparvolik uning azoblarini cheksiz koʻpaytirishi
(“Kim qildi kulfatimni behaddu son tagʻoful”), vujudi gʻam oloviga aylanishi (ʻJismimni gʻam
oʻtigʻa aylab makon tagʻoful”), oʻzini uysiz-joysiz his qilishi (“Ne qilgʻamen desam man
bexonumon tagʻoful”), sevgilisining beparvoligi (“To mandin, ey parivash, qilding ayon
tagʻoful”) va nihoyat, bu beparvolikning har lahzada uning joniga qasd qilishi (“Aylar manga
damo-dam yuz qasdi jon tagʻoful”) tarzida rivojlantiriladi. Banda istiora (gʻam oʻti), tashxis
(tagʻoful harakatlari), mubolagʻa (behaddu son, yuz qasdi jon), tazod (oshiq sadoqati va
ma’shuqa beparvoligi), nido (ey parivash) singari badiiy san’atlar mahorat bilan qoʻllanilgan
boʻlib, ular orqali oshiqning ruhiy holati, iztiroblari, ma’shuqa beparvoligining qalbga solgan
jarohatlarini ta’sirchan tarzda ifodalashga erishilgan. Yuqoridagi mazmun quyidagi bandda
shunday davom ettiriladi:

Ishqing oʻti bu jismi kulfat makonim oʻrtar,
Savdoi xol-u zulfing sud-u ziyonim oʻrtar,
Xating xayoli, jono, nom-u nishonim oʻrtar,
La’lingni zikr qilsam nazmi ravonim oʻrtar,
Ohim jahonni yoqsa, tong yoʻqki jonim oʻrtar,
Har lahza noz-u ishva ham har zamon tagʻoful.

Tabibiy musaddasda

a-a-a-a-a-b

qofiyalanish tizimidan foydanalib, dastlabki besh

misrada

makonim, ziyonim, nishonim, ravonim, jonim

kabi qofiyadosh soʻzlardan, “oʻrtar” ichki

radifi hamda oxirgi misrada esa “tagʻoful” asosiy radifini qoʻllab, bandga oʻziga xos musiqiylik
yuklaydi. She’rning bu qismida shoir istiora “ishqing oʻti”, tazod “sud-u ziyon”, tashxis “ishq
oʻtining yoqishi”, mubolagʻa “ohim jahonni yoqsa” va tanosub “oʻt”, “yoqsa” kabi badiiy
san’atlardan mahorat bilan foydalangan holda, bosqichna-bosqich kuchayib boruvchi ishq
iztirobini tasvirlaydi – ma’shuqaning ishqi oshiqning avval jismini, soʻng foyda-ziyonini, keyin
nom-nishonini, undan soʻng she’riyatini va nihoyat jonini oʻrtashi, hatto uning ohi butun
jahonni yondirishga qodir ekanligi, buning ustiga ma’shuqaning noz-u ishva va beparvoligi ham
qoʻshilishi orqali ishq oʻtining insonning butun vujudini qamrab olishi, bu iztirobning ham
jismoniy, ham ruhiy darajada kuchli ekanligi va oshiqning bu holatdan qutula olmasligi yorqin
ifodalangan.

Mazkur bandda foydalanilgan badiiy uslub bir tarafdan Hazrat Navoiyning “Yordin ayru

koʻngul mulkedurur sultoni yoʻq…” misralari bilan boshlanuvchi gʻazaliga oʻxshab ketadigan
uslub bilan hamohangli bilan ham ahamiyatlidir. Keyingi bandni shoir quyidagicha ifodalaydi:


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

155

Ushshoqi benavodin bir olmagʻung xabar hech,
Qilmoqgʻa bogʻlamassan juz javr uchun kamar hech,
Xossaki man sorigʻa etmay dame guzar hech,
Holimgʻa qilmading chun shafqat bila nazar hech,
Koʻkdin oʻtar figʻonim qilmas sanga asar hech,
Boʻlgʻaymu muncha ham, ey nomehribon, tagʻoful.


Tabibiy musaddasining ushbu bandida ham avvalgi bandga oʻxshab ichki radifdan

foydalanadi. “Hech” va “tagʻoful” radiflari hamda

xabar, kamar, guzar, nazar, asar

kabi

qofiyadosh soʻzlari oshiqning ma’shuqa beparvoligiga qarshi shikoyati bosqichma-bosqich
rivojlantirilib, ma’shuqaning ushshoqi benavolarga e’tiborsizligi, faqat jabr-sitam uchun
harakat qilishi, oshiq tomon qadam tashlamasligi, uning holiga rahm-shafqat bilan qaramasligi
va oshiqning koʻkka yetuvchi figʻonlari ham ma’shuqaga ta’sir etmasligi tarzida kuchaytirilgan;
shoirning “javr uchun kamar bogʻlamoq” metaforasi, “koʻkdin oʻtar figʻonim” mubolagʻasi,
oshiqning sadoqati va ma’shuqaning beparvoligi oʻrtasidagi tazodi, “ey nomehribon” nidosi va
yakuniy ritorik savoli orqali badiiy ta’sirchanlik kuchaytirilgan; tasavvufiy nuqtai nazardan
qaraganda esa, “ushshoqi benavo” ilohiy ishq yoʻlidagi soliklar, “javr uchun kamar bogʻlamoq”
Haqning sinovlari, “koʻkdin oʻtar figʻon” solikning iltijosi, “tagʻoful” esa ilohiy sirning toʻla
oshkor boʻlmasligi ramzi sifatida talqin qilinishi mumkin. Ushbu bandda ishq iztirobining eng
yuqori nuqtasi tasvirlanib, yakuniy misradagi “Boʻlgʻaymu muncha ham, ey nomehribon,
tagʻoful?” savoli orqali oshiqning ma’shuqa beparvoligining chegarasizligidan hayratlanishi
ifodalangan.

To aylading tagʻoful man zorgʻa huvaydo,
Jon-u koʻngulga solding toroj birla yagʻmo,
Jismimda bor sinonlar zulming bila saro po,
Bu nav’ hasrat ichra, ey dilraboi, barno,
Bilmon ne yerga holim oyid boʻlurki holo,
Sar to qadam qilibdur bagʻrimni qon tagʻoful.


Shoir musaddasning mazkur bandida

huvaydo, yagʻmo, saro po, barno, holo

kabi

qofiyadosh soʻzlardan foydalanib, oxirgi misrasini “tagʻoful” asosiy radifi bilan yakunlaydi.
Bandda shoir “jon-u koʻngulga toroj birla yagʻmo solish”, “bagʻirni qon qilish” kabi kuchli
istioralar, tagʻofulni jonli mavjudot sifatida tasvirlash orqali tashxis, “jismimda bor sinonlar
zulming bila saro po”, “sar to qadam qilibdur bagʻrimni qon” kabi mubolagʻalar, “ey dilraboi
barno” nidosi hamda “toroj”, “yagʻmo”, “zulm” kabi bir semantik doiraga mansub soʻzlarni
qoʻllash orqali ma’shuqa beparvoligining oshiqqa koʻrsatadigan ta’sirini yanada kuchli va
ta’sirchan tasvirlagan. Band ma’shuqaning beparvoligi oshiqni nochor ahvolga solishi, uning
joni va koʻnglini talon-taroj qilishi, tanasini boshdan-oyoq jarohatga toʻldirishi, oshiqni oʻz
ahvolining oqibatini bilmay qolishi , va nihoyat, beparvolikning oshiq butun vujudini qonga
aylantirishi kabi holatlarni progressiv tarzda kuchaytirgan holda tasvirlaydi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

156

Tasavvufiy nuqtai nazardan esa bu band ilohiy ma’shuqaning sirlarining qisman oshkora

boʻlishi, ma’naviy yoʻlda jondan va nafsoniyatdan voz kechish, ma’rifat yoʻlidagi mashaqqatlar
va ilohiy ishq yoʻlidagi toʻliq fano (oʻzlikni yoʻqotish) holati ramzi sifatida talqin qilinishi
mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Tabibiyning “Tagʻoful” radifli musaddasi Ogahiy gʻazali asosida

yaratilgan boʻlib, ma’shuqa beparvoligidan iztirobda boʻlgan oshiq holatini tasvirlovchi
qimmatli adabiy asardir. Uning qimmati Ogahiy gʻazalini yangicha talqinda, yangi badiiy
vositalar bilan boyitishida, tasavvufiy gʻoyalarni oʻziga xos tarzda ifodalashida koʻrinadi. Asarda
mumtoz poetikaning aruz vazni, qofiya, radif, badiiy san’atlar kabi unsurlaridan mahorat bilan
foydalanilgan. Musaddasning Ogahiy gʻazali bilan qiyosiy tahlili, Tabibiy ijodidagi oʻrni va oʻziga
xosligi, tarixiy-adabiy kontekst ichida oʻrganilishi XIX asr Xorazm adabiy muhitini toʻliqroq
anglashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Ogahiy. Asarlar. I jild. Devon. –Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi

adabiyot va san’at

nashriyoti, 1971.

2.

Ҳожиаҳмедов А.Ўзбек арузи луғати. –Тошкент: Шарқ, 1998. –B.198.

3.

Qosimov B., Yusupov Sh. va boshq. Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti. – Toshkent:

Ma’naviyat, 2004.
4.

Haqqulov I. Oʻzbek tasavvuf she’riyati. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1996.

5.

Karimov Gʻ. Xiva adabiy muhiti (XIX asrning 2-yarmi). OʻQP. – Toshkent: Fan, 1991.

Библиографические ссылки

Ogahiy. Asarlar. I jild. Devon. –Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1971.

Ҳожиаҳмедов А.Ўзбек арузи луғати. –Тошкент: Шарқ, 1998. –B.198.

Qosimov B., Yusupov Sh. va boshq. Milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyoti. – Toshkent: Ma’naviyat, 2004.

Haqqulov I. Oʻzbek tasavvuf she’riyati. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1996.

Karimov Gʻ. Xiva adabiy muhiti (XIX asrning 2-yarmi). OʻQP. – Toshkent: Fan, 1991.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)