ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
95
QADIMGI OʻZBEKISTONDA ILK SHAHARSOZLIK VA DAVLATCHILIK
TARAQQIYOTINING OʻZARO BOGʻLIQLIK JIHATLARI
Poyonov Ixtiyor Abdumoʻmin oʻgʻli
Qarshi Davlat Universiteti Jahon tarixi kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi
tel (93) 072 49 69
https://doi.org/10.5281/zenodo.15245573
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Qadimgi Oʻzbekiston hududida ilk shaharlar paydo
boʻlishining ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy asoslari hamda boshqaruv tizimining shakllanishi
haqida maʼlumotlar beriladi. Shuningdek, antik va oʻrta asrlar davridan boshlab shaharlarning
kelib chiqishi toʻgʻrisida dastlabki qarashlar paydo boʻlgan. Ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklardagi,
yaʼni, dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi davrida urbanizatsiya jarayonlari
boshlangan. Dastlab protoshahar, ilk shaharlar shakllanib, vaqt oʻtgan sayin jamiyat va
shaharlar tuzilishi murakkablashib borgan. Bu jarayonlar asosan, shaharlarning geografik
joylashuviga, ixtisoslashuviga, siyosiy maqomiga va aholining toʻplanishi jarayonlariga bogʻliq
holda kechgan.
Kalit soʻzlar.
Shoʻrtoʻqay, Dashtli, Nomozgoʻtepa, Oltintepa, Keleli, Gonur, Toʻgʻoloq,
Auchin, Tohirboy–3, Sopolitepa, Jarqoʻton, Janubiy Sugʻd, Markaziy Sugʻd, Kuchuk I, Qizil I, Tilla
I, Koʻktepa, Afrosiyob, Erqoʻrgʻon.
Kirish boʻlimi.
Yuzlab ming yilliklarni oʻz ichiga olgan insoniyat tarixida dastlabki shaharlarning tashkil
topishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, yozuvning kelib chiqishi - nisbatan
keyinroq yuzaga kelgan hodisalardir. Qadimgi Oʻzbekiston hududlarida urbanizatsiya
jarayonlari Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining taʼsirida bronza davrida boshlangan
1
. Ushbu
oʻziga xos urbanizatsiya jarayoni Oʻrta Osiyoning janubi-gʻarbidan boshlanib, shimoli-sharq
tomonga siljib, kengayib borgan. Dastlab ilk urbanizatsiya miloddan avvalgi II ming yillikning
ikkinchi yarmida Parfiya, Margʻiyona va Baqtriyada kuzatilgan.
Sugʻdning uchta hududida urbanizatsiya jarayoni turli davrlarda sodir boʻlgan. Janubiy
Sugʻdda bu jarayon miloddan avvalgi IX-VI asrlarda yuz bergan boʻlsa, Markaziy Sugʻdda
miloddan avvalgi VII-V asrlarda, gʻarbiy Sugʻdda miloddan avvalgi IV-III asrlarda yuz bergan.
Qadimgi Xorazmda bu jarayon miloddan avvalgi VI-V asrlarga toʻgʻri keladi
2
.
Меtodlar boʻlimi.
Miloddan avvalgi III ming yillikning oxirlari va miloddan avvalgi II ming yilliklardagi
Baqtriya va Margʻiyona hududlaridagi rivojlanish “Oks sivilizatsiyasi” deb atalgan. Ushbu
sivilizatsiyaga asos solgan aholi bu hududlarga dehqonchilik madaniyatini, boshqaruv tizimi va
diniy gʻoyalarini Yaqin Sharqdan olib kelganlar. Bu aholi asosan, daryo va uning irmoqlari
boʻylarida joylashib, oddiy sugʻorish tizimi asosida dalalarini sugʻorib dehqonchilik qilganlar.
Ular daryo yoqalarida qishloqlar bunyod qilib, istiqomat qilganlar. Qalʼalari kvadrat shaklida
boʻlgan, arki xom gʻishtli baland platforma ustiga qurilgan. Davlatchilikning siyosiy boʻgʻini
1
Aсқаров A. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. – Б. 275; Боқийев A., Шайдуллайев A., Йўлдошева З. Окс
сивилизацияси. – Тошкент: ЙAНГИ НAШР, 2015. – Б.15.
2
Э
шов Б. Урбанизация тизимида илк шаҳарлар. Тошкент. “Зарқалам”, 2005. Б.43 (120).
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
96
hisoblangan ark va ibodatxonalar qurganlar. Tadqiqotchilarning fikricha, ularning boshqaruv
organi aholisining nazoratida boʻlgan
3
.
Oks sivilizatsiyasi Qadimgi Baqtriya va Margʻiyona hududlaridagi Shoʻrtoʻqay, Dashtli,
Nomozgoʻtepa, Oltintepa, Keleli, Gonur, Toʻgʻoloq, Auchin, Tohirboy–3, Sopolitepa, Jarqoʻton
yodgorliklari asosida tadqiq qilingan. Lekin bu yirik shaharlar ilk temir davrida koʻchmanchi
chorvadorlar kirib kelgan davrdan soʻng maʼlum bir davrda inqirozga uchraydi. Bu davrda,
yaʼni, Oks sivilizatsiyasining soʻngi bosqichida Nomozgoh madaniyatining yakuniy bosqichida
qadimgi Baqtriyaga “Naqshinkor rangli sopol” madaniyati sohiblari kirib keladilar.
“Naqshinkor rangli sopol” madaniyati miloddan avvalgi X-VIII asrlar davomida Markaziy Osiyo
hududida tarqaladi. Uning izlari Jarqoʻton yodgorligining arki hududidan Kuchuk I, Qizil I, Tilla
I, Koʻktepa, Afrosiyob, Erqoʻrgʻon kabi yodgorliklardan, umuman Janubiy Oʻzbekiston
hududlarida 40 tadan ortiq yodgorliklarida uchratiladi
4
.
Surxon vohasi hududlarida bronza davrida boshlangan urbanizatsiya jarayonlari
koʻchmanchi chorvador oriylarning janubga migratsiyasi bilan vaqtincha toʻxtatilgan boʻlsa,
urbanizatsiya jarayonining keyingi bosqichi miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda qaytadan
tiklanadi. Bu davr moddiy madaniyatida arxeologlar Oks sivilizatsiyasiga xos moddiy
madaniyat buyumlarini topishgan, yaʼni bu davrda bronza davridagi madaniy taraqqiyoti yangi
koʻrinishda, tub sifat oʻzgarishlari asosida qayta tiklangan
5
.
Fikrimizcha, Qadimgi Baqtriyada soʻngi bronza davrida “Naqshinkor rangli sopol” aholisi
kelib oʻrnashgan joylar keyingi davrlarda mustahkam qalʼa – qoʻrgʻonlarga aylantirilgan. Bu
ikkinchi urbanizatsiya jarayonlari hisoblanib, bu davrda Shimoliy Baqtriyada Kuchuk II,
Bandixon, Gʻozimulla, Qizil II va boshqa yodgorliklar dehqonchilik vohalarining markaziy
qalʼalariga aylangan. Sugʻdda esa urbanistik jarayon ilk temir davridan boshlangan.
Amudaryoning irmoqlari boʻlgan Zarafshon va Qashqadaryo daryolari boʻylarida yashagan
mahalliy sak qabilalari ilk temir davriga kelib, sekin-asta oʻtroq hayotga oʻta boshlaganlar
6
. Ular
daryolarning oʻrta va quyi havzalari, togʻ oldi hududlari, soy etaklarida yashaganlar. Hisor togʻ
oldi hududlarida, Qashqadaryoning quyi va oʻrta oqimida, Zarafshonning yuqori oqimida
joylashgan 20 dan ortiq yodgorliklardan topilgan
7
. Bunga Afrosiyob I, Koʻktepa II, III, Erqoʻrgʻon
II, Sangirtepa, Daratepa, Uzunqir va boshqa yodgorliklarning moddiy madaniyati misol boʻla
oladi. Bu davr aholisining izlari janubiy Sugʻdning 32 ta joyidan, jumladan, Yakkabogʻ, Tanxoz
daryolarining quyi havzalari, Chimqoʻrgʻon suv ombori sohillaridagi Jartepa II, Chiroqchitepa
va Toʻrtkoʻltepaning quyi qatlamlarida aniqlangan
8
.
3
Aннаев Ж.Т., Aннайев Т., Бобоева С.М. Пайғамбар ороли – Окс – Aмударё ҳавзасидаги муҳим стратегик ва
кечув савдо манзили.// Aрхеология Ўзбекистана. 2016. No1. (12). Б. 24-31.
4
Ширинов Т., Шайдуллайев Ш. Бақтрия минг шаҳарли мамлакат. – Б. 10.
5
Aсқаров A. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Б. 189.
6
Ўша асар. – Б. 193.
7
Массoн В.М. Кулътурагенез древней Сентралъной Aзии. – C. 113.
8
Кабанов C.К. Aрхеологические разведки в верхней части долиниъ Қашқадаръи. //ТИИA AНУз ССР. Въип. 7. –
Ташкент. 1955. – C. 77 – 114; Усманова З.И. К вопросу о ранней антечной керамике дверней области Кеш.
//ИМКУ. Въип. 10. – Ташкент. 1973. – C. 52 – 57; Сулаймомов Р.Х. Древний Нахшаб. – C. 24 – 26; Сагдуллайев A.С.
Древнеcогдийские памятники. // AО 1978 года. – Москва 1979; Ўша муаллиф, Поселения паннажелезного века
в бассейне Қашқадаръи. //CA Но ИИИ, 1984; Исамиддинов М.Х., Райимқулов A. Тортколътепа – новъий
памятник епохй финалъной бронзъИ в Южном Согде. / Aрхеологические работъИ новостройках Узбекистана. –
Тошкент. 1990. – C. 30 – 38.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
97
Natijalar boʻlimi.
Qadimgi Oʻzbekiston hududida urbanizatsiya jarayoni Erqoʻrgʻon, Sangirtepa, Daratepa va
Uzunqir kabi yodgorliklarni oʻrganish asosida tahlil qilingan. Qadimgi Erqoʻrgʻonda toʻrtta,
Sangirtepada ikkita, Uzunqir va Daratepalarda uchtadan qurilish bosqichlari aniqlangan.
Erqoʻrgʻon I, Sangir I, Uzunqir I miloddan avvalgi IX asrning oxiri – VIII asrlarga toʻgʻri keladi.
Dastlab ularning aholisi sopol idishlarni qoʻlda yasaganlar. Ular yarim doira shaklida boʻlib,
ichki va tashqi tomonlari qizil-jigarrang angob bilan boʻyalgan.
Erqoʻrgʻon, Uzunqir, Sangirtepa va Daratepalar Janubiy Sugʻdning ilk shaharlari
hisoblanadi. Ular Janubiy Sugʻdning harbiy istehkomlari, hunarmandchilik markazlari va
savdo-sotiq uchun ahamiyatiga molik shaharlari hisoblangan
9
.
Xorazmning qadimgi hududlarida urbanizatsiya miloddan avvalgi VI asrdan boshlangan.
Tarixchilarning tahlillaridan xulosa chiqaradigan boʻlsak, bu jarayon miloddan avvalgi X-VIII
asrlarda janubiy Oqchadaryo deltalarida tarqalgan Amirobod madaniyati bilan bogʻliq
boʻlmagan holda kechgan. Qadimgi Xorazmdagi Koʻzalikiir, Hazorasp qalʼalarining qurilishi
urbanizatsiya jarayonini boshlab bergan. S.B. Bolelov, S.R. Baratovlar oʻzlari olib borgan
arxeologik tadqiqotlarga asoslanib, Amudaryo havzasi hududlarida urbanizatsiya jarayonlari
miloddan avvalgi VII-VI asrlarda, yaʼni ahmoniylar bosqinidan oldin boshlanganligini
taʼkidlaydilar.
Shaharlarning tarkib topishi insoniyat taraqqiyotidagi asosiy bosqich hisoblanadi.
Insonlar yashagan hududlar makon, manzilgoh, qishloq va shahar kabi turlarga ajratilib, ular
bir-biridan oʻziga xos xususiyatlari va tashqi koʻrinishlari asosida farqlanadi. Tadqiqotlarimiz
davomida shaharning quyidagi beshta belgisini koʻrsatib oʻtdik.
1. Shahar maydonida arki aʼlo va shahristoni tarkib topgan boʻlishi;
2. Mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan boʻlishi;
3. Shaharning ark qismida monumental mahobatli bino, yaʼni shahar hokimining oʻrdasi
– qarorgohi boʻlishi;
4. Shahar maydonida ibodatxona boʻlishi;
5. Shaharda hunarmandchilikning turli tarmoqlari mavjud boʻlishi kerak
10
.
Markaziy Osiyoda ilk shaharlar Anov madaniyatining Nomozgoh V bosqichidan vujudga
kela boshlagan. Shaharsozlik Markaziy Osiyoning shimoli-sharqiy hududlariga tomon kengayib
borgan. Dastlab Margʻiyonada, keyinchalik Baqtriyada Qadimgi Sharq sivilizatsiyasi taʼsiri
natijasida vujudga kelgan. Qadimgi Baqtriyada shakllangan ilk shahar Jarqoʻton yodgorligi
hisoblanadi. U miloddan avvalgi II ming yillikning birinchi yarmida shakllangan
11
.
Qadimgi Baqtriya hududlarida shaharlarning shakllanishidagi keyingi bosqich – ikkinchi
sivilizatsiya taraqqiyoti – miloddan avvalgi VIII-VI asrlarda yuz bergan. Bu davrda yirik
shaharlar Sugʻd hududida Koʻktepa, Afrosiyob, Erqoʻrgʻon yodgorliklari vujudga kelgan. Ular
dastlab qishloq sifatida oʻzlashtirilib, yirik shaharlarga aylangan. Bu qadimiy shaharlar atrofida
aholi bugungi kunga qadar yashashda davom qilib kelmoqda.
Munozara boʻlimi.
9
Сагдуллаев A.С. Становление раннебактруйской и раннесогдейской сивилизации //История государственности
Узбекистана. Том I. – Ташкент.: Узбекистан. 2009. – C. 61 – 88.
10
Aсқаров A. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. – Б. 167 – 168.
11
Aсқаров A. Энг қадимги шаҳар. – Тошкент: Маънавият, 2001. – 24 б.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
98
Fikrimizcha, Oʻrta Osiyoda ilk shaharlar dehqonchilik vohalari markazlaridagi
ibodatxonalar atrofida shakllangan. Shaharlarda hunarmandchilik, savdo, diniy eʼtiqod va
boshqaruv bilan bogʻliq boʻlgan binolar bunyod qilingan. Ilk shaharlarda davlatchilik belgilari
shakllana borgan.
Qadimgi Samarqand Sugʻdidagi ilk shahar Koʻktepa yodgorligi hisoblanadi. U
Samrqanddan 30 km shimolda, Payariq tumanining Chelak shahri yaqinida joylashgan. Koʻhna
shahar 1988-yilda topilgan va 1994-yildan beri oʻzbek-fransuz arxeologik ekspeditsiyasi
aʼzolari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda
12
. Koʻktepa Shamot va Chandir qishloqlari
oraligʻida Bulungʻur kanalining oʻng tomonidagi tabiiy tepaliklar ustida joylashgan
13
. Majmua
notoʻgʻri kvadrat shakliga oʻxshash boʻlib, 2 ta mudofaa devori bilan oʻralgan. Birinchi mudofaa
devori hududi 23 ga.ni, ikkinchu mudofaa devori hududi 100 ga.ni tashkil etgan
14
. Shaharning
tashqi hududi asosan boʻsh yerlardan iborat boʻlib, baʼzi joylardagina imoratlarning izlari
topilgan.
Ushbu yodgorlikning toʻrtta qurilish bosqichi aniqlangan
15
. M. Isamiddinovning davriy
sanasiga koʻra, Koʻktepa I davri miloddan avvalgi IX-VIII asrlarga oid
16
. 2006 – 2008-yillarda
olib borilgan tadqiqotlar natijasida Koʻktepa I davrining 3 ta fazasi va 2 ta inqiroz davri
aniqlangan
17
. Birinchi bosqich davriga oid madaniy qatlamlarda bir necha oʻrasimon
chuqurchalar topilgan. Chuqurchalarning diametri 1,2 metr boʻlib, chuqurligi 3 m. gacha
boʻlgan. Lekin bu oʻralarning aniq funksiyasi aniq aytilmagan. Ammo, ikkinchi bosqichda bu
oʻralarga yaqin joyda xona va yoʻlakning izlari topilgan. Ularning 20-30 sm. qalinlikdagi paxsa
va guvalasimon gʻishtlardan qurilgan devori aniqlangan.
Afsuski qurilishning tarxi aniqlanmagan, chunki qurilmalar suv ostida qolgan. Uchinchi
bosqichda ilgari qurilgan binoning ustidan qurilgan bir necha topilmalar topilgan.
Tadqiqotlarga koʻra, devorning Sharq va Gʻarb tomonidan katta 5 ta oʻra aniqlangan.
Oʻrganilgan oʻraning chuqurligi 2,50 m., diametri 1,50 m. boʻlgan. Oʻraning devorlari boʻylab
turli hajmdagi toshlar oʻrnatib chiqilgan. Yana bir oʻraning hajmi 3,50x2,50 m boʻlib, chuqurligi
1,50 m. ni tashkil qilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu oʻralardan devor tiklash uchun loy
olingan. Keyinchalik esa faqat shu oʻra oziq-ovqat saqlash uchun, qolganlari axlat uchun
ishlatilgan. Tadqiqotchilar bu davrga oid bir necha yertoʻlalarning izlarini aniqlaganlar
18
.
Хulosa.
Ushbu boʻlimga xulosa qilib shuni aytish mumkinki, miloddan avvalgi VII-VI asrlar
Qadimgi Baqtriya, Qadimgi Xorazm va Sugʻd hududlarida yangi yerlarni oʻzlashtirilishi asosida
12
Rapin Cl., M.Isamiddinov, M.Khasanov. La tombe d’une princesse nomade a Koktepe prus de Samarkanq. Akadymie
des inscriptions et belles lettres. Comptes rendues de syances. – Paris. 2001. – P. 35.98.
13
Исамиддинов М., Рапен К. К стратиграфии городиша Коктепа. – C. 68.
14
Исамиддинов М.Х., Рапен К., Грене Ф. Раскопки на городише Коктепа. // Ўзбекистонда археологик
тадқиқотлар – 2000-йил. 1-сон. – Самарканд. 2001. – Б. 79.
15
Исамиддинов М. Стратеграфия городиша Коктепа И некоторъие вопросъ
I
истории и кулътуръи Согдианъ
I
. – С.
131 – 140.
16
Исамиддинов М.Х., Рапен К., Грене Ф. Раскопки на городише Коктепа. – C. 80.
17
Исамиддинов М.Х. Истоки городской културъи Самаркандского Согда ( проблемъи б заимодействия
кулътурнъих традиции в эпоху раннего железного века и в период античности). – Ташкент: Народное наследия
им. A.Кадъири. 2002. – C. 64-65 (256).
18
Люилъе Ж., Исамиддинов М., Рапен К. Паннежелезнъий век северного Согда. – C. 61.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
99
oʻtroqlashuv jarayonlari kuchayadi. Koʻhna shaharlar rivojlanib, ularning atroflarida ishlab
chiqarish xoʻjaliklari, qalʼalar, tayanch istehkomlar paydo boʻladi. Turli binolar bunyod etishda
mudofaa inshootlarining ahamiyati ortadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Aсқаров A. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи.
2.
Aннаев Ж.Т., Aннайев Т., Бобоева С.М. Пайғамбар ороли – Окс – Aмударё ҳавзасидаги
муҳим стратегик ва кечув савдо манзили.// Aрхеология Ўзбекистана. 2016. No1.
3.
Aсқаров A. Энг қадимги шаҳар. – Тошкент: Маънавият, 2001.
4.
Боқиев A., Шайдуллаев A., Йўлдошева З. Окс сивилизацияси.
5.
Боқийев A., Шайдуллайев A., Йўлдошева. Окс сивилизацияси. – Тошкент: ЙAНГИ
НAШР, 2015.
6.
Исамиддинов М.Х., Рапен К., Грене Ф. Раскопки на городише Коктепа. //
Ўзбекистонда археологик тадқиқотлар – 2000-йил. 1-сон. – Самарканд. 2001.
7.
Кабанов C.К. Aрхеологические разведки в верхней части долиниъ Қашқадаръи.
//ТИИA AНУз ССР. Въип. 7. – Ташкент. 1955.
8.
Сагдуллаев A.С. Становление раннебактруйской и раннесогдейской сивилизации
//История государственности Узбекистана. Том I. – Ташкент.: Узбекистан. 2009.
9.
Эшов Б. Урбанизация тизимида илк шаҳарлар. Тошкент. “Зарқалам”, 2005.
10.
Ширинов Т., Шайдуллайев Ш. Бақтрия минг шаҳарли мамлакат.
11.
Исамиддинов М.Х. Истоки городской културъи Самаркандского Согда ( проблемъи
б заимодействия кулътурнъих традиции в эпоху раннего железного века и в период
античности). – Ташкент: Народное наследия им. A.Кадъири. 2002.
12.
Asilbek, Khojayorov. "History of Sufism in Nasaf Oasis." Intersections of Faith and Culture:
American Journal of Religious and Cultural Studies (2993-2599) 1.6 (2023): 15-19.
13.
Ходжаёров, Асилбек Отабек угли. "СОМОНИЙЛАР ДАВРИДА НАСАФ ШАҲРИНИНГ
ИЖТИМОИЙ, ИҚТИСОДИЙ ВА МАЪНАВИЙ ҲАЁТИ." ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ 6.1 (2023).
14.
Хўжаёров, Асилбек Отабек ўғли. "ҚАШҚАДАРЁ ВОҲАСИ АЛЛОМАЛАРИ ИЛМИЙ
МЕРОСИНИНГ АҲАМИЯТИ." INTERNATIONAL CONFERENCES. Vol. 1. No. 21. 2022.
15.
Хўжаёров, Асилбек. "ЎРТА АСРЛАРДА НАСАФ ВОҲАСИ ИЛМИЙ–АДАБИЙ ҲАЁТИ."
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
2.7 (2023): 41-43.
16.
Бўриев, Очил, Шерзод Искандаров, and Асилбек Хўжаёров. "Абу Райҳон
Берунийнинг “Ҳиндистон” асари ноёб этнографик манба сифатида." Academic research in
educational sciences 3 (2022): 399-411.
17.
Khojayorov, A. (2023). The scientific–literary environment of the Nasaf oasis in the
middle ages. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 885-888.
18.
Khojayorov, A. (2024). JURISPRUDENCE OF MUHAMMAD BAZDAWI (IX–XII CENTURIES).
Collection of scientific papers «SCIENTIA», (February 23 2024; Amsterdam, Netherlands), 188-
191.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
100
19.
Хўжаёров, А. О. (2024). МИРЗО УЛУҒБЕКНИНГ АСТРОНОМИЯ ИЛМИ РИВОЖИГА
ҚЎШГАН ҲИССАСИ. Science and innovation, 3(Special Issue 3), 332-336.
20.
Бўриев, О., & Хўжаёров, А. О. (2024). ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ РЕНЕССАНСИ–УЙҒОНИШ
ДАВРИНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ. Science and innovation, 3(Special Issue 3), 115-123.