ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
79
OʻZBEK XALQ SEHRLI ERTAKLARIDA QILMISH MOTIVI
Abdukamol Abdujalilov
Oʻz RFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori
instituti tayanch doktoranti
Email: abdujalilovabdukamol@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15245519
Annotatsiya:
Maqolada ertak tarkibida ishtirok etuvchi qilmish motivi vauning turlari
haqida soʻz boradi. Qilmishning motiv sifatida namoyon boʻlishi tadqiq qilinib, izohlar beriladi.
Резюме:
В стате рассматриваются типы мотивов действия, присутствующие в
волшебных сказках. Изучается и обʼясняется проявление поступка как мотива.
Annotation:
The article examines the types of motives of action present in fairy tales. The
manifestation of an act as a motive is studied and explained.
Tayanch soʻz va iboralar:
oʻzak motiv, vaziyat motiv, motivning ichki turlari, ertak,
qilmish, hiyla, oʻzini tanitmaslik, yomonlik qilish, kurashish, oʻgʻirlash.
Ключевые слова и выражения:
основной мотив, ситуативный мотив, внутренние
типы мотива, сказка, поступок, трюк, не отождествлят себя, творит зло, дратся, вороват.
Key words and expressions:
main motive, situational motive, internal types of motive,
fairy tale, act, trick, not identifying oneself, doing evil, fighting, stealing.
Folklor oʻz bagʻrida ming yilliklarning xotira, tajribalarini saqlagan hamda uni yosh
avlodga yetkazishini bosh maqsad qilgan sanʼat turlaridan biridir. Xalq ogʻzaki ijodi janrlari
ichida ertak, ayniqsa, endigina dunyo bilan tanishayotgan bola uchun koʻplab bilim, tajribalarni
taqdim qiladi. Xususan, ertakdagi yovuz qahramon yoki raqiblarning hiyla-nayrang ishlatishi,
oʻgʻrilik qilishi, qilma deyilgan ishni qilishi yoki boshqa turli amlallari, oxir-oqibat, oʻz javobini
oladi. Bu esa bola uchun qaysidir maʼnoda taribiya vazifasini oʻtaydi.
Biz ushbu maqolada ertak syujetida koʻp uchraydigan qilmish motivi haqida soʻz
yuritmoqchimiz. Maʼlumki, ertakda sinov, safar, tush, xabar, evrilish, tugʻilish kabi motivlar eng
muhim motivlardan biri boʻlib, syujet rivojida bu motivlarning oʻrni beqiyos. Xuddi shunday
qilmish motivi ham asosiy motivlardan biri sifatida ertak syujetida qatnashadi va uning rivojiga
taʼsir koʻrsatadi.
Taʼkidlash kerakki, bugungi kungacha oʻzbek folklorshunosligida sinov, tush yoki safar
motivlari alohida ilmiy tadqiqot sifatida, tugʻilish, evrilish kabi motivlar esa yondosh mavzular
doirasida u yoki bu darajada oʻrganilgan.
1
Biroq biz qilmish deya atagan va tadqiq qilishni
1
Zarifov X.T. Osnovnыe motivы eposa “Alpamыsh” // Ob epose “Alpamыsh”. – Tashkent: Fan, 1959. – S. 6-25; Afzalov
M.I. Oʻzbek xalq ertaklari haqida. – Toshkent: Fan, 1964. – B. 45-46, 95, 105; Saidov M. Oʻzbek dostonchiligida badiiy
mahorat. – Toshkent: Fan, 1969. – B. 119, 158; Mirzayev T. “Alpomish” dostonining oʻzbek variantlari. – Toshkent: Fan,
1968. – B. 91-93; Imomov K. Dostonlarda ertak motivlari // Fozil shoir. Oʻzbek xalq ijodi boʻyicha tadqiqotlar. –
Toshkent: Fan, 1973. – B. 97-104; Jalolov Gʻ. Oʻzbek xalq ertaklari poetikasi. – Toshkent: Fan, 1976. – B. 102;
Sarimsoqov B. Oʻzbek marosim folklori. – Toshkent: Fan, 1986. – 216 b; Egamov X. Sovet Sharqi turkiy xalqlari
ertakchilik anʼanalari aloqalari tarixidan ocherklar. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1982. – 344 b; Musaqulov A. Oʻzbek xalq
lirikasi. – Toshkent: Fan, 2010. – 308 b; Joʻrayev M., Rasulova Z. Mif, marosim va ertak. – Toshkent: MUMTOZ SOʻZ,
2014. – B. 20-190; Turdimov Sh. “Goʻroʻgʻli” dostonlarining genezisi va tadrijiy bosqichlari. – Toshkent: Fan, 2011. –
240 b; Oʻsha muallif. Etnos va epos. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2012. – B. 40-45; Eshonqul J. Oʻzbek folklorida tush va
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
80
maqsad qilgan motiv maxsus oʻrganilmagan. Shu bois qilimish motivining ayrim nazariy
jihatlari birinchi marta ilmiy jamoatchilikka taqdim qilinayotir.
Avvallo, qilmish soʻzining etimologiyasi va iohiga toʻxtalsak: “Qilmish” soʻzi asl turkiy soʻz
boʻlib, “qil” harakat feʼliga “mish” harakat nomining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Oʻzbek tilining
izohli lugʻatida bu soʻzning “qil” oʻzagidan yasalgani aytiladi va ikki xil maʼnoda izohlanadi. 1
“qilingan ish, harakat, faoliyat. 2 “nojoʻya ish”, “harakat”, “qilgʻiliq”.
2
Qilmish motivi – bu ertak qahramoni yoki raqib (antipod) tomonidan amalga
oshiriladigan, qandaydir maqsad koʻzlangan hatti-harakatdir. Uning semantik jihatdan ertak
tarkibida keladigan bir nechta turlari bor. Bular:
1. hiyla qilish (aldash); 2. oʻzini tanitmaslik;
3. taqiqni buzish; 4. yomonlik kilish
kabilardir.
Biz ertaklar, xususan, sehrli ertaklar syujeti tarkibida keluvchi qilmish motivini kim
tomonidan amalga oshirishiga qarab ikki guruhga ajratdik, va quyidagicha jadval koʻrinishiga
keltirdik:
Qilmish motivi
Qaharmon
Raqib
Hiyla qiladi (aldaydi)
Hiyla qiladi (aldaydi)
Oʻzini tanitmaydi
Oʻzini tanitmaydi
Taqiqni buzadi
Yomonlik qiladi
Birgina harakatning, misol uchun, “oʻzini tanitmaslik”ning ikki tomonga ajratganimizning
asosiy sababi, bu xatti-harakat qahramon tomonidan bajarilganda boshqa, raqib tomonidan
bajarilganda boshqa mazmunga ega boʻladi. Masalan, “Oʻynang, kuchugim, oʻynang”
3
ertagida
qahrmon qiz bola boʻlgani sababli otasiga kerakli dorini olib kelish maqsadida yigitlar kabi
kiyinib, kuchukchasi yordamida hech kimga aslida qiz bola ekanini bildirmay, oʻz niyatiga
erishadi. “Mehrigiyo”
4
nomli ertakda esa yomon niyatli kampir qahramon yigitning sirini bilib
olish uchun oʻzini tanitmay, uning uyiga kirib oladi hamda yovuz maqsadiga erishadi.
Yuqorida tilga olingan ikki ertakda qilmish oʻzak motivning hiyla turi ishtirok etgan. Biroq
u ikki oʻzaro qarama-qarshi qahramonlar tomonidan bajarilgani bois, ikki xil maʼno kasb etgan.
Umuman, ertaklar syujetida qilmish motivning barcha turlari va ularning vaziyat shakllari
syujet talabi, ertakchi mahorati va tinglovchi holatidan kelib chiqib qatnashadi. Garchi qilmish
oʻzak motiv boʻlib, asosan, 4 ta turga ajralsa ham uning syujet tarkibida oʻnlab invariantlari
boʻlishi mumkin.
uning badiiy talqini. – Toshkent: Fan, 2011. – B. 151, 156; Yusupov J. Xorazm ertaklarining genezisi, asosiy xususiyatlari
va poetikasi: Filol. fan. d-ri... diss. – Toshkent, 1999. – 281 b;
Rahmonov T. Qadimgi miflar oʻzbek folklori epik motivlarining oʻzagi sifatida: Filol. fan. nomz... diss. – Toshkent, 1996.
– 159 b; Doʻstxoʻjayeva N.N. Oʻzbek sehrli ertaklarining struktural tahlili: Filol. fan. nomz... diss. – Toshkent, 1999. –
175 b; Sodiqova M.A. Oʻgay qiz tipidagi turkum ertaklarning spetsifikasi, genezisi va badiiyati: Filol. fan. nomz... diss. –
Toshkent, 2003. – 151 b; Rasulova Z.J. Oʻzbek xalq sehrli ertaklarida “gʻaroyib buyumlar”: Filol. fan. nomz... diss.
avtoref. – Toshkent, 2012. – 26 b.
2
Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 5 jildlik, 5 jild. A.Madvaliyevning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi, 2012. – B. 97.
3
Oltin olma. (cyehrli ertaklar). OʻXI koʻpjildligi. Toʻplovchi va nashrga tayyorlovchilar: M.Afzalov, Z.Husainova,
N.Soburov. –Toshkent: Badiiy adabiyot, 1967. B – 51.
4
Zumrad va Qimmat. (cyehrli ertaklar). OʻXI koʻpjildligi. Tuzuvchi: K.Imomov. –Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi
badiiy adabiyot nashriyoti, 1988. B – 167.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
81
Quyida qilmish oʻzak motivining yomonlik turi va uning vaziyat shakllarini koʻrib
chiqamiz:
5 lavha
1. Ahborot
2. Turtki
3. Harkat-holat
4. Natija
Bogʻlama
[ertakchi gapi]
Bogʻlama
[ertakchi gapi]
Qilmish motivi
[yomonlik]
(oʻgʻrilik)
Jazo motivi
[surgun]
1. Toʻrtinchi kuni bola yana borib goʻrni poylagan ekan, hech kim kelmabdi. Shu bilan uch
kunlik vasiyat tamom boʻlibdi.
2. Otadan qolgan mol-dunyoni uch oʻgʻil boʻlashib olishibdi. Bu mol-dunyoni sarf etib
tamomlab, endi ular uch ogʻayni yurtning molini – podasini boqadigan boʻlishibdi. Shu bilan
tirikchilik oʻtkazib yurishibdi.
3. Lekin akalari shunda ham toʻgʻri yurmasdan yurtning sigiri, buzogʻini sotib yeb, soʻyib
yeb, xalqni tinchitmay qoʻyishibdi.
4. Shunda el kattalari koʻplashib bularning uchovini ham shahardan haydab yuborishibdi.
“Ota vasiyati nomli”
5
bu ertakda bir otaning uch oʻgʻli bor. Ulardan ikki kattasi otasining
soʻzini olmagan, yomon feʼlli yigitlar, kenja oʻgʻil esa otasining soʻzini olgan, yaxshi yigit. Ertakda
ikki aka qaysidir maʼnoda kenja ukaga nisbatan raqib sifatida koʻriladi. Ularning xalq molini
qoʻrqmay yeyishi, oʻgʻrilik qilishi esa yomon ishdir. Yomonlik esa, albatta, jazosini oladi.
Yomonlikning turlari koʻp. U ertakda goh oʻgʻrilik, goh xasad qilish, goh qotillik kabi
koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Misol uchun, “Vazirning oʻgʻli”
6
nomli ertakda qilmish oʻzak
motivining yomonlik turi quyidagicha vaziyat shaklida kelgan:
1 lavha
1. Axborot
2. Turtki
3. Harakat-holat
4. Natija
Bogʻlama
[ertakchi gapi]
Bogʻlama
[ertakchi gapi]
Qilmish motivi
[yomonlik]
(xasad)
Sinov motivi
[shart]
1. Avval zamonda bir podshoning uch vaziri boʻlgan ekan: Vazirlarning biri Choʻhboy,
ikkinchisi Soʻhboy, uchinchisi Dono vazir deb atalar ekan. Choʻxboy bilan Soʻhboy dangasa
boʻlganlari uchun, podsho ularni qora non, suyuq osh bilan boqar ekan. Dono vazir podshoning
har qanday ishini qilgani uchun, uni oq non va palov bilan boqar ekan.
2. Kunlarning birida Choʻhboy bilan Soʻhboy dalada yurib, maslahatni bir joyga qoʻyib,
shunday debdilar:
– Qachongacha Dono vazir oq non bilan palov yeydi? Biz uni yoʻqotishimiz kerak.
Shundan keyingina biz ham palov bilan oq non yeymiz. Uni yoʻqotish uchun podshoga borib:
“Ey podsho, hovuzingizda oltin baliq boʻlsa qanday yaxshi boʻlardi?” desak va oltin baliqni
5
Suv qizi. (cyehrli ertaklar). OʻXI koʻpjildligi. Toʻplovchi va nashrga tayyorlovchilar: M.Afzalov, Z.Husainova,
N.Soburov. –Toshkent: Badiiy adabiyot, 1966. B – 139.
6
Suv qizi. (cyehrli ertaklar). OʻXI koʻpjildligi. Toʻplovchi va nashrga tayyorlovchilar: M.Afzalov, Z.Husainova,
N.Soburov. –Toshkent: Badiiy adabiyot, 1966. B – 259.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
82
keltirishni podshoning dono vaziriga yuklattirsak, Dono vazir oltin baliqni keltira olmay
yoʻqolib, biz ham qora non va suyuq oshdan qutulib qolamiz!
3. Shundan keyin ikkala vazir podshoning oldiga kelib:
– Podshohi olam, agar bir qoshiq qonimizdan kechsangiz, bir uzrimiz bor, aytsak, –
deyishibdi. Podsho:
– Kechdim, aytinglar! – debdi.
– Shuncha davlat, obroʻga egasiz-u, hovuzingizda oddiy baliqlar yuribdi. Buning oʻrniga
bir donagina oltin baliq boʻlganida juda joyida boʻlardi. Shu bilan martabangiz ham ortardi, –
debdi. Podsho:
– Oltin baliqni menga kim olib kelib beradi? – debdi. Choʻhboy bilan Soʻhboy:
– Oq non bilan palov yeguvchi Dono vaziringiz olib kelib beradi-da, taqsir, – deb javob
qilibdilar.
4. Podsho ham ahmoq ekan, bularning gapiga laqqa uchibdi. Dono vazirni chaqirtiribdi va
qirq kun muhlat berib, bir oltin baliq ushlab kelishni buyuribdi. Agar qirq kunda olib kelmasa,
oʻldirajagini aytibdi.
Qilmish oʻzak motivining deyarli barcha holatlarda qahrmon tomonidan bajariladigan
taqiqni buzish turi ham ertaklarda koʻp uchraydi. Taqiqning qahrmon tomonidan buzilishi
ertak syuyetining keyingi halqasiga yoʻl ochadi. Masalan, “Erkenja”
7
nomli ertakda qilmishning
taqiqni buzish turi quyidagicha ifodalangan:
15 lavha
1. Axborot
2. Turtki
3. Harakat-holat
4. Natija
Bogʻlama
[ertakchi gapi]
Sinov motivi
[ogohlantirish]
Qilmish motivi
[taqiqni buzish]
(ortiga qarash)
Bogʻlama
[ertakchi gapi]
1. Uchinchi kuni odam boʻyi qor yogʻib, juda sovuq boʻlibdi. Yana ikki yuzta odam
oʻlibdi.
2. Qolgan odamlar:
– Uying kuygur, podsho, odamlar qirildi-ku, qayt! – deb baqirishibdi.
3. Podsho orqasiga qarasa, koʻp odamlari qirilib ketayotibdi.
4. Kun kech boʻlib qolibdi. Podsho oʻzi ham chidamay orqaga qaytibdi, bir
qoʻrgʻonga kirib yotishibdi.
Yuqoridagi ertakda oʻgʻli tomonidan orqasiga qaramasligi aytilgan boʻlsa ham shoh
orqasiga qarashi sababidan taqiq buziladi va u devning qoʻliga tushadi.
Qilmish motivning hiyla qilish (aldash), oʻzini tanitmaslik, kabi qolgan ikki turi ham
ertaklarda turli qahramonlar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, “Devsiyo”
8
nomli ertak
syujeti devlarni hiyla bilan mot qilgan chol haqida boʻlib, unda cholning qilgan ishlaridan devlar
hayratga tushadilar va unga tan beradilar.
7
Suv qizi. (cyehrli ertaklar). OʻXI koʻpjildligi. Toʻplovchi va nashrga tayyorlovchilar: M.Afzalov, Z.Husainova,
N.Soburov. –Toshkent: Badiiy adabiyot, 1966. B – 87.
8
Suv qizi. (cyehrli ertaklar). OʻXIYO yuz jildligi, 17 jild. Nashrga tayyorlovchilar: M.Afzalov, Z.Husainova, M.Joʻrayev,
Z.Rasuorva. – Toshkent: “Gʻafur Gʻulom” NMIU, 2020. B – 271.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
83
2 lavha
Axborot
Turtki
Harakat-holat
Natija
Bogʻlama
[ertakchi gapi]
Sinov motivi
[shartlashish]
Qilmish motivi
[hiyla] (aldov)
Bogʻlama
[ertakchi gapi]
1. Yurib-yurib yoʻldan uzun arqon va bitta tuxum topib olibdi. Arqonni bir yerga koʻmib,
belgi qilib qoʻyibdi, tuxumni esa lippasiga qistirib olibdi.
Chol yoʻlida davom etibdi va bir eski tegirmon oldidan chiqib qolibdi. Qarasa tegirmonda
bir nechta dev uxlab yotgan emish. Devlar cholning sharpasiga uygʻonibdi.
2. – Sen kimsan? – debdi devlar.
Chol qoʻrqqanidan dagʻ-dagʻ qaltirabdi, lekin qoʻrqqanini bildirmasdan:
– Men Devsiyoman, – debdi. Devlar:
– Yolgʻon aytasan, – deyishibdi.
– Ishonmasalaring kuch sinashamiz, – debdi chol.
Devlar rozi boʻlishibdi. Chol shartini aytibdi:
– Birinchisi – yerning kindigini tortib chiqarish, ikkinchisi – daraxtning yogʻini siqib
chiqarish, – debdi.
3. Devlar:
– Shu ham shart boʻldimi? – deb kulishibdi-da, birinchi shartni bajarishga kirishishibdi.
Lekin ular harchand urinmasinlar yerning kindigini topisha olmabdi.
Endi ular ikkinchi shartni bajarmoqchi boʻlishibdi. Daraxtlar sinib ketibdiyamki, uning
yogʻi chiqmabdi.
Devlar alam qilganidan cholga:
– Sen bajar-chi, – deyishibdi.
Chol devlarni oʻzi arqon koʻmib qoʻygan yeriga boshlab borib, yerni ozgina kavlab arqonni
uchidan torta boshlabdi.
– Mana bu yerning kindigi boʻladi, – debdi chol kulib.
Devlar choldan qoʻrqib qarab turishibdi.
Endi chol ikkinchi shartni bajarish uchun bir daraxtni oldiga boribdi.
Daraxtni bir-ikki siqibdi-da, devlarga bildirmay lippasidagi tuxumni sekin olib ezibdi.
Tuxum sinib daraxtdan xuddi yoqqa oʻxshab oqa boshlabdi.
4. Buni koʻrgan devlar:
‒ Chol haqiqiy devsiyo ekan, ‒ deb qoʻrqqanlaridan dir-dir titrabdilar.
Oʻzini tanitmaslik ham oʻzbek xalq sehrli ertaklarida koʻp uchraydigan qilmish motivning
turi boʻlib, u ikki xil koʻrinishda ifolanadi: birinchisida qahramon qiz boʻladi va yigit qiyofasida
yurib oʻzini oshkor qilmaydi; ikkinchi turida esa biror qahramon yoki raqib jinsini emas,
shunchaki kim ekanini, asl maqsadini yashiradi. “Oʻynang, kuchugim, oʻynang” nomli sehrli
ertakda oʻzini tanitmaslik quyidagicha ifodalangan:
Lavha VII
1. Axborot
2. Turtki
3. Harakat-holat
4. Natija
Bogʻlama
[ertakchi gapi]
Xabar motivi
[kuchuk]
Qilmish motivi
[oʻzini tanitmaslik]
(qiz bola)
Bogʻlama
[ertakchi gapi]
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
84
1. ...Qiz egarni olib, ichkariga kirib oʻtiribdi. Yigitlar uning oʻgʻil bola ekaniga ishonmasdan
yana sinamoqchi boʻlishibdi.
– Endi qanday qilib sinaymiz? – deyishibdi. Yigitlardan biri turib:
– Endi buni shunday qilib sinaymiz. Hammamiz bogʻdan bittadan gul olib kelib, tunda
oʻrnimizga qoʻyib yotamiz, qani, uning oʻrnidagi gul soʻlib qoladimi, yoʻqmi? Agar gul soʻlmagan
boʻlsa, oʻgʻil, soʻlib qolgan boʻlsa qiz bola boʻlib chiqadi, – debdi.
2. Qizning kuchugi ularning bu maslahatini ham eshitib olib, darrov qizga aytibdi:
– Opa, seni yigitlar yana sinashmoqchi, ular sen yotganingda tagingga gul tashlab qoʻyib,
sinashmoqchi boʻlishyapti. Gul tunda soʻlib qoladi. Oʻsha vaqtda darrov menga gulni tashlaysan,
men u gulni tashlab, ular qayerdan olgan boʻlsalar, oʻsha yerdan senga boshqa yangi yashnab
turgan gul olib kelib beraman.
3. Yigitlar kech kirgandan keyin boqqa kirib har bittasi bittadan gul uzib kelibdi. Yigitlar
bilan kuchuk ham ergashib kirib, gulni qayerdan olganlarini bilib olibdi. Kechqurun hammasi
tagiga gul tashlab yotibdi. Qiz sahar uygʻonib gulni qarasa, gul soʻlib qolganmish, u gulni darrov
kuchukka tashlabdi. Kuchuk gulni tishlab olib, oʻsha gulzorga borib, yangi ochilgan guldan olib
kelib beribdi. Qiz gulni oʻzining tagiga tashlab yotibdi.
4. Tong otib, yerga yorugʻ tushgach. Yigitlarning har qaysisi oʻz gullarini koʻrishibdi. Ular
qarashsa, hammalarining guli sal-pal soʻlib qolibdi-yu, qizning guli kechqurun qanday boʻlsa,
erta bilan ham oʻshanday yashnab turgan emish. Yigitlar uning oʻgʻil bola ekaniga ishonishibdi.
Xulosa qilib aytganda, qilmish motivi oʻzbek xalq ertaklari tarkibida keluvchi eng muhim
oʻzak motivlardan boʻlib, uning toʻrta turi bor. Bu toʻrtta turdagi motivlar esa matnda syujet
talabi, ertakchi imkoniyati va tinglovchi istagidan kelib chiqib turli vaziyat shakllarini hosil
qilishi mumkin.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oltin olma. (cyehrli ertaklar). OʻXI koʻpjildligi. Toʻplovchi va nashrga tayyorlovchilar:
M.Afzalov, Z.Husainova, N.Soburov. –Toshkent: Badiiy adabiyot, 1967. B – 51.
2.
Zumrad va Qimmat. (cyehrli ertaklar). OʻXI koʻpjildligi. Tuzuvchi: K.Imomov. –Toshkent:
Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1988. B – 167.
3.
Zarifov X.T. Osnovnыe motivы eposa “Alpamыsh” // Ob epose “Alpamыsh”. – Tashkent:
Fan, 1959. – S. 6-25;
4.
Afzalov M.I. Oʻzbek xalq ertaklari haqida. – Toshkent: Fan, 1964. – B. 45-46, 95, 105;
5.
Saidov M. Oʻzbek dostonchiligida badiiy mahorat. – Toshkent: Fan, 1969. – B. 119, 158;
6.
Mirzayev T. “Alpomish” dostonining oʻzbek variantlari. – Toshkent: Fan, 1968. – B. 91-93;
7.
Imomov K. Dostonlarda ertak motivlari // Fozil shoir. Oʻzbek xalq ijodi boʻyicha
tadqiqotlar. – Toshkent: Fan, 1973. – B. 97-104;
8.
Jalolov Gʻ. Oʻzbek xalq ertaklari poetikasi. – Toshkent: Fan, 1976. – B. 102;
9.
Sarimsoqov B. Oʻzbek marosim folklori. – Toshkent: Fan, 1986. – 216 b; Egamov X. Sovet
Sharqi turkiy xalqlari ertakchilik anʼanalari aloqalari tarixidan ocherklar. – Toshkent:
Oʻqituvchi, 1982. – 344 b;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
85
10.
Musaqulov A. Oʻzbek xalq lirikasi. – Toshkent: Fan, 2010. – 308 b; 11.Joʻrayev M., Rasulova
Z. Mif, marosim va ertak. – Toshkent: MUMTOZ SOʻZ, 2014. – B. 20-190;
11.
Turdimov Sh. “Goʻroʻgʻli” dostonlarining genezisi va tadrijiy bosqichlari. – Toshkent: Fan,
2011. – 240 b; Oʻsha muallif. Etnos va epos. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2012. – B. 40-45;
12.
Eshonqul J. Oʻzbek folklorida tush va uning badiiy talqini. – Toshkent: Fan, 2011. – B. 151,
156;
13.
Yusupov J. Xorazm ertaklarining genezisi, asosiy xususiyatlari va poetikasi: Filol. fan. d-
ri... diss. – Toshkent, 1999. – 281 b;
14.
Rahmonov T. Qadimgi miflar oʻzbek folklori epik motivlarining oʻzagi sifatida: Filol. fan.
nomz... diss. – Toshkent, 1996. – 159 b; Doʻstxoʻjayeva N.N. 16.Oʻzbek sehrli ertaklarining
struktural tahlili: Filol. fan. nomz... diss. – Toshkent, 1999. – 175 b;
15.
Sodiqova M.A. Oʻgay qiz tipidagi turkum ertaklarning spetsifikasi, genezisi va badiiyati:
Filol. fan. nomz... diss. – Toshkent, 2003. – 151 b;
16.
Rasulova Z.J. Oʻzbek xalq sehrli ertaklarida “gʻaroyib buyumlar”: Filol. fan. nomz... diss.
avtoref. – Toshkent, 2012. – 26 b.
17.
Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 5 jildlik, 5 jild. A.Madvaliyevning umumiy tahriri ostida. –
Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2012. – B. 97.