Авторы

  • Asadbek Asadov
    Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.79253

Ключевые слова:

Ertak tili ertak hikoya Yevropa folklori og‘zaki ijod lingvistik xususiyatlar ertak strukturasi madaniy tafovutlar tarjima jarayoni ertak uslubi ertaklarning tasnifi.

Аннотация

Ushbu maqolada Yevropada ertak tilining o‘rganilishi, uning tarixiy taraqqiyot bosqichlari va lingvistik xususiyatlari yoritiladi. Ertak matnlarining tuzilishi, uslubiyati, xalq og‘zaki ijodidagi ifoda vositalari hamda tarjima jarayonidagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ertak tilining madaniy va milliy xususiyatlarni aks ettirishi ko‘rsatib beriladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

68

ERTAKLAR TILINING YEVROPADA OʻRGANILISHI VA BOSQICHLARI

Asadov Asadbek Murodjon o‘g‘li

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti

Filologiya fakulteti 4-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15244497

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada Yevropada ertak tilining o‘rganilishi, uning tarixiy

taraqqiyot bosqichlari va lingvistik xususiyatlari yoritiladi. Ertak matnlarining tuzilishi,
uslubiyati, xalq og‘zaki ijodidagi ifoda vositalari hamda tarjima jarayonidagi o‘zgarishlar tahlil
qilinadi. Shuningdek, ertak tilining madaniy va milliy xususiyatlarni aks ettirishi ko‘rsatib
beriladi.

KALIT SO‘ZLAR:

Ertak tili, ertak, hikoya, Yevropa folklori, og‘zaki ijod, lingvistik

xususiyatlar, ertak strukturasi, madaniy tafovutlar, tarjima jarayoni, ertak uslubi, ertaklarning
tasnifi.

So‘z san’atining ilk shakllari insoniyat nutqining paydo bo‘lishi bilan birga shakllana

boshlagan.

“Ertak”

atamasi tarixiy manbalarda ilk bor XI asrga oid Mahmud Koshg‘ariyning

“Devonu lug‘otit turk”

asarida qayd etilgan bo‘lib, u og‘zaki tarzda biror voqeani hikoya qilish

ma’nosini bildiradi. Hozirgi vaqtda bu termin folklorshunoslikda xalq og‘zaki ijodining asosiy
janrlaridan biri sifatida qo‘llaniladi.

Yevropada esa "ertak" (fairy tale — inglizcha, Märchen — nemischa, conte de fées —

fransuzcha) atamasi va u bilan bog‘liq tushuncha ilk bor Yangi davr boshlarida, xususan, XVII
asrda paydo bo‘lgan. Fransiyada

“Conte de fées” (peri ertagi)

atamasi birinchi bo‘lib

Marie-

Catherine d’Aulnoy

(1650–1705) tomonidan ishlatilgan. U XVII asr oxirida yozgan ertaklarini

shu nom bilan atagan. Jahon folklorshunosligida ertak,maqol va topishmoq janrlari turli
mavzular doirasida yetarlicha tadqiq etilgan. Xususan, ertakning asosiy xususiyatlari va
muammolari D.N.Sadovnikov, N.Y.Onchukov, D.K.Zelenin, V.Y.Sokolov, M.Azadovskiy,
A.Nikiforov, Y.M.Meletinskiy kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan

[1]. Shuningdek, ertak

motivlari, xususan, sinov motivi bir necha fan sohalari doirasida o‘rganilgan va buning
natijasida qator ilmiy asarlar yuzaga kelgan [2]. Yevropada ertak sintaksisi va morfologiyasini
o‘rganish XIX asrdan boshlab ilmiy tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu
jarayonda folklorshunoslik, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalari kesishgan holda
rivojlandi. Ertaklarning sintaktik tuzilishi ularning og‘zaki va yozma variantlarida qanday
ishlatilishi, mazmunning qanday shakllanishi va o‘quvchiga qanday ta’sir qilishi kabi jihatlar
bilan chambarchas bog‘liq. Yevropada ertaklarning sintaktik tuzilishini o‘rganish jarayonida
Antti Aarne va Stith Thompson tomonidan ishlab chiqilgan "Ertak tiplari indeksi" (1910) va
"Ertak syujetlari indeksi" (1928) muhim ahamiyat kasb etdi. Bu indeks yordamida butun dunyo
ertaklari o‘xshash sintaktik va semantik tuzilmalarga ega ekanligi aniqlangan.

Ushbu tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, har xil xalqlarning ertaklari tarkibida o‘xshash

sintaktik strukturalar mavjud. Masalan, ertaklardagi kümülatif (takrorlanuvchi) jumlalar,
parallel tuzilmalar va polisentetik (ko‘p bog‘lovchilar ishlatiladigan) gaplar turli millat
ertaklarida keng tarqalgan.

Bundan tashqari

Hans-Jorg Uther

— nemis folkloristi va adabiyotshunos, 1944-yil 20-

iyulda Germaniyaning Herzberg am Harz shahrida tug‘ilgan. U

Göttingen

universitetida folklor,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

69

germaniya tili va tarix fanlari bo‘yicha tahsil olgan. 1973-yildan boshlab, u Gottingendagi

Enzyklopädie des Märchens

(Ertaklar ensiklopediyasi)

loyihasida 40 yildan ortiq faoliyat

yuritgan. 1980-yilda

“Behinderte in populären Erzählungen”

(Xalq ertaklarida nogironlar)

mavzusida dissertatsiya himoya qilib, filologiya fanlari doktori unvonini olgan. 1994-yilda
Essen universitetida nemis tili va adabiyotshunosligi bo‘yicha ilmiy darajani qo‘lga kiritgan.
2010–2015-yillarda u

Enzyklopadie des Marchens

loyihasining bosh muharriri bo‘lgan.

Shuningdek, u Fabula jurnalining muharrirlar kengashida faoliyat yuritgan va Die Marchen der
Veltliteratur seriyasining muharriri bo‘lgan. U 50 dan ortiq kitobning muharriri bo‘lib, Grimm
aka-ukalari, Vilhelm Hauff va Ludwig Bechstein kabi yozuvchilarning tanqidiy nashrlarini
taqdim etgan. Nemis folklorshunosi, ertaklar tipologiyasi bo‘yicha dunyoga mashhur olimning

“Xalqaro ertaklar turlari: Tasnif va bibliografiya”

(Antti Aarne va Stith Thompson tizimi

asosida) asari ham mavjud. 1910-yilda Antti Aarne tomonidan yaratilgan Yevropa ertak turlari
tizimi Stith Thompson tomonidan ikki marta (1928, 1961) qayta ko‘rib chiqilgan bo‘lib, u ushbu
tizimni Yevropadan Hindistongacha bo‘lgan hududdagi an’anaviy ertaklarni qamrab oladigan
darajada kengaytirdi va o‘sha paytdagi mavjud tadqiqot natijalarini o‘z ichiga oldi. Hozirgi
xalqaro ertak turlari katalogi (ATU, Aarne/Thompson/Uther qisqartmasi bilan) tubdan yangi
nashr bo‘lib, kengaytirilgan qo‘shimchalar va yangiliklarni o‘z ichiga oladi. Bu nashr
Aarne/Thompson katalogi (AaTh)ning avvalgi tanqidchilari bildirgan e’tirozlarni inobatga
olishga harakat qiladi, biroq ertak turlarining taqdimotidagi an’anaviy tamoyillardan voz
kechmaydi. Bu tizimiga qilingan tanqidlar quyidagi asosiy nuqtalarni o‘z ichiga olgan:
1.

Ertaklar turlarining tipologiyasi aniq, ilmiy sxemani nazarda tutadi, biroq bunday holat

real dunyodagi og‘zaki rivoyatlarda mavjud emas.
2.

Janrlar ta’rifi va xarakterlarga asoslangan tasniflar ko‘pincha mavzu yoki tuzilma

jihatidan izchil emas. Masalan, 850–999 oralig‘idagi "Novelle" (Romantik ertaklar) aniq bir
janrni ifodalamaydi.
3.

“Fin maktabi”ning XIX asr og‘zaki an’analariga e’tibor qaratishi yozma manbalarni

ikkinchi darajaga tushirib qo‘ydi va bu ko‘pincha ertak turlarining qadimiy shakllari va
holatlarini noaniq qilib qo‘ydi.
4.

Tizim faqat Yevropa rivoyat an’analarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, G‘arbiy Osiyo va boshqa

mintaqalardagi Yevropa ko‘chmanchilarining materiallari ham kiritilgan. Ammo Yevropaning
o‘zida ham hujjatlashtirish bir xil emas edi. Ba’zi joylar (masalan, Daniya va Rossiya) bo‘yicha
hech qanday ma’lumot keltirilmagan. Portugaliya, sharqiy va janubi-sharqiy Yevropa bo‘yicha
ham dalillar yetishmagan. Kichik etnik guruhlarning rivoyat an’analari umuman yoki yetarli
darajada hujjatlashtirilmagan.
5.

Juda oz variantga ega bo‘lgan alohida, mahalliylashtirilgan turlarni keltirish, ularning

an’ana ichidagi o‘rnini va butun katalog tizimini tushunishni ortiqcha murakkablashtirgan.
6.

Tegishli ilmiy adabiyotga murojaatlar ko‘pincha mavjud emas edi.

7.

Variantlarga oid ma’lumotlar ko‘pincha eski to‘plamlardan olingan, yangi to‘plamlardan

esa foydalanilmagan va hokazo.

Yurtimizda bolalar adabiyoti kattalar adabiyotining ajralmas tarkibiy qismi sifatida

shakllanib, uning taraqqiyotida tarjima asarlar muhim o‘rin egallaydi. Bunday asarlar orqali
yosh kitobxonlarning dunyoqarashi kengayadi, ularning boshqa xalqlarning turmush tarzi, urf-


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

70

odatlari, mehnat faoliyati va orzu-intilishlari bilan tanishuvi ta’minlanadi. Natijada,
o‘quvchilarda millatlararo tushuncha va madaniy ko‘nikmalar shakllanadi, bu esa ularning
ijtimoiy va ma’naviy kamolotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan-elga,
tildan-tilga o‘tib, dillami yashnatib yurgan

“Qizil Shapkacha”

(Sh.Perro),

“Robinzon Kruzo”

(Daniel Defo),

“Gulliveming sayohatlari”

(J.Svift),

“Dyumchaxon”

(X.Andersen),

“Oltin baliq”

(A.S.Pushkin

), “Tom Soyeming boshidan kechirganlari”, “Shahzoda va gado”

(M.Tven),

“Kapitan Grant bolalari”, “Ostin-ustun”

(J.Vem) kabi asarlar yosh qalblarda olamga nisbatan

qiziqishlami jo‘sh urdirib yuboradi.

XULOSA

Yevropada ertaklar tili uzoq tarixga ega bo‘lib, u xalqning fikrlash tarzi, urf-odatlari va

qadriyatlarini ifoda etadi. Ertaklarning tili vaqt o‘tishi bilan o‘rganilib, tartibga keltirilgan. Bu
tilda tez-tez uchraydigan iboralar, obrazlar va voqealar xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos
xususiyatlarini ko‘rsatadi. Tarjima jarayonida esa ba’zi ma’nolar o‘zgaradi yoki yangicha
talqinda ifodalanadi. Shuning uchun ertaklar tilini o‘rganish ularni to‘g‘ri tushunish va
baholashda muhim ahamiyatga ega.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Садовников Д.Н. Сказки и преданiя Самарского края. – СПб, 1884. – 404 с.; Ончуков

Н.Е. Сѣверныя сказки. – СПб, 1908. – 700 с.; Зеленин Д.К. Великорусскiе сказки Пермской
губернiи. – Л., 1914. – 720 c.; Соколов В.Ю. Сказки и песни Белозерского края. – М., 1915. –
666 c.; Азадовский М. Сказки Верхнеленского края. – Иркутск, 1925. – 142 с.; Никифоров
А. Сказка, ее бытование и носители. – М., 1930. – 320 с.; Мелетинский Е.М. Герой
вольшебной сказки. – СПб.: Традиция, 2005. – 242 с.
2.

Тайлор Б.В. Первобытная культура. – М.: Политиздат, 1989. – 573 с.; Wundt W.M.

Elements of Folk Psychology: Outline of a Psychological History of the Development of Mankind.
– L.: Read Books, 2007. – 560 p.; Леви-Строс К. Структурная антропология. – М.: Наука,
1983. – 536 с.; Фрэзер Дж.Дж. Золотая ветвь. – М. : Политиздат, 1983. – 703 с.; Oʻsha muallif.
Фольклор в Ветхом Завете. – М.: Политиздат, 1989. – 544 с.; Фрейд
3.

Aarne, A., & Thompson, S. (1961). The Types of the Folktale: A Classification and

Bibliography. Helsinki: Suomalainen Tiedeakatemia.
4.

Uther, H.-J. (2004). The Types of International Folktales: A Classification and

Bibliography. Helsinki: Suomalainen Tiedeakatemia.
5.

Vogler, C. (2007). The Writer’s Journey: Mythic Structure for Writers. Studio City: Michael

Wiese Productions.
6.

O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov). Toshkent:

«O‘qituvchi» nashriyoti, 1980-yil.

Библиографические ссылки

Садовников Д.Н. Сказки и преданiя Самарского края. – СПб, 1884. – 404 с.; Ончуков Н.Е. Сѣверныя сказки. – СПб, 1908. – 700 с.; Зеленин Д.К. Великорусскiе сказки Пермской губернiи. – Л., 1914. – 720 c.; Соколов В.Ю. Сказки и песни Белозерского края. – М., 1915. – 666 c.; Азадовский М. Сказки Верхнеленского края. – Иркутск, 1925. – 142 с.; Никифоров А. Сказка, ее бытование и носители. – М., 1930. – 320 с.; Мелетинский Е.М. Герой вольшебной сказки. – СПб.: Традиция, 2005. – 242 с.

Тайлор Б.В. Первобытная культура. – М.: Политиздат, 1989. – 573 с.; Wundt W.M. Elements of Folk Psychology: Outline of a Psychological History of the Development of Mankind. – L.: Read Books, 2007. – 560 p.; Леви-Строс К. Структурная антропология. – М.: Наука, 1983. – 536 с.; Фрэзер Дж.Дж. Золотая ветвь. – М. : Политиздат, 1983. – 703 с.; Oʻsha muallif. Фольклор в Ветхом Завете. – М.: Политиздат, 1989. – 544 с.; Фрейд

Aarne, A., & Thompson, S. (1961). The Types of the Folktale: A Classification and Bibliography. Helsinki: Suomalainen Tiedeakatemia.

Uther, H.-J. (2004). The Types of International Folktales: A Classification and Bibliography. Helsinki: Suomalainen Tiedeakatemia.

Vogler, C. (2007). The Writer’s Journey: Mythic Structure for Writers. Studio City: Michael Wiese Productions.

O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi (X.Razzoqov, T.Mirzaev, O.Sobirov, K.Imomov). Toshkent: «O‘qituvchi» nashriyoti, 1980-yil.