ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
36
FАOLIYATLI YONDАSHUV ORQАLI IMPERАTIV АLGORITMIK
TАFАKKURNINING MAZMUNI
Xushvaqtov Umar Norqobilovich
“O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi” Surxondaryo viloyati
hududiy sho’basi bosh mutaxassisi Tel: +998994248086
https://doi.org/10.5281/zenodo.15239337
Annotatsiya:
Mazkur maqolada talabalarga algoritmik tillar va dasturlash asoslari fanini
oʼqitishning umumiy xususiyatlari shu bilan birga dasturlash asoslari taʼlimida metodik
innovatsiyalarning mazmun-mohiyati haqida fikirlar yuritilgan, Аlgoritmik faoliyatni
oʼzlashtirish, algoritmlarni yaratish va ularni bajarish koʼnikmasini shakllantirish oʼquvchi
mustaqil ravishda hal qila oladigan amaliy masalalar sinfini kengaytirish imkonini berishi,
algoritmik tillarga oid manbalarning nazariy va amaliy aspektlari atroflicha tahlil qilingan.
Kalit soʼzlar.
Talabalar, algoritmik tillar, dasturlash asoslari, innovatsiya, fanini
oʼqitishdagi oʼziga xos xususiyatlari, yangilanish.
Yurtimizda barqaror, samarali va sifatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashning
asosiy tarkibiy qismlaridan biri bu yosh bilimli, inteluktual va malakali mutaxassislarini
tayyorlashdir.
Maqolamizda “Аlgoritmlash” boʼlimini oʼrganishda imperativ algoritmik tafakkurni
rivojlantirish uchun faoliyatli yondashuvni amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida empirik
vazialardan foydalanish zarurati asoslangan.
Oʼqitish – axborotni idrok etish, eslab qolish va ajratib olishning axborot jarayonlari
toʼplamidir. Shu bilan birga, oʼqitishni faoliyatsiz amalga oshirib boʼlmaydi, shuning uchun u
“oʼquv xarakterdagi axborotni uzatishga emas, balki kerakli bilimlarni samarali oʼzlashtira
oladigan tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan boʼlishi kerak” [1, 306-b]. Oʼquvchi faoliyat
koʼrsatuvchi sifatida, oʼqituvchi esa oʼquv jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi sifatida
chiqadigan taʼlim yondashuvi pedagogikada tizimli-faoliyatli yondashuv deb ataladi va Davlat
taʼlim standartining asosi boʼlib hisoblanadi. Mazkur yondashuv “oʼquvchilarning individual
yoshi, psixologik-fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda .... oʼz-oʼzini rivojlantirish va
uzluksiz taʼlim olishga tayyorlikni shakllantirishni taʼminlash, oʼquvchilarning rivojlanishi
uchun ijtimoiy muhitni loyihalash va qurish” maqsadini olgan [3, 153-b].
Davlat taʼlim standartiga muvofiq, imperativ algoritmik tafakkur informatika fanini
oʼqitish, shaxsiy va meta-fan oʼqitishning fanga asoslangan natijasi boʼlganligi sababli,
pedagogik taʼsir obʼekti boʼlib oʼquvchining shaxsi va uning tafakkuri hisoblanadi. Pedagoglar
aynan oʼquvchilarning tafakkuriga taʼsir qilish vositalarini tanlashlari, oʼquv-bilish “faoliyat
subʼektining oʼzida oʼzgarishlarga olib keladigan oʼquvchilarning bilim olish va uni qoʼllash
usullarini oʼzlashtirishga qaratilgan motivatsiyalangan, maqsadli, mustaqil faoliyatini tashkil
etishlari kerak” [6, 481-b].
Mazkur yondashuvga koʼra, oʼquvchi tafakkuri rivojlanishining asosi oʼqitish mazmuni
bilan emas, balki uni oʼzlashtirish faoliyati bilan koʼproq bogʼliq va shuning uchun oʼqitishning
tashkiliy tarkibiy qismiga bogʼlangan boʼladi.
Faoliyat yondashuvining tamoyillari va IАT ni rivojlantirish shartlari
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
37
Faoliyatli yondashuv tamoyili
Imperativ algoritmik tafakkurni
rivojlantirish shartlari
Faoliyat tamoyili. Bilim aniq shaklda
berilmaydi, uni oʼquvchi oʼzi taʼlim faoliyati
orqali oladi.
Namuna va murakkabroq konstruktsiyali
algoritmlarni yaratish uchun vazifalardan
foydalanish
Yaxlitlik tamoyili. Аtrofdagi voqelikka yaxlit
nuqtai nazarni shakllantirish.
Аlgoritmik mohiyatni nazarda tutish,
algoritmlarni tuzish boʼyicha amaliyotga
yoʼnaltirilgan vazifalar.
Minimaks tamoyili. Oʼquvchilarga taʼlim
mazmunini ular uchun maksimum darajasida
egallash va uni ijtimoiy xavfsiz minimum
darajasida oʼzlashtirish imkoniyati beriladi.
Oʼquv jarayonida tabaqalashtirilgan
topshiriqlarni qoʼllash
Psixologik qulaylik tamoyili
Doʼstona muhit, mental sxemalardan va
algoritmlarni norasmiy qayd etishdan
foydalanish
Variativlik tamoyili. Tanlov vaziyatini
yaratishvazifani bajarish variativligi.
Bitta vazifani bajarish uchun bir nechta
algoritmlarni koʼrib chiqish, optimal
algoritmni topish imkoniyatini tushunish.
Ijodkorlik tamoyili. Har bir o'quvchiga o'z
ijodiy ibtidosni namoyon qilish imkoniyatini
berish
Nostandart algoritmlarni yaratish.
Oʼqitishda faoliyatli yondashuv “inson ruhiyati uning faoliyati bilan uzviy bogʼliqligi va
uning faoliyati bilan shartlanganligi haqidagi printsipial qoidaga asoslanadi” [9, 14-b],
shuningdek, “oʼquv jarayonining asosiy psixologik shartlari va mexanizmlarini, oʼquvchilarning
taʼlim faoliyatining tuzilishini eng toʼliq tavsiflaydi” [8, 200-b]. Quyidagi - jadvalda faoliyatli
yondashuv tamoyillari va imperativ algoritmik tafakkurni rivojlantirish shartlari oʼrtasidagi
muvofiqlik keltirilgan.
Tafakkurni, jumladan, algoritmik tafakkurni rivojlantirishning asosiy sharti – faoliyatdir.
Faoliyatli yondashuvning mohiyati shaxsning ahamiyatini tan olishdan, bilimlarni mustaqil
egallashdan, pedagog tomonidan boshqariladigan birgalikdagi va individual faoliyatdan iborat.
IАTni rivojlantirishning samarali usulini ishlab chiqish uchun oʼquvchilarning empirik
tajribasiga asoslangan faoliyat komponentini hisobga olish kerak. Faoliyat “shaxs
rivojlanishining asosi, vositasi va hal qiluvchi sharti” [4, 199-b], “insonning atrofdagi dunyo
bilan oʼzaro munosabati jarayonida namoyon boʼladigan va bu oʼzaro taʼsir hayotiy
muammolarni hal qilishga moʼljallangan faoliyati” [9, 14-b] sifatida qaraladi.
Imperativ algoritmik tafakkurni rivojlantirish uchun bilish faoliyatida quyidagi
bosqichlarning mavjudligi muhim ahamiyatga ega: “muammoni sezish, shartlarni oʼrganish,
ehtimolli yechimni shakllantirish va uni avval aqlda ishlab chiqish, soʼngra harakatda tajriba
yoʼli bilan tekshirish” [8, 412-b]. Mazkur gʼoya P.Ya. Galьperin aqliy harakatlarning bosqichma-
bosqich shakllanishi nazariyasiga mos kelib [2, 307-b], unda keltirilgan tashqi bilish harakatini
ichki harakatga aylantirish mexanizmida quyidagi fikrlash bosqichlarini koʼrib chiqiladi:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
38
1. Kutilmagan holat bilan toʼqnashish (vazifaning nostandart shartlari yoki topshiriq
matnini taqdim etishning noodatiy shakli, hali shakllantirilmagan vazifaga jalb qilish).
2. Vazifani shakllantirish.
3. Yechim namunalari (vazifani bajarish uchun zarur boʼlgan bilim va koʼnikmalarni
dolzarblashtirish, maʼlum boʼlgan algoritmlardan foydalanishga urinish).
4. Yechimga birdaniga kelish (echish usulini aniqlash, bu baʼzan bir nechta kichik
vazifalarni bajarishni talab qiladi, masalan, yordamchi algoritmlardan foydalanish).
5. Tekshiruv bosqichi (tuzilgan algoritm samaradorligini, oʼzgartirilgan dastlabki
maʼlumotlar bilan uning toʼgʼri ishlashini isbotlash).
Dastlabki uch bosqich tayyorgarlik bosqichidir, chunki tafakkurning rivojlanishi faqat
oxirgi bosqichlarda sodir boʼladi.
Barcha oʼquv faoliyati mohiyatan oʼquv vazifalarini bajarish jarayoni boʼlib, ular oʼquv
materialini oʼzlashtirishni, oʼquvchilarning intellektual rivojlanishini, ularning biluv
ehtiyojlarni qondirishni taʼminlaydigan maxsus metodik vosita boʼlib xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Югфельд И. А. Подготовка будущих учителей к использованию игровых
технологий в процессе изучения психолого-педагогических дисциплин //URL:
https://www. dissercat. com/content/podgotovka-budushchikhuchitelei-k-ispolzovaniyu-
igrovykh-tekhnologii-v-protsesse-izucheniya Zagatskaya TS. – 2007. – С. 13.
2.
Орлов С. А. Технологии разработки программного обеспечения //СПб.: Питер. –
2002. – Т. 464. – С. 21.
3.
Макконнелл С. Профессиональная разработка программного обеспечения //СПб.:
Символ-Плюс. – 2006. – С. 82.
4.
Лафоре Р. Объектно-ориентированное программирование в C++:[пер. с англ.]. –
Издательский дом" Питер", 2013. – С. 6.
5.
Sancho P., Fuentes-Fernández R., Fernández-Manjón B. NUCLEO: Adaptive computer
supported collaborative learning in a role game based scenario //2008 Eighth IEEE
International Conference on Advanced Learning Technologies. – IEEE, 2008. – С. 671-675.