Авторы

  • Feruza Maxanova
    O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Shahrisabz davlat pedagogika instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.79267

Ключевые слова:

sinonimlar lingvopoetik xususiyatlar polesemantika leksema leksek va konteksual sinonimlar kontekst.

Аннотация

Ushbu maqolada she’riyatda sinonimlarni tanlash shoirning emotsional niyatlariga, asarning umumiy ruhiyatiga, mavzusiga, shoirning kayfiyatiga, his-tuyg‘ularning kuchi va kuchsizligiga bog‘liqligi hamda M.Shayxzoda she’rlarida sinonimlarning qo’llanilishi yoritilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

20

MAQSUD SHAYXZODA SHE’RIYATIDAGI SINONIMLARNING BADIIYLIKNI

TA’MINLASHDAGI AHAMIYATI

Maxanova Feruza Mamarajabovna

O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mustaqil izlanuvchisi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15229573

Annotatsiya:

Ushbu maqolada she’riyatda sinonimlarni tanlash shoirning emotsional

niyatlariga, asarning umumiy ruhiyatiga, mavzusiga, shoirning kayfiyatiga, his-tuyg‘ularning
kuchi va kuchsizligiga bog‘liqligi hamda M.Shayxzoda she’rlarida sinonimlarning qo’llanilishi
yoritilgan.

Kalit so’zlar:

sinonimlar, lingvopoetik xususiyatlar, polesemantika, leksema, leksek va

konteksual sinonimlar, kontekst.


She’riyatda sinonimlarning asosiy vazifasi – bir xil ma’noni turli leksemalar yordamida

emotsional-ekspressiv ma’nolarni yuzaga keltirishdir. She’riyatda sinonimlarni tanlash
shoirning emotsional niyatlariga, asarning umumiy ruhiyatiga, mavzusiga, shoirning
kayfiyatiga, his-tuyg‘ularning kuchi va kuchsizligiga bog‘liq.

Badiiy matnlarning lingvistik tahlili jarayonida til vositalarining ekspressiv

imkoniyatlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon adabiyotshunoslik va
lingvistika usullarini birlashtiradi, turli davr va yo‘nalishlarga mansub mualliflarning asarlarini
tahlil qilishni talab qiladi. Zamonaviy adabiyotshunoslik tadqiqotlarining ko‘pchiligi asosan
adabiy tahlilga yo‘naltirilgan bo‘lib, badiiy asar tilini lingvopoetik nuqtai nazardan o‘rganishga
ehtiyoj sezilarli darajada oshgan.

Lingvopoetika badiiy asarning badiiyligini ta’minlovchi omillarni tilning barcha

darajalarida o‘rganadi. Bu, asarning tarkibiy tuzilishi, elementlar o‘rtasidagi munosabatlar,
stilistik xususiyatlar va badiiy tasvir vositalarini qo‘llash mahoratini o‘z ichiga oladi. “Poetika”
atamasi sinonim sifatida “badiiylik” tushunchasi ham ishlatilishi mumkin.

Lingvopoetik tahlil badiiy asar tilining nazariy asoslari, ijtimoiy funksiyalari va inson

ongini aks ettirishini bir butun sifatida ko‘rib chiqishga imkon beradi. U filologiya fanining turli
sohalarini birlashtiradi va ularning o‘zaro bog‘liqligiga urg‘u beradi. Tahlil yozuvchining til va
uslubini o‘rganish bilan cheklanmay, balki asar yaratilgan davrning til xususiyatlari,
muallifning leksik boyligi, til vositalarining ifoda uslublari, badiiy tasvir vositalarining til
faktlariga asoslangan aks etishi va tilning barcha darajalarini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.

Ekspressivlik

(tilshunoslikda) – til birligining semantik-stilistik belgilari majmui; til

birligining aloqa soʻzlashuv jarayonida soʻzlovchining nutq mazmuniga yoki nutq qaratilgan
shaxsga nisbatan subyektiv (ijobiy yoki salbiy) munosabatining ifoda vositasi boʻla olishini
taʼminlaydi. Ekspressivlik tilning barcha sathlari birliklari uchun xosdir. Fonetik ekspressiv
vositalar sifatida soʻz tarkibidagi undoshlardan birining qoʻshaloq holda yoki biror unlining
choʻziq talaffuz etilishi, urgʻuning oʻrnini oʻzgartirish kabilarni koʻrsatish mumkin. Morfologik
vositalar sifatida keng miqyosdagi erkalashkichraytish qoʻshimchalari (subyektiv baho
ifodalovchi qoʻshimchalar)ni koʻrsatish mumkin (oyijon, ukaginam va boshqalar). Leksik
ekspressiv vositalarga oʻz haqiqiy maʼnosidan tashqari uslubiy (salbiy yoki ijobiy) boʻyoqqa ega


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

21

boʻlgan soʻzlar, undov soʻzlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi (masalan, “qiltiriq” soʻzi
ozgʻinlikni salbiy jihatdan ifodalaydi, baholaydi). Sintaktik sathda esa ekspressivlik odatdagi
soʻz tartibini oʻzgartirish, elliptik tuzilmalardan foydalanish, soʻz takrorlari orqali taʼminlanadi.
Aloqa soʻzlashuv jarayonida lisoniy ekspressiv vositalar bilan parallel ravishda, nutq
ekspressivligini kuchaytirishga koʻmak beruvchi koʻplab paralingvistik (nolisoniy) vositalar
(tovushning balandligi va tembri, nutq surʼati, mimika, imoishora) ham qoʻllanadi.
Ekspressivlik bevosita inson histuygʻularini ifodalash bilan bogʻliq boʻlgani uchun uni
emotsionallik (hissiyot, emotsiyani ifodalovchi soʻzlar va ulardan foydalanish)dan ajratib
tasavvur etish qiyin. Hatto baʼzi tilshunoslarning asarlarida Ekspressilik va emotsionallik
kategoriyalari bir xil hodisa deb talqin qilinadi[1]” Tilshunoslikda “ekspressiv funksiya”
atamasi bilan bir qatorda “poetik funksiya”, “badiiy funksiya” va “estetik funksiya” kabi
atamalar ham qo‘llaniladi. “Estetik funksiya” atamasi kengroq qo‘llanilish doirasiga ega. Har
qanday badiiy asarni tahlil qilishdan oldin, uning qanday matn turlaridan tashkil topganligi va
so‘zlarning ifoda maqsadi bo‘yicha tasnifi haqida ma’lumotga ega bo‘lish zarur. Badiiy asarlar
badiiy matnlardan tashkil topgan bo‘lib, badiiy matnlar esa “estetik vosita” vazifasini
bajaradigan gaplardan iborat. “Estetik vosita” faqat badiiy adabiyotda emas, balki so‘zlashuv
tilida ham qo‘llaniladi va uning ko‘lami ekspressivlik, badiiylik va poetiklik bilan bog‘liq.

Tilning leksik boyligi, xususan sinonimlarning mavjudligi, tilning estetik funksiyasini

yorqinlashtiradi. Sinonimlarning asosiy maqsadlari – takrorlanishni oldini olish va emotsional
ekspressivlikni kuchaytirish hisoblanadi. Mualliflar o‘z asarlarida tasvirning maqsadi va
ruhining o‘ziga mos keladigan so‘zni tanlashga harakat qilishadi. Bu jarayonda sinonimlarning
qo‘shimcha ma’nolari, stilistik xususiyati va qo‘llanilish xususiyatlari hisobga olinadi.
Sinonimlar muallifga kerakli ma’no uchun eng mos so‘zni tanlash imkoniyatini beradi.

“O‘zbek tili leksikasida so‘zlar emotsional-ekspressiv jihatdan ikki qatlamga ajratiladi:
1. Emotsional-ekspressiv jihatdan betaraf so‘zlar. Bunday so‘zlarning semantik tarkibida

faqat denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) mavjud bo‘ladi:

2. Emotsional-ekspressiv jihatdan bo‘yoqdor so‘zlar. Bunday so‘zlarning semantik

tarkibida denotativ ma’no (atash, nomlash semalari) bilan birga uslubiy bo‘yoqlar (ifoda
semalari, konnotativ semalar) ham mavjud bo‘ladi[2]” Shu boisdan ham bo‘yoqli v abo‘yoqdor
leksemalarning qo‘llanishi mazkur hodisani yuzaga keltiradi. Shu o‘rinda yana bir narsani
ta’kidlash kerakki, emotsional-ekspressivlik faqatgina so‘zlar yordamida emas, tovush,
qo‘shimcha, nutqiy talab, hozil ma’no kabi birliklar bilan yuzaga keladi. “Nutqda
ekspressivlikning ifodalanishi quyidagi usullarga tayanadi:

1. Leksik usul.

Bunda uslubiy bo‘yog‘i bor bo‘lgan so‘z nutqqa kiritiladi

2.

Kontekstual usul.

Bunda uslubiy bo‘yog‘i yo‘q bo‘lgan so‘z ma’lum kontekst yoki

nutqiy muhit ta’sirida uslubiy buyoqdor so‘zga aylantiriladi.

3.

Affiksatsiya usuli.

Bunda betaraf ma’noli so‘zlarga subyektiv baho ifodalovchi afifiksal

morfemalar qo‘shiladi.

4.

Fonetik usul.

Bunda so‘z tarkibidagi undoshlardan biri qavatlantiriladi (geminatsiya),

unlilar cho‘ziladi, urg‘uning o‘mi o‘zgartiriladi, shular hisobiga ekspressivlik ta’minlanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

22

5. So‘zni metaforik qo‘llash usuli.

Bunda ko‘p ma’noli so‘zning metaforaga asoslangan

majoziy (hosila) ma’nosidan uslubiy figura sifatida foydalaniladi[3]” Quyida mazkur
hodisalarning ijodkor she’rlaridagi voqelanishiga guvoh bo‘lamiz.

Maqsud Shayxzodaning sherlarida uslubiy bo‘yog‘i bor bo‘lgan so‘zlar talaygina. Adib

ijodidagi emotsional-ekspressivlikni ta’minlashda leksik vositaning o‘rni alohida va ularning
she’rlaridagi

ritm, ohang va individual

uslubiy xususiyatlarini,

xalq og‘zaki ijodiga yaqinligi

va turli

stilistik vositalardan

, jumladan,

sinonimlardan

foydalanish mahoratini o‘rganishda

betakror misralari asosiy o‘rin tutadi. Shoirning “Quyosh, oqshom va dengiz” she’rida
emotsional-ekspressivlikni ta’minlaydigan quyidagi sinonimlarga guvoh bo‘lamiz.

Asta-sekin

botar ekan

quyosh

sokit

dengizda,

Ko‘p

g‘alati yo‘sinlarga kirar edi shu kezda,

Dengizning keng maydonida – ufqlarga muntazam
Ayirgandir

yerni

ko‘kdan

allaqanday bir qalam.

Ranglar borki, dengizniki, ranglar borki,

samoviy.

Suvlar rangi

to‘q

zangori

,

samo

rangi och

moviy.

Go‘yo

ko‘kda stadiondan

sirg‘algan bir

qizil to‘p

Yumalanib pastga tushib, dengiz suvin yalar

xo‘p.

Ushbu birgina jumlada leksik vositalar orqali olam-olam ma’no hamda emotsional-

ekspressivlik, qolaversa, badiiy, falsafiy ham lingvopoetik jihatidan tahlil qilishimiz mumkin
bo‘lgan bo‘yoqdor leksemalar mavjud.

Eng avvalo, quyidagi jadvalda sinonim va uning turlarini aniqlab olamiz, so‘ng ularning

semantik xususiyati va ekspessiv vazifalariga to‘xtalamiz.

Misradagi

sinonimlarga

misollar

Leksik

sinonimlar

Kontekstual

sinonimlar

Ekspessiv vazifa

Quyosh

qizil to‘p

Badiiy uslubni shakllantirish, ijobiy

bo‘yoqni shakllantirish

Sokit

Jimjit, osuda

asta-sekin

Kitobiy uslubni shakllantirish, ijobiy

bo‘yoqni shakllantirish

Ko‘p

xo‘p

Badiiy uslubni shakllantirish, uslubiy

bo‘yoqdor so‘zga aylantirish

Yer

stadion

Badiiy uslubni shakllantirish, ijobiy

bo‘yoqni shakllantirish

Ko‘k

Samo

Badiiy uslubni shakllantirish, ijobiy

bo‘yoqni shakllantirish

Samoviy

moviy, ko‘k

Badiiy uslubni shakllantirish, konteks
ta’sirida bo‘yoqdorlikni shakllantirish

To‘q

zangori

Ko‘k

Badiiy uslubni shakllantirish, ijobiy

bo‘yoqni shakllantirish

Samo

osmon

Badiiy uslubni shakllantirish, ijobiy

bo‘yoqni shakllantirish


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

23

Moviy

Ko‘k

to‘q zangori

Badiiy uslubni shakllantirish, ijobiy

bo‘yoqni shakllantirish

Stadion

yer

So‘zlashuv uslubi orqali badiiy pafosni

shakllantirish

Xo‘p

ko‘p

Badiiy uslubni shakllantirish, darajaning

me’yordan ortiqligini aks ettirish

Qizil to‘p

quyosh

Badiiy uslubni shakllantirish, ijobiy

bo‘yoqni shakllantirish

Yuqoridagi misralar orqali hech kimda uchramagan leksik va kontekstual sinonimlarni

qo‘llash orqali ijodkorning “stili” ham namoyon bo‘lgan. Ijodkor she’rlarida badiiy uslubni
shakllantirish maqsadida “she’riyat stili”ga mos so‘zlardan foydalanadi. Masalan,

SOKIT

leksemasi O‘TILda

shunday izohlanadi

:

sokit [a.- jim, indamay turuvchi; kamgap, indamas;

osoyishta, tinch, yuvosh] Jimjit, osuda. Yomg‘irli kun edi, atrof jim, sokit, Ma’yus ko ‘zlaringga
boqardim sarmast. A.Oripov. Olima! Xayolchan, qo‘lda qalaming, Jim, sokit xonada o‘ylaring
cheksiz. Gazetadan[4]. Tarixiylik bo‘yog‘iga ega bo‘lgan leksemadan foydalanish orqali badiiy
uslubni shakllantirgan.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Дўстматов Ҳ. Аския лингвопоэтикаси. – ТОШКЕНТ: Ўзбекистон Республикаси

Фанлар академияси “Фан” нашриёти, 2015. – B. 88-89
2.

Жумаев Т. Умар Боқий асарларининг лисоний хусусиятлари. НДА., 1997.,

3.

Иcҳоқов Ф., Гулханийнинг “Зарбулмасал” асари. – Тошкент: Фан, 1983.,

4.

Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. – Ўзбекистон

республикаси ФА “Фан” нашриёти, 2007. – Б. 84
5.

Қўчқортоев И. Бадиий нутқ стилистикаси. – Тошкент: Фан, 1975.,

6.

Муаллифлар жамоаси. Ўзбек тили грамматикаси. II том. – Тошкент, 1976. – Б. 95

7.

Раҳматуллаев Ш.. Ўзбек тилининг изоҳли фразиологик луғати. Тошкент:

“Ўқитувчи” нашриёти, 1978. Б. 107.

Библиографические ссылки

Дўстматов Ҳ. Аския лингвопоэтикаси. – ТОШКЕНТ: Ўзбекистон Республикаси Фанлар академияси “Фан” нашриёти, 2015. – B. 88-89

Жумаев Т. Умар Боқий асарларининг лисоний хусусиятлари. НДА., 1997.,

Иcҳоқов Ф., Гулханийнинг “Зарбулмасал” асари. – Тошкент: Фан, 1983.,

Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. – Ўзбекистон республикаси ФА “Фан” нашриёти, 2007. – Б. 84

Қўчқортоев И. Бадиий нутқ стилистикаси. – Тошкент: Фан, 1975.,

Муаллифлар жамоаси. Ўзбек тили грамматикаси. II том. – Тошкент, 1976. – Б. 95

Раҳматуллаев Ш.. Ўзбек тилининг изоҳли фразиологик луғати. Тошкент: “Ўқитувчи” нашриёти, 1978. Б. 107.