Авторы

  • Temurbek Mamayunusov
    “IPAK YO‘LI” TURIZM VA MADANIY MEROS XALQARO UNIVERSITETINING MUSTAQIL TADQIQOTCHISI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.80278

Ключевые слова:

turizm xizmat prognoz foyda iste’molchi soliq innovatsiya menejment multiplikativ samara turizm eksporti destinatsiya.

Аннотация

Turistik salohiyatni shakllantirishda oldingi yillar davomida shakllantirilgan asosiy fondlar, tarixiy-madaniy meros obyektlari, tabiiy shart-sharoitlar muhim rol o‘ynaydi. Lekin joriy investitsiyalar ham turistik salohiyatni shakllantirishning va undan samarali foydalanishning muhim omili hisoblanadi.. Maqolada muallif tomonidan turistlarga  investitsion sarf-xarajatlar va turizm xizmatlari eksporti o‘rtasidagi  bog‘liqlik  tahlili bayon etilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

148

TURISTLARGA INVESTITSION SARF-XARAJATLAR VA TURIZM XIZMATLARI

EKSPORTI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIK TAHLILI

Mamayunusov Temurbek Olimovich

“IPAK YO‘LI” TURIZM VA MADANIY MEROS

XALQARO UNIVERSITETINING MUSTAQIL TADQIQOTCHISI

Mamayunusov97@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15266974

Annotatsiya:

Turistik salohiyatni shakllantirishda oldingi yillar davomida

shakllantirilgan asosiy fondlar, tarixiy-madaniy meros obyektlari, tabiiy shart-sharoitlar
muhim rol o‘ynaydi. Lekin joriy investitsiyalar ham turistik salohiyatni shakllantirishning va
undan samarali foydalanishning muhim omili hisoblanadi.. Maqolada muallif tomonidan
turistlarga investitsion sarf-xarajatlar va turizm xizmatlari eksporti o‘rtasidagi bog‘liqlik
tahlili bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

turizm, xizmat,

prognoz, foyda, iste’molchi, soliq, innovatsiya, menejment,

multiplikativ samara, turizm eksporti, destinatsiya.

Аннотация:

В формировании туристского потенциала важную роль играют

основные фонды, объекты историко-культурного наследия и природные условия,
сформировавшиеся в предыдущие годы. Однако текущие инвестиции также являются
важным фактором формирования туристического потенциала и его эффективного
использования. В статье автором описано анализ взаимосвязи инвестиционных затрат
для туристов и экспорта туристических услуг.

Ключевые слова:

туризм, услуга, прогноз, прибыль, потребитель, налог,

инновации, менеджмент, мультипликативный эффект, экспорт туризма, дестинация.

Abstract:

In the formation of tourist potential, the main funds formed over the past

years, historical and cultural heritage objects, natural conditions play an important role.
However, current investments are also an important factor in the formation and effective use
of tourist potential. The article presents an analysis of the relationship between investment
spending on tourists and the export of tourism services.

Key words

: tourism, service, forecast, profit, consumer, tax, innovation, management,

multiplier effect, tourism export, destination.

Kirish.

O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijlik yoki mahalliy turistlarning soni

tarmoqqa yo‘naltirilgan investitsion resurslarning miqdori va sifatiga bevosita bog‘liq. O‘z
navbatida, turistik destinatsiyaga tashrif buyurgan turistlarning soni va ularning turistik
makonda bo‘lish davomiyligi turizmga yo‘naltirilgan investision resurslar samaradorligiga
bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Turistik salohiyatni shakllantirishda oldingi yillar davomida shakllantirilgan asosiy

fondlar, tarixiy-madaniy meros obyektlari, tabiiy shart-sharoitlar muhim rol o‘ynaydi. Lekin
joriy investitsiyalar ham turistik salohiyatni shakllantirishning va undan samarali
foydalanishning muhim omili hisoblanadi.

Masalan, xorijdan keladigan turistlarga turli xil turmahsulotlarni taklif qilishning o‘zi

kifoya qilmaydi. Ularning har biriga turistik sayohat bilan bog‘liq muayyan miqdordagi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

149

investision sarf-xarajatlarni amalga oshirish, taklif etilayotgan turmahsulotlarni iste’mol qilish
uchun zarur sharoit yaratish (ularni qabul qilish, joylashtirish, ovqatlantirish, sayl qildirish,
qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish va hokazolar) lozim. Bular mamlakatga turistlarni jalb
etishning asosiy sharti hisoblanadi.

Respublikamiz hududlarining, shuningdek ularning turizm-rekreatsiya sohasiga

ixtisoslashish maqsadlari va yo‘nalishlari istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyotining
innovatsion rivojlanish strategiyasi maqsadlariga erishishni realizasiya qilish bo‘yicha
strategik boshqarishning yagona davlat tizimiga muvofiq amalga oshiriladi.

Asosiy qism.

Mamlakatimiz turizm sohasi rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlariga

e’tibor bersak, 2024 yilning o‘tgan davrida mamlakatimizga xorijdan 3,5 milliondan ortiq
xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi , o‘tgan 2023 yilning mos davriga nisbatan 13 foizga oshdi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida hududlar bo‘ylab 12 million 716 ming
nafar aholi sayohatga chiqdi. Ijtimoiy ko‘mak sifatida 8 ming 763 nafar imkoniyati cheklangan
shaxslar va 937 ming nafarga yaqin yoshlar sayohatga chiqarildi. 2024 yil o‘tgan davrida
1 milliard 456 million dollarlik turizm xizmati eksporti amalga oshirildi, 2023 yil davriga
nisbatan 146 foizga oshdi.

Turizm va unga yondosh sohalarda yo‘nalishida 26 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari

yaratildi. Hududlarda 68 ta yangi mehmonxona, (o‘rinlar soni 3 057 ta) va 113 ta xostel
(o‘rinlar soni 3 791 ta)lar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, jami joylashtirish vositalari soni 5773 ta,
ulardagi o‘rinlar soni 151 mingdan oshdi. 150 ta oilaviy mehmon uylari (o‘rinlar soni 1 408
ta) tashkil qilinib, ularning umumiy soni 3 554 ta o‘rinlar soni 31 712 taga yetdi.

Turistlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi 427 ta yangi turistik tashkilotlar va turagentlar

faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida ularning soni 3238 taga yetkazildi. Bugungi kunda
Respublika bo‘ylab 2 551 ta gid-ekskursavodlar faoliyat olib bormoqda[1].

1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasi rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy

ko‘rsatkichlari dinamikasi[2]

Ko‘rsatkichlar

Yillar

2023-

2020

y.y.da

nisbatan

o‘zgarish

%

2020

2021

202

2

202

3

1.

Tashrif buyuruvchilar soni

jami, mln. kishi

4 574

812

6 238

852

12 870

939

14 731

388

3,3

marta

2.

Kiruvchi turizm, ming kishi

1 504

126

1 881

345

5 232

781

6 626

302

4,2

marta

3.

Mehmonxona va

joylashtirish vositalari

obyektlari soni, birlik

1 156

1 085

1 167

1 387

119,9

4.

YaIMda turizmning ulushi,%

2,2

2,3

2,3

2,4

109,0

5.

Turizm sohasida band

bo‘lganlar, ming kishi

201,3

203,0

260,1

275,3

136,7


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

150

6.

Ichki turizm, ming kishi

1 069

165

2 162

660

2 474

981

3 317

649

5,0

marta


Turizm mamlakatlar iqtisodiyotida multiplikativ samarani yuzaga keltiruvchi, jadal sur

‘atlarda o‘sib boruvchi, yuqori daromadli va barqaror soha hisoblanadi. Raqamlar
mamlakatimizda turizm eksportining nafaqat tashrif buyuruvchi turistlar sonining ko‘payishi
3,3 marta, balki har bir xorijlik turistga to‘g‘ri keladigan sarf-xarajatlar o‘rtacha miqdorining
o‘sishi 2,9 marta hisobidan amalga oshganligini ko‘rish mumkin. Agar 2015 yilda
O‘zbekistonga tashrif buyurgan har bir turistga o‘rtacha 69,9 ming so‘m miqdorida mablag‘
sarflangan bo‘lsa, 2024 yilda unga 315,8 ming so‘m miqdorida investitsion resurslar
sarflangan. Boshqacha qilib aytganda, 2015-2024 yillar mobaynida har bir xorijlik turistga
sarflanadigan investision resurslar 4,5 martaga oshgan.

Ushbu jarayonni ijobiy baholashimizning boisi shundaki, turistlarga yo‘naltirilgan sarf-

xarajatlarning, ya’ni investitsion resurslarning ko‘payishi mamlakatga turistlarni jalb
etishning muhim vositasi hisoblanadi. Chunki turizmga yo‘naltirilgan investision sarf-
xarajatlarning ko‘payishi turagentliklar va turoperatorlarning ko‘payishini, turistik xizmatlar
sifatining oshishini, yangi xizmat turlarining paydo bo‘lishini, yangi zamonaviy
mehmonxonalarning qurilishini yoki amal qilayotgan mehmonxonalarni zamonaviy asosda
rekonstruksiya qilish, kadrlar malakasini oshirish, yangi innovasion texnika va
texnologiyalarni joriy etish va boshqa turistik xizmatlar sifatining yaxshilanishi bilan bog‘liq
jarayonlarning rivojlanishini anglatadi. Jahon turizm bozorida iste’molchi uchun raqobatning
tobora kuchayib borishi sharoitida turistik xizmatlar sifatining oshishi turizmni
rivojlantirishga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.

Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar yana bir muhim xulosa chiqarish uchun asos bo‘ldi. Har

bir xorijdan mamlakatga tashrif buyurgan turistga to‘g‘ri keladigan investisiyalarning miqdori
oshib borgan sayin, tarmoqqa yo‘naltirilgan investisiyalarning har bir so‘miga to‘g‘ri keladigan
turizm eksporti hajmi geometrik progressiyada oshib borgan. Yuqoridagilardan natijaviy
xulosamiz shundan iboratki, turizm sohasiga jalb etilgan investision resurslar iqtisodiy
samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu kiruvchi turistlarga investision
sarf-xarajatlar miqdorini muttasil tarzda oshirib borish. Demak, kiruvchi turistlarga
investision sarf-xarajatlarni qancha ko‘paytirsak, ushbu xarajatlardan oladigan iqtisodiy
samara ham shuncha yuqori bo‘ladi

2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish

Konsepsiyasini amalga oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiq, 2025-yilga borib
mamlakatga tashrif buyuruvchi xorijiy turistlar soni 11810,0 ming kishini, turizm xizmatlari
eksportining hajmi esa 2170,0 mln. AQSh dollarini tashkil etmog‘i lozim[3]. Lekin maqsadli
ko‘rsatkichlar tarkibida asosiy kapitalga investisiyalar bo‘yicha prognoz parametrlari o‘z
aksini topmagan. Agar investisiyalar turizmni rivojlantirish va ushbu sohadan olinadigan
daromadlar hajmiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil ekanligini hisobga olsak, ushbu
ko‘rsatkich bo‘yicha ham prognoz ko‘rsatkichlari konsepsiyada o‘z aksini topmog‘i lozim edi.

Makroiqtisodiy tahlil jarayonida turizmga investisiyalar va turizm xizmatlari eksporti

o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarimizni davom ettirsak, 2030 -yilda


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

151

turizmga investisiyalar hajmi to‘g‘risida ilmiy asoslangan prognostik ma’lumotlar olishimiz
mumkin bo‘ladi.

Elastiklik iqtisodiyotda natijaviy ko‘rsatkichning muayyan bir omil ta’siri ostida

o‘zgarish miqdorini aniqlash maqsadida ishlatiladi. Masalan, iste’molda talab yoki taklif
hajmiga ta’sir qiluvchi omillar (narx, iste’molchi daromadlari va boshqalar)ning ta’sir kuchini
aniqlashda ishlatiladi. Biz uni har bir bir lik turizmga qilingan investision sarf-xarajatlarning
turizm xizmatlari hajmiga ta’sirini o‘lchash maqsadida ishlatdik. Bunda biz quyidagi
formuladan foydalandik:

E

tx

=

∆𝑋

∆𝑈

(1)

Bunda:
E

tx

- turizm xizmatlariga turistlar talabining investisiya bo‘yicha

egiluvchanligi (sezgirligi);

∆X

- turizm xizmatlariga talabning (turizm xizmatlari eksportining)

foizli o‘zgarishi;

∆𝑈

- turizmga investisiyalarning foizli o‘zgarishi.

1-jadvaldagi 2024 yil ma’lumotlarini yuqoridagi (1) formulaga
quyib hisoblash natijasida elastiklik koeffisiyenti 1,13 foizga tengligini aniqladik:
X =

13688,5−1341,5

13688,5

×100 = 90,2 % (2)

U =

1741,6−851,4

1741,6

×100 = 79,8 % (3)

E

tx

=

90,2

179,8

= 1,13 %

(4)

Yuqoridagi hisob-kitoblardan xulosa shundan iboratki, O‘zbekistonga xorijdan tashrif

buyuradigan turistlarni investitsion sarf-xarajatlarining 1 foizga o‘sishi natijasida ularning
mamlakat hududida turizm xizmatlari xaridi uchun sarf-xarajatlari, ya’ni turizm eksporti 1,13
foizga oshadi.

Xulosa.

Mamlakatga tashrif buyuruvchi turistlarning turizm xizmatlari xarid qilishga

moyilligi ularning ehtiyojlarini qondirish yo‘lida sarflanadigan investision resurslar hajmi
ko‘payib borgan sayin ortib boradi. Chunki mamlakatga sayohatga kelgan xorijlik mehmonlar
mezbonlar tomonidan ko‘rsatilgan iltifotni, e’tiborni, xizmat sifatini, yaratilgan qulayliklarni,
qo‘shimcha xizmatlarni, yashash va ovqatlanishdagi shart-sharoitlarni qadrlaydilar va yuqori
baholaydilar.

Bunga javoban ular sayohat davomida himmat bilan tovar va xizmatlar xarid qiladilar,

mezbonlarning izzat-hurmatidan rag‘batlangan holda, sayohat muddatini uzaytirishga,
muayyan vaqt o‘tgandan keyin bunday iltifoti baland, mehmondo‘st yurtga o‘z sayohatlarini
qayta-qayta takrorlashga intiladilar. Natijada, tashrif buyuruvchi mehmonlarga investision
sarf-xarajatlari va ularning natijasida olinadigan turizm xizmatlari eksporti o‘rtasida yuqori, 1
dan katta bo‘lgan elastik bog‘liqlik yuzaga keladi.

Ushbu elastiklik koeffisiyenti yordamida 2025- yilda O‘zbekistonda turizmni

rivojlantirish Kontseptsiyasiga muvofiq mo‘ljallangan 11810,0 ming xorijlik turistlarni qabul
qilish, ularga malakali, yuqori sifatli xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlashga erishish va buning
evaziga ularning mamlakat xududiga sarf-xarajatlari (turizm xizmatlari eksporti) hajmini
2170,0 mln. AQSh dollariga yetkazish uchun asosiy kapitalga qancha investision resurslar jalb


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

152

etilishi kerakligini hisoblab chiqdik. Hisob-kitoblar 2025-yilda O‘zbekistonda turizm sohasini
rivojlantirish Kontsepsiyasida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlarga yetish uchun ushbu
sohaga yo‘naltirilishi lozim bo‘lgan investision resurslar hajmi 2750,0 mlrd. so‘mni yoki 263,4
mln. AQSh dollarini tashkil etishi kerakligini ko‘rsatdi.

2025-yil investisiyalar prognozi hisob-kitoblari quyidagi ketma-ketlikda amalga

oshirildi.

Birinchidan

, 2025-yilda 2020-yilga nisbatan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi turistlar

sonining qanchaga o‘sishi aniqlandi. U 4,8 mln. kishini yoki 68,5 foizni tashkil etishi aniqlandi.

Ikkinchidan

, 2025- yilda 2020 yilga nisbatan O‘zbekistonda turizm eksporti qanchaga

o‘sishi aniqlandi. U 810,0 mln. AQSh dollari yoki 59,6 foizni tashkil etdi.

Uchinchidan

, 2020-2025 yillar davomida O‘zbekistonda turizm eksporti 59,6 foizga

o‘sishi mo‘ljallangan bo‘lsa va uning har bir foizi turizmga investisiyalarni 0,88 foizga
oshirishni taqozo etadigan bo‘lsa, demak, turizm xizmatlari eksporti hajmini 59,6 foizga
oshirish uchun, 2025-yilda 2020-yilga nisbatan turizmga investisiyalarni 52,4 foizga oshirish,
uning hajmini esa 2025-yilda 18045,0×152,4=2750,0 mlrd. so‘mga yetkazish lozim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va O’zbekiston

Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi
Turizm qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va O’zbekiston

Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi
Turizm qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.

3.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ-5611-сонли 2019 йил 5 январдаги

“Ўзбекистон Республикасида Туризмни жадал ривожлантиришга оид қўшимча чора-
тадбирлар тўғрисида”ги Фармони. 1-Илова. [Электрон ресурс]. – Кириш йўли:
https://lex.uz/docs/4143188
4.

Muxammedov M.M., Zaynalov J.R., Normurodov U.N., Ayubov I.I., Xalikov Y.M. Iqtisodiyot

nazariyasi . Darslik. – SamISI, 2022. B. 354-361.
5.

Мирзаева Ш. Н. и др. Локальные Международные Глобальные Рынки: Интеграция

И Развитие //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2025. – Т. 16. –
С. 87-91.
6.

Мирзаева Ш. Н., Ворисов Ш. Д. ЦИФРОВИЗАЦИЯ ЭКОНОМИКИ: ВЫЗОВЫ И

ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ МАЛОГО БИЗНЕСА //International Conference on Adaptive Learning
Technologies. – 2025. – Т. 16. – С. 40-43.
7.

Мирзаева Ш. Н., Назаров Н. Б. У. СБАЛАНСИРОВАННОЕ РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОГО

ХОЗЯЙСТВА, ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ЭКОНОМИКУ
УЗБЕКИСТАНА //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2025. – Т.
16. – С. 44-47.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

153

8.

Мирзаева Ш. Н., Ашуров С. З. Анализ Инвестиционного Климата В Узбекистане,

Состояние И Перспективы //GlobalBiz Summit: Business and Economic Strategies for the
Future. – 2025. – Т. 1. – С. 72-75.
9.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KHURSHEDOVICH A. A. TOURISM CLUSTERS IN

THE DIGITAL ECONOMY //International Conference on Adaptive Learning Technologies. –
2024. – Т. 5. – С. 133-141.
10.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KUVONCH R. EXPANSION OF THE SERVICE

SECTOR IN THE CONTEXT OF INNOVATIVE CHANGES IN UZBEKISTAN //Gospodarka i
Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 90-98.
11.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., ALIASKAR M. IMPORTANT ASPECTS OF THE

THEORY AND METHODOLOGY OF MEASURING SOCIAL CAPITAL //Miasto Przyszłości. –
2024. – Т. 49. – С. 167-174.
12.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., MUROD S. DIGITALIZATION OF SOCIAL

TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SERVICE SECTOR //Gospodarka i
Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 80-89.
13.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., FIRUZA A. ECOTOURISM AS A TOOL FOR

SUSTAINABLE DEVELOPMENT AND POVERTY REDUCTION //International Conference on
Adaptive Learning Technologies. – 2024. – Т. 5. – С. 123-132.
14.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. SUBHONZODA SH THE EXPERIENCE OF OTHER

COUNTRIES IN THE LEGAL REGULATION OF ECOTOURISM //BOSHQARUV VA ETIKA
QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 122-131.
15.

SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S., TOLIBOVNA T. D. P. O. F. S. B. AS A FACTOR

IN THE DEVELOPMENT OF THE COMPETITIVE ENVIRONMENT OF THE NATIONAL
ECONOMY OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of
Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 268-277.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi va O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг ПФ-5611-сонли 2019 йил 5 январдаги “Ўзбекистон Республикасида Туризмни жадал ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармони. 1-Илова. [Электрон ресурс]. – Кириш йўли: https://lex.uz/docs/4143188

Muxammedov M.M., Zaynalov J.R., Normurodov U.N., Ayubov I.I., Xalikov Y.M. Iqtisodiyot nazariyasi . Darslik. – SamISI, 2022. B. 354-361.

Мирзаева Ш. Н. и др. Локальные Международные Глобальные Рынки: Интеграция И Развитие //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2025. – Т. 16. – С. 87-91.

Мирзаева Ш. Н., Ворисов Ш. Д. ЦИФРОВИЗАЦИЯ ЭКОНОМИКИ: ВЫЗОВЫ И ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ МАЛОГО БИЗНЕСА //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2025. – Т. 16. – С. 40-43.

Мирзаева Ш. Н., Назаров Н. Б. У. СБАЛАНСИРОВАННОЕ РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА, ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ И ИХ ВЛИЯНИЕ НА ЭКОНОМИКУ УЗБЕКИСТАНА //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2025. – Т. 16. – С. 44-47.

Мирзаева Ш. Н., Ашуров С. З. Анализ Инвестиционного Климата В Узбекистане, Состояние И Перспективы //GlobalBiz Summit: Business and Economic Strategies for the Future. – 2025. – Т. 1. – С. 72-75.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KHURSHEDOVICH A. A. TOURISM CLUSTERS IN THE DIGITAL ECONOMY //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2024. – Т. 5. – С. 133-141.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KUVONCH R. EXPANSION OF THE SERVICE SECTOR IN THE CONTEXT OF INNOVATIVE CHANGES IN UZBEKISTAN //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 90-98.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., ALIASKAR M. IMPORTANT ASPECTS OF THE THEORY AND METHODOLOGY OF MEASURING SOCIAL CAPITAL //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 49. – С. 167-174.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., MUROD S. DIGITALIZATION OF SOCIAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SERVICE SECTOR //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 80-89.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., FIRUZA A. ECOTOURISM AS A TOOL FOR SUSTAINABLE DEVELOPMENT AND POVERTY REDUCTION //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2024. – Т. 5. – С. 123-132.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. SUBHONZODA SH THE EXPERIENCE OF OTHER COUNTRIES IN THE LEGAL REGULATION OF ECOTOURISM //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 122-131.

SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S., TOLIBOVNA T. D. P. O. F. S. B. AS A FACTOR IN THE DEVELOPMENT OF THE COMPETITIVE ENVIRONMENT OF THE NATIONAL ECONOMY OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 268-277.