Авторы

  • Sayyora Rozikova
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
  • Marjona Musurmonova
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.80284

Ключевые слова:

O‘zbek tili ma’naviyat va ma’rifat ta’lim e’tibor millat muloqot vositasi internet xalq urf-odatlar.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tilining dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni va ahamiyati, shuningdek, ona tilimizning ko‘rki, millat uchun naqadar zarur ekanligi, ona tilimizning rivoji uchun davlat tomonidan berilayotgan e’tibor bayon qilingan. Tilning ijtimoiy hayotda ahamiyati katta bo‘lib, u muloqot vositasi, madaniyatni saqlovchi, ijtimoiy idinfikatsiyani shakllantiruvchi muhim elementdir.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

131

IJTIMOIY HAYOTDA O‘ZBEK TILINING O‘RNI

Rozikova Sayyora Xabibullayevna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi

o‘qituvchisi, sayyoraroziqova877@gmail.com

Musurmonova Marjona Yusuf qizi

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabasi

email:marjonamusurmonov2006@gmail.com telefon raqam: +998 90 748 78 19

https://doi.org/10.5281/zenodo.15260855

Annotatsiya

: Ushbu maqolada o‘zbek tilining dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni va

ahamiyati, shuningdek, ona tilimizning ko‘rki, millat uchun naqadar zarur ekanligi, ona
tilimizning rivoji uchun davlat tomonidan berilayotgan e’tibor bayon qilingan. Tilning ijtimoiy
hayotda ahamiyati katta bo‘lib, u muloqot vositasi, madaniyatni saqlovchi, ijtimoiy
idinfikatsiyani shakllantiruvchi muhim elementdir.

Kalit so‘zla

r: O‘zbek tili, ma’naviyat va ma’rifat, ta’lim, e’tibor, millat, muloqot vositasi,

internet, xalq, urf-odatlar.

Kirish

: Bilishimiz mumkin bo‘ladiki til – millat qiyofasining bir bo‘lagi, ko‘rki hisoblanadi.

Dunyodagi barcha xalqlar o‘zining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Chunki bu xalqning
milliy mustaqilligi bilan bog‘liq. Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, bugungi kunda har
ikki haftada bitta til yo‘qolib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘sha tilda so‘zlashuvchi xalqlarning
yo‘qolishini anglatadi.

YUNESKO vakillarining so‘zlariga qaraganda, qachonlardir odamlar so‘zlashadigan

tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagacha yetgan bo‘lsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta
til mavjud bo‘lib, ularning 90 foizi yo‘qolib ketish arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya
tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda so‘zlovchi
aholining ayrimlari yozuvga ega bo‘lsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida
so‘zlashuvchi aholining 80 foizi hamon o‘z yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta’lim
tizimida foydalanishning imkoniyati yo‘q. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku
aytmasa ham bo‘ladi. Chunki yangi texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ayrim xalqlar o‘z
tillaridan ko‘ra zamonaviy tillardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. Bugun Internet tilining
81 foizi ingliz tiliga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, avvallari ham tillar paydo bo‘lgan, muammolada bo‘lib,
ma'lum vaqtdan so‘ng yo‘q bo‘lib ketgan. Lekin hozirgidek tillarning jadallik bilan yo‘qolishi
tarixda kuzatilmagan. Yo‘qolib ketish xavfida bo‘lgan tillarning saqlab qolish yo‘lida amalga
oshirilayotgan sa’y-harakatlarning asosiy maqsadi ham madaniyatlar va tillar xilma-xilligini
ta’minlashdan iboratdir. Chunki aynan til tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari
saqlanib qoladi, sayyoramizda yashayotgan xalqlarning o‘tmishi va madaniyati hurmat qilinadi.

Tilshunoslar yo‘qolib ketish arafasida turgan tillarni saqlab qolishning imkoniyatlari

hozircha qo‘ldan boy berilmaganini aytishadi. Tillarni saqlab qolish uchun esa, BMT
ekspertlarining fikricha, bu tillardan ta'lim tizimida keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish kerak.
Lingvist olimlarning fikricha, yana 25 yildan so‘ng hozir muamolada bo‘lgan tillarning
o‘ntasidan bittasi amalda bo‘lishi mumkin bo‘ladi.Til – millatning ma'naviy boyligi va ko‘rki
hisoblanadi. Til nafaqat muammola vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning
turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga hurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

132

muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-
quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib
yashaydi. Barcha tillarni tan olish va hurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu
sababli ham har bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladi. XXI asr o‘rtalariga borib,
Xitoy tili asosiy til bo‘lib olishi mumkin. Olimlarning fikricha, til yashab qolishi uchun undan
kamida bir million kishi so‘zlashishi kerak ekan. Biroq bunday tillar dunyoda atigi 250 tadir.
O‘zbek tili ham mana shu 250ta tilning ichida ekani quvonarli, albatta. Shuni aytishimiz mumkin
bo‘ladiki, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har
qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o‘z ifodasini topadi.

Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili ta’sirida

shakllangan. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol
qoldirgan. Bugungi kunda jahonning barcha mamlakatlarida davlatimiz delegatsiyalari tashrifi,
yoshlarimiz yutuqlari, sportchilarimiz g‘alabalari sharafiga o‘zbek tilida madhiyamiz
kuylanayotir. Biz o‘z ona-tilimizni asrab-avaylashimiz, uning nufuzini oshirishimiz, go zal va
sofligini avlodlarga meros sifatida qoldirishimiz, dunyoga tanitishda o‘z hissamizni
qo‘shishimiz kerak. “Til yashasa, millat yashaydi”. Agar biz o‘z tilimizning ko‘rkamligi, boyligini
dunyoga tarannum etsak, millatimiz yanada charog’on bo‘ladi va birligimiz mustahkam bo‘ladi.
Zero, rus tarixchisi Shobelev aytganidek ,“Millatni yo‘q qilish uchun u yerga qurol ko‘tarib
borish shart emas, uning tilini, ma’naviyatini, adabiyotini yo‘q qilish kerak, shunda millatning
o‘zi yo‘q bo‘lib ketadi” degan fikri naqadar to‘g’ri ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Xulosa

: Bizning ona tilimiz mana shunday jozibadorki, dunyoda tilimizga muqoyasa bo‘la

oladigan hech bir til topilmas. Biz ona tilimiz bilan faxrlanmog’imiz lozim. Tilimizning zarhal
harflar bilan bitilgan so‘zlaridan unumli foydalanishimiz kerak. Uni ko‘zimizga to‘tiyo bilib
tilimizning vajohatlli to‘lqinlaridan omon saqlab qirg’oqqa, ya’ni el orasiga go‘zal qilib
yetkazishimiz lozim. Mahmud Qoshg’ariy o‘zining ,,Devonu lug’otit turk’’ asarida ,,Arab tili va
turk tilini xuddi poyga qilib chopayotgan ikki uloqchi ot singaridir’’-deb yozgan edilar. Shunday
qilib, o‘zbek tilini rivojlantirish faqatgina tilshunos olimlar, shoir-u fuzalolarning ishi emas,
balki mana shu yurtda yashab, shu yurtning tuzini totib yashayotgan, yutug’idan faxrlanib ,,bu
mening vatanim’’ degan har bir insonning vazifasi hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ibrohim Haqqul. “Mushohada yog‘dusi”. T- 2009

2.

M. Hamrayev “Hozirgi o'zbek tili”.

3.

“Hozirgi zamon o‘zbek tili leksikasi. Fonetika, grafika va orfografiya, morfologiya”.

Toshkent: 1957. 528-bet.
4.

Habibullayevna,R.S.(2022).O‘zbek

tilining

lug‘t

boyligi.Galaxy

International

Interdisciplinary Research Journal,10(6),
5.

Khabibullayevna, R.S.(2021).HISTORY OF NAMING OF UZBEK LITERARY

LANGUAGE.ResearchJet Journal of Analysis and Inventions,2(06).

Библиографические ссылки

Ibrohim Haqqul. “Mushohada yog‘dusi”. T- 2009

M. Hamrayev “Hozirgi o'zbek tili”.

“Hozirgi zamon o‘zbek tili leksikasi. Fonetika, grafika va orfografiya, morfologiya”. Toshkent: 1957. 528-bet.

Habibullayevna,R.S.(2022).O‘zbek tilining lug‘t boyligi.Galaxy International Interdisciplinary Research Journal,10(6),

Khabibullayevna, R.S.(2021).HISTORY OF NAMING OF UZBEK LITERARY LANGUAGE.ResearchJet Journal of Analysis and Inventions,2(06).