ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
125
RUS VA O‘ZBEK TOPONIMIK AFSONALARDA MOTIVLAR TIPOLOGIYASI
Axmedova Madinabonu Maxmudjonovna
«Chet tillar -2» kafedrasi dotsenti v.b.
Toshkent amaliy fanlar universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15259194
Annotatsiya
: Maqolada rus va o‘zbek toponimik afsonalarda motivlar tipologiyasi ko’rib
chiqildi. Motiv afsona syujetini shakllantiruvchi poetik detaldan tashqari, kompozision tuzilish
hamda badiiy xususiyatni chambarchas bog‘lovchi muhim poetik unsur vazifasini bajaradi.
Kalit so'zlar
: toponimik afsonalar, motiv, xususiyatlar, syujet, folklor.
Dunyoda xalqlarning o‘zlari yashayotgan geografik hududlarining paydo bo‘lish tarixini
og‘zaki epik izohlash an’anasi mavjud. Har bir xalq o‘z yurtini qay tariqa paydo bo‘lganligi, bu
yerlarga ajdodlari qachonlardan kelib qolganligini izohlash maqsadida turli fasonalarni
yaratganlar. Toponimik xarakter kasb etuvchi bunday afsonalar syujetida, odatda, biror avliyo
yoki muqaddas shaxslarning ma’lum karomatlar ko‘rsatishi bilan izohlanuvchi motivlar
yetakchilik qiladi. Shunday afsonalarni biz ruslarining tarixiy o‘tmishi va shu yerlarda
o‘rnashib qolishini izohlovchi afsonalarda ham ko‘ramiz.
Sharqiy Sibirning joylashishi va rivojlanishi haqidagi rus afsonalari, Sibir mintaqasining
Rossiya davlatiga qo‘shilishining tarixiy jarayonini aks ettiradi. Qishloqlarning barpo etilishi,
birinchi ko‘chmanchilar haqidagi qadimgi rus odamlarining hikoyalarida folklor an’analariga
ma’lum bo‘lgan syujet va sabablarning yetarli darajada to‘liqligi, afsonalarning arxaik shakllari
mavjudligi: bular qishloqlarni barpo etish sabablari, bitta, ikkita yoki bir guruh
ko‘chmanchilar bilan; ixtiyoriy, majburiy yoki zo‘ravonlik bilan ko‘chirish sabablari, rus
ko‘chmanchilarining buryatlar bilan birinchi uchrashuvi sababi va boshqa hodisalarni poetik
izohlashga qaratilgan [3]. Shunday afsonalarni o‘zbek folklorida ham uchratamiz.
Folklorshunos U.Sattorovning ta’kidlashicha, muayyan urug‘-qabilaning kelib chiqishi va
ularning yashash manzillari shu urug‘ nomi bilan atalish sabablarini izohlagan afsonalar
etnonimik afsonalar sifatida baholanmog‘i lozim. Olim toponimik afsona va rivoyatlarni
tasniflar ekan ularni asosiy olti guruhga ajratadi:
1) yangi yerlarning o‘zlashtirilishi va aholi yashaydigan joylarning vujudga kelishi
haqidagi afsona va rivoyatlar;
2) mamlakatimiz hududining geografik tuzilishi va relyefining ko‘rinishini izohlovchi
afsona va rivoyatlar;
3) tabiiy va tarixiy obidalarning qurilishi to‘g‘risidagi afsona va rivoyatlar;
4) urug‘-qabilalarning joylashishi va migratsiyasi haqida ma’lumot beruvchi afsona va
rivoyatlar;
5) ajdodlarimizning bosqinchilarga qarshi ozodlik uchun olib borgan kurashini aks
ettiruvchi afsona va rivoyatlar;
6) muqaddas qadamjolar va mozorlarning vujudga kelishi to‘g‘risidagi afsona va
rivoyatlar [1].
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
126
Ko‘rinadiki, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi va aholi manzillarning paydo bo‘lishini
izohlashga qaratilgan afsona va rivoyatlar tadqiqotchi tasnifining birinchi guruhini tashkil
etgan.
Masalan, Baykal hududi aholisining tarixiy folklor nasrini tadqiq etgan
Ye.L.Tixonovaning fikricha, “Zamonaviy Buryatiya hududida qayd etilgan afsonalar
qahramonlari birinchi ko‘chmanchilarning turli ijtimoiy guruhlarini ifodalaydi:
1) kasallik yoki qarilik tufayli kashshoflar otryadlarini tark etib, yangi yerlarga
joylashgan kazaklar, shuningdek, yangi tashkil etilgan qamoqxonalarni himoya qilish uchun
yuborilgan va yangi joyda ildiz otgan kazaklar;
2) jazosi «Sibirda yashash» deb belgilangan surgunlar, shuningdek, jazoni o‘tagandan
keyin aholi punktiga surgun qilinganlar;
3) tekin yer izlab Sibirga ketgan ixtiyoriy ko‘chmanchilar;
4) hokimiyat va rasmiy cherkov tomonidan ta’qib va zulmlardan qochgan yoki majburan
ko‘chirilgan zodagonlar;
5) harbiy xizmatdan yashirinib, Sibirga qochib ketgan dezertir ko‘chmanchilar;
6) shifobaxsh buloqlar yaqiniga joylashgan rohiblar va vaqt o‘tishi bilan u yerda aholi
turar-joyi paydo bo’lishi bilan bog’liq” [2].
Olima birinchi Sibir ko‘chmanchilari haqidagi afsonalarga xos belgilarning asosiy
turlarini aniqlaydi. U birinchi ko‘chmanchilar haqidagi afsonalarni tizimlashtirish omillarining
asosiy tarkibiy qismi nimalardan iboratligiga asosiy e’tiborini qaratadi. Sibir toponimik
afsonalarida ham birinchi ko‘chmanchilar buloqlar, suv havzalari yonida o‘troqlashishi motivi
yetakchilik qiladi.
O‘zbek xalq toponimik afsonalarida ham “Avliyo quduq” bilan bog‘liq afsona uchraydi.
Folklorshunos U.Sattorovning doktorlik dissertatsiyasida ayni shunday afsona tahlilga
tortiladi. “Aytishlaricha, bir ayolning bolasiga chilla tushibdi. Ayol kecha-yu kunduz tinimsiz
azoblangan bolaning dardiga qandaydir malham topishni bilmay qiynalar, xudoga nola qilar
ekan. Bir kuni kechasi ayolning bolasi nogahon tinchib, uyquga ketibdi. Ayol ham endi boshini
yostiqqa qo‘yib ko‘z yumgan ekan, shu vaqt oppoq soqolli nuroniy chol tushiga kirib:
‒ Ey onayi muhtarama, bolangni kunchiqar tomondagi quduq suvidan olib yuvintir. Oq,
ko‘k va qizil latta olib g‘ujum shoxlarga il, suvni senga shu quduq yaqinida yashovchi bir chol
olib bersin, - debdi.
Ona ertangi kunni sabr bilan kutibdi va cholning aytganlarini bajo keltiribdi. Bolasi biroz
vaqtdan keyin butkul sog‘ayib ketibdi. Shifobaxsh suv manbayini bo‘lsa “Avliyo quduq” deb
atay boshlashibdi” [1]. Mazkur afsonada suv kultiga ishonch natijasida maydonga kelgan
sakral motiv keyinchalik joy nomining paydo bo‘lishiga izoh berish vazifasini o‘tagan.
Shunday qilib, O‘zbek va rus joy nomlari bilan bog‘liq afsonalarda arxaik syujetni tashkil
etgan bir necha motivlarni qayd etishimiz mumkin. Bunday motivlarga bir ko‘chmanchi
tomonidan qishloqqa poydevor qo‘yish; qarindoshlik aloqasi bo‘lmagan ikki-uch
ko‘chmanchilar tomonidan qishloq barpo etish; ikki-uch aka-uka tomonidan qishloqqa asos
solish kabilar kiradi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
127
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Сатторов У. Ўзбек халқ топонимик насрининг таснифи ва поэтикаси. Филол.фан.
докт. Дисс. – Тошкент, 2023. – Б. 76-77.
2.
Тихонова Е. Л. Семантика и прагматика фольклорной исторической прозы русских
старожилов байкальского региона. Автореф. канд. филол. наук. – Улан-Уде, 2018. – С. 26.
3.
Қаюмова Г. Миф фольклор жанри сифатида/ “ilm-fan taraqqiyoti: muammolar,
yechim va istiqbollar” mavzusidagi” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya
materiallari/ – Toshkent, 2023.– B.87.