ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
7
GLABALLASHUV JARAYONIDA YOSHLARNING SIYOSIY QARASHLARINI
RIVOJLANTIRISHDA AJDODLAR MA'NAVIY MEROSINING O'RNI VA RO'LI
Inamov Oybek Muxammadalievich
GulDU mustaqil izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15314610
Yoshlar har qanday jamiyatning eng faol va istiqbolli qatlamini tashkil etadi. Ularning
siyosiy qarashlari, e’tiqodlari va faolligi mamlakatning kelajakdagi siyosiy barqarorligi va
rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda yoshlar orasida siyosiy ong va huquqiy
madaniyatni oshirish, ularda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish muhim vazifalardan biridir.
Yurtimizda yoshlarga ularning ta’lim olishi va komil inson sifatida rivojlanish uchun barcha
shart sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasida yoshlar siyosatini rivojlantirish va
ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident tomonidan bir qator farmon va
qarorlar imzolangan. Bularga 2020-yil 30-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6017-son farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-
yil 20-aprel “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, bandligiga ko‘maklashish
va ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ga PF-6208-son farmonlari va
boshqalarni keltirish mumkin. Yoshlarni vatanga muxabbat ruhida tarbiyalash va ularni
ajdodlarga munosib avlod bo‘lib yetishishlari uchun alohida e’tibor qaratish muhim
masaladir. Bugungi glaballashuv jarayonida yoshlarning siyosiy qarashlariga ta’sir qiluvchi
asosiy omillar quyidagilardan iborat:
-ta’lim va tarbiya sifati;
-OAV (ijtimoiy tarmoqlar, televideniye, matbuot) orqali berilayotgan axborot;
-oila va maktabdagi ijtimoiy muhit;
-davlatning yoshlarga nisbatan olib borayotgan siyosati;
-jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy muhit va ishonch darajasi;
Bugungi globallashuv davrida yoshlar ko‘plab manbalar orqali siyosiy axborotga ega
bo‘lmoqda, bu esa ularning qarashlarini har xil shakllantiradi: ayrimlar faol fuqarolik
pozitsiyasiga ega bo‘lsa, boshqalar befarqlikni afzal ko‘radi. Shu boisdan ham yoshlarda
siyosiy madaniyatni shakllantirishda ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari va
davlat muhim rol o‘ynaydi.
Yoshlarning siyosiy qarashlarini shakllantirishda ajdodlarimizning ma'naviy merosi
katta o‘rin tutadi. Bu meros yoshlarga nafaqat tarixiy faxr, balki siyosiy ong va vatanparvarlik
ruhini ham singdiradi. Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek kabi siymolar o‘z davrida
siyosiy, ilmiy va madaniy taraqqiyotga katta hissa qo‘shgan. Ularning faoliyati haqida bilish
yoshlarimizda tarixga nisbatan qiziqish, o‘zligini anglash va milliy g‘urur hissini
shakllantiradi. Bu esa, o‘z navbatida, siyosiy barqarorlik va fuqarolik pozitsiyasining
kuchayishiga olib keladi. Ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan qadriyatlar – adolat, halollik,
boshqalarni hurmat qilish kabi tamoyillar siyosiy qarashlarning asosiy omillaridan biri
hisoblanadi. Ular yoshlarni jamiyatdagi islohotlarga befarq bo‘lmaslikka, faol fuqarolik
pozitsiyasini egallashga undaydi. Ajdodlar merosidan o‘rin olgan odob-axloq, ijtimoiy
mas’uliyat, mehnatsevarlik, boshqalarga yordam qo‘lini cho‘zish kabi qadriyatlar siyosiy
madaniyat asosini tashkil qiladi. Bu qadriyatlar orqali yoshlar siyosiy jarayonlarga ongli
ravishda yondashadi. Ajdodlarimizning asarlari, pand-nasihatlari yoshlarda mustaqil fikr
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
8
yuritish, tanqidiy fikrlash va ijtimoiy masalalarga o‘z nuqtai nazaridan qarash ko‘nikmasini
shakllantiradi. Bu esa siyosiy qarashlarning chuqurlashuviga xizmat qiladi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Karimov, I.A. – “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. T. 2008.
2.
Jo‘rayev, M. – “Siyosatshunoslik asoslari”. T. 2010.
3.
G‘ofurov, B. – “Siyosiy tafakkur va zamonaviylik”. T. 2017
4.
Toshtemirov, D. E., Saidov, J. D., & Mamatqulov, S. X. (2019). Technology of creating
modern electronic educational resources. Bulletin
of Gulistan State University
,
2019
(1), 67-71.
5.
Toshtemirov, D., Muminov, B., & Saidov, J. (2020). Fundamentals of compilation of
electronic tasks for students to test and strengthen their knowledge of database.
International
Journal of Scientific and Technology Research
,
9
(4), 3226-3228.
6.
Toshtemirov, D. E., & Djumoboyeva, Y. E. (2021). METHODOLOGY OF PROGRAMMING
OF PROBLEMS CONCERNING PYTHON DATABASE.
Bulletin of Gulistan State
University
,
2021
(2), 9-17.
7.
Абдуқодиров, А. А., & Тоштемиров, Д. Э. (2019). Таълим муассасаларида ахборот-
коммуникация технологияларидан фойдаланиш методикаси.
Монография. Гулистон:"
Университет
,
232
.