ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
39
LINGVISTIK EKSPERTIZA TADQIQOTLARINING MANBASI VA MAQSADI
Saidahmadov Shuhrat Baxtiyor o'g'li
Innovatsion texnologiyalar universiteti assistent o'qituvchisi
shuhratsaidahmadov@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15332453
Lingvistik ekspertiza tadqiqotlarining manbasi, obyekti va predmeti
Lingvistik ekspertiza ilmiy-amaliy tadqiqot turi bo‘lib, muayyan manbaga tayangan holda
oʻtkaziladi. Tadqiqotning obyekti va predmeti belgilab olingandan keyin ekspertiza jarayoni
boshlanadi.
Lingvistik ekspertizaga taqdim etilgan material
tadqiqot manbasi
sifatida xizmat qiladi.
Matn, audio yoki videoyozuvlar, matnli rasmlar va boshqa materiallar lingvistik ekspertizaga
tadqiqotlari manbasi bo‘la oladi. Lingvistik ekspertizaga tadqiqotlari bitta manbaga yoki bir
necha manbaga asoslangan holda o‘tkazilishi mumkin. Tadqiqot manbasi bo‘lib xizmat
qiladigan material lingvistik ekspertizaning hajmini belgilashga xizmat qiladi. Lingvistik
ekspertiza tadqiqotlarini olib borish uchun tadqiqot manbasi (taqdim etilgan material) oʻqish
(matn), eshitish (audioyozuv) yoki koʻrish (videoyozuv, rasm) uchun yaroqli holda boʻlishi
lozim. Manba butunlay yoki qisman yaroqsiz boʻlsa lingvistik ekspertiza oʻtkazilmasligi ham
mumkin. Lingvistik ekspertizada quyidagi hollarda tadqiqot manbasi – taqdim etilgan material
toʻliq yoki qisman yaroqsiz deya baholanishi mumkin:
1.
taqdim etilgan matnni oʻqish imkoni boʻlmasa (qoʻlyozma matnlarda dastxatning yomon
boʻlishi, bosma matnlarda printerning sifatsizligi);
2.
audioyozuv yoki videoyozuvdagi ovozni eshitib tushinish imkoni boʻlmasa (ovozning
pastligi, shovqinli joyda yozib olinganligi, yozuv apparatining sifatsizligi kabi);
3.
shakliy lingvistik ekspertizaga (tahrirlash uchun) taqdim etilgan matnda haddan tashqari
koʻp imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa;
4.
mazmuniy lingvistik ekspertizaga taqdim etilgan matn mantiqsiz va mazmunsiz qilib
tuzilgan boʻlsa.
Ba’zi hollarda lingvistik ekspertizaga taqdim etilgan matndagi izohi soʻralayotgan soʻz
xato yozilgan boʻlishi va aynan xato variant boshqa ma’noni ifodalashi mumkin. Ayrim hollarda
matn tuzuvchi soʻzlarning ma’nosini aniq tushunmay yozma nutqida nazarda tutilgan soʻzning
xato variantidan foydalangan boʻlishi ham mumkin. Bunday holda mazkur soʻz birikib
kelayotgan soʻzlar bilan birga tahlilga tortiladi. Boshqa soʻzlar bilan birikuvchanlik
imkoniyatiga qarab jumla tuzuvchining qaysi soʻzni nazarda tutayotganligini bilib olish
mumkin. Masalan, shaxsga nisbatan qoʻllanilganda haqorat ma’nosioni ifodalashiga koʻra
harom
soʻzi bilan
haromi
soʻzlari bir-biridan farqlanadi.
Demak, tadqiqot manbasining yaroqli va tushunarli boʻlishi lingvistik ekspertiza
tadqiqotining xolisligi va aniqligini ta’minlaydi.
Lingvistik ekspertizaga taqdim etilgan materialning, ya’ni manbaning biror qismi yoki
butun holda
tadqiqot obyekti
boʻlishi mumkin. Tadqiqot obyekti zaruriyatga qarab lingvistik
ekspertiza buyurtmachisi yoki ekspert tomonidan belgilanadi. Manbaning (matn, audio yoki
videoyozuvlar, matnli rasmlar) biror qismi, biror jumla yoki muayyan so‘z obyekt sifatida
belgilanib, tadqiqot ishlari olib boriladi. Ekspertga taqdim etilgan kriminalingvistik
tadqiqotlarda belgilangan obyekt doirasidagina ish olib boorish kerak. Jumladan, inson sha’ni
va qadr-qimmatini tahqirlovchi yoki haqorat so‘zlar mavjudligini aniqlash bo‘yicha taqdim
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
40
etilgan matn tadqiqot manbasi bo‘lsa, izohi so‘ralayotgan jumla yoki so‘z tadqiqot obyekti
hisoblanadi. Ekspert (mutaxassis) tadqiqot obyektidan tashqariga chiqmasligi lozim, ya’ni
manbadagi boshqa jumlalarni izohlashga hojat yo‘q. Masalan, ikki shaxs (A va B shaxslar)
orasidagi suhbatda A shaxsga tegishli nutq birliklari tadqiqot obyekti sifatida belgilangan
boʻlsa, B shaxsning nutqiga oid birliklar tahlilga tortilmaydi. Agarda ekspert oldiga butun
matndagi inson sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlovchi yoki haqorat so‘zlarni aniqlash vazifasi
qo‘yilgan bo‘lsa, unda tadqiqot obyekti kengayadi va barcha (A va B shaxslarga tegishli) jumla
va so‘zlarning ma’nosi o‘rganiladi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining lingvistik
ekspertizasida ko‘pincha tadqiqot manbasi bilan tadqiqot obyekti teng keladi. Normativ-
huquqiy hujjat matnlarining izohi bilan bogʻliq ekspertizalarda matnning muayyan qismi
obyektga olinadi. Tadqiqot obyekti manbaning biror qismi boʻlsa-da, mutaxassis-ekspert butun
manba bilan tanishib chiqishi maqsadga muvofiq. Chunki boshqa qismlar obyektga olingan
qismga ta’sir koʻrsatishi yoki unga sababchi boʻlishi mumkin. Albatta bunday holatlar ham LE
xulosasida e’tiborga olinishi lozim.
Lingvistik ekspertizaga tadqiqotlarining predmeti esa nimani aniqlash, nimani tahrirlash
(tuzatish) yoki nimani izohlash kerakligidir. Yuqoridagi kabi inson sha’ni va qadr-qimmatini
tahqirlovchi yoki haqorat so‘zlar mavjudligini aniqlash bo‘yicha taqdim etilgan matndagi inson
sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash yoki haqorat ma’nosini ifodalashi gumon qilinayotgan
so‘zlar yoki jumlalar tadqiqot predmeti hisoblanadi. Aniqlangan holat (mavjudlik yoki mavjud
emaslik) ekspertiza xulosasida aks etadi. Tadqiqot predmeti – hal qilinishi lozim boʻlgan
masala, muammo yoki qoʻyilgan savolning javobidir, ya’ni koʻzlangan maqsad tadqiqot
predmetidir, boshqacharoq qilib aytganda tadqiqot maqsad uning predmetni belgilaydi.
Demak, LE tadqiqotining manbasi taqdim etilgan material bo‘lsa, uning obyekti
materialning biror bo‘lagi, qismi (ayrim hollarda to‘liq material) hisoblanadi. Tadqiqot obyekti
ustida olib boriladigan tekshiruvning mazmun-mohiyati esa uning predmetidir. LEda asosiy ish
tadqiqot predmeti bilan bog‘liq, biroq bajariladigan ish tadqiqot pretmetidan tashqariga chiqib
ketmasligi kerak.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Баранов А.Н. Лингвистическая экспертиза текста: теория и практика: Учебное
пособие. — М.: Флинта: Наука, 2007. Стр. 5
2.
Кўчимов Ш. Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳаларини лингвистик
экспертизадан ўтказиш. Методик қўлланма. Т.: Ўзбекистон Республикаси Адлия
вазирлиги Юристлар малакасини ошириш маркази. 2022. -26 б.
3.
Musulmonova K.X. Oʻzbek tili yozma matnlarini lingvistik ekspertiza qilish jarayoni,
bosqichlari va metodlari: Filol. fan. boʻyicha fals. dokt. (PhD) ...diss. – Qoʻqon, 2022.
4.
Oʻrozov J.N. Oʻzbek tili lingvokriminalistikasi: monografiya. – Toshkent: “Bookmany print”
nashriyoti, 2023.