ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
36
9-SINFLARDA “MODDALAR ALMASHINUVI” MAVZUSINI O’QITISHDA
INTERFAOL METODLAR VA TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
ORQALI DARSNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Xusanova Dilorom Nurmatjon qizi
Komilova Arofatoy kozimjon qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15331987
Annotatsiya:
Ushbu maqolada 9-sinflarda “Moddalar almashinuvi” mavzusini o’qitishda
interfaol metod va ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda darsni tashkil etish,
o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning biologiya faniga bo’lgan qiziqishlarini
orttirish va darsning samaradorligini oshirish yo’llari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar:
moddalar almashinuvi, metabolizm, assimilyatsiya, plastik almashinuv,
dissimilyatsiya, energiya almashinuvi, biosintez, “Beshinchisi ortiqcha” metodi, “BBB” metodi,
“Insert” metodi.
Kirish.
Dars - maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi
doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga
yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir.
Mavzuni tushuntirishdan avval o’quvchilarga “BBB” metodini qo’llagan holda topshiriq
berdim.
Topshiriq 1.
Tayanch
tushunchalar
Bilaman
Bilishni
xoxlayman
Bilib oldim
Moddalar
almashinuvi
Plastik almashinuv
Energetik
almashinuv
Biosintez
ATF
O’quvchilar bilish darajasiga qarab yuqoridagi jadvalni to’ldirdilar. Ya’ni dasrni
boshlashdan avval jadvalning birinchi va ikkinchi ustunini to’ldirdilar. Birinchi ustunga yangi
mavzu o’tilmasidan avval berilgan tushunchalar haqida nimalarni bilsa, shuni yozdilar.
Ikkinchi ustunga yuqoridagi tushunchalar haqida nimalarni bilishini xoxlaydi, shuni yozdilar.
Uchinchi ustunni esa darsning so’nggida to’ldirdilar. Bu ustunga dars davomida nimalarni
bilib oldi, shu haqida yozishdi.
Darsni boshlagandan so’ng o’quvchilarga mavzu to’g’risida qisqacha ma’lumot berdim
va mavzu o’quvchilarga yanada tushunarli bo’lishi ular tasavvurining to’g’ri shakllanishi
uchun taqdimotdan foydalandim.
O’quvchilar moddalar almashinuvi to’g’risida ma’lumotga ega bo’lganidan so’ng,
“Beshinchisi ortiqcha” metodidan foydalangan holda mavzuni mustahkamlash va o’tilgan
mavzuni qisqacha takrorlash o’quvchilarning faolligini orttirishga katta yordam berdi.
Metoddan foydalanish tartibi:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
37
1. O’quvchilarga 5 ta tushuncha berdim. Ulardan 4 tasi mavzuga oid va 1 tasi mavzudan
tashqari tushuncha.
2. O’quvchilar mavjud 5 ta tushunchadan qaysi biri ortiqcha ekanligini topib uni chiqarib
tashlashi va nima sababdan bunday qilganligini asoslab ko’rsatib berishlari kerak bo’ladi.
Misol: metabolizm, anabolizm, akseleratsiya, katabolizm, biosintez.
Topshiriq 2.
Yuqorida keltirilgan tushunchalardan qaysi biri ortiqcha va nima uchun?
Javob: mazkur qator uchun akseleratsiya so’zi ortiqcha. Chunki, u bu mavzuga oid
tushuncha emas.
O’quvchilar darsni yanada yaxshiroq o’zlashtirishlari uchun youtubedan moddalar
almashinuviga oid bo’lgan video dars qo’yib berdim. So’ngra ayrim o’quvchilarni turgizib,
video darsni ko’rish mobaynida nimalarni tushunganiligini qolgan o’quvchilarga gapirib
berishlarini so’radim. Bu usul ham mavzuni mustahkamlashga ancha yordam berdi.
O’quvchilar mavzuni qay darajada tushunganligini aniqlash uchun “Insert” metodidan
foydalandim.
Metoddan foydalanish tartibi:
Yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matnni o’quvchilarga tarqatdim. O’quvchilarga
individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o’z shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali
ifodalashlarini aytdim. Matn bilan ishlashda o’quvchilarga quyidagi maxsus belgilardan
foydalanishni tavsiya etdim.
Topshiriq 3.
1-matn
Tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy moddalar xilma-xil reaksiyalar
natijasida doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu jarayon
moddalar almashinuvi
yoki
metabolizm
deb ataladi. Moddalar almashinuvi tirik organizmning yashashi, o‘sishi, hayot
faoliyati, ko‘payishi va tashqi muhit bilan doimo aloqada bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa tirik
organizmlarning o‘zini o‘zi yangilashga, o‘ziga o‘xshash nasl qoldirishga olib keladi, ularning
yashashi uchun zarur shart hisoblanadi.
2-matn
Moddalar almashinuvi jarayonida tirik organizm tashqi muhitdan turli-tuman
moddalarni qabul qiladi. Hayotiy hodisalar asosan moddalar almashinuvi tufayli namoyon
bo‘ladi. Moddalar almashinuvi bir-biriga qarama-qarshi, lekin o‘zaro bog‘langan ikki jarayonni
o‘z ichiga oladi. Bular
assimilyatsiya
(anabolizm, plastik almashinuv) va
dissimilyatsiya
(katabolizm, energetik almashinuv) reaksiyalaridan iborat. Moddalar almashinuvi
organizmda ikkita: qurilish va energetik funksiyalarni bajaradi.
3-matn
Parchalanish reaksiyalarining yig‘indisi hujayrada
energiya almashinuvi
yoki
dissimilyatsiya
deyiladi. Dissimilyatsiya assimilyatsiyaga qarama-qarshi, lekin o‘zaro
chambarchas bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Chunki, har qanday assimilyatsiya reaksiyalari
uchun energiya sarflanishi kerak, bu energiya esa dissimilyatsiya reaksiyalari natijasida hosil
bo‘ladi.
Belgilar 1-matn 2-matn 3-matn
“V” – tanish ma’lumot
“?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izohlang
“+” – bu ma’lumot men uchun yangilik
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
38
“-“ – bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman?
Belgilangan vaqt yakunlangach, o’quvchilar uchun notanish va tushunarsiz bo’lgan
ma’lumotlarni tahlil qilib, izohlab, ularning mohiyatini to’liq yoritib berdim. O’quvchilar
tomonidan berilgan savollarga javob berdim va mashg’ulotni yakunladim.
Xulosa.
Biologiya darsini tashkil etishda yuqoridagi kabi interfaol metodlar va
texnologiyalardan foydalanganligim sababli, o’tilgan darsning samaradorligi oshdi va
o’quvchilarning qiziqishi yuqori darajada bo’ldi. Yana o’quchilarning mustaqil fikrlash va
guruhlarda ishlash qobiliyati ham yaxshi rivojlandi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A. Zikriyayev, A. To’xtayev, I. Azimov, N. Sonin - “ 9-sinf Biologiya darsligi”. Toshkent,
2019.
2.
Sh.S. Shoimova, M.K. Xoshimova, Sh.R. Mirzayeva, M.M. Qoziboyeva - “ Ta’lim
texnologiyalari”. Toshkent, 2020.
3.
Sh.Q. Mardanov, A.Q. Raxmatullayeva - “ Biologiya o’qitish texnologiyalari va loyihalash”.
Toshkent, 2020.
4.
Sh.S. Turdiyev – “Ta’lim texnologiyalari va interfaol metodlar”. O‘zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim vazirligi.
5.
A. Abduqodirov – “Pedagogik texnologiyalar: nazariya va amaliyot”.
6.
M. Yuldashev, T. Jo‘rayev – “Innovatsion pedagogik texnologiyalar”.
7.
U. A. Islomov- “Axborot texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik asoslari”.