Авторы

  • Dilorom Abdumalikova
    IIV Jizzax akademik litseyi ingliz tili o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.83504

Ключевые слова:

frazeologiya (frazematika) frazeologizm (frazema) idiomatika idiofrazeomatika frazeomatika.

Аннотация

Mazkur tezis materialida frazeologiya fanining mustaqil fan sifatida shakllanishi, jahon va o’zbek frazeolog olimlarining frazeologiya terminiga munosabati hamda frazeologiya fanining maxsus bo’limlari haqida qisqacha bayon etilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

21

FRAZEOLOGIYA FANINING MAXSUS BO’LIMLARI

Abdumalikova Dilorom Sobirjon qizi

IIV Jizzax akademik litseyi ingliz tili o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15321528

Annotasiya:

Mazkur tezis materialida frazeologiya fanining mustaqil fan sifatida

shakllanishi, jahon va o’zbek frazeolog olimlarining frazeologiya terminiga munosabati hamda
frazeologiya fanining maxsus bo’limlari haqida qisqacha bayon etilgan.

Kalit so’zlar:

frazeologiya (frazematika), frazeologizm, (frazema), idiomatika,

idiofrazeomatika, frazeomatika.

Аннотация.

В данном материале кратко описывается становление фразеологии

как самостоятельной науки, отношение мировых и узбекских фразеологов к термину
фразеология и специальным разделам фразеологии. Ключевые слова: фразеология
(фразематика),

фразеологизм,

(фразема),

идиоматика,

идиофразеоматика,

фразеоматика.

Annotation.

This material briefly describes the formation of phraseology as an

independent science, the attitude of world and Uzbek phraseologists to the term phraseology
as well as special sections of phraseology.

Key words:

phraseology (phrasematics), phraseological unit, (phraseme), idiomatics,

idiophraseomatics, phraseomatics.


Ma’lumki, tilshunoslik maydonida frazeologiya umumiy tilshunoslikning yirik

bo’limlaridan biri leksikologiyaning bir qismi sifatida o’rganilgan. Ammo, frazeologiyaning
o’rganish obyekti hisoblangan frazeologik birliklarning o’ziga xos xususiyatlari
leksikologiyaning obyekti hisoblangan leksik birliklar bilan bir nazariyaga to’liq mos emasligi,
frazeologik birliklarni keng qamrovda o’rganishga bo’lgan ehtiyoj, tilshunoslikda
frazeologiyaga bo’lgan yuksak qiziqish natijasi o’laroq paydo bo’lgan salmoqli frazeologik
tadqiqot ishlari frazeologiyaning alohida mustaqil fan sifatida shakllanishiga sabab bo’ldi. Bu
jarayonning boshlanish nuqtasi rus tilshunosi E.D.Polivanov nomi bilan bog’liq bo’lib, u
frazeologiyani leksikologiya yoki stilistikaning tarkibiy qismi emas balki mustaqil tilshunoslik
bo‘limi ekanligini quyidagicha asoslab bergan edi: “Leksikologiya so‘zlarning leksik
ma’nolarini, morfologiya so‘zlarning grammatik ma’nolarini, sintaksis esa so‘z birikmalarining
grammatik ma’nolarini o’rganadi. Ammo alohida olingan, ko‘chma ma’noli so‘z
birikmalarining, individual ma’nolarini o‘rganadigan tilshunoslikning bo‘limiga ehtiyoj
sezilmoqda.” [4, 56] E.D.Polivanovdan so’ng B.A. Larin, V.V. Vinogradov, A.V Kunin,
I.A.Smirnitskiy, S.I.Abakumov, A.I Yefimov, A Y. Rojanskiy, H.M. Shanskiy, T.N. Fedulenkova
kabi rus tilshunoslari ham frazeologiyaning mustaqil lingvistik soha sifatida rivojlanishiga o’z
hissalarini qo’shdilar. O’zbek frazeologiyasining asoschisi Sh. Rahmatullayev hisoblanib, u
birinchilardan bo’lib o‘zbek tilshunosligiga “frazeologiya” va “turg‘un birikmalar”
tushunchalari, ularni tahlil qilishning asosiy qonuniyatlarini olib kirgan. [1, 25]. Shuningdek,
o’zbek frazeologiyasining shakllanishi va rivojlanishi S.Kenesboyev, Y.Pinxasov, G.Bakiyeva,
B.Yo’ldoshev, A.Mamatov, G’.Salomov nomlari bilan chambarchas bog’liq.

Frazeologiya sohasi mustaqil fan sifatida shakllanar ekan, frazeologik birliklarni

chuqurroq o’rganish, tahlil qilish, turli tizimlar doirasida muqoyasa qilish natijasida
frazeologiyaga oid ko’plab masalalar o’z yechimini topa boshladi. Darhaqiqat, frazeologiyani


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

22

o’rganish jarayonida, mazkur terminni almashtirish borasida takliflar ham kiritildi. Xorij
tilshunosligida “frazeologiya” terminini “idiomatika” termini bilan almashtirish taklifi
E.D.Polivanov [4, 90] tomonidan ilgari surilgan bo’lsa, o’zbek tilshunosligida frazeologik
birliklarni o’rganuvchi mustaqil fan “frazemika” termini bilan yurilishi lozimligini
Sh.Rahmatullayev [2, 420] qayd etgan. Frazeologiya fani A.V.Kunin tomonidan 3 bo’limga
ajratiladi va tilshunos bo’limlarni quyidagicha nomlaydi: “Фразеология состоит из трех
разделов: идиоматика, идиофразеоматика (semi-idioms) и фразеоматика. Это деление
основано на различных типах значения фразеологизмов: от более осложненных до
менее осложненных”. [3, 14] Shunday qilib, endilikda frazeologiya sohasining o’zi ham
mustaqil fan sifatida o’z obyektiga, alohida bo’limlariga ega. Aslida A.V.Kuninning
frazeologiyani bo’limlashtirish g’oyasi akademik V.V.Vinogradovning ingliz tili iboralarini
struktur-semantik jihatdan qilingan klassifikatisiyasiga asoslangan. Bunda Vinogradov
klassifikatsiyasiga ko’ra frazeologizmlarning 3 turi (frazeologik butunlik, frazeologik
chatishma va frazeologik qo’shilma) endilikda frazeologiyaning alohida bo’limlarida, mustaqil
obyekt sifatida o’rganilishi ustuvorlik qilmoqda.

Frazeologiyaning dastlabki bo’limi – idiomatikada barqaror kombinatsiyalar ya’ni

idiomalar o’rganiladi. Idiomalar toʻliq yoki qisman qayta talqin qilingan maʼnoga ega
leksemalar bo’lib, bunday frazeologik birliklar struktur jihatdan har xil, ma’no jihatdan yo
motivatsiyali yo motivatsiyasiz bo'lishi mumkin.[3, 15] Idiofrazeomatika bo'limining obyekti
idiofrazeoma birliklari yoki idiofrazeomatizmlar hisoblanadi. Idiofrazeomatizmlar
polisemantik frazeologik birliklar bo’lib, bunday turg'un iboralar, birinchi frazeosemantik
variantlarda komponentlari mavjud, to'g'ridan-to'g'ri, lekin murakkab ma'noga ega bo’ladi,
ikkinchi idiomatik variantlarda esa butunlay metaforik ma’no ifodalaydi. Masalan: “chain
reaction” idiofrazeomatizmining birinchi ma’nosi ilmiy atama bo’lgan zanjir reaksiyasi bo’lsa,
ikkinchi ma’nosi qayta ko'rib chiqish ni bildiradi.

Frazeomatika bo’limga frazematik birliklar (noidiomatik frazeologik birliklar) kiradi.

Bunday turg’un iboralar idiomatik xarakterli bo’lmagan frazemalar bo’lib, ular murakkab
ma'noga egaligi bilan so’z-leksemalardan farq qiladi. Masalan: ingliz tilidagi Dutch
frazeomatizm hisoblanib, bu so’z salbiy ma’noli bir qancha iboralar tarkibida mavjud,
jumladan, Dutch bargain (bir tomonlama foydali bitim), Dutch comfort (biroz tasalli), Dutch
courage (mastlikda qilingan jasorat). Xulosa sifatida davr ruhiga ega bo’lgan frazeologik
birliklarni o’rganuvchi frazeologiya, mustaqil fan sifatida allaqachon shakllangan va bugungi
kunda 3 bo’limga bo’lib o’rganilishi e’tirof etilmoqda.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Rahmatullaev Sh. O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari. (Frazeologik polisemiya,

sinonimiya, antonimiya va omonimlik): Filol.f.doktr...diss. – Toshkent: O‘qituvchi, 1966.- 264 b
2.

Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili (darslik) Toshkent: "Universitet" nashriyoti.

2006. – 464 b
3.

Кунин А.В. Курс фразеологии современного английкого языка. – Москва: Высшая

школа, 1986. – 336 с.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

23

4.

Поливанов Е.Д. Введение в языкознание для востоковедных вузов. Издание

второе. – М., 2002. – 220 с.

Библиографические ссылки

Rahmatullaev Sh. O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari. (Frazeologik polisemiya, sinonimiya, antonimiya va omonimlik): Filol.f.doktr...diss. – Toshkent: O‘qituvchi, 1966.- 264 b

Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili (darslik) Toshkent: "Universitet" nashriyoti. 2006. – 464 b

Кунин А.В. Курс фразеологии современного английкого языка. – Москва: Высшая школа, 1986. – 336 с.

Поливанов Е.Д. Введение в языкознание для востоковедных вузов. Издание второе. – М., 2002. – 220 с.