ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
87
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA “BOSHLANG‘ICH TA’LIM MENEJMENTI”
FANINI O‘QITISHNING ZARURIYATI VA NAZARIY ASOSLARI
Xudayberdiyeva Dilafruz Abidovna
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti dotsenti
Matrasulova Mohinur Ulug‘bek qizi
Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti 1-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15342818
Bugungi ta’lim islohotlari negizida umumta’lim jarayonining boshlang’ch ta’lim
bosqichiga zamonaviy yondashuvlar jamiyat talablariga mos holda yangilanmoqda. Ta’lim
jarayoni kontekstida “Boshlang‘ich ta’lim menejment” - bu ta’lim jarayonining samaradorligini
oshirishga qaratilgan boshqaruvning usullari, tamoyillari, texnologik yondashuv va tashkiliy
shakllari majmuasi sifatida pedagogik kadrlar tayyorlashda ta’lim jarayonining
rejalashtirilishi, takomillashtirilishi va nazorat qilinishiga doir bilimlarni o‘zida aks ettirgan
mustaqil fab sifatida muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, oliy ta’lim muassasalarida
“Boshlang‘ich ta’lim menejmenti” fanining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Boshlang‘ich ta’limni boshqarishning muhim me’yoriy asoslaridan biri bu – hukumat
tomonidan taqdim etilib kelinadigan me’yoriy-huquqiy hujjatlardir. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269 sonli Qarori
1
bilan tasdiqlangan
“Ma’muriy islohotlar dasturi” mamlakatimizda ta’lim tizimini, jumladan, boshlang‘ich ta’lim
bosqichini yuksak texnologik yondashuvlar asosida boshqarish borasida muhim ahamiyat
kasb etadi.
Boshlang‘ich ta’limni boshqarishda “menejment” tushunchasiga tayanish muhim
ahamiyatga ega
2
. “Menejment” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, tashkil etish, boshqarish,
sharoit yaratish, imkoniyatlarni kengaytirish ma’nolarini anglatadi. O‘zbek tilida ushbu atama
ko‘pincha “boshqaruv” so‘zi bilan sinonim sifatida ishlatiladi. “Boshlang‘ich ta’lim
menejmenti” fani — boshlang‘ich sinf ta’lim tizimini samarali tashkil etish, rejalashtirish,
nazorat qilish va baholash tizimini o‘rgatadi. Bu fan orqali bo’lajak pedagoglar:
Yuqoridagi fikrlarimizning tasdig‘I sifatida ta’kidlash o‘rinliki, So‘nggi besh yil davomida
xalq ta’limi tizimini takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratildi. Xususan, “Ta’lim
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi Farmoni, 21.12.2022 yildagi PF-269-son. https://www.lex.uz/docs/-6324756
2
Ҳасанбоев Ж. ва бошқ. Педагогика фанидан изоҳли луғат. – Т.: “Фан ва технология”. 2009 308 - бет.
Bu fan orqali
bo’lajak
pedagoglar:
-boshlang‘ich ta’limning tashkiliy asoslari;
-ta’lim-tarbiyaning boshqaruv mexanizmlari;
-zamonaviy menejment texnologiyalari;
-ta’lim muassasasining ichki faoliyatini tashkil etish uslublari bilan
tanishadilar.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
88
to‘g‘risida” Qonunning yangi tahriri qabul qilindi, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Maktab ta’limini rivojlantirish
sohasida bevosita
17 ta
hujjat, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
4 ta
hujjati
qabul qilindi.
Biroq ta’lim sohasida mavjud yutuqlarga qaramasdan xalq ta’limida bir qator
muammolar mavjud. Ayniqsa, hozirgi axborot asrida deyarli muntazam ravishda ijtimoiy
tarmoqlarda maktablardagi ta’lim muammolari haqida xabarlar yoki materiallarni uchratish
mumkin. Ular orasida vaqtinchalik tusga ega (masofaviy ta’limga o‘tish, qonunchilikdagi
o‘zgarishlar) hamda tizimli (jamiyatda o‘qituvchilarga munosabat, ijtimoiy-iqtisodiy
muammolar)
muammolar
mavjud.
Jumladan, https://www.uzedu.uz/uz/tankidlarga-
munosabat-2021 havolasi orqali O‘zbekiston Respublikasi maktab ta’limi tizimidagi tanqidlar
va ularga tegishli mutasaddi tashkilotlarning javoblari bilan tanishish mumkin. Vazirlik
tomonidan quyilgan bunday qadam juda muhim, ammo amalga oshirilayotgan muloqat ta’lim
sifatining pasayishiga olib keladigan sabab va sharoitlarni yo‘q qilishga qaratilgan bo‘lishi
bundan ham muhimdir.
Ta’limdagi muammolar davlatning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shu
munosabat bilan 2023 yilning 28 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Davlatimiz rahbari
darajasida maktab ta’limi sohasidagi muammolar va dolzarb masalalar qayd etildi, qator
takliflar ilgari surildi. Albatta, bunday g‘amxo‘rlik maktab ta’limining ustuvorligidan dalolat
beradi. Biroq, maktab ta’limi muammolari tizimli va mustaqil tarzda hal qilinishi kerak.
Muammolar chetdan turib hal qilinadi, deb uylash xatodir, shuning uchun xalq ta’limi
sohasidagi davlat siyosatida ishtirok etadigan barcha davlat organlaridan tashabbuskorlik
talab etiladi.
Umumta’lim jarayonida mavjud muammolar ko‘p hollarda quyidagi sabablarga ko‘ra
kuzatiladi:
1-rasm. Umumta’lim jarayonida mavjud muammolar
3
.
3
Shaxsiy izlanishlariga muvofiq muallif tomonidan ishlab chiqildi.
2.Maktab
o‘qituvchisi
kasbining
obro‘si
unchalik
yuqori
emasligi.
3.O‘qituvchili
k kasbining
jozibadorligin
i oshirish
1.O‘qituvchil
ar va
jamoatchilik
o‘rtasidagi
munosabatlar
dagi
muammolar.
4.Maktablarni
ng moddiy-
texnik
ta’minot bilan
bog‘liq
muammolar.
5.Maktabdagi
o‘quv
dasturlari
muammolari.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
89
1.O‘qituvchilar va jamoatchilik o‘rtasidagi munosabatlardagi muammolar.
Hech
kimga sir emaski, yaqin vaqtgacha o‘qituvchilar faoliyatida darslarni yuqori sifatda
o‘tkazishga va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga to‘sqinlik qiladigan bir qator ob’ektiv
muammolar mavjud bo‘lgan. Turli hisobotlarni tayyorlash bilan bog‘liq byurokratik to‘siqlar
oxir-oqibat o‘qituvchilarni ta’limga aloqasi bo‘lmagan turli ikkinchi darajali vazifalarni
bajaruvchi oddiy ijrochilarga aylantirdi. Rahbariyat tomonidan maktab ta’limi tizimida olib
borilayotgan islohotlar tufayli bu muammolarni bartaraf etish borasida tizimli ishlar amalga
oshirilmoqda.
Jamiyat va o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabatlardagi keyingi muammo – bu ota-
onalarning o‘qituvchilarga nisbatan munosabati. Bugun ota-onalar barcha qiyinchiliklarda
o‘qituvchilarning o‘zlarini ayblashga, noto‘g‘ri bo‘lsa ham bolalarini himoya qilishga ko‘proq
moyilligi
kuzatilmoqda.
Misol
uchun,
o‘tgan
yilning
fevral
oyida
ijtimoiy
tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi maktablarning birida uy vazifasini
bajarmaganligi bois tanbeh bergani sabab o‘qituvchini ustozidan gap eshitgan o‘quvchining
buvisi turli haqoratli so‘zlar bilan behurmat qilib, uning yuziga tarsaki tortgani haqida
xabarlar tarqaldi. Bunday holatlar o‘qituvchilarga ishonchsizlik muhitini yuzaga keltirib,
o‘quvchilarning haddan tashqari “erkalanib ketishiga” sabab bo‘ladi. Ba’zan ijtimoiy
tarmoqlarda o‘quvchilarning nojo‘ya harakatlarida o‘qituvchilarni ayblash ham kuzatilmoqda.
Masalan, o‘tgan yilning fevral oyida
shahridagi 41-maktabda o‘quvchining
do‘pposlanishi bilan bog‘liq voqea tasvirlangan video tarqatilgan edi. Mutasaddilar tomonidan
voqea sinchiklab o‘rganilganidan so‘ng, o‘qituvchining dars berishiga o‘quvchining aynan o‘zi
to‘sqinlik qilganligi va uni har tomonlama masxara qilganligi ma’lum bo‘lgan.
2.Maktab o‘qituvchisi kasbining obro‘si unchalik yuqori emasligi.
Afsuski, maktab
o‘qituvchisi talab yuqori bo‘lgan kasblardan biri emas. Birinchidan, bu o‘qituvchilarning ish
haqi bilan bog‘liq. Shuning uchun, ba’zida boshqa yuqori maoshli ish topa olmagan
bitiruvchilar o‘qituvchi bo‘lishga qaror qiladilar.
Xorijiy mamlakatlarda o‘qituvchilar uchun munosib maosh to‘lashga katta e’tibor
qaratilgan.
Masalan, Shveysariyada o‘qituvchilarning
maoshi
oyiga
6240
dollargacha, Germaniyada –
5500
yevrogacha, Yaponiyada –
3900
dollargacha, AQShda –
3900
dollargachini tashkil etadi.
Ish haqining pastligi o‘qituvchilarni yangi daromad manbalarini izlashga undaydi.
Ba’zida o‘qituvchilar qo‘shimcha ish qidirishlari kerak. Ayrim o‘qituvchilar dars soatlari sonini
ko‘paytirishga harakat qilishadi, bu o‘qitish sifatini pasaytiradi va bir vaqtning o‘zida boshqa
o‘qituvchilarni ish vaqtidan mahrum qilishi mumkin. Kimdir 1,5 stavkada va boshqasi esa
yarim stavkada ishlayotgan vaziyat vujudga kelishi mumkin.
3.O‘qituvchilik kasbining jozibadorligini oshirish
choralarini ko‘rish zarur. Bunda
o‘qituvchilarga turli imtiyozlar berilishi maqsadga muvofiq. Bu amaliyot bir qator rivojlangan
xorijiy davlatlarda o‘zini oqlamoqda. Masalan,
Germaniyada
maktab o‘qituvchisi kasbi eng
yuqori haq to‘lanadigan kasblardan biridir, shu bilan birga ular uchun soliqlar kamaytirilgan
bo‘lib, arzon xususiy tibbiy sug‘urta taqdim etiladi.
Kanadada
maktab o‘qituvchilari uchun
yuqori ish haqi bilan birga, turli ijtimoiy paketlar va sug‘urta taqdim etiladi.
Janubiy
Koreyada
ish haqini bosqichma-bosqich oshirish (har uch yil ish staji uchun ish haqiga 8 %
ustama qo‘shiladi), uy-joy sotib olish yoki ijaraga berishda imtiyozlar ajratish tizimi
mavjud.
Finlyandiyada
davlat tomonidan o‘qituvchilarning ish haqi munosib bo‘lishi hamda
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
90
imtiyozlar berilishi va subsidiya berish orqali xarajatlarning bir qismining qoplanishi
ta’minlanadi.
4.Maktablarning moddiy-texnik ta’minot bilan bog‘liq muammolar.
Zamonaviy
maktab talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabatlar uchun qulay platforma sanaladi.
Bu qulaylik maktabning zamonaviy texnologiyalar (smart-doskalar, kompyuter jihozlari)
bilan ta’minlanishini talab qiladi. Bularsiz maktab ta’limi zamonaviy voqelikdan orqada
qoladi, bu esa ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun, lozim darajadagi moddiy-texnik
ta’minot ta’lim jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Moddiy-texnik muammolar
maktablarni raqamlashtirish jarayonini yanada sekinlashtiradi. Hech shubhasiz, zarur shart-
sharoitlarni yaratmasdan, o‘qituvchilardan ijobiy natijalarni talab qilish adolatdan emas.
5.Maktabdagi o‘quv dasturlari muammolari.
Ta’lim jarayonini zamonaviy talablarga
javob bermaydigan eskirgan o‘quv dasturlari asosida tashkil etish yana bir muammolardan
biri sanaladi. O‘quv adabiyotlaridagi matn tushunish uchun “murakkabligi” va o‘qitishning
asosan nazariy jihatdan yo‘naltirilganligi o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlash
ko‘nikmalarini shakllantirishga imkon bermaydi, o‘qituvchilarning ijodiy yondashuvini
cheklaydi. Ba’zi hollarda, tizimlilik yetishmaydi va shuning uchun boshlang‘ich sinflarda
olingan bilimlar yuqori sinflarda to‘ldirilmaydi.
Yuqoridagi muammolardan kelib chiqib, “Boshlang‘ich ta’lim menejmenti” fanining oliy
ta’lim muassasalarida o‘qitishning dolzarbligi yuqori deb baholash mumkin. U bo‘lajak
pedagog-kadrlarning bilim, ko‘nikma va malakalarini har tomonlama shakllantirishga xizmat
qiluvchi boshqaruv vositalarini o‘rganishga qaratilgan. Boshlang‘ich ta’limda menejment
asoslarini o‘rgatish orqali o‘qituvchining tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirish, ta’lim
jarayonini tizimli boshqarish ko‘nikmalarini berish, sinfda va maktabda samarali pedagogik
muhit yaratishga yordam berish va o‘z-o‘zini boshqarish, rejalashtirish, nazorat qilish kabi
rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy maqsad sifatida qaraladi. Bundan tashqari,
pedagogik faoliyatda boshqaruvning nazariy asoslarini bilish, zamonaviy ta’limda yuzaga
kelayotgan muammolarni aniqlash va ularga yechim topishda muhim rol o‘ynaydi.
Pedagogik menejmentning ayrim xususiyatlari pedagogik jarayonning o‘ziga xosligi
bilan belgilanadi. Shu o’rinda, ta’lim jarayonlarini boshqarish, o‘qitishning tarbiyaviy, ta’limiy
va rivojlantiruvchi funksiyalari, shuningdek, vositalari, shakllari, usullari va pedagogik
jarayonning maqsadlari bilan belgilanadi. Jumladan, boshlang‘ich ta’limda rahbarlikning
o‘ziga xos yondashuvlari orqali o‘quvchilar bilan ishlashda aniq maqsadlar qo‘yish, jarayonni
tahlil qilish va natijalarni nazorat qilish imkoniyati tug‘iladi.
“Boshlang‘ich ta’lim menejmenti” fanining mazmuni va o‘qitish metodikasi – bu fan
doirasidagi quyida keltirilgan yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- boshlang‘ich ta’lim tizimida boshqaruvning mazmuni va funksiyalari;
- maktab menejmentining huquqiy asoslari;
- sinf rahbariva jamoa boshqaruvi;
- ota-onalar bilan hamkorlikni tashkil etish;
- innovatsion menejment elementlari.
“Boshlang‘ich ta’lim menejmenti” fanini o‘qitishda interfaol metodlar, treninglar, amaliy
mashg‘ulotlar, loyiha ishlari orqali talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash
imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
91
Zero, ta’lim muassasalarini boshqarish - bu ijtimoiy boshqaruvning bir turi bo‘lib, o‘z
mohiyati jihatidan gumanitar xarakterga ega. Chunki barcha boshqaruv subyektlarining
asosiy faoliyat mazmuni - bu insonlarni boshqarishdir. Boshqaruvning barcha boshqa
funksiyalari mustaqil ahamiyatga ega emas, balki ta’lim muassasasi jamoasini tashkil etuvchi
insonlarni boshqarish vositasi sifatida ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim muassasasini boshqarishda ikki ko’rinishga ajratiladi:
1.
Ta’lim jarayonini boshqarish – bu o‘quv mashg‘ulotlarini va tarbiyaviy ishlarni tashkil
etish, o‘quv-tarbiya jarayonining asosiy boshqaruv funksiyalarini amalga oshirishni o‘z
ichiga oladi.
2.
Ta’lim muassasasi jamoasini boshqarish – pedagogik va o‘quvchilar jamoasini
boshqarish. Bu o‘rinda ta’lim jarayoni va ta’lim muassasasi jamoasi boshqariluvchi
tizimlar sifatida qaraladi.
Ta’lim muassasasini boshqarishda menejmentdagi tizimli yondashuvni qo’llash:
kabilar jarayonni yaxlitlikda ko‘rish va baholash imkoniyatini yaratadi.
Ta’kidlash joizki, ta’lim muassasasida boshqaruv madaniyatini ta’minlash orqali,
ma’muriyat tomonidan boshqaruv jarayoniga oid axloq, estetika, huquq, boshqaruv
texnologiyasi va tashkilotchilik prinsiplari asosidagi talablarni bajarish va aniq boshqaruv
tuzilmasini ta’minlash, har kim o‘z huquq va majburiyatlarini, hamda o‘zaro bog‘liqlik
jarayonini bilishi lozimligini bildirishdir.
Ta’lim tizimi – bu madaniyatni tizimli uzatish instituti (ya’ni, uning mahsuli” – bu
ma’lumotli shaxs). Ta’lim tizimi ochiq tizim hisoblanadi, ya’ni boshqa tizimlar bilan o‘zaro
aloqada bo‘ladi. Ta’lim tizimiga xos jihatlari:
-ta’lim muassasasini tizim sifatida ko‘ra bilish (ichki va tashqi bog‘liqliklarni hisobga olish);
-boshqarilayotgan jarayon holati haqida doimiy ravishda ma’lumot olish;
-olingan ma’lumotlarni tahlil qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
-ma’lumotlarga o‘z vaqtida javob berish;
-muammolarni aniqlash, ularni ko‘ra va aniqlay bilish;
-boshqaruv maqsadlarini aniq belgilash va qo‘yish;
boshqaruv sikliga amal qilish (barcha boshqaruv faoliyat turlarining o‘zaro aloqadorligi va
tartibli bo‘lishi)
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
92
“Boshlang‘ich ta’lim menejmenti” fanining o‘qitilishi pedagogik kadrlar tayyorlash
jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, bu fan orqali bo‘lajak o‘qituvchilar nafaqat dars o‘tish,
balki ta’lim jarayonini boshqarish, tahlil qilish va takomillashtirish ko‘nikmalariga ham ega
bo‘ladilar. Shu sababli, uni o‘qitish bugungi ta’lim tizimidagi islohotlar nuqtayi nazaridan
nihoyatda muhim hisoblanadi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 01.05.2023 y. https://lex.uz/uz/docs/-
6445145.
2.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, 2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-
637-son.
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik
palatasiga Murojaatnomasi. 2020-yil, 24-yanvar. http://www.uzreport.uz.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini
amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 21.12.2022 yildagi PF-269-son.
https://www.lex.uz/docs/-6324756.
5.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 30 июндаги “Олий таълим
тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-86-сонли
фармони.
6.
Абдуллаев, А. Т. Инновацион педагогика: назария ва амалий ёндашувлар. Т.: “Фан”
нашриёти, 2019.
7.
Асадова, Н. Р., ва Юлдошев, М. А. Олий таълим тизимида сифатли таълимни
ташкил этиш усуллари. Т.: “Ўқитувчи нашриёти”, 2021.
8.
Badalboyeva
M.
“Qobusnoma”
asarida
yoshlar
tarbiyasi.
https://uzhurriyat.uz/2017/09/07/qobusnoma-asarida-yoshlar-tarbiyasi/.
9.
Brown, H. D. Principles of Language Learning and Teaching. White Plains, NY: Pearson
Education, 2007.
10.
Ergashev, Sh. E.. Ta’limda zamonaviy yondashuvlar. Toshkent: TDPU nashriyoti, 2020.
-
-tizimdagi vaqt omili
(masalan, ta’lim
davomiyligi);
-ko‘pincha tashqi
muhitdagi o‘zgarishlardan
(masalan, ta’lim
mazmuniga yoki
bitiruvchilarning
kompetensiyalariga
qo‘yiladigan talablarning
o‘zgarishidan) sekinroq
bo‘ladi;
-
-ijtimoiy maqsadlarning
ustuvorligi (faqat
iqtisodiy samaradorlikni
ko‘zlash ta’lim sifatining
yoki mavjudligining
pasayishiga olib kelishi
mumkin).
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
93
11.
Khudayberdiyeva D., Raupova D. Consistency of reforms in education //ACADEMICIA:
An International Multidisciplinary Research Journal. – 2020. – Т. 10. – №. 11. – С. 1671-1680.
12.
Khudayberdiyeva D., Xamroyev J.A. Ta’lim turlari va ularning amalga oshirilish
mexanizmlari //Germany" modern scientific research: achievements, innovations and
development prospects. – 2023. – Т. 9. – №. 1.
13.
Khudayberdiyeva D., Xamroyev J.A. Ta’lim xizmatlarini takomillashtirishda rivojlangan
mamlakatlar tajribasi //Russian" инновационные подходы в современной науке. – 2023. –
Т. 9. – №. 1.
14.
Науменко, Е. В. Методика обучения в высших учебных заведениях. М.: “Юрайт”,
2018.
15.
Қурбонов, Ж. Т.. Олий таълимда инновацион технологияларни қўллаш. Т.: “Шарқ”,
2022.
16.
Ҳасанбоев Ж. ва бошқ. Педагогика фанидан изоҳли луғат. – Т.: “Фан ва
технология”. 2009 308 - бет.
17.
Шипилина Л. А. Менеджмент в образовании. Учебное пособие для студентов
высших
учебных
заведений,
обучающихся
по
направлению
44.04.04
–
Профессиональное обучение (по отраслям). Омск: Издательство “ОмГПУ”, 2017.