Авторы

  • Shahnoza Mirzamidinova
    Angren universiteti “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi mustaqil izlanuvchisi
  • Zumradxon Komilova
    Angren universiteti MIG’ 23-3 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.84923

Ключевые слова:

Chor imperiyasi jadid maktablari yangi-usul maktablari no‘g‘ay maktablari moddiy-texnik baza “Hayot maktabi” “Miftoh ul-alifbo” “Tahsil-ul alifbo” darslik va qo‘llanmalar “Irfon” (Ilm) maktabi.

Аннотация

Til va imlo masalalari ham doimo jadidlarning diqqat-markazida turib, millat va mamlakat xavfsizligi darajasida himoya qilindi, milliy tilga bo‘layotgan tahdidlarga qarshi qattiq kurashildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Hoji Muin, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon va yana boshqa ko‘plab taraqqiyparvarlar milliy til va imlo haqida oz’ davri uchun (hatto bugungi kunda ham – Sh. Mirzamidinova) dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan yuzlab maqolalarni e’lon qildilar.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

72

ASHURALI ZOHIRIY PUBLISISTIKASIDA TIL-IMLO MASALASIGA DOIR

TARIXIY JARAYONLARNING YORITILISHI

Mirzamidinova Shahnoza Abidinovna

Angren universiteti “Gumanitar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi mustaqil izlanuvchisi

Komilova Zumradxon

Angren universiteti MIG’ 23-3 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15342585

Annotatsiya:

Til va imlo masalalari ham doimo jadidlarning diqqat-markazida turib,

millat va mamlakat xavfsizligi darajasida himoya qilindi, milliy tilga bo‘layotgan tahdidlarga
qarshi qattiq kurashildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Hoji Muin,
Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon va yana boshqa ko‘plab
taraqqiyparvarlar milliy til va imlo haqida oz’ davri uchun (hatto bugungi kunda ham – Sh.
Mirzamidinova) dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan yuzlab maqolalarni e’lon qildilar.

Turkiston milliy matbuotida ko‘plab maqolalarning e’lon qilinishiga sabab oʻzbek tilining

ikkinchi darajali tilga aylanib qolganligi edi. Tarixchi olim D.Jamolovaning yozishicha bunga
bir tomondan Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan mustamlaka qilinishi sabab
bo‘lgan. Ikkinchi sabab sifatida keltirishimiz mumkinki, Turkiston xalqining o‘zi ham
(jadidlarning milliy matbuot sahifalaridagi chaqiriqlaridan sezilishicha – Sh.Mirzamidinova)
tilga nisbatan “beparvolik kasaliga” uchragan.

Kalit so'zlar:

Chor imperiyasi,

jadid maktablari, yangi-usul maktablari, no‘g‘ay

maktablari, moddiy-texnik baza, “Hayot maktabi”, “Miftoh ul-alifbo”, “Tahsil-ul alifbo”, darslik
va qo‘llanmalar, “Irfon” (Ilm) maktabi.

Annotation:

The issues of language and spelling have also always been in the center of

attention of the Jadids, they defended themselves at the level of national and national security,
and fiercely fought against the growing threats to the national language. Mahmudhoja
Behbudi, Munavvarkari Abdurashidkhanov, Haji Muin, Abdulla Kadiri, Abdulhamid Chulpan
and many other progressives have published hundreds of articles about the national language
and spelling, which are important for the era.

The reason for the publication of many articles in the national press of Turkestan was

that Uzbek became a second language. Historian D. Jamalova writes that this was caused, on
the one hand, by the colonization of Turkestan by the Russian Empire.

The second reason is the Turkestan people themselves, who suffered from “inattention”

to the language.

Key words

: Czar empire, modern schools, innovative schools, nogay schools, material

and technical base, "School of Life", “Miftoh ul-alifbo”, “Tahsil-ul alifbo”, textbooks and
manuals, “Irfon” (Science) school.

Garchi, olib borilgan mashaqqatli izlanishlar va o‘tkir siyosiy talablar natijasida Sovet

hokimiyati tomonidan 1921-yilda Turkiston taraqqiyparvarlari orzu qilganlaridek o‘zbek tili
davlat tili deb e’lon qilingan bo‘lsa-da, biroq bu qonun amalda ishlamadi, hukumat
idoralaridagi yozishmalar va o‘zaro rasmiy muloqot rus tilida olib borilaverdi. Kechayotgan
bunday murakkab jarayonlarda Ashurali Zohiriy ham o‘zbek tilining jonkuyari o‘laroq chetda
turishi mumkin emas edi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

73

Ashurali Zohiriyning til masalasidagi eng birinchi hayqirig‘i “Sadoyi Farg‘ona”

gazetasining 1914-yil 13-aprel sonida bosilgan “Ona tili” maqolasi edi.

Ashurali Zohiriy maqolasining kirish qismida bir millatning o‘z tilidagi kitob, risola,

gazeta, jurnal, va boshqalarga bir so‘z bilan adabiyot (literatur) deyilishini, shu boisdan ham
arabcha kitob va risolalarga “adabiyot arabiya”, turk, tatar tillaridagilarga, “turk adabiyoti”
hamda “tatar adabiyoti” deyilishi urg‘ulab, dunyoda yashab turgan har bir millatning ilmda
ayni damda va boshqa jihatlarda qaysi darajada ekanligi adabiyot bilan o‘lchalinilib, adabiyoti
boy bo‘lgann millat tomonlama oldinda va yuqorida e’tibor qilinishini, aksincha adabiyoti
rivojlanmagan bo‘lsa u millatning boshqa millatlar oldida hurmat va e’tibori bo‘lmasligini,
shuning uchun bunday millat turli-tuman madaniyat va faol ijtimoiy hayotdan bahra
ololmasligini urg‘uladi.

Ashurali Zohiriy Turkiston xalqida adabiyotga e’tibor XX asr boshlariga kelib nihoyatda

sustlashib ketganligini, bunga sabab qilib u ona tiliga nisbatan millatda hurmat va e’tiborning
susayib ketganligi bilan izohlaydi: “Nechukki, olimlarimizdan biri biror yerg‘a xat yozsa yoki
birovg‘a bergan narsasini xotira daftarig‘a yozsa, o‘z ona tilini qo‘yib fors tilida yozadurlar.
Hammasidan ham zararligi buldurki: yangi dars o‘qumoqg‘a boshlag‘on, o‘z ona tilini ham
durustlab bilmaydurgan bir shogirdga dars berganlarida forscha tarjima bilan o‘rgatadurlar.
(Ul turkiy sarf, turkiy nahv o‘qutmoqni onda qo‘yaylik). Hech bo‘lmaganda o‘shal arabcha sarf,
nahvni turkiy tilig‘a tatbiq qilib, ya’ni, aning keraklik o‘rinlarig‘a tildan misollar ko‘rsatib aytib
bersalar, arabchag‘a ham zehni kirishib, buning barobarida o‘z ona tilini ham bir narsag‘a
yaraydurg‘on til ekanligini bilib ona tilig‘a muhabbat bir daraja ortib, tartibg‘a solib borur edi.
Halo ul qanda? (Hozir qanday?) Yosh o‘smirlarimiz bo‘lsalar o‘z yerliklaridan birini ziyofatg‘a
chaqirib xat yozsalar ham usmonicha, yoki tatarcha yozadurlar. Boydaki (vaholanki) ona
tilig‘a muhabbat va islohni ulardan kutular erdi. Bularning sababi ham ravshandur-ki
birinchilari: o‘zlarining eron adabiyoti ta’siri bilan nurlangan bo‘lsalar, ikkinchilari: tatar va
usmonli adabiyoti vositasi bilan fikrlarini ochgandurlar. Shuning uchun har ikki sinf ham
o‘zlarining “nur” olg‘on taraflarig‘a qarab tortadurlar-da o‘z ona tillarig‘a haqorat nazari bilan
boqib kundan kun esdan chiqarmoqg‘a boshlaydurlar”

1

.

Ashurali Zohiriy boshqa xorijiy tillarni xuddi Behbudiydek Turkiston yoshlari o‘qishi,

o‘rganishi lozimligini ta’kidlash bilan birga, biroq undan avval eng birinchi bo‘lib ona tilini
puxta egallashlari lozimligini, o‘z navbatida ona tilini mukammal bilishlik boshqa chet tillarini
ham mukammal o‘rganishlikka asos bo‘lib xizmat qilishligini uqtiradi: “Durust forsiycha,
arabcha, o‘ruscha va boshqalarni ham bilaylik, bilaylikgina emas juda yaxshi bilaylik, lekin o‘z
ona tilimizni hammasidan ortuq va ziyodaroq bilaylik. Sarf va nahvlari bilan bilaylik va ham
shundog‘ bo‘lg‘onda arabcha, forscha va boshqalarig‘a tushunurmiz. Chunki o‘z tilimizni
yaxshilab bilmadikmi boshqa tilni albatda durust bilmaymiz va buni hijriy 900-nchi yilda
undan ilgariroq ham “Mavlono Lutfiy”, “Alisher Navoiy”dek zotlar vujudg‘a kelib qirqg‘a yaqin
asarlari bilan ona tilimizning boshqa tillarg‘a nazran (qaraganda) boy ekanligini, she’rda
berilg‘on jozibasini, musiqa (muzika) da bo‘lg‘on latofatini, “Me’zon ul avzon” va
“Muhokamatul lug‘atayn” lari bilan bildurg‘on erdilar”

2

.

Shuningdek, Ashurali Zohiriy ushbu maqolasida “Turkiyni do‘st tutqon kishi jug‘rofiyani

o‘qib ko‘rub Turkiyaning shuncha yerlari qo‘ldan chiqib ketganiga yuragi yonib joni

1

Ashurali Zohiriy. Ona tili // “Sadoyi Farg‘ona” gazetasi. 1914-yil 13-aprel.

2

Ashurali Zohiriy. Ona tili // “Sadoyi Farg‘ona” gazetasi. 1914-yil 13-aprel.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

74

siqilganidek, ona tilig‘a muhabbati bor kishi ham Alisher Navoiy asarlarini o‘qib ko‘rganda
tilimiz avvalda shuncha boy va mukammal ekan, nima qildikki ul latofat, ul nafosatlarini
yo‘qotib kishi tanimaydurg‘on bir holg‘a kelturib qo‘ydik deb ohlar tortur. Nechukki har bir
insonning jonidan aziz narsasi din va millatidur. Ul din va millatni muhofazati ham har afrodi
insong‘a vojibdur. Uning muhofazati ona tilining muhofazati bilan bo‘lur. Qachonki bir millat
tilini yo‘qotsa, ul vaqt dinini va millatini ham yo‘qotur”

3

deb yozgan holda, milliy tilni himoya

qilishlik, asrab-avaylash davlatchilikni himoya qilish ekanligini, mamlakatning chegaralari
himoya qilinganidek, tilning ham o‘z himoya qilinadigan muqaddas chegarasi borligini
Turkiya misolida urg‘ulab, Turkiston xalqi ham Alisher Navoiydan ancha uzoqlashib
ketganligini afsus bilan qayd etib o‘tadi.

Ashurali Zohiriy mustamlakachi hukumat tomonidan tatar xalqida olib borilgan tilga

qarshi siyosatga qaramay, ushbu millatning til va adabiyoti o‘tmishdagi sof tatar tili va
adabiyotida farsaxlarcha uzoqlashib ketganligini, turli xil yangidan yangi so‘zlar bilan boyib
borganligini, agar Turkiston ziyolilari va xalqi ham Chor ma’murlari tomonidan amalga
oshirilayotgan assimilatsion siyosatga befarq qarasa, tilni matbuot orqai himoya qilishga
harakat etmasa tez orasa turkiy til va adabiyotining ahvoli o‘z tilini yo‘qotgan millatlar singari
katta o‘zgarishlarga ro‘baro bo‘lishligidan ogohlantirdi, hamda milliy matbuotni ona tilini
himoya qilishga chaqirdi: “Tatar qarindoshlarimizning hozirdag‘i til va adabiy yotlarini
bundan o‘n, o‘n besh yil ilgari chiqqan adabiyotlarig‘a tatbiq qilinsa, qiyos qabul qilmaslik
darajada tafovutlar bordurkim, bul darajada ularning tillarini kengaymog‘i milliy va ona
tilidag‘i g‘azetalari bilan bo‘ldi. Gazeta va jurnallarining dunyo ahvolidan va boshqa
to‘g‘rilaridan xalqg‘a xabar berib turmog‘idan boshqa ulug‘ va ko‘zg‘a ko‘rinmaydurg‘on bir
foydasi bo‘lurki, ul ona tilining kengaymog‘i va mukallashmog‘idir. Buning birlan millat o‘zini
dunyoda borlig‘ini bildirib, ona tilida o‘qitmoq va ta’lim bermoq masalalari chiqganda, o‘zig‘a
ayrim tili borlar qatoridan hisoblanib, tili yo‘qlar qatoriga kirib qolmas. Turkistonda chiqgan
gazeta va jurnallar til to‘g‘risig‘a hech bir iltifot qilmadilar va hali ham e’tibor etmaslar. Takror
aytaman, gazeta ona tilig‘a xizmat etsun! Vaqti kelganda millatini tili yo‘qlar qatorida
qoldirmasun!”

4

.

Ashurali Zohiriy keyinchalik Sovet hokimiyati hukmronlik yillarda ham milliy til va

imloni himoya qilishdan to‘xtamadi. Jumladan Zohiriy bit tilshunos olim o‘laroq 1921-yilda
Toshkentda o‘tkazilgan “Til va imlo qurultoyida”, 1922-yilda yana Toshkentda o‘tkazilgan
“O‘zbek madaniyat va maorif xodimlarining qurultoyi”da, 1926-yil Bakuda tashkillangan
“Turkologlar qurultoyi”da va 1927-yilda chaqirilgan hamda lotin alifbosini amaliyotga tadbiq
etish masalasiga bag‘ishlangan “O‘rta Osiyo maorif xodimlarining qurultoyi”da faol ishtirok
etgan.

Ayniqsa, Ashurali Zohiriyning sovet davriy matbuotidagi chiqishlari – garchi u davr

siyosati bilan yuzaki tarzda hamkorlik qilgan bo‘lsa-da – lekin qalban hamon taraqqiyparvar
va millatparvar shaxs qiyofasini o‘zida saqlab qolganligini ko‘rsatadi. Biroq, jarayonning o‘ta
murakkab ekanligi, Turkiston xalqi asrlar mobaynida foydalanib kelgan eski imloni yangi
aniqrog‘i rus-krill imlosiga o‘tkazish tashabbusini ilgari surayotgan sovet hukumatiga qarshi
turishlik nihoyatda og‘ir edi. Shunga qaramasdan Ashurali Zohiriy eski imloni qattiq turib
himoya qildi.

3

Ashurali Zohiriy. Ona tili // “Sadoyi Farg‘ona” gazetasi. 1914-yil 13-aprel.

4

Ashurali Zohiriy. Ona tili // “Sadoyi Farg‘ona” gazetasi. 1914-yil 13-aprel.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

75

XX asrning yigirmanchi yillaridagi bu murakkab tarixiy jarayonlar xususida Po‘latxon

Qayumov quyidagilarni xotirlagan: “Ashurali Zohiriy imloni o‘zgartirishning tashabbuskori
bo‘lgan Qori Niyoziy

5

bilan o‘sha 1922-yildanoq chiqisha olmay kelar edi. U kishining “Agar

yangi alifboga o‘tsak, ajdodlarimiz bizlarni bir umr qarg‘aydlar, bu bilan kelajagimizni
madaniy jihatdan ko‘r qilgan bo‘lamiz” degani sira-sira esimdan chiqmaydi. Ahir men ham
Zohiriy tarafdori bo‘lganman”

6

. Ushbu xotira parchasidan yaqqol ko‘rinib turibdiki, XX asr

yigirmanci yillarida til va imlo masalasida Turkiston ziyolilari ikkiga bo‘lingan edi: jadidlar va
sovet hokimiyati yetishtirgan yosh avlod ziyolilari. Keyinchalik, baribir ham Turkiston xalqi
dastlab lotin, so‘ngra krill alifbosiga o‘tkazildi va bu ishda faol ishtirok etgan Qori Niyoziy
1941-yilda O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti lavozimi bilan
siylandi.

Ashurali Zohiriyning XX asr yigirmanchi yillaridagi til va imlo masalasiga doir qizg‘in

faoliyati doimo davriy matbuotning diqqat markazida bo‘lgan. Chunki, bu davrga kelib
Turkiston jadidlarining katta va yosh avlodi matbuot orqali til va imloni tartibga solish,
milliyni himoya qilish borasida tez-tez maqolalar bilan ishtirok etib turish odatiy hol edi.
Bunga misol o‘laroq Abduraf Fitratning “Tilimiz”

7

, “Imlo masalasi”

8

, Shokirjon Rahimning

9

“O‘zbek imlosi to‘g‘risida asoslar”

10

, “Imlo havaskorlariga”

11

, “Tilimizni bir qoida ostig‘a

olayliq”

12

, Elbekning “Imlo masalasi”

13

, “Til”

14

, “Alifbo masalasi”

15

, Saidalixo‘janing “Istilohlar

to‘g‘risidagi dokladimning mavzulari”

16

, Shapoq Mahzumning “Turk tili – davlat tili”

17

hamda

Ashurali Zohiriyning “Imlo masalasi haqida ikkinchi turli mulohaza”

18

nomli maqolalarni

keltirib o‘tish mumkin.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ashurali Zohiriy. Ona tili // “Sadoyi Farg‘ona” gazetasi. 1914-yil 13-aprel.

2.

Toshmuhammad Niyozov Qori-Niyoz (1897-1970) — sovet o‘zbek matematiki va fan

tarixshunosi, akademik (1943) va O‘zbek SSR fanlar Akademiyasi birinchi prezidenti (1943-
1947). Fizika-matematika fanlari doktori. O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939).
To‘liq ma’lumot uchun qarang:

https://arboblar.uz/uz/people/kary-niyazov-tashmukhamed

5

Toshmuhammad Niyozov Qori-Niyoz (1897-1970) — sovet o‘zbek matematiki va fan tarixshunosi, akademik (1943)

va O‘zbek SSR fanlar Akademiyasi birinchi prezidenti (1943-1947). Fizika-matematika fanlari doktori. O‘zbek SSRda
xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939). To‘liq ma’lumot uchun qarang:

https://arboblar.uz/uz/people/kary-niyazov-

tashmukhamed

6

Uzoqov H. Er kishi bitta gapiradi. – T.: “Cho‘lpon” nashriyoti. 1996. – B. 19-20.

7

Fitrat. Tilimiz // “Ishtirokiyun” gazetasi. 1919-yil 12-iyul.

8

Fitrat. Imlo masalasi // “Ishtirokiyun” gazetasi. 1919-yil 27-avgust.

9

Shokirjon Rahim – (1898–1938) – ma'rifatparvar, taraqqiyparvar pedagog. To‘liq ma’lumot uchun qarang:

https://oyina.uz/uz/article/1146

10

Rahim Sh. O‘zbek imlosi to‘g‘risida asoslar // “Qizil bayroq” gazetasi. 1922-yil 22-mart.

11

Rahim Sh. Imlo havaskorlariga // “Turkiston” gazetasi. 1923-yil 18-mart.

12

Rahim Sh. Tilimizni bir qoida ostig‘a olayliq // “Turkiston” gazetasi. 1923-yil 7-yanvar.

13

Elbek. Imlo masalasi // “Ishtirokiyun” gazetasi. 1920-yil 7-oktabr.

14

Elbek. Til // “Ishtirokiyun” gazetasi. 1920-yil 21-mart.

15

Elbek. Alifbo masalasi // “Qizil bayroq” gazetasi. 1921-yil 20-fevral.

16

Saidalixo‘ja. Istilohlar to‘g‘risidagi dokladimning mavzulari // “Qizil bayroq” gazetasi. 1922-yil 31-yanvar.

17

Shapoq Mahzum. Turk tili – davlat tili. “Qizil bayroq” gazetasi. 1921-yil 27-oktabr.

18

Ashurali Zohiriy. Imlo masalasi haqida ikkinchi turli mulohaza // “Ishtirokiyun” gazetasi. 1919-yil 19-iyun.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

76

3.

Uzoqov H. Er kishi bitta gapiradi. – T.: “Cho‘lpon” nashriyoti. 1996. – B. 19-20.

4.

Fitrat. Tilimiz // “Ishtirokiyun” gazetasi. 1919-yil 12-iyul.

5.

Fitrat. Imlo masalasi // “Ishtirokiyun” gazetasi. 1919-yil 27-avgust.

6.

Shokirjon Rahim – (1898–1938) – ma'rifatparvar, taraqqiyparvar pedagog. To‘liq

ma’lumot uchun qarang:

https://oyina.uz/uz/article/1146

7.

Fitrat. Tilimiz // “Ishtirokiyun” gazetasi. 1919-yil 12-iyul.

Библиографические ссылки

Ashurali Zohiriy. Ona tili // “Sadoyi Farg‘ona” gazetasi. 1914-yil 13-aprel.

Toshmuhammad Niyozov Qori-Niyoz (1897-1970) — sovet o‘zbek matematiki va fan tarixshunosi, akademik (1943) va O‘zbek SSR fanlar Akademiyasi birinchi prezidenti (1943-1947). Fizika-matematika fanlari doktori. O‘zbek SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939). To‘liq ma’lumot uchun qarang: https://arboblar.uz/uz/people/kary-niyazov-tashmukhamed

Uzoqov H. Er kishi bitta gapiradi. – T.: “Cho‘lpon” nashriyoti. 1996. – B. 19-20.

Fitrat. Tilimiz // “Ishtirokiyun” gazetasi. 1919-yil 12-iyul.

Fitrat. Imlo masalasi // “Ishtirokiyun” gazetasi. 1919-yil 27-avgust.

Shokirjon Rahim – (1898–1938) – ma'rifatparvar, taraqqiyparvar pedagog. To‘liq ma’lumot uchun qarang: https://oyina.uz/uz/article/1146

Fitrat. Tilimiz // “Ishtirokiyun” gazetasi. 1919-yil 12-iyul.