Авторы

  • Nuriddin Rahmonov
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix va falsafa kafedrasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.85706

Ключевые слова:

Shanxay hamkorlik tashkilot faoliyat samaradorlik xalqaro siyosat.

Аннотация

Ushbu maqolada Shanxay hamkorlik tashkilotining faoliyati uni tashkil etishning institutsional huquqiy asoslari hamda tashkilot doirasida O'zbekiston ishtiroki, tashabbuslari va undan kutilayotgan istiqbollar masalalari tahlil etilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

59

SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI VA UNING FAOLIYATI

Rahmonov Nuriddin Xo’shboqovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

Tarix va falsafa kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15362279

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Shanxay hamkorlik tashkilotining faoliyati uni tashkil

etishning institutsional huquqiy asoslari hamda tashkilot doirasida O'zbekiston ishtiroki,
tashabbuslari va undan kutilayotgan istiqbollar masalalari tahlil etilgan.

Kalit so’zlar

: Shanxay hamkorlik, tashkilot, faoliyat, samaradorlik, xalqaro siyosat.


O‘zbekiston tashqi siyosatida xalqaro miqyosdagi ko‘p tomonlama munosobatlar muhim

ahamiyat kasb etib kelmoqda. Chunki Zamonaviy xalqaro munosobatlar va xalqaro siyosatda
ko‘p tomonlama aloqalardan manfaatdorlik ortib bormoqda. Davlatimizning Shanxay
hamkorlik tashkilotda raisligining asosiy ustuvor yo‘nalishlari, mantiqan o‘zaro bog‘liq va bir-
birini to‘ldirilgani kuzatildi. 2021 - 2022 yillarda O‘zbekiston SHHTga raisligi davomida
tashabbuskorlik va ochiqlikni, do‘stona va tinchlikparvar tashqi siyosatni, «Shanxay ruhi»ni,
yaqqol namoyon etdi va «Samarqand ruhi» bilan to‘ldirdi. Bunday ustuvorliklarni amalga
oshirilishi SHHT tashkilotini istiqbolli zamonaviy modelini yaratilishiga va yangi bosqichga
chiqishiga shart sharoitlar yaratdi. Davlatimiz raxbari tashabusi bilan SHHT amaliyoti uchun
14 ta yangi hujjatlar loyihalari tashkilotning salohiyatini mustaxkamlab, va obro‘ e’tiborini,
jozibadorligini oshirib bormoqda.

Bugungi kunda dunyoda tahlikaviy vaziyat toboro chuqurlashib, raqobat, xafv xatarlar,

tahdidlar kuchayib borayapti va tizimli xarakter kasb etmoqda, bularning oqibatlarini
oldindan aniqlash qiyinlashib bormoqda. Bunday sharoitda davlatlararo o‘zaro ishonch va
anglashuv mexanizmlarining yetarli emasligi sezilmoqda. O‘z navbatida mintaqaviy
xavfsizlikni ta’minlashning samaradorligini oshirish masalalari xalqaro siyosatning kun
tartibiga aylanib bormoqda. Albatta bunda 2021 yildan keyin Shanxay Hamkorlik Tashkilotini
eng yosh keng qamrovli davlatlararo mintaqaviy tashkilot sifatida xavfsizlikni ta’minlashdagi
roli, o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda. Bular quyidagilarda ko‘rinmoqda.

Birinchidan, SHHTning paydo bo‘lishi, XX asr oxirida xalqaro munosobatlar va

tartibotlarning yangi tizimi shakllanishi jarayonlariga Markaziy Osiyo davlatlari yangi
ishtirokchilar suveren davlatlar sifatida o‘z o‘rinlariga ega bo‘lishlari bilan strategik
vazifalarni hal etish zarur edi. Shuningdek mintaqaviy xafvsizlik bilan bog‘liq muammolarni
va uning oqibatlarini yechishga qaratilgan edi. Bugungi kunda tashkilot o‘zining 31 yillik
faoliyatida mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda va o‘zining
yangi zamonga xos yangi bosqichiga kirib bormoqda.

Ikkinchidan, SHHT mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashdagi salmoqli hissasi

birinchi galda terrorizm, ekstremizm va separatizm tahdidlariga qarshi kurash sohasida ijobiy
natijalarga erishdi. Aynan SHHT doirasida dunyoda birinchi marta “terrorizm” tushunchasini
aniqlab bergan ko‘p tomonlama hujjat – SHHTning terrorizm, ekstremizm va separatizm bilan
kurashish to‘g‘risidagi Konvensiyasi 2001 yil 15 iyunda ishlab chiqilgan edi. Qarorgohi
Toshkentda joylashgan SHHT Mintaqaviy aksilterror tizimi bu yo‘nalishda izchil ish olib
bormoqda. Jumladan, muntazam ravishda SHHT aksilterror mashqlari, terroristik,
ekstremistik va separatistik maqsadlarda Internet tarmog‘idan foydalanishni aniqlash va


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

60

bartaraf etish hamda narkotiklarga qarshi “O‘rgimchak to‘ri” xalqaro operatsiyasi
o‘tkazilmoqda. Xavfsizlik kengashlari kotiblari, mudofaa, ichki ishlar vazirlari va a’zo
davlatlarning giyohvandlikka qarshi kurash idoralari rahbarlari yo‘nalishida xavfsizlikning
keng qamrovli masalalariga aloqador ko‘p qirrali muntazam muloqot mexanizmi qo‘llab-
quvvatlanmoqda. Xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘zaro
hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bu sohada ishchi guruh faoliyat ko‘rsatmoqda, O‘zbekiston
tomonining faol ishtirokida xalqaro axborot xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik dasturi
tayyorlangan va qabul qilingan.

Uchunchidan, SHHT hududida xavfsizlikka nisbatan zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga

birgalikda qarshi turishga qaratilgan hamkorlikdagi amaliy faoliyat yuzasidan atroflicha fikr
almashish, muloqat olib borish mexanizmi yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Samarqand sammitiga
tayyorgarlik davomida mintaqaviy xavfsizlik bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalar yuzasidan
fikr almashildi, muayyan sohalar bo‘yicha hamkorlikning joriy holati va istiqboliga oid qator
jihatlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, a’zo davlatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish zarurligi
to‘g‘risida yuqori darajadagi o‘zaro kelishuvga erishildi. Xalqaro maydonda o‘sib borayotgan
beqarorlik va notinchlikni hisobga olgan holda, ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirliklari
yo‘nalishi bo‘yicha SHHT doirasida hamkorlikni yanada faollashtirish masalasi ham kun
tartibidan o‘rin oldi. Terrorizm, ekstremizm va separatizm, giyohvandlik vositalari va
psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi kabi jinoyatlarga qarshi kurashish sohasida
hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, SHHT makonida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni
saqlash ustuvor va dolzarb hisoblanishi qayd etildi. Mintaqaviy xavfsizlikka tahdid va xavf-
xatarlarning o‘zgarayotgani, axborot texnologiyalarining salbiy roli ortib borayotgani,
xususan, soxta yangiliklar va turli buzg‘unchi mafkuralarning tarqalishi, kuchayib borishi
sharoitida, «uch yovuz» kuchlarga qarshi turish, davlatlarning suvereniteti va hududiy
yaxlitligini himoya qilish, do‘stona va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi sa’y-
harakatlarni yanada mustahkamlash muhimligi zamonaviy xalqaro siyosatning kun tartibi
bo‘lishi ob’yektiv zarruriyatdir.

To‘rtinchidan, O‘zbekiston tomonining fikricha, biron-bir mintaqada terrorchilik

faoliyatining yo‘q ekanligini kafolatlangan xavfsizlik belgisi sifatida qabul qilish mumkin emas,
terrorizm nodavlat sub’yektlar tomonidan yaratiladigan doimiy tahdiddir. Xalqaro terrorizm
yetakchilari mintaqaviy xavfsizlikka tahdid soluvchi muammolarni keltirib chiqaradigan
jangari-terrorchilardan “uyqudagi uyalar”ni shakllantirmoqda, “yolg‘iz bo‘rilar” –
xudkushlarni tayyorlashmoqda. Shu bois Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha jahon
hamjamiyati tomonidan ilgari surilgan nuqtai nazarlardan tashqari, qo‘shni davlatlarning
vakolatli organlarini jalb etgan holda davlat chegaralari boshqarilishining samarali tizimini
shakllantirish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etilmoqda. Bu chegaralarni himoya qilish
standartlari, qurol-yarog‘lar, o‘q-dorilar, giyohvandlik va boshqa qo‘poruvchilik vositalarini
olib kirish va olib chiqish, noqonuniy migratsiyani bartaraf etish, belgilangan standartlarga
erishishda tomonlarga ko‘mak ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.

Beshinchidan, keyingi vaqtlarda dunyoda yuz berayotgan so‘nggi voqealar tufayli

xalqaro hamjamiyatning Afg‘onistonga bo‘lgan e’tibori biroz pasaydi. SHHTning biron-bir
davlati Afg‘oniston hududidan qo‘shni davlatlar xavfsizligiga kelib chiqadigan tahdiddan
manfaatdor emas. Bugungi voqelik tashkilotdagi yanada aniq harakatlarni amalga oshirishni
va Afg‘onistonni mintaqaviy tashabbuslarga, shu jumladan, infratuzilma loyihalariga jalb


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

61

qilishni talab qiladi. Shu bois SHHT doirasida Afg‘onistonning urushdan keyingi rivojlanish
strategiyasiga doir jipislashgan yondoshuvlarni ishlab chiqish, tabiiyki, O‘zbekistonnin
tashkilotga raisligidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ldi qolmoqda. Bu borada,
yaqinda Toshkentda yuqori martabali delegatsiyalar, jumladan, SHHT davlatlari ishtirokida
bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya anjumanning minbaridan ushbu
mamlakatni chuqur inqirozdan olib chiqish bo‘yicha aniq takliflar bildirilgan tarixdagi birinchi
forum bo‘ldi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Nazarova, F. (2024). O‘zbekistonning shanxay hamkorlik tashkilotidagi mintaqaviy

vositachilik ro‘li va ahamiyati. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and
social sciences, 4 (3), 56-72.
2.

Musayeva, J. K. (2023). O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda aktivlarni

boshqarishning o‘rni va roli. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 3 (4), 554-564.
3.

To‘raboyev, A. (2022). Shanxay hamkorlik tashkilotining markaziy osiyo davlatlari

hamkorligi va istiqboldagi rejalari haqida. Oriental renaissance: Innovative, educational,
natural and social sciences, 2 (Special Issue 26), 927-930.

Библиографические ссылки

Nazarova, F. (2024). O‘zbekistonning shanxay hamkorlik tashkilotidagi mintaqaviy vositachilik ro‘li va ahamiyati. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4 (3), 56-72.

Musayeva, J. K. (2023). O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda aktivlarni boshqarishning o‘rni va roli. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (4), 554-564.

To‘raboyev, A. (2022). Shanxay hamkorlik tashkilotining markaziy osiyo davlatlari hamkorligi va istiqboldagi rejalari haqida. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (Special Issue 26), 927-930.