Авторы

  • J. Nishonov
    Osiyo texnologiyalar universiteti oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.85709

Ключевые слова:

Termiz Ayritom Yunon-Baqtriya qirolligi Kushon imperiyasi buddizm mudofaa qal'alari Amudaryo So'g'd sun'iy sug'orish.

Аннотация

Ushbu maqolada Shimoliy Baqtriyaнинг qadimgi port-shaharlari va mudofaa  inshootlarining o`rganilishi tarixi manbalar asosida ochil berilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

50

SHIMOLIY BAQTRIYA ANTIK DAVR YODGORLIKLARI: PORT-SHAHARLAR

VA MADANIY ALOQALAR

Nishonov J.

Osiyo texnologiyalar universiteti oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15357470

Аннотация:

Ushbu maqolada Shimoliy Baqtriyaнинг qadimgi port-shaharlari va

mudofaa inshootlarining o`rganilishi tarixi manbalar asosida ochil berilgan.

Таянч сўзлар

: Termiz, Ayritom, Yunon-Baqtriya qirolligi, Kushon imperiyasi, buddizm,

mudofaa qal'alari, Amudaryo, So'g'd, sun'iy sug'orish.

Аннотация:

В данной статье на основе имеющихся источников представлен

исторический обзор изучения древних портовых городов и оборонительных
сооружений Северной Бактрии.

Ключевые словы:

Термез, Айритом, Греко-Бактрийское царство, Кушанская

империя, буддизм, оборонительные крепости, Амударья, Согд, искусственное орошение.

Annotation:

This article describes the study of ancient port cities and defensive

structures in Northern Bactria based on historical sources.

Key words:

Termez, Ayritom, Greco-Bactrian Kingdom, Kushan Empire, Buddhism,

defensive fortresses, Amu Darya, Sogdiana, artificial irrigation.


Mil.avv. IV asrga oid shimoliy Baqtriya hududidan 30 ga yaqin yodgorliklar aniqlangan.

Ularning aksariyati suv yoqalari, asosan Amudaryo havzasi hududlarida joylashgan. Baqtriya
hududida port–shaharlar, yaʼni Amudaryo kechuvi hududida qurilgan shaharlar muhim
ahamiyat kasb etgan. Amudaryo havzalari boʻyida Kampirtepa, Ayritom, Eski Termiz
(Tarmida), Oyxonim port–shaharlar qurilgan. Port–shaharlar xalqaro savdo, iqtisodiy va
madaniy aloqalar rivojida oʻzining munosib hissasini qoʻshgan.

Ahamoniylar davrida Amudaryodan kechuv joyi Shoʻrob hududida boʻlib, Shoʻrobtepa

qalʼasi port–shahar vazifasini bajargan. Aleksandr Makedonskiy va Salavkiylar davriga kelib,
Kampirtepa kechuv hududidagi asosiy qalʼaga aylangan. Kushonlar davrida esa, kechuv joylari
sonlari yanada koʻpaygan: Chushka–Guzar, Qora qamar, Kelif hududlarida ham kechuv yoʻllari
bunyod yetilgan. Kechuv hududlarining har ikkala qirgʻogʻida ham aholi yashagan.

Mil.avv. III asrning oxirlari va mil.avv. II asrning birinchi yarmida qadimgi Baqtriya

hududida Yunon–Baqtriya davlati mavjud boʻlgan. Yunon–Baqtriya davlati hukmronligi
davrida Baqtriya davlatida ellinizm madaniyati yanada rivojlangan. Shaharlar qurilishida,
jamiyatning ijtimoiy hayotida yunonlarning taʼsiri kuchli boʻlgan. Bu davrda Shimoliy Baqtriya
hududida Kampirtepa, Ayritom, janubiy Baqtriya hududida Oyxonim, Dilbarjin, Jigʻatepa
shaharlarida ellin madaniyati izlari yaqqol namoyon boʻlgan.

Kampirtepa yodgorligi shimoliy Baqtriya hududidagi yirik shaharlardan biri boʻlib,

mil.avv. IV asrning oxirlari – milodiy II asrning oʻrtalariga oid. Yodgorlik Amudaryoning oʻng
qirgʻogʻida, Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanidagi Shoʻrob qishlogʻidan 0,6 km. gʻarbda
joylashgan. Yodgorlik 1972-yildan buyon akademik E.V.Rtveladze boshchiligidagi arxeologik
ekspeditsiya tomonidan oʻrganilib kelinmoqda. Shahar qirgʻoq boʻylab gʻarbdan sharqqa tomon
400 metr uzunlikda joylashgan boʻlib, 5 gektar hududni egallagan. Qalʼa ikki qismdan ark va
“quyi shahar”dan iborat. Mustahkam mudofaa tizimiga ega. Ark 5 metr kenglikdagi mudofaa
devori va xandak bilan mudofaalangan. Kampirtepani qazish vaqtida koʻchalar, ibodatxona,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

51

shahar xazinasi, hunarmandchilik ustaxonalari topilgan. Keyingi yillarda olib borilgan
tadqiqotlar natijasida yodgorlikning dastlab yunonlarning frurioni, yaʼni mudofaa punkti yoki
port vazifasini bajaruvchi shahar sifatida vujudga kelganligi asoslanmoqda. Tadqiqotchilar bu
yerdan kemalar uchun qulay koʻrfaz, pristan va port mayogʻining izlarini aniqlashgan.
E.V.Rtveladze oʻz tadqiqoti jarayonida yozma manba va arxeologik tadqiqot ishlari natijalarini
solishtirish orqali Kampirtepa Oks boʻyidagi Aleksandriya shahri ekanligini asoslaydi.
Kampirtepaning eng rivojlangan davri milodiy I–II asrlarga toʻgʻri keladi va shu davrda shahar
(Kushonlar davrida) yanada taraqqiy qilib, asosiy savdo ishlari bilan bogʻliq bojxona va suv
yoʻllarini nazoratini olib borish kabi vazifalarni oʻtovchi shaharga aylangan. Shahar arki
darvozasiga yaqin joydan budda ibodatxonasi aniqlangan. Shahardan zardushtiylik,
buddaviylik va mahalliy diniy eʼtiqodlarga oid ibodatxonalar topilgan.

Shimoliy Baqtriya hududidagi yana bir eng yirik shaharlardan biri boʻlgan Termiz –

Tarmita shahri boʻlib, u bugungi kunda Eski Termiz yodgorligi hisoblanadi. U Amudaryo
kechuvida, mahalliy va xalqaro savdo yoʻllari kesishgan joyda qurilgan. V.Tomashek “Termiz”
soʻzini baqtr tilidan olingan, uning maʼnosi “daryoning narigi tomonidagi manzilgoh” deb
koʻrsatgan. Shahar hozirgi Termiz shahridan 7 km. shimoli–gʻarbda joylashgan. Shahar dastlab
Amudaryoning oʻng qirgʻigʻidagi tabiiy tepalik ustiga qurilgan. Ark toʻgʻritoʻrtburchak shaklida
boʻlib, 10 gektar maydonni egallagan.

XX asrning ikkinchi yarmida tadqiqotchilar Eski Termizni Oks boʻyidagi Aleksandriya

boʻlishi mumkin degan fikrni ilgari surganlar. Lekin keyingi davrlarda olib borilgan tadqiqotlar
buni tasdiqlanmagan. Shaharning eng rivojlangan davri Yunon–Baqtriya va Kushonlar
hukmronligi davrida boʻlgan. Mil.avv. III–II asrlarda shahar “Demetriya”, Kushonlar davrida
“Tarmida” deb atalgan. Kushonlar davrida Fayoztepa va Qoratepa budda monastirlari qurilib,
hududning yirik buddaviylik dini va kushonlar saltanatining siyosiy markaziga ham aylangan.

Baqtriyaning antik davriga oid yirik shaharlaridan biri Ayritom hisoblanadi. U mil.avv. II

asrda port–shahri sifatida Amudaryoning oʻng qirgʻogʻida Termiz shahridan 18 km sharqda,
Amudaryoning kechuvi ustida qurilgan. Shahar 1930- yillarda M.Ye.Masson boshchiligidagi
Termiz arxeologik ekspeditsiyasi, 1960- yillarda Oʻzbekiston Sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi
olimlari tomonidan oʻrganilgan. Port–shahar shimoldan janubga 3 km. choʻzilgan boʻlib, 90
gektar hududda joylashgan.Shahar uch tomonlama mudofaa devori bilan mudofaalangan.
Kushonlar davrida bu yerda yirik budda monastiri bunyod etilgan. 1933-yilda V.M.Masson
budda haykallari, musiqachilar va gulchambar koʻtargan ayollarning boʻrtma tasviri ishlagan
koshinni topgan. Shahar atrofida kulolchilik xumdonlari aniqlangan. Milodiy III asrning
ikkinchi yarmida Ayritom vayron boʻlgan, qayta tiklanmagan.

Yunon–Baqtriya davlati hukmronligi davrida, mil.avv. III asrning ikkinchi yarmidan yaʼni

davlat chegaralari himoyasiga alohida eʼtibor qaratilgan. Sugʻddan Baqtriyaga kirish mumkin
boʻlgan togʻli hududlarda mudofaa qalʼalari bunyod qilingan. Ayniqsa, Yevtidem I (mil.avv. 235–
200 yy.) davrida qulay togʻ daralari va togʻlar tizimalarining ikki hududni bogʻlab turgan oʻtish
murakkab boʻlgan joylarda ham mudofaa qalʼalari qurilgan. Qoʻrganzol, Uzundara,
Qopchigʻaytepa, Machaytepa, Qoʻrgʻoncha qishloqlaridagi mudofaa qalʼalari Baqtriyaning
chegaralarini himoyalashda muhim ahamiyat kasb etgan. Qoʻrganzol va boshqa mudofaa
qalʼalarini suv bilan taʼminlash muhim masalalardan biri boʻlgan. Bu yerga sunʼiy sugʻorish
asosida suv olib kelingan. Shu sabab ham davlat uchun muhim boʻlgan davrlardagina bu
mudofaa qalʼalari faoliyat yuritgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

52

Xulosa qilib aytganda, Termiz shahri Yunon-Baqtriya va Kushonlar davrida "Demetriya"

va "Tarmida" deb atalgan va buddaviylik diniy markazi sifatida rivojlangan. Ayritom esa
Amudaryoning o'ng qirg'og'ida joylashgan port-shahar bo'lib, mil.avv. II asrda qurilgan va
milodiy III asrda vayron bo'lgan. Shuningdek, Yunon-Baqtriya davri chegaralarini himoyalash
uchun qurilgan mudofaa qal'alari mavjud bo`lgan. Qo'rganzol va boshqa qal'alar Baqtriyaning
Sug'ddan kirishni nazorat qilishda muhim rol o'ynagan va sun'iy sug'orish tizimi bilan
ta'minlangan.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ртвеладзе Э.В. Александр Македонский в Бактрии и Согдиане. – С. 62;

2.

Мавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари. – Б. 103.

3.

Болелов С.Б. Кампыртепа – античная крепост на Оксе. – С. 107

4.

Tomascher W. Central asiatische Studien. Sogdiana. –Wien, 1877. –R. 8. 91

5.

Пидаев Ш. Қадимий Термиз. – Тошкент: Фан, 2001. – Б. 10.

6.

История государственности Узбекистана. Т.И. – С.161.

7.

Сверчков Л.М. Эллинистическая крепост Курганзол. – С. 96 – 98.

Библиографические ссылки

Ртвеладзе Э.В. Александр Македонский в Бактрии и Согдиане. – С. 62;

Мавлонов Ў. Марказий Осиёнинг қадимги йўллари. – Б. 103.

Болелов С.Б. Кампыртепа – античная крепост на Оксе. – С. 107

Tomascher W. Central asiatische Studien. Sogdiana. –Wien, 1877. –R. 8. 91

Пидаев Ш. Қадимий Термиз. – Тошкент: Фан, 2001. – Б. 10.

История государственности Узбекистана. Т.И. – С.161.

Сверчков Л.М. Эллинистическая крепост Курганзол. – С. 96 – 98.