BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASH

Annotasiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning samarali yo‘llari, pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlar tahlil etiladi. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual qobiliyatlarini rivojlantirish hamda dars jarayonida mustaqil fikrlashga undashning nazariy va amaliy jihatlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar misolida natijadorlik ko‘rsatkichi ham tahlil qilingan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
124-128
16

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
To‘xtayeva, M. ., & Xadjimusayeva, N. . (2025). BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA IQTIDORLI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASH. Наука и инновация, 3(14), 124–128. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/87405
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning samarali yo‘llari, pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlar tahlil etiladi. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual qobiliyatlarini rivojlantirish hamda dars jarayonida mustaqil fikrlashga undashning nazariy va amaliy jihatlariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar misolida natijadorlik ko‘rsatkichi ham tahlil qilingan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

124

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA IQTIDORLI O‘QUVCHILAR

BILAN ISHLASH

To‘xtayeva Muqaddas Olimovna

O‘zbekiston, Jizzax davlat pedagogika universiteti

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 1-kurs talabasi

Xadjimusayeva Nilufar

Ilmiy rahbar: Jizzax davlat pedagogika universiteti

filologiya fanlar bo‘yicha PhD, dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.15385591

Annotatsiya:

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida iqtidorli o‘quvchilar

bilan ishlashning samarali yo‘llari, pedagogik yondashuvlar va innovatsion metodlar tahlil
etiladi. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularning individual qobiliyatlarini rivojlantirish
hamda dars jarayonida mustaqil fikrlashga undashning nazariy va amaliy jihatlariga e’tibor
qaratiladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar
misolida natijadorlik ko‘rsatkichi ham tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

ona tili, metodika, iqtidorli o‘quvchilar, individual yondashuv, innovatsion

metod, ta’lim texnologiyasi, ijodkorlik.

WORKING WITH GIFTED STUDENTS IN PRIMARY SCHOOL MOTHER

TONGUE LESSONS

Abstract:

This article analyzes effective methods, pedagogical approaches, and

innovative techniques for working with gifted students in primary sacholl mother tongue
lessons. It discusses the identification of talented learners, ways to enhance their individual
abilities, and theoretical as well as practical aspects of encouraging independent thinking
during lessons. The paper also analyzes the effectiveness of lessons organized using modern
educational technologies and presents examples of successful practices.

Keywords

: native language, methodology, gifted students, individualized approach,

innovative methods, educational technology, creativity.

Kirish:

“Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”, degan ezgu g‘oya asosida

yurtimizda bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda yuzlab zamonaviy
maktablar barpo etildi. Prezident maktablari, ijod maktablari hayotimizga kirib keldi,
ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytirildi. Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari
yaratildi. Ta’lim tizimida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash jarayoni – bolaning shaxs
sifatida shakllanishi, bilimga bo‘lgan qiziqishining ortishi va ijtimoiy faolligining yuksalishida
muhim bosqich hisoblanadi. Ayniqsa, iqtidorli o‘quvchilar bilan samarali ishlash ularning
individual qobilyatlarini aniqlash, rivojlantirish va qo‘llab- quvvatlash orqali milliy
taraqqiyotga hissa qo‘shuvchi yetuk kadrlarni shakllantirishning dastlabki bosqichidir.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar, xususan, iqtidorli yoshlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash tizimini
takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar bu yo‘nalishdagi ishlarning dolzarbligini
yanada oshirmoqda.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

125

Ona tili darslari esa iqtidorli o‘quvchilarning tafakkur doirasini kengaytirish, ijodiy

fikrlash va nutqiy faoliyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Chunki til-tafakkurning
asosi, ona tili darslari esa shaxs shakllanishining g‘oyaviy-axloqiy, madaniy-ma’naviy asosini
barpo etadi. Shunday ekan, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchining metodik
yondashuvi, o‘quvchilarning psixologik yosh xususiyatlari, ularning tilga bo‘lgan munosabati
va ijodiy imkoniyatlarini hisobga olish zarur. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf ona tili
darslarida iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish, ijodiy faoliyatga yo‘naltirish
va bu borada zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning samarali yo‘llari yoritiladi.
Shuningdek, bu sohada mavjud muammolar va taklif etilayotgan yechimlar ham tahlil qilinadi.

Asosiy qism

: Bugungi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida iqtidorlilarni erta

aniqlab, ularni rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda. Ayniqsa, ona tili darslarida bu imkoniyatlar keng bo‘lib, o‘quvchilarning og‘zaki va
yozma nutqi, ijodiy tafakkuri, mantiqiy fikrlash qobiliyatini aniqlashda muhim omil bo‘lib
xizmat qiladi.

1. Iqtidorni aniqlashning asosiy mezonlari:

- o‘quvchining matnni tahlil qilish va qayta hikoya qilishdagi faolligi;
- so‘z boyligi va to‘g‘ri talaffuz qilish darajasi;
- mustaqil insho va matnlar tuzish qobiliyati;
- savolga noodatiy va keng qamrovli javob bera olishi.
Masalan, 2-sinf ona tili darsida “Bahor keldi” mavzusida erkin fikr yozish topshirig‘ida

ba’zi o‘quvchilar bir-ikki gap bilan cheklanayotgan bo‘lsa, iqtidorli o‘quvchi 5–6 gapdan iborat
obrazli matn tuzishi mumkin. Bu esa uning tilga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy salohiyatidan
dalolat beradi.

2. Ishlash usullari:

Differensial yondashuv: Iqtidorli o‘quvchilarga alohida topshiriqlar berish (masalan,

kengaytirilgan so‘z boyligi bilan diktant yozish).

Loyiha metodlari: “Sevimli hayvonim haqida hikoya yozaman” kabi ijodiy topshiriqlar

orqali bolalarning mustaqil fikrlashi rag‘batlantiriladi.

Jamoaviy ishlarda liderlikni rivojlantirish: Iqtidorli o‘quvchilarni kichik guruhlarda

boshqaruvchi sifatida tayinlash orqali ularning tashabbuskorligi oshiriladi.

3. Dolzarb muammolar:

- o‘qituvchilarning iqtidorni aniqlashga yetarli metodik bilimga ega emasligi;
- darslik va topshiriqlarning bir xil, standart xarakterda bo‘lishi;
- ota-onalar bilan hamkorlikning sustligi.

4. Taklif va yechimlar:

1. Ona tili darsliklarini iqtidorli o‘quvchilar uchun qo‘shimcha topshiriqlar bilan boyitish.
2. Har chorakda “Ijodkor o‘quvchi” kabi tanlovlar o‘tkazish.
3. Psixolog va metodistlar bilan hamkorlikda individual rivojlanish xaritalarini ishlab

chiqish.

MUOKAMA VA NATIJALAR

Boshlang‘ich sinflarda ona tili darslarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha turli

innovatsion usullarni qo‘llash samarali hisoblanadi. Bu metodlarda biror mavzu tanlab olinadi
va o‘quvchilar bilan shu mavzu tahlil qilinadi. Masalan, boshlang‘ich sinf ona tili darslarida

“O‘rmon” matni asosida matn bilan ishlash va unli tovushlarni mustahkamlsh


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

126

mavzusida o‘quvchilarga bir nechta metodlar beriladi. Asosiy maqsad: matn asosida
o‘quvchilarning tahliliy fikrlashini rivojlantirish, unli tovushlar va ularning imloviy
xususiyatlarini mustahkamlash, iqtidorli o‘quvchilarning izchil nutq tuzish va so‘z boyligini
kengaytirish sanaladi.

“Rasm asosida matn tuzish va uni tahlil qilish”:

bu orqali boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarida rasm asosida matn tuzganida tafakkuri kengayadi, so‘z boyligi oshadi, narsa va
voqealarni tasavvur qilishi tezda ro‘y beradi. Iqtidorli o‘quvchilar uchun, albatta, juda oson
emas, balki ularni o‘ylantiradigan, mushohada qilishga majbur qiladigan rasmlarni berganda,
ular qanday vaziyat bo‘lmasin, yechimini topishadi, izlanishadi. Bu esa ularda ijodkorlikni,
tahliliy mushohada qilishni rivojlantiradi. Lug‘at boyligini esa oshiradi.

"Unli tovushlar va harflar" metodi:

bu metod orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida

ona tilini tez o‘rganish, unli va undosh tovushlarni ajratish bilan birga tasvirlangan
rasmdagilar orqali ham ona tilidan ko‘nikmasini shakllantiradi,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

127

"So‘zni davom ettir" metodi:

iqtidorli o‘quvchilarga ikkita harfdan iborat so‘zlar

beriladi, shular orqali o‘quvchilar turli xil mavjud bo‘lgan so‘zlarni topishlari kerak bo‘ladi.
So‘zni davom ettirish orqali ularda xotira, diqqat, tafakkur kabi bilish jarayonlari rivojlanadi,
so‘z boyligi ham oshadi.

Boshlang ‘ich sinf ona tili darslarida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashda qo‘llanilgan

metodlar va usullar orqali biz quyidagi natijalarga ega bo‘lamiz:

1. Interaktiv va noan’anaviy metodlar:

Iqtidorli o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, diqqatni jamlash, topqirlik va ijodkorlik

qobilyatlarini rivojlantirishda samarali bo‘lib, dars samaradorligi oshiradi.

2. Interfaol o‘qitish usullari:

O‘quvchilarni bilim olish jarayoniga faol jalb etish, muloqot madaniyatini rivojlantirish,

mustaqil fikr yuritish va umumiy masalalarni birgalikda hal qilish ko‘nikmalarini
shakllantirishga yordam beradi.

3. Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida interaktiv metodlardan foydalanish:

O‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirish, darsga bo‘lgan qiziqishini va dars

samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

4. Nutqiy kompetensiyalarni shakllantirishda interaktiv metodlar, didaktik

o‘yinlar va matnlar bilan ishlashning turli usullaridan foydalanish.

Bu o‘quvchilarning

nutqiy salohoyatini rivojlantirishda muhim ayamiyatga ega.

Xulosa:

iqtidorli o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘quv

jarayonni tashkil etishda ularning mustaqilligi, tashabbuskorligi va mas’uliyatlarini oshirish
imkoniyatlarini izlash o‘qituvchilarning muhim vazifalaridan biridir. Iqtidorli o‘quvchilar
muayyan o‘quv predmetlari yoki ularning qismlarini o‘z xohishlariga ko‘ra chuqurroq
o‘zlashtirishga erishadilar. Ular turli bilimlar va axborotlarni tez, chuqur o‘rganishni


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

128

xohlaydilar va o‘zlarining o‘quv harakatlarini rejalashtiradilar. Shularni hisobga olgan
holda iqtidorli o‘quvchilarga mustaqil izlanish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob
topishga ko‘maklashadigan pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish ehtiyoji mavjud.
Shuningdek, iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash jarayonlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, ular bilan
ko‘proq shugʻullanish natijasida ko‘plab yutuqlarga erishamiz bu esa, albatta, yurt ravnaqi,
rivojlanishi uchun muhim.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni . – Toshkent, 2020.

2.

Abdullayeva F.N. Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayonlari. Boshlang‘ich ta’limga

raqamli texnologiyalarning tatbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari.
– Buxoro, 2021. – 300 b.
3.

Zamonaviy o‘qitish metodlari orqali iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish.

// Jamiyat va innovatsiyalar, 2022.
4.

Roziqova R.R. Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligidagi matnlar bilan ishlashda turli

metodlardan foydalanish. Educational Research in Universal Sciences, 2023. 2(5), 489-493.
5.

To‘xtasinova N., Egamberdiyeva G. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: Fan va

texnologiya, 2022.
6.

Qodirova M. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtidorini aniqlash va rivojlantirish. –

Toshkent: O‘qituvchi, 2021.
7.

Vygotskiy L.S. Pedagogik psixologiya. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020.

8.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Ona tili” fanidan o‘quv dasturi. – Toshkent:

TTJTA, 2022.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni . – Toshkent, 2020.

Abdullayeva F.N. Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayonlari. Boshlang‘ich ta’limga raqamli texnologiyalarning tatbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari. – Buxoro, 2021. – 300 b.

Zamonaviy o‘qitish metodlari orqali iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish. // Jamiyat va innovatsiyalar, 2022.

Roziqova R.R. Ona tili va o‘qish savodxonligi darsligidagi matnlar bilan ishlashda turli metodlardan foydalanish. Educational Research in Universal Sciences, 2023. 2(5), 489-493.

To‘xtasinova N., Egamberdiyeva G. Boshlang‘ich ta’lim metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2022.

Qodirova M. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtidorini aniqlash va rivojlantirish. – Toshkent: O‘qituvchi, 2021.

Vygotskiy L.S. Pedagogik psixologiya. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun “Ona tili” fanidan o‘quv dasturi. – Toshkent: TTJTA, 2022.