Авторы

  • ULUG’BEK SAG’DULLAYEV
    O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Mustaqil tadqiqotchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.86917

Ключевые слова:

davlat xizmat aholi aholi iste’molchi davlat xizmatlari huquqiy axborot ma’lumotnoma fuqaro fan ta’lim sog‘liqni saqlash jamiyat pullik bepul.

Аннотация

Bugungi kunda, ayniqsa, davlat xizmatlarining o‘rni va ahamiyati beqiyos bo‘lib aholi, tadbirkorlik sub’ektlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni amalga oshirish, ijtimoiy munosabatlarni bozor tamoyillari asosida takomillashtirish kabi strategik funksiyalarni o‘zida aks ettiradi. Maqolada  davlat xizmatlari  ko‘rsatishni  tasniflash tartibi va tamoyili ilmiy dalillar asosida isbotlab berilgan.    


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

99

DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNI TASNIFLASH TARTIBI VA TAMOYILI

SAG’DULLAYEV ULUG’BEK AXMADJON O‘G’LI

O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti,

Mustaqil tadqiqotchi

ulugbeksagdullaev44@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15378575

Annotatsiya:

Bugungi kunda, ayniqsa, davlat xizmatlarining o‘rni va ahamiyati beqiyos

bo‘lib aholi, tadbirkorlik sub’ektlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni amalga oshirish,
ijtimoiy munosabatlarni bozor tamoyillari asosida takomillashtirish kabi strategik
funksiyalarni o‘zida aks ettiradi. Maqolada davlat xizmatlari ko‘rsatishni tasniflash tartibi va
tamoyili ilmiy dalillar asosida isbotlab berilgan.

Kalit so‘zlar:

davlat, xizmat, aholi, aholi iste’molchi, davlat xizmatlari, huquqiy, axborot,

ma’lumotnoma, fuqaro, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jamiyat, pullik, bepul.

Аннотация:

Сегодня особенно несопоставимы роль и значение государственных

услуг, отражающих такие стратегические функции, как реализация отношений между
населением, субъектами предпринимательства и государством, совершенствование
общественных отношений на основе рыночных принципов. В статье обоснованы
порядок и принцип классификации государственных услуг на основе научных данных.

Ключевые слова:

государство, услуга, население, население-потребитель,

общественные услуги, юридические, информация, справочник, гражданин, наука,
образование, здравоохранение, общество, платное, бесплатное.

Abstract:

Today, the role and importance of public services are especially incomparable,

reflecting such strategic functions as the implementation of relations between the population,
business entities and the state, the improvement of social relations based on market
principles. The article presents the procedure and principle of classifying public services
based on scientific evidence.

Key words:

state, service, population, population consumer, public services, legal,

information, reference, citizen, science, education, healthcare, society, paid, free.

Kirish.

Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida davlat boshqaruvi

tizimining samaradorligi bevosita davlat xizmatlarining sifatli, ochiq va fuqaroga yaqin tarzda
ko‘rsatilishiga bog‘liq. Aholi va biznes subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning qulayligi,
shaffofligi hamda tezkorligi davlat organlariga bo‘lgan ishonchni oshirishda muhim omil
hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, davlat xizmatlarini aniq mezonlar asosida tasniflash,
ularning tartibini belgilash va tamoyillarini huquqiy asosda mustahkamlash dolzarb ahamiyat
kasb etadi.

Mazkur mavzu doirasida davlat xizmatlarining turlari, ularni ko‘rsatishdagi asosiy

prinsiplar, ularning tasnifi va tartibga solish mexanizmlari o‘rganiladi. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi tajribasi misolida ushbu sohadagi islohotlar, ularning natijalari
hamda takomillashtirish yo‘nalishlariga ham e’tibor qaratiladi.

Asosiy qism.

Mamlakatimizda davlat boshqaruvidagi davlat xizmati uchun ham “davlat

xizmati”, davlat tomonidan fuqarolarga ko‘rsatiladigan biror bir xizmat uchun ham “davlat
xizmati” atamasi ishlatiladi. Bu ko‘plab tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi, tabiiy hol.
Masalan, O‘zbekiston aholisining aksariyat qismidan davlat xizmati haqida so‘rasangiz,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

100

fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmat deya javob berishadi. Shu boisdan davlat xizmatlarini
“qayerda?”, “kim tomonidan” va “qay tarzda” ko‘rsatilishiga aniqlik kiritish, ularni ijtimoiy
munosabatlardan kelib chiqib ma’lum belgi va mezonlarga ko‘ra tasniflash zarurati mavjud.
Yuqoridagilarga ko‘ra davlat xizmatlarini quyidagi belgilarga ko‘ra tasniflashimiz mumkin:

Axborot turidagi davlat xizmatlari - bu xizmat bo‘yicha ma’lumotlardan iborat bo‘lib

unda “qaysi yerda?”, “kim tomonidan” va “qaysi manzilda” kabi savollarga javob bo‘ladigan
ma’lumotlar beriladigan xizmatlar hisoblanadi;

Interaktiv davlat xizmatlari – arizalarни yuborish va natijaсини olish uchun kerakli

davlat xizmati ko‘rsatadigan tashkilotlardan olinadigan xizmatlar;

Tranzaktsion davlat xizmatlariga ariza berish va oxirgi natijagacha onlayn tarzda

axborot tizimlari ishtirokida olinadigan xizmatlar kiradi;

Oddiy davlat xizmatlari – shunchaki bitta jarayon orqali amalga oshiriladigan xizmatlar

kiritiladi;

Murakkab davlat xizmatlari – ko‘rsatilish jarayoni bir necha bosqichda, “...bir nechta

vakolatli organ funksiyalari kesishmasi va ularning reglamenti doirasidagi xizmatlar”[1] dan
iborat.
Taqdim etilish shakliga ko‘ra:

an’anaviy – aynan vakolatli organ tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotnoma,

ruxsatnoma yoki ma’lum imtiyoz shaklidagi davlat xizmatlari;

elektron – elektron shaklda elektron portal yoki mobil vositalar orqali ko‘rsatiladigan

davlat xizmatlari;

yagona darcha tamoyili bo‘yicha – DXMga bevosita tashrif buyurish orqali muayyan

komissiya asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar.
To‘lov shakliga ko‘ra pullik va bepul ko‘rsatiladigan davlat xizmatlariga bo‘linadi.
xizmat natijasiga ko‘ra:
A.

muayyan huquq shaklidagi davlat xizmatlari – fuqarolarning xizmat natijasida ma’lum

huquq yoki vakolatlarga ega bo‘lishi bilan bog‘liq xizmatlar;
B.

muayyan imtiyoz shaklidagi davlat xizmatlari – fuqarolarning muayyan imtiyoz va

preferensiyalarga ega bo‘lishi bilan bog‘liq xizmatlar.
C.

muayyan ruxsat yoki ta’qiq shaklidagi davlat xizmatlari – faoliyat turi bilan shug‘ullanish

imkonini beruvchi (ta’qiqlovchi) xizmatlar.
D.

Majburiy davlat xizmatlari;

E.

Ixtiyoriy davlat xizmatlari.

Hayotiy vaziyatga ko‘ra davlat xizmatlari – fuqarolarning turmush kechirishida mehnat
munosabatlari, ijtimoiy himoya, farzand tug‘ilishi, oilaviy vaziyatlarga doir xizmatlardan
foydalanishini o‘z ichiga oladi.
Ko‘rsatish ko‘lamiga ko‘ra:
a.

Ommaviy davlat xizmatlari – barcha fuqarolar uchun taqdim etiladigan davlat xizmatlari

kiritiladi;
b.

Individual – murojaat etgan fuqarolarga alohida tartibda ko‘rsatiladigan hamda shaxsga

doir ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi davlat xizmatlari.
Ko‘rsatilish joyiga ko‘ra:
a.

Hududiy davlat xizmatlari – “...fuqarolarning doimiy yashash joyi, iqtisodiy

sub’ektlarning faoliyat ko‘rsatish hududida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari”[2];


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

101

b.

Eksterritorial davlat xizmatlari – fuqarolarning yashash joyi yoki ro‘yxatdan o‘tgan

manzilidan qat’iy nazar mamlakat hududi bo‘ylab ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari.

Davlat xizmatlari — bu davlat organlari va ularning tarkibiy tuzilmalari tomonidan

jismoniy va yuridik shaxslarga ularning huquq va erkinliklarini amalga oshirish, qonuniy
manfaatlarini ta'minlash uchun ko‘rsatiladigan faoliyat turlaridir. Davlat xizmatlarini tizimli
ravishda tartibga solish va tasniflash ularning sifatli, qulay va samarali ko‘rsatilishini
ta’minlash uchun muhim hisoblanadi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmatlari sohasida bir qator islohotlar amalga

oshirilmoqda. Xususan, Davlat xizmatlari agentligi, Davlat xizmatlari markazlari faoliyati
yo‘lga qo‘yildi. Elektron platformalar orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni ortib bormoqda.
Biroq hali ham quyidagi muammolar mavjud:

Ayrim hududlarda infratuzilma yetishmasligi;

Kadrlar malakasi va texnik bazaning pastligi;

Xizmatlar sifatiga nisbatan aholining e’tirozlari.
Bu muammolarni bartaraf etish uchun raqamli transformatsiyani chuqurlashtirish,

mahalliy darajada xizmatlarni soddalashtirish va foydalanuvchilar fikrini tizimli o‘rganish
zarur.

Bugungi kunda, ayniqsa, mahalla tizimida tashkil qilinadigan davlat xizmatlarining o‘rni

va ahamiyati beqiyos bo‘lib aholi, tadbirkorlik sub’ektlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlarni
amalga oshirish, mahalla tizimida ijtimoiy munosabatlarni bozor tamoyillari asosida
takomillashtirish kabi strategik funksiyalarni o‘zida aks ettiradi. Har bir mahallada davlat
xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha “elektron xizmat nuqtalari”[3]ni ishga tushirishda
“O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv
tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”[4]gi qaroriga ko‘ra,
mahallalarda ayrim davlat xizmatlarini agentlar ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yish sharoitida

“davlat-

xizmat ko‘rsatuvchi → aholi iste’molchi” tamoyili

негизида

давлат

xizmatлари ko‘rsatish

zarurиятини асослайди. Шунга кўра маҳалла тизимида davlat xizmatlari ko‘rsatishni

мазкур tamoyili

asosida iste’mol мезонларига ko‘ra tasniflash мақсадга мувофиқдир (1-

rasm).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

102


1-rasm. Davlat xizmatlari ko‘rsatishni davlat-xizmat ko‘rsatuvchi → aholi

iste’molchi” tamoyili asosida tasniflash

1

Davlat xizmatlari ko‘rsatishni “davlat-xizmat ko‘rsatuvchi → aholi iste’molchi” tamoyili

asosida tasniflash asosida

birinchidan

, davlat xizmatlarining iqtisodiy xususiyatini to‘laqonli

ochib berish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari davlat organlarining bevosita davlat boshqaruvi
bilan bog‘liq bo‘lmagan qator funksiyalariga bo‘lgan ehtiyojini samarali qondirish,

ikkinchidan,

jamiyat a’zolarining nafaqat aholi, balki xizmatlar iste’molchisi rolini bajarishi mumkinligini
asoslash,

uchinchidan

, mahalla tizimi davlat funksiyalarini xizmatlar shaklida ko‘rsatish orqali

1

Muallif tomonidan ishlab chiqilgan

Iste’mol xususiyati

Iste’mol shakli

Iste’mol shartlari


Iste’mol xususiyatiga ko‘ra (shaxsiy, jamoaviy,
individual);
Assortimentiga ko‘ra (keng, o‘rta, kam sonli, portfel);
Xizmat shakliga ko‘ra (huquqiy, axborotga oid,
ma’lumotnoma);
Xizmat to‘lovchisi (shaxs, tashkilot, DXM, MFY)

Shakliga ko‘ra(shaxsiy, jamoaviy, guruhli, individaual)
Standartlashganligiga ko‘ra (standart, nostandart)
Taqdim etilishiga ko‘ra (elektron, mobil, shaxsan
murojaat)
Teskari aloqaning mavjudligiga ko‘ra (mavjud, mavjud
emas)
Ma’muriy darajasiga ko‘ra(davlat, hududiy, mahallabay,
aralash)
Xizmat turiga ko‘ra (asosiy, qo‘shimcha)


Davriyligiga ko‘ra (bir marotabalik, ko‘p marotabalik
doimiy foydalanish uchun);
To‘lovliligiga ko‘ra (pullik, bepul);
Moliyalashtirilishiga ko‘ra (davlat byudjeti, korxonalar
moliyasi, aholining shaxsiy mablag’lari hisobidan);
Iste’molchi ishtirokiga ko‘ra (bevosita va bilvosita
ishtirok, iste’molchi ishtirokisiz);
Xizmat ko‘rsatuvchiga ko‘ra (davlat xizmatlari markazi,
tadbirkorlik subyekti, ijtimoiy muassasalar);
Xizmat predmetiga ko‘ra (jarayon, xizmat natijasi,
raddiya);
Sohaviyligiga ko‘ra (fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash,
iqtisodiyot va shu kabilar).


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

103

aholining ijtimoiy muammolarini samarali hal etilishini tizimli ravishda tashkil etish, shu
orqali turmush farovonligini oshirishga ko‘maklashishadi. Nihoyat,

to‘rtinchidan,

davlat

xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish orqali aholining ushbu xizmatlardan qoniqqanlik
darajasi orqali namoyon bo‘luvchi – aholi va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning ijobiy
samarasi vujudga keladi.

Xulosa.

Davlat xizmatlarini tasniflash, ularning ko‘rsatish tartibi va tamoyillarini

belgilash zamonaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi. Fuqarolar va yuridik
shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ochiqligi, soddaligi va sifatli bajarilishi — davlatga
bo‘lgan ishonchning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda bu
yo‘nalishda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda: davlat xizmatlari elektron shaklga
o‘tkazilmoqda, ularning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda, shuningdek, aholiga qulaylik
yaratish uchun markazlashgan xizmat ko‘rsatish tizimlari joriy etilmoqda.

Mazkur tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xizmatlarni tasniflash ularni boshqarish va

rivojlantirishda muhim metodologik vosita hisoblanadi. Davlat xizmatlarini belgilangan
tamoyillar asosida tashkil etish esa ularning adolatli, shaffof va samarali bo‘lishini ta’minlaydi.

Kelgusida bu tizimni takomillashtirish uchun raqamli texnologiyalarni keng joriy etish,

hududiy farqlarni kamaytirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va foydalanuvchi
ehtiyojlariga yo‘naltirilgan xizmatlar modelini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Когамова, А. Ш. Закон Республики Казахстан «О государственных услугах»:

ключевые положения, достоинства и слабые стороны / А. Ш. Когамова // Евразийский
юридический

журнал.

2019.

1(128).

С.

89-94.

https://elibrary.ru/item.asp?id=37084898

2.

Калугин В.Е. Совершенствование оценки качества оказания государственных

услуг. Научный рецензируемый журнал "Вестник СибАДИ". 2016;(4(50)):145-151.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11-sentabr 2023-yildagi PQ-300-son

“O'zbekiston-2030’ strategiyasini 2023-yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-
tadbirlari to'g'risida Qarori.

https://lex.uz/uz/docs/-6600390

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21-dekabr 2023 yildagi PQ-402-son

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv
tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori.
5.

BARAT-ALIYEVICH A. F., NODIROVNA M. S. THE ESSENCE AND SIGNIFICANCE OF THE

CONCEPTS

OF

INNOVATION,

INNOVATION

ACTIVITY

AND

INNOVATION

ENTREPRENEURSHIP. – 2023.
6.

SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S. TOLIBOVNA TD THE REFORM OF

PROFESSIONS IN THE DIGITAL ECONOMY, THE MOST IN DEMAND IN THE LABOR MARKET
OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-
9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 278-289.
7.

SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S., TOLIBOVNA T. D. P. O. F. S. B. AS A FACTOR

IN THE DEVELOPMENT OF THE COMPETITIVE ENVIRONMENT OF THE NATIONAL


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

104

ECONOMY OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of
Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 268-277.
8.

Мирзаева Ш. Н., Ашуров С. З. Анализ Инвестиционного Климата В Узбекистане,

Состояние И Перспективы //GlobalBiz Summit: Business and Economic Strategies for the
Future. – 2025. – Т. 1. – С. 72-75.
9.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KHURSHEDOVICH A. A. TOURISM CLUSTERS IN

THE DIGITAL ECONOMY //International Conference on Adaptive Learning Technologies. –
2024. – Т. 5. – С. 133-141.
10.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KUVONCH R. EXPANSION OF THE SERVICE

SECTOR IN THE CONTEXT OF INNOVATIVE CHANGES IN UZBEKISTAN //Gospodarka i
Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 90-98.
11.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., ALIASKAR M. IMPORTANT ASPECTS OF THE

THEORY AND METHODOLOGY OF MEASURING SOCIAL CAPITAL //Miasto Przyszłości. –
2024. – Т. 49. – С. 167-174.
12.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., MUROD S. DIGITALIZATION OF SOCIAL

TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SERVICE SECTOR //Gospodarka i
Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 80-89.
13.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., FIRUZA A. ECOTOURISM AS A TOOL FOR

SUSTAINABLE DEVELOPMENT AND POVERTY REDUCTION //International Conference on
Adaptive Learning Technologies. – 2024. – Т. 5. – С. 123-132.
14.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. SUBHONZODA SH THE EXPERIENCE OF OTHER

COUNTRIES IN THE LEGAL REGULATION OF ECOTOURISM //BOSHQARUV VA ETIKA
QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 122-131.
15.

Nodirovna M. S. Foreign Experience in Supporting Entrepreneurship and Business

Activity of Women. WEB OF SYNERGY: International Interdisciplinary Research
JournalVolume2, Issue 5Year2023ISSN: 2835-3013https //univerpubl. com/index.
php/synergy https://scholar. google. com/citations.

Библиографические ссылки

Когамова, А. Ш. Закон Республики Казахстан «О государственных услугах»: ключевые положения, достоинства и слабые стороны / А. Ш. Когамова // Евразийский юридический журнал. – 2019. – № 1(128). – С. 89-94. https://elibrary.ru/item.asp?id=37084898

Калугин В.Е. Совершенствование оценки качества оказания государственных услуг. Научный рецензируемый журнал "Вестник СибАДИ". 2016;(4(50)):145-151.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11-sentabr 2023-yildagi PQ-300-son “O'zbekiston-2030’ strategiyasini 2023-yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida Qarori. https://lex.uz/uz/docs/-6600390

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21-dekabr 2023 yildagi PQ-402-son O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori.

BARAT-ALIYEVICH A. F., NODIROVNA M. S. THE ESSENCE AND SIGNIFICANCE OF THE CONCEPTS OF INNOVATION, INNOVATION ACTIVITY AND INNOVATION ENTREPRENEURSHIP. – 2023.

SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S. TOLIBOVNA TD THE REFORM OF PROFESSIONS IN THE DIGITAL ECONOMY, THE MOST IN DEMAND IN THE LABOR MARKET OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 278-289.

SAIDAKHMEDOVICH S. T., NODIROVNA M. S., TOLIBOVNA T. D. P. O. F. S. B. AS A FACTOR IN THE DEVELOPMENT OF THE COMPETITIVE ENVIRONMENT OF THE NATIONAL ECONOMY OF UZBEKISTAN //Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521). – 2024. – Т. 2. – №. 6. – С. 268-277.

Мирзаева Ш. Н., Ашуров С. З. Анализ Инвестиционного Климата В Узбекистане, Состояние И Перспективы //GlobalBiz Summit: Business and Economic Strategies for the Future. – 2025. – Т. 1. – С. 72-75.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KHURSHEDOVICH A. A. TOURISM CLUSTERS IN THE DIGITAL ECONOMY //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2024. – Т. 5. – С. 133-141.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., KUVONCH R. EXPANSION OF THE SERVICE SECTOR IN THE CONTEXT OF INNOVATIVE CHANGES IN UZBEKISTAN //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 90-98.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., ALIASKAR M. IMPORTANT ASPECTS OF THE THEORY AND METHODOLOGY OF MEASURING SOCIAL CAPITAL //Miasto Przyszłości. – 2024. – Т. 49. – С. 167-174.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., MUROD S. DIGITALIZATION OF SOCIAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SERVICE SECTOR //Gospodarka i Innowacje. – 2024. – Т. 48. – С. 80-89.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S., FIRUZA A. ECOTOURISM AS A TOOL FOR SUSTAINABLE DEVELOPMENT AND POVERTY REDUCTION //International Conference on Adaptive Learning Technologies. – 2024. – Т. 5. – С. 123-132.

ILKHAMOVNA S. Z., NODIROVNA M. S. SUBHONZODA SH THE EXPERIENCE OF OTHER COUNTRIES IN THE LEGAL REGULATION OF ECOTOURISM //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2024. – Т. 4. – №. 5. – С. 122-131.

Nodirovna M. S. Foreign Experience in Supporting Entrepreneurship and Business Activity of Women. WEB OF SYNERGY: International Interdisciplinary Research JournalVolume2, Issue 5Year2023ISSN: 2835-3013https //univerpubl. com/index. php/synergy https://scholar. google. com/citations.