ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
91
TO‘LIQ VA TO‘LIQSIZ OILALARDA BOLA SHAXSI RIVOJLANISHI PSIXOLOGIK
O‘RGANISHNING USUL VA VOSITALARI
Kamolova Shirinoy Usarovna
Jizzzax davlat pedagogika universiteti,
umumiy psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchi.
Abralov Shokir
Jizzzax davlat pedagogika universiteti,
Pedagogika va psixologiya fakulteti 4-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15378278
Annotatsiya:
Maqolada To‘liq va to‘liqsiz oilalarda bola shaxsi rivojlanishi psixologik
o‘rganishning usul va vositalarini o ‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, oilaviy nizolar va son-
sanoqsiz mojarolar oilaviy muammolarning psixologik jihatlari yoritilgan.
Kalit so’zlar:
Oila, to‘liq va to‘liqsiz oilalar, xulq-atvor, nizo, mojaro, oilaviy muammo,
psixokorrektsiya, texnologiya, shakllantirish, rivojlantirish, birlashtirish, jipslashtirish,oila
institutini.
Oila insoniyatning ibtidoiy hayotidan madaniylashgan, sivilizatsiyalashgan turlari va
hayotga o‘tishini ta’minlangan eng muhim omillardan biri. Oila o‘ziga xos ijtimoiy insititut
sifatida juda uzoq tarixiy davrni bosib takomillashdi, ijtimoiy ahamiyati hamda vazifalari ortib
boradi. Oila doimo rivojlanib boruvchi, takomillashuvchi, yangi mazmun, mohiyat bilan boyib
boruvchi maskan. Dunyoda birorta inson o‘zini oilasiz tasavvur eta olmaydi. Shuning uchun
ham oila fenomeniga qiziqish katta. Mamlakatimizda jamiyatning asosini tashkil qiluvchi
oilalalar mustahkamligini ta’minlash maqsadida 2018-yil 27-iyunda “Oʻzbekiston
Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
1
qarori
qabul qilindi. Ushbu konsepsiya oila institutini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirish, bu jarayonda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va
fuqarolarning yaqin hamkorligini hamda faol rolini ta’minlashga qaratilgan. XXI asrda
psixologik xizmatni tashkil etish, psixologik maslahatlar berish va psixokorrektsiya ishlarini
amalga oshirish bo‘yicha zamonaviy tendentsiyalar, muammolar hamda erishilgan yutuqlarni
muhokama qilish, ilg‘or xorijiy tajribalarni ommalashtirish, mazkur yo‘nalishdagi ishlar
samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan.Muammoli oilalarga psixologik xizmatni olib
borishning konseptual va psixologik komponentlarini o‘rganish asosida muammolarni
bartaraf etishning yangicha ilmiy yechimlarni topish imkoniyatlari uchun mustаhkаm аsоs
yаrаtаdi.
Oila ijtimoiy institut sifatida, insoniyatning ongli hayoti bilan qadam baqadam mavjud,
hamda juda ko‘hna qadimiy tarixga ega bo‘lsada, biroq uni shakllantirish, rivojlantirish,
birlashtirish, jipslashtirish, oila a’zolarining yagona maqsad sari safarbar etishning, tanho
tashxisi hozirgacha ishlab chiqilmagan.
Oila a`zolari tomonidan bolalar oldiga qo`yiladigan talablardan biri, o`zaro mas`uliyat va
ta`sir ko`rsatishdagi uyg`unlik bola shaxsining har tomonlama rivojlanishining muhim manbai
hisoblanadi. Bola yashayotgan va tarbiyalanayotgan oila uning uchun tabiiy manba bo`lib, u
bolaning harakteri va xulq-atvorida alohida iz qoldiradi. Bola shaxsi ko`p jihatdan va asosan,
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 27.06.2018 yildagi PQ-3808-son
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
92
oilada shakllanadi.Yashashning boshlang`ich qoidasini o`rganadi.. Shuning uchunhamoilani
“hissiyotlar maktabi” deb bejiz aytilmaydi.Oiladagi maishiy turmush sharoiti, oila
jamg`armasi, qadriyatlari, oila a`zolarining o`zaro munosabatlari, ularning xulq-
atvorlari,axloqiy sifatlari,ehtiyojlari va qiziqishlari bolaga ilk yoshlik davridanoq o`z ta`sirini
o`tkaza boshlaydi. Tekshirishlardan ma`lumki, to`liq oilada tarbiyalangan bola odatda oila va
oila a`zolari to`g`risida kamroq tashvishlanadi, o`z oilasi to`g`risida hotirjamlik hissi mavjud
bo`ladi. Oilaning ajralishi tufayli sodir bo`ladigan to`xtovsiz oilaviy nizolar va son-sanoqsiz
mojarolar oilaviy muammolarning tez-tez muhokama qilinishi bolaning osoyishtaligi,
hotirjamligini, tinchini, huzur-halovatini yo`qotadi, o`ziga nisbatan ishonchsizlikning ortishiga
sabab bo`ladi. Kuzatishlar natijasida bola qanchalik kichik yoshda bo`lsa oila va uning
oqibatlarini, ajralishini tasavvur qila olmaydi degan tushuncha noto`g`ri ekanligi ma`lum
bo`ldi. Bolalar qanday yoshda bo`lishlaridan qat`iy nazar oilaviy nizo va ajralishdan qattiq
iztirob chekadilar, ruhiy tushkun, odamovi bo`lib qolishadi.
Sababsiz oilaviy mojarolar bolaning tasavvurida xotirasida yoqimsiz iz qoldiradi, bu esa
uning ruhiy jihatdan normal rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Natijada bunday oila
bolalarida qo`rquv hissi, hadiksirash hissi uyg`onadi va hatto bolalarning nutqlarida
nuqsonlar paydo bo`la boshlaydi, duduqlanib, ishonchsizlik bilan gapiradigan bo`lib
qoladilar.
2
To‘liqsiz oiladagi pedagogik muammo bu –bola tarbiyasidir. Bola shaxsi shakllanishidagi
muammolarda odob-axloqi, xulq-atvor normalari, ma’naviyati, madaniyati, oiladagi urf-odat
va an’analarga ota yoki ona tomonidan e’tiborsizligi natijasida namoyon bo‘ladi. Ota yoki
ona tomonidan bola tarbiyasiga bee’tiborligi yoki tarbiya jarayonidagi “ikkilanish”, ya’ni
bolani to‘g‘ri yo‘l, usul bilan tarbiya qilayotganligidan shubhalanish bolaning barkamol
shaxs bo‘lib shakllanishida pedagogik to‘siqlarga duch kelishi mumkin. Pedagogik
muammolarda birinchi o‘rinda onaning ma’lumot darajasinipastligi, bola tarbiyasida diniy,
dunyoviy, ilmiy, pedagogik-psixologik bilimlargaegaemasligi, shuningdek,onani mustaqil o‘z
ustidashug‘ullanmasligi, yoki utomondan oilaviy vazifava rollarningto‘liq bajarilmasligi
natijasida oilada turli muammolarga duch keladi.To‘liqsiz oilalarda olib boriladigan
ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida “Rene-Jilya metodikasi”, Rassel va
Fergyussonlartomonidan ishlab chiqilgan “Yolg‘izlikni sub’ektiv his qilish” metodikasi, TMAT-
(tarbiyadagi muammoni aniqlovchi test) asosida ota-onalar bilan maqsadli seminarlar
o‘tkazish, maktab va mahallalarda tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish, psixologik suhbat, test,
seminar, metodikalarni o‘tkazish, muammoli vaziyatga doir topshiriqlar orqali hayotiy
ko‘nikmalarni shakllantirish, bolalarni bo‘sh vaqtini to‘g‘ri va samarali tashkil etishni o‘z
ichiga qamrab olgan. Noto‘liq oila jamoatchilik nazarida juda past ijtimoiy maqomga ega
bo‘lib, bu moddiy resurslarning etishmasligi bilan chambarchas bog‘liq. Aniqroq qilib
aytadigan bo‘lsak, noto‘liq oilalarda asosan bolalar shaxsini shakllantirishda juda ko‘p
qiyinchilik va to‘siqlarga duch kelinadi. Masalan, ularda moddiy ta’minotning sustligi tufayli
bolalarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish, ulardagi qiziqish hamda layoqatlarini
aniqlash, qobiliyatlarni shakllantirish, bola uchun sevimli bo‘lgan mashg‘ulotlarga jalb qilish
borasida ham iqtisodiy va psixologik qo‘llab-quvvatlay olmaslik bilan yuzaga keladigan
muammolar mavjud.
2
. Shоumаrоv G’.B. “Оilа psiхоlоgiyasi” Tоshkеnt “Shаrq” -2008 yil
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
93
To‘liqsiz oilada bola shaxsini shakllantirishda mahalla tizimi mutaxassislari
quyidagilarga e’tibor berish lozim:
1. To‘liqsiz oilada bola tarbiyalayotgan yosh onalarga pedagogik-psixologik yordam
ko‘rsatish kerak. Mahalla psixologlari tomonidan pedagogik-psixologik trening, psixologik
monitoring, maxsus tayyorlangan buklet va broshyuralar asosida pedagogik-psixologik
tashviqot, seminar, maxsus o‘quvlar (ota-onalar universiteti doirasida) tashkil etish lozim.
Bunda xar bir to‘liqsiz oilani o‘ziga xos xususiyatlari va ijtimoiy-iqtisodiy xolatini xisobga
olish zarur.
2. To‘liqsiz oilada o‘sgan bolalar bilan o‘z sohasida muayyan muvaffaqiyatlarga erishgan
olim, rahbar, tadbirkor va taniqli bo‘lgan sportchi, san’atkor, yozuvchi va shoirlar
uchrashuvlarini tashkil qilib, ular hayotidagi qiyinchiliklarni qanday engib muvaffaqiyatlarga
erishganligi haqida davra suhbati o‘tkazish lozim. Bundan maqsad to‘liqsiz oilani
ideallashtirish emas, balki yoshlarda, ayniqsa, to‘liqsiz oilada voyaga etayotgan bolalar
hayotida uchraydigan qiyinchiliklarni engishga irodani safarbar qilishga o‘rgatishdir. Bunday
uchrashuvlar to‘liq oila bolalariga ham kuchli tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi.
3. To‘liqsiz oiladagi bolalarning tug‘ma layoqat va qiziqishlarini hisobga olgan holda
sport, musiqa, san’at va boshqa kasb-hunarga yo‘naltirish lozim.
4. Mahalla va maktab psixologlari to‘liqsiz oilalar bilan muntazam ishlab, psixologik-
pedagogik monitoringini olib borishlari zarur.
5. To‘liqsiz oiladagi bolalarni ta’til davomida dam olish davrini tizimli va samarali tashkil
etish maqsadida qo‘shimcha ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirishda mahalla,
ta’lim muassasa, va boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda iqtisodiy va psixologik
qo‘llab-quvvatlash maqsadga muvofiqdir.To‘liqsiz oilalarning aksariyatida ona o‘z bolalarini
otasiz tarbiyalayotgan bo‘lib, asosiy faoliyatini oilani moddiy ta’minlashga qaratayotganligini
sababli, bolalar tarbiyasiga etarli vaqt ajrata olmayotganligi kuzatiladi. Bu esa, albatta,
mana shunday sharoitdagi to‘liqsiz oilada o‘sayotgan bolaning ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. To‘liqsiz oilalarning aksariyati moddiy qiyinchiliklarni boshidan kechirishi
sababli bola tarbiyasida qo‘shimcha ta’lim, san’at va kasb-hunarga oid bilim va ko‘nikmalarni
egallash, yoki turli sport yo‘nalishlari bilan shug‘ullanishga etarli imkon topa olmaydilar.
Noto`liq oilada tarbiyalangan bolalarga ijtimoiy hayot to`g`risidagi tushunchalarning
torligi o`g`il bolalarga nisbatan qiz bolalarda yaqqol seziladi, chunki o`g`il bolalarning sport
o`yinlariga, texnikaga bo`lgan qiziqishlari o`yin, mehnat faoliyatlarida o`zaro munosabatda
bo`lishlari ularda ijtimoiy tushunchalarning ma`lum darajada o`sishini ta`minlaydi.
Qiz bolada esa aksinchadir, chunki ular hayotining asosiy qismini onasi va qiz bolalar
o`rtasida muloqotlarda o`tkazadi, bu hol uning kelgusi hayot yo`lini belgilashida ayrim
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ba`zan noto`liq oilada tarbiyalanayotgan bolaning xulq-
atvorida aqliy rivojlanishida orqada qolish sodir bo`ladi.
3
R.S.Nеmov tomonidаn аyrim аtаmаlаrni qo‘llаsh olingаn nаtijаlаrni qаytа ishlаsh vа
tаvsiyalаshgа bir oz o‘zgаrtirish kiritilgаn.
Mеtodikа 61 tа sаvoldаn tuzilgаn bo‘lib ulаr otа-onаlаr fаrzаndlаrigа bo‘lgаn
munosаbаtini ifodаlovchi 5 tа shkаlаdаn iborаt.
1.
Bolаni qаbul qilish - rаd qilish. Bu shkаlа bolаgа nisbаtаn umumiy эmoцionаl ijobiy
(qаbul qilish) ёki эmoцionаl sаlbiy (rаd qilish) munosаbаtni ifodаlаydi.
3
Fayzieva M, Jabborov A “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi” T.: “Yangi asr avlodi” 2007
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
94
2.
Koopеratsiya. Bu shkаlа kаttаlаrning bolа bilаn hаmkorlik qilishgа intilishni uning
ishlаrigа qiziqish vа ulаrdа ishtirok эtishni ifodаlаydi.
3.
Simbioz. Bu shkаlа sаvollаri kаttаlаr bolа bilаn birlаshishgа intilish ёki uni sаqlаb
qolishgа hаrаkаt qilishini аniqlаshgа yo‘nаltirilgаn. Bu bolа bilаn kаttаlаrning o‘zigа xos
аloqаsi.
4.
Kontrol. (nаzorаt) Bu shkаlа kаttаlаr bolа hulq-аtvorini qаndаy nаzorаt qilishlаri bolа
bilаn bo‘lаёtgаn munosаbаtlаri dеmokrаtik ёki аvtoritаrt uslubdа qurilishini tаvsiflаydi.
5.
Bolаning omаdsizliklаrigа munosаbаti. Bu so‘nggi shkаlа kаttаlаr bolаning qobiliyatlаri
ustunliklаri vа kаmchiliklаrigа muvаffаqiyat vа omаdsizliklаrigа qаndаy munosаbаtdа
эkаnliklаrini ko‘rsаtаdi.
Otа-onаlаr o‘z fаrzаndlаrining qiziqishlаri, imkoniyatlаri vа qobiliyatlаrini аdеkvаt
bаholаshlаrigа o‘rgаtishlаr lozim. Fаqаt shundаginа ulаr o‘z fаrzаndlаrini o‘zini o‘zi to‘g‘ri
bаholаsh vа o‘zini o‘zi rivojlаntirishgа o‘rgаtishlаri mumkin.
Oilаdаgi psixologik iqlimning buzilishi bolа xulqidа nеgаtiv xususiyatlаrni
shаkllаntirishini inobаtgа olgаn holdа otа-onаlаr oilаdа hаmkorlik muhitini yarаtishgа
odаtlаnishlаri mаqsаdgа muvofiq.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 27.06.2018 yildagi PQ-3808-son
2.
Shоumаrоv G’.B. “Оilа psiхоlоgiyasi” Tоshkеnt “Shаrq” -2008 yil
3.
Fayzieva M, Jabborov A “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi” T.: “Yangi asr avlodi” 2007
4.
Венгер А.Л. Психологические рисуночные тесты. - М., 2002.
5.
Гребенников И.В. Основы семейной жизни” М.: “Просвещение” 1991. 158-бет