ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
88
TA’LIMDA XOTIN-QIZLARNING O‘RNI
A.B.Isomiddinov
ADCHTI o‘qituvchisi p.f.f.d (PhD)
O.O.Saidqosimova
ADCHTI talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15377624
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’limda xotin-qizlarning tutgan o‘rni, ularning jamiyat
taraqqiyotidagi ahamiyati va ijtimoiy faolligi tahlil qilinib, ijtimoiy hayotdagi mavjud
muammolarni hal etishda xotin-qizlarning qo‘shgan hisssi ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
jamiyat, taraqqiyot, ta’lim, tarbiya, O’zbekistonda ta’lim islohoti, ijtimoiy-
madaniy to‘siqlar, gender nomutanosibligi, ayollarning ta’limdagi ishtiroki, ayollar uchun
stipendiyalar, ta’lim imkoniyatlari.
"РОЛЬ ЖЕНЩИН В ОБРАЗОВАНИИ"
Аннотация:
В данной статье проанализирована роль женщин в системе
образования, их значение в развитии общества и социальная активность. Также
рассмотрен вклад женщин в решение существующих социальных проблем.
Ключевые слова:
общество, развитие, образование, воспитание, реформа
образования в Узбекистане, социально-культурные барьеры, гендерное неравенство,
участие женщин в образовании, стипендии для женщин, образовательные
возможности.
"THE ROLE OF WOMEN IN EDUCATION"
Abstract:
This article analyzes the role of women in the education system, their
importance in the development of society, and their social activity. It also examines the
contribution of women to solving existing social problems.
Keywords:
society, development, education, upbringing, education reform in
Uzbekistan, socio-cultural barriers, gender inequality, women's participation in education,
scholarships for women, educational opportunities.
Islohotlar jadal olib borilayotgan O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlarning ta’lim
tizimidagi ishtiroki ham milliy siyosatning, ham jamiyatdagi o‘zgarishlarning markaziy
nuqtasiga aylandi. Xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va barqaror rivojlanishni
rag‘batlantirishda ta’limning muhim ahamiyatini e’tirof etgan holda, O‘zbekiston xotin-
qizlarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini oshirishda muhim yutuqlarga erishdi. Ayollarning
ta’limdagi o‘rni mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va gender tengligiga intilishining
muhim ko‘rsatkichidir. Ayniqsa, xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlari ularning shaxsiy
hayoti, oilasi va jamiyatdagi mavqeyini belgilaydi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda ta’lim
tizimida xotin-qizlarning faolligi oshib bormoqda. Davlat siyosati doirasida ayollar uchun
yaratilayotgan imkoniyatlar ularning salohiyatini to‘liq ochishga xizmat qilmoqda. Shu bilan
bir qatorda ilmli ayol jamiyatimiz ko‘zgusi, ya’ni u kelajak avlodni tarbiyalaydi. Olim va
olimalarni yetishtirib chiqaradi. Shuning uchun barcha ayollar ta’lim olishlari zarur.
Ayollarning ta’limga bo‘lgan huquqi va imkoniyatlari O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga muvofiq, har bir fuqaro ta’lim olish huquqiga ega[1]. O‘zbekistonda qiz
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
89
bolalarning maktab, professional ta’lim va oliy o‘quv yurtlarida o‘qishi uchun zarur shart-
sharoitlar yaratilgan. 2023-yil statistik ma’lumotlariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida
o‘qiyotgan talabalar orasida ayollar ulushi 47% ni tashkil etgan[7].
Oliy ta’limdagi xotin-qizlar faolligi nafaqat gumanitar, balki texnika, IT, iqtisodiyot,
tibbiyot kabi sohalarda ham faol ishtirok etmoqda. 2024-yilda IT Park tomonidan o‘tkazilgan
“Women in Tech” forumida 3000 dan ortiq ayollar qatnashgani bunga misoldir[8]. Xotin-
qizlar o‘qituvchi, tarbiyachi, psixolog sifatida ta’lim tizimining asosiy tayanchlaridan biridir.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, maktab o‘qituvchilarining 72% ini ayollar tashkil etadi[9]. Bu
foiz ko‘rsatgichlarini 100% ga ko‘tarish barchamizning qo‘limizdan keladi albatta. Shu bois
xotin-qizlar oldida turgan birgina vazifa berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z
salohiyatini kuchaytirish va tinimsiz harakat qilishdadir. Buyk adib O‘tkir Hoshimovning “Ikki
eshik orasi” romani keltirilgan “Zero hayot haqiqati, rohat farog‘at qilishda emas tinimsiz
mehnat qilishdan iborat”[5] degan jumlalari fikrimizning yaqqol dalilidir.
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida xotin-qizlarning ishtiroki va muvaffaqiyatini yanada
oshirish uchun maqsadli chora-tadbirlar ko‘rish zarur.
Ushbu tavsiyalar ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy va institutsional to‘siqlarni bartaraf etishga
qaratilgan bo‘lib, shu bilan birga yanada inklyuziv va adolatli akademik muhitni ta’minlaydi:
- аkademik ayollar uchun murabbiylik dasturlari va malaka oshirish imkoniyatlarini
kengaytirish;
- talaba qizlarga mo'ljallangan grantlar va kreditlar kabi moliyaviy yordam tizimini
mustahkamlash;
- stereotiplarga qarshi kurashish va ta'limda gender tengligini targ'ib qilish uchun
jamoatchilikni xabardor qilish kampaniyalarini rag‘batlantirish;
- ilg‘or tajriba almashish uchun oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar
o‘rtasidagi hamkorlikni rag‘batlantirish[6].
Ta’lim tizimida chekka hududlarda ba’zi qizlar ta’lim olishdan chetda qolmoqda.
Mamlakatimizning bazi bir hududlarida istiqomat qiluvchi oilalarida xotin-qizlar faqat uy
ishlarini qilishi kerak degan fikr mavjud bo‘lib, ijtimoiy stereotiplar, iqtisodiy muammolar va
ma’naviy bosimlar mavjud. Shu muammoli baxsli vaziyatlar borasida ota-onalar bilan
tushuntirish ishlari olib borilib, ta’limda xotin-qizlar uchun ajratilayotgan maxsus grantlar va
masofaviy ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish islohatlari haqida batafsil ma’lumotlar berib
borilishi darkor.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, xotin-qizlarning ta’lim olishi – jamiyat rivojining muhim
omillaridan biridir. Ularning bilimli bo‘lishi nafaqat o‘z hayoti, balki butun jamiyat
taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, ayollarni ta’limga jalb qilish, ularni qo‘llab-
quvvatlash – yorqin kelajakni barpo etishni asosiy omillaridandir.
Pirovardida, xotin-qizlarning oliy ta’limdagi faol ishtiroki nafaqat adolat masalasi, balki
O‘zbekistonning keng ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining harakatlantiruvchi omilidir. Ta’lim
orqali ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va inklyuziv akademik muhitni yaratish orqali
mamlakat innovatsiyalar, taraqqiyot va global raqobatbardoshlik uchun yangi imkoniyatlarni
ochishi mumkin. Genderga nisbatan sezgir siyosatga sodiqlik va manfaatdor tomonlar
o‘rtasidagi barqaror hamkorlik ayollarning O‘zbekistonda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida va
jamiyat kelajagini shakllantirishda markaziy rol o‘ynashini ta’minlashda muhim ahamiyatga
ega bo‘ladi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
90
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi”
01.05.2023
50-moddasi.
https://lex.uz/uz/docs/-6445145
2.
O‘zbekiston Respublikasi Gender Tenglik Strategiyasi (2020–2030).
3.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligi. “Oliy
4.
ta’limda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha yillik hisobot”. Toshkent, 2024 yil.
5.
O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi” romani «SHARQ» Nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi bosh tahririyati TOSHKENT - 2012.
6.
Mamadiyeva N.X. “Oliy ta’lim tizimidagi xotin-qizlarning faolligi”/ "Экономика и
социум" №1(128)-2 2025
7.
www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi, 2023-yil ma’lumotlari.
8.
www.it-park.uz – 'Women in Tech forum 2024-yil yakunlari.
9.
www.ziyonet.uz – Ta’lim tizimidagi ayollar soni statistikasi, 2024-yil.