Авторы

  • Xolida Xasanova
    “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti katta o`qituvchisi.
  • Xonzodabegim Uraimova
    “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti talabasi
  • Mohinur Yarbekova
    “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.87218

Ключевые слова:

topinambur tugunak meva Fyuzo Patat protein yovvoyi kungaboqar.

Аннотация

Ushbu maqolada topinambur o`simligini yetishtirish, uning biologik va kimyoviy tarkibi hamda bu o`simlikdan samarali foydalanish yo`llari bayon etilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

133

TOPINAMBUR

Xasanova Xolida Ibodullayevna

1

Uraimova Xonzodabegim Mirzaaziz qizi

2

Yarbekova Mohinur Mirzabek qizi

3

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”

Milliy tadqiqot universiteti katta o`qituvchisi.

1

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”

Milliy tadqiqot universiteti talabasi

2,3

https://doi.org/10.5281/zenodo.11174532

Annotatsiya:

Ushbu maqolada topinambur o`simligini yetishtirish, uning biologik va kimyoviy

tarkibi hamda bu o`simlikdan samarali foydalanish yo`llari bayon etilgan.

Kalit so`zlar:

topinambur, tugunak meva, Fyuzo, Patat, protein, yovvoyi kungaboqar.

Аннотация:

В данной статье описано выращивание топинамбура, его биологический и

химический состав, а также способы эффективного использования этого растения.

Ключевые слова:

топинамбур, узелковые плоды, фусо, картофель, белок, дикий

подсолнечник.

Abstract:

This article describes the cultivation of Jerusalem artichoke, its biological and

chemical composition, as well as ways to effectively use this plant.

Key words:

Jerusalem artichoke, nodular fruit, Fuso, Potato, protein, wild sunflower.

KIRISH

Topinambur- yernok (Helianthus tuberous L.) murakkabguldoshlarga mansub ko`p yillik
o`simlik, tugunak mevali yemxashak ekini. Vatani – Shimoliy Amerika. Topinambur nafaqat
manzarali o`simlik, balki ming dardga shifo o`simlik hamdir. Hatto qadimda amerikalik
hindular topinamburni yoshlik eleksiri, uzoq umr ko`rish vositasi deb qarashgan. Xalqimiz
orasida esa yernok deb ataluvchi bu o`simlikning “yovvoyi kungaboqar”, “quddus artishogi”
kabi ko`plab nomlari mavjud.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI.

Topinambur, asosan chorva uchun oziq o‘simligi sifatida foydalaniladi. Topinamburning yer
ustki (poyasi) va yer ostki qismi (tuganagi) dan foydalaniladi. Topinambur poyasi chorva
mollari uchun to‘yimli oziq bo`lib, tarkibidagi protein (21%), yog‘ va azotsiz moddalami ko‘pligi
jihatidan makkajo‘xoridan ustun turadi. Tuganakmevasi kartoshka kabi oq tomiri uchki
qismining yo‘g‘onlashishi hisobiga hosil bo‘ladi. Oq tomiri uzoq vaqt yashagani uchun
tuganakmevasini undan uzilishi ancha qiyin. Tuganakmeva ko‘zchalari kartoshka ko‘zchalari
kabi emas, shuning uchun tuganakmevasi notekis (g‘adir-budir) bo`lib, shakli yumaloq,
noksimon va cho‘zinchoq bo’ladi. Po‘sti sarg’ish, pushti, qizil va binafsha rangda, eti oq.
Poyasining ko`rinishi kungaboqarni eslatadi. Yer osti poyalarida 20-70 ta noksimon,
cho`zinchoq, urchuqsimon va sirti silliq yoki burushgan tugunak hosil qiladi. Ildizi popuksimon,
tuproqqa 2-3 m kirib boradi. Bo`yi 1,2-2,5, ba`zan 4 m gacha. Mevasi pista, 1000 donasining
vazni 7-8gr.

Biologik xususiyatlari.

U sovuqqa chidamli, qisda kun o‘simlik bo’lgani uchun shimoliy

tumanlarda ham yetishtirish mumkin. Uni yer ustki qismi -6 °C sovuqqa bardosh beradi.
Tuganagi muzlagandan so‘ng erib yana o‘z holiga qaytish xususiyatiga ega. Topinambur boshqa
madaniy o'simliklarga nisbatan tuproq turlariga moslanuvchandir (sho‘rxok va sho‘rtob
tuproqdan boshqa), shuning uchun u har xil tuproqlarda o‘sadi va hosil beradi. Topinambur


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

134

tuqroq ozuqasiga talabchan, 1 t hosil tuproqdan 3 kg azot 1,2-1,4 kg fosfor va 4,5 kg kaliy olib
chiqadi. O‘suv davri 120-200 kun bo’ladi. Yer noki o‘suv davrida 8-10 marta sug‘orilsa,
hosildorligi oshadi. Topinamburni bir yerda 10y/7, hatto 40 yil o‘stirilgani xususida ma’lumot
bor. Umuman yerlarda yovvoyi holda o‘sganida yuqori hosil beradi. Navlari: «Fyuzo», «Patat»,
«Kiyevskaya», «Belaya», «Severokavkazskaya krasnaya», «Durdurskaya», «MOS-650YU», «Oq
hosildor», «Vadim» va «Krasnoklubneviy» va boshqa navlari keng tarqalgan.

Yetishtirish texnologiyasi

Topinambur almashlab ekish sistemasida juda ehtiyotkorlik bilan

joylashtirilmasa va bu yerda necha yil o ‘sishi hisobga olinmasa, u o‘zidan keyin ekiladigan
o‘simliklarga begona o‘tlar kabi zarar yetkazishi mumkin. Topinambumi bir yerda 3-4-yil
mobaynida yetishtirish maqsadga muvofiqdir. Markaziy Osiyoda topinamburdan bo‘shagan
yerga bedani ekish ijobiy natija beradi, chunki beda yil davomida 5- 6 marotaba o‘rilishi
natijasida yer konidan o‘sib chiqqan nihollar yo'qotiladi va yer undan tozalanadi. Topinambur
uchun yerni ishlash kartoshka ekinidagiga o‘xshaydi. Yerga haydashdan oldin 30-40 t/ga go‘ng
solinadi. Yer nokining 25-50 gramm tuganagi ekiladi, uni kesib ekilsa, hosildorligi 25-30%
kamayib ketadi. Agar tuganak juda yirik (70-80 g) bo‘lsa, uni ekishdan oldin kesib ekilgani
ma’qul. Kesilgan tuganak faqat bahorda ekilishi kerak, kuzda ekish tavsiya etilmaydi. Bir
gektarga 50-60 ming tuganak ekiladi, gektariga 0,6-2,0 t/ga cha urug‘ sarflanadi. Topinambur
yetishtiriladigan iqlim sharoitiga ko‘ra ikki muddatda fevral oxiri mart boshlanishida va oktabr
oxiri noyabr boshida ekiladi. Ekish chuqurligi ekilayotgan tuganak vazniga bog‘liq bo‘lib, u 5-
12 sm chuqurlikka 70x35-40 sm sxemasida ekiladi. Ekilganidan so‘ng nihollar ko‘karib
chiqqunicha yer bir ikki marta boronalanadi. Nihollar to‘liq ko'karib chiqqanidan keyin har
sug‘orishdan so‘ng qator orasi kultivatsiya qilinadi. Agar topinambur yetishtirilayotgan yerda
begona o‘t ko‘p bo’lsa, uning qator orasi chopiq qilinib, o‘simlik atrofi yumshatiladi.
Topinambur o‘suv davrida chilpish (chekanka) faqat ko‘k massasini ko‘paytiradi, tuganak
hosiliga salbiy ta’sir etadi, shuning uchun chilpish tavsiya etilmaydi. Topinambur hayotining
ikkinchi va uchinchi yili u o‘sayotgan yemi erta bahorda 2-3 marta borona qilish bilan
boshlanadi. Ikkinchi va uchinchi yili topinambur o‘simligi soni har m2 da ko‘payib ketadi,
shuning uchun qator orasi kultivatsiya qilinadi hamda undagi ortiqcha o‘simliklar olib
tashlanadi, ya’ni qatordagi zichligi me’yorga keltiriladi. Topinambur faqat tuganagidan emas,
poya qalamchalaridan ham ko‘paytiri!ishi mumkin. Topinambur poyasi O‘zbekiston sharoitida
oktabr oxirida, tuganagi esa noyabr oxirida silos yig‘adigan kombaynlar bilan yig‘ishtiriladi.
Tuganak hosilini yig‘ishtirish qish faslida davom etishi mumkin. Topinambur oq chirish
kasalligi bilan zararlanadi, unga qarshi kurashish uchun tuganakmeva saqlanayotgan xona
haroratini -3 °C dan past saqlash va kasallangan o‘simliklami daladan chiqarib tashlash kerak.
Simqurt, may qo‘ng‘izi kabi zararkunandalar tuganak rnevalarni, lavlagi va sholg‘om kanalari
uning poya qismini zararlaydi. Ularga qarshi anabazin sulfat sepilishi kerak.

TADQIQOT NATIJALARI.

Ushbu tugunak mevali o`simlikni yetishtirgan inson dorivor o`simlik bilan birga hovlisida
o`zining shaxsiy tabibiga ega bo`ladi, desak xató bo`lmaydi. Nega deganda, topinambur
tugunagi o`zida ko`p miqdorda oqsil saqlashi hamda inulin va insulinning tabiiy ko`rinishlarini
mujassam etganligi bilan boshqa bir manzarali o`simliklardan ajralib turadi. Tugunagi tarkibida
2,3-2,5% oqsil saqlashi bilan makkajo`xoridan ustun turadi. Tugunagi tarkibida yana 0,2% moy,
17,9% azotsiz moddalar, 1,3% kul, 16-18% inulin, vitaminlar bir nechta guruhlari B1, B2, B12
va C kabi inson organizmi uchun juda muhim bo`lgan biologic faol moddalari mavjud.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

135

Topinambur poyasining kimyoviy tarkibini makkajo`xori poyasining kimyoviy tarkibi bilan
solishtirib ko`rish orqali bu o`simlikninh qanchalik ahamiyatli ekanligini bilib olishimiz
mumkin. Masalan topinambur poyasi tarkibida suv 70,5%, protein 3,3%, yog` 0,7%, azotsiz
ekstraktiv moddalar 15,7%, kletchatka 6,3%, makkajo`xori tarkibida esa suv 77,5%, protein
2,7%, yog` 0,6%, azotsiz ekstraktiv moddalar 11,3%, kletchatka 6,6% ni tashkil etadi.

MUHOKAMA

Topinamburni qadimda bejizga yoshartiruvchi vosita deb hisoblashmagan. Chunki
o`simlikning umumiy quvvatni oshiruvchi xususiyatalri beqiyosdir. Topinambirdan doimiy
ravishda iste`mol qilib yurilsa, moddalar almashinuvini yaxshilaydi, organizmda, bo`g`imlarda
tuz yig`ilishini, qandli diabetning 2-darajali turlarini, me`da-ichak, ichak xastaliklari, anemiya,
ateroskleroz, buyrak, tosh kasalliklari kelib chiqishini oldini oladi. Yernok tugunagi, bargi yangi
quritilgan holda ishlatish mumkin. Yangi terib olingan tugunakdan 50gr tozalanib, o`zini hech
bir narsa qo`shmay ovqatdan 30daqiqa oldin 3 mahal ichiladi. Qonda qand miqdorini
kamaytirishga yordam beradi. Bargidan salat qilib iste`mol qilinganda qandli diabetgina emas,
balki gipertoniya, me`da osti bezlari kasallilarini davolashda ahamiyatli hisoblanadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Ona zaminimizdagi har o`t, har giyoh shifobaxsh. Shuni anglagan holda
tabiatdagi har o`sib ungan giyohni har taraflama o`rganish, muhofaza qilish, o`simlik
zaxiralaridan oqilona foydalanish barchamizning burchimizdir. Hozirgi kunda dunyo
miqyosida dorivor o`simliklar xom-ashyosidan olinadigan tabiiy dori-darminlarga bo`lgan
talab ortmoqda. Shunday ekan, insonlar manfaatlari ko`zlab, har bir giyoh hususiyatlarini
o`rganib, ularning plantatsiyalarini yaratish hamda ko`paytirish ulardan yuqori sifatli dorivor
o`simlik xom-ashyo zaxirasini tashkil etish zarur. Ushbu mahsulotlar yurtimiz aholisini
ta`minlash bilan birga eksport qilish, jahon miqyosida O`zbekistonning tabiiy dorivor
o`simliklari xom-ashyosi bilan ta`minlash oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir.

References:

1.

Atabayev X.N., Xudoyqulov J.B., “O`simlikshunoslik” Toshkent 2018.

2.

Eshpulatov Sh.Y., Teshaboyev N.I., Mamadaliyev M.U., “Evrasiniskiy soyuz uchenix”

3.

O‘zbekiston Respublikasi hududida yetishtirish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik

ekinlari davlat reestri, Toshkent, 2006.
4.

Behzod G., Su-Chin C., Tohir M. An Ecological Disaster of the Aral Sea //Journal of Soil and

Water Conservation. – 2009. – Т. 41. – №. 3. – С. 325-338.

Библиографические ссылки

Atabayev X.N., Xudoyqulov J.B., “O`simlikshunoslik” Toshkent 2018.

Eshpulatov Sh.Y., Teshaboyev N.I., Mamadaliyev M.U., “Evrasiniskiy soyuz uchenix”

O‘zbekiston Respublikasi hududida yetishtirish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari davlat reestri, Toshkent, 2006.

Behzod G., Su-Chin C., Tohir M. An Ecological Disaster of the Aral Sea //Journal of Soil and Water Conservation. – 2009. – Т. 41. – №. 3. – С. 325-338.