ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
127
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISH METODIKASI
Avvalova Nazokat Tursunmurotovna
Surxondaryo viloyati Denov tumani
84-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11174515
Annotatsiya:
ushbu ilmiy maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich
sinflarida ona tili fanining o‘qitilish metodikasi, unda pedagoglar amalga oshirishi lozim
bo‘lgan uslubiy tavsiyalar haqida yoritilgan.
Ushbu maqolani yozishdan maqsad:
Umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida ona
tili fanini o‘qitish barcha o‘quvchilarning og‘zaki va yozma savodxonligini oshirishi hamda imlo
qoidalariga amal qilishida tamal toshi bo‘lishini ko‘rsatib berish.
Usul va didaktik o‘yinlar:
“Rasmlardan so‘z yasang”, “Anketa”, “Oltin qafas”, “Kichik
guruhlarda ishlash”, “Ikki qismli kundalik”…
Natija:
pedagoglar izlanadi, zamonaviy yondashuv asosida darslarni tashkil etishga kirishadi,
boshlang‘ich sinflarida ona tili fanining o‘qitilish metodikasining yangicha qirralarini kashf
etadi.
Kalit so'zlar:
boshlang‘ich sinf, ona tili, imlo savodxonligi, og‘zaki va yozma, metodika,
mahorat, innovatsion, zamonaviy…
METHODOLOGY OF MOTHER TONGUE TEACHING IN PRIMARY GRADES
Avvalova Nazokat Tursunmuratovna
Denov District, Surkhandarya Region
84th general secondary school
primary school teacher
Abstract:
this scientific article describes the teaching methodology of mother tongue science
in the elementary grades of general secondary schools, and the methodological
recommendations that pedagogues should implement in it.
The purpose of writing this article
is to show that the teaching of the mother tongue in the
elementary grades of comprehensive schools is the foundation stone for improving oral and
written literacy of all students and following the rules of spelling.
Method and didactic games:
"Make words from pictures", "Questionnaire", "Golden cage",
"Working in small groups", "Diary in two parts"...
Result:
pedagogues are sought, they start to organize lessons based on a modern approach,
discover new aspects of the teaching methodology of mother tongue science in primary classes.
Key words:
elementary school, mother tongue, spelling literacy, oral and written,
methodology, skill, innovative, modern...
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
128
МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ РОДНОГО ЯЗЫКА В НАЧАЛЬНЫХ
КЛАССАХ.
Аввалова Назокат Турсунмуратовна.
Деновский район Сурхандарьинской области
84-я общеобразовательная школа
Учитель начальной школы
Аннотация:
в данной научной статье описана методика преподавания родного языка в
начальных классах общеобразовательных школ, а также методические рекомендации,
которые педагогам следует реализовать в ней.
Цель написания данной статьи
– показать, что преподавание родного языка в
начальных классах общеобразовательных школ является краеугольным камнем
повышения устной и письменной грамотности всех учащихся и соблюдения правил
правописания.
Методико-дидактические игры:
«Составь слова из картинок», «Анкета», «Золотая
клетка», «Работа в малых группах», «Дневник в двух частях»...
Результат:
ищутся педагоги, начинают организовывать уроки на основе современного
подхода, открывают для себя новые аспекты методики преподавания родного языка в
начальных классах.
Ключевые слова:
начальная школа, родной язык, орфографическая грамотность,
устная и письменная, методика, навык, инновационный, современный...
Aslida zamonaviy ta’lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom
bo'g'ib tashlamagani deyarli mo'jiza, chunki bu nozik nihol ( ya’ni qiziquvchanlik)
rag'batlantirish bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, yo'qsa, u shaksiz,
mahv bo'ladi
.
( A.Eynshteyn).
Chindan ham, boshlang'ich ta’lim metodlari pedagogik texnologiyada bolaning
qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Chunki, farzandlarimizning
kelajakda komil inson boʻlib yetishishlarida oila va jamiyatda yaxshi tarbiya olishning oʻrni
beqiyosdir. Ma’lumki, metodika maktab oldiga qo‘yilgan ta‘lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib
chiqib, ona tilini o‘rgatishning vazifalarini va m azm unini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish
jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy
asoslangan tizimini belgilaydi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi yuqori
sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining dastlabki bosqichi bo‘lib, u tekshiradigan masalalarni
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tadbiqan (muvofiq ravishda) o‘rgatadi. Shu bilan birga,
boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘qitish grammatika, imlo va unga bog‘liq holda nutq o‘stirish
metodikasinigina emas, balki xat-savod o‘rgatish, sinfda va sinfdan tashqari o‘qish
metodikalarini ham o‘z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, boshlang‘ich sinflarda ona tili
o‘qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
129
a) boshlang‘ich sinflarda ona tili kursining m azm uni, hajmi va mavjud tizimini, ya’ni kursning
(xat-savod o‘rgatish, o‘qish, gram matika, imlo, nutq o‘stirish va h.k.) dasturini belgilash va
asoslash;
b) o‘qish va yozuvdan bilim va ko‘nikmalarning shakllanishi jarayonini ham da bu jarayonda
o‘quvchilar duch keladigan qiyinchiiiklarni o‘rganish, xatolarning sababini tahlil qilish, ularning
oldini olish va to‘g‘rilashga yordam beradigan ish turlarini ishlab chiqish;
d) ona tilidan beriladigan o‘quv materialini o‘quvchilar aniq tushunishi va puxta
o‘zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va o‘quvchilarnng
umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini, kuzatuvchanligini, yodda saqlashini,
mantiqiy tafakkurini, ijodiy o‘ylashini, nutqini o‘stirishga yordam beradigan m etod va
vositalarni ishlab chiqish;
e) ona tilini o‘rgatish bilan bog‘liq holda maktablar oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifalarni
amalga oshirish, o‘quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni shakllantirish. Ona tili o‘qitish
metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikm a va malakalarini
aniqlaydi, o‘qishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, xato va
kamchiliklarni bartaraf etish usullarini topadi.
Shuningdek, oʻqituvchi birinchi sinf oʻquvchilari bilan ishlash jarayonida oʻquvchilarni ular
uchun yangi boʻlgan mehnat faoliyatini oʻrgatishda oʻquvchilarning xulq-atvor qoidalarini,
ularda kun tartibi aniq boʻlishi muhimligini, ularga oʻquvchilarning qat’iy tartibga amal qilishi
zarurligini tushuntirish metodidan foydalanadi. Tushuntirish bilan bir qatorda sinfga toʻgʻri
kirib kelishga, ularni oʻqituvchi va oʻquvchilar bilan salomlashishga, tartib-intizomni saqlashga
mashq qildirib boradi. Shuning bilan birgalikda birinchi sinf oʻquvchilarini yuqoridagi
jarayonlarga dars vaqtida odatlantirib boradi. Bu jarayonda ularning amalga oshirgan ijobiy
ishlari, oʻquv ishi natijalari ragʻbatlantirib borishni taqozo etadi. Koʻrinib turibdiki, oʻqituvchi
oʻquvchilar bilan tarbiya jarayonini olib borganda turli xil usul va metodlarni qoʻllaydi. Tarbiya
metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, tasnif qilish zarurligini koʻrsatadi. Shuning
uchun ularning alohida xususiyatlarini hisobga olib guruhlarga ajratish mumkin. Tarbiyaviy
natijalarga erishishni istagan har bir oʻqituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning
mohiyatini puxta oʻzlashtirib olish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha
kamligi tufayli, uni xususiy metodikalar bilan deyarli tenglashtirish hollari uchraydi.Aslida esa
ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo`lib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi.
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini tashkil etish metodikasi sifatida taklif sifatida quyidagi
fikrlarni keltirmoqchiman:
- taʼlim muassasalarida ushbu metodlarni qoʻllash orqali oʻquvchi-yoshlar yoshiga mos
ravishda milliy-axloqiy sifatlarni singdirish orqali oʻzligini anglashga yordam beradi;
- taʼlim muassasalarida chet el metodlarini emas balki oʻzimizni milliy metodlarimiz qoʻllash;
- maʼnaviy-axloqiy tarbiyani bugungi kun talablari darajasiga koʻtarish, yoshlar dunyoqarashiga
taʼsir qiluvchi turli madaniy, siyosiy, ijtimoiy tadbirlarni tashkil etish;
- yosh davrlarga mos tarbiya vositalari va milliy metodlar, psixologik taʼsir oʻtkazuvchi usullarni
tanlay bilish;
Umumta’lim maktablarining barcha fan o'qituvchilari maktab o'quvchilarining fikrlash
qobiliyatini shakllantirish muammosidan xabardor bo‘lishi zarur. Bunda chuqur yondashuv,
bilimlarni o'zgartirish, o'z-o'zini boshqarishni o'rganish, faol epistemologiya, relyativistik
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
130
qarashlar va bilimlarni shakllantirish yondashuvi chuqurroq o'rganishga olib kelishi mumkin "
O'qituvchi, bir tomondan, sub'ektiv ravishda ta'lim mazmuni, uslublari, strategiyalari va
texnologiyalarini loyihalashga qaror qiladi, ammo ta'lim islohotlarini amalga oshirish unga
bog'liqdir. Demak, innovatsion usullarni qo'llash yoki ishlatmaslik o'qituvchining shaxsiyati,
uning uslubiy vakolati, pedagogik mahoratiga bog'liq.
«Ikki qismli kundalik» usuli.
Ikki qismli kundaliklar o‘quvchilarga matn mazmunini o‘z
shaхsiy tajribasi bilan chambarchas bog‘lash o‘zining tabiiy qiziquvchanligini qondirish
imkoniyatini beradi. Ayniqsa, o‘quvchilar qandaydir katta matnni uyda, o‘quv auditoriyasidan
tashqarida o‘qib chiqish topshirigini olishganida ikki qismli kundaliklar foydalidir. Ikki qisimli
kundalik uchun o‘quvchilar toza qog‘ozning o‘rtasidan tik chiziq o‘tkazib, uni ikki qismga
bo‘lishlari kerak. Qog‘ozning chap tomoniga matnning qaysi qismi ularga eng ko‘p taassurot
qoldirganini qayd etishadi. Ehtimol, qandaydir хotirani uyg‘otar yoki ularning o‘z hayotlarida
yuz bergan voqealarni esga tushirar. Balkim shunchaki taajubga solar. Yoхud ularning qalbida
keskin norozilik hissini uyg‘otar. O‘ng tomonida ular shu fikrga sharh berishlari kerak: ayni shu
sitatani yozishga ularni nima majbur etdi? Ularda qanday fikrlar uyg‘ondi? Qisqasi, matnni o‘qir
ekan, o‘quvchilar vaqti-vaqti bilan to‘хtashlari va o‘zlarining qo‘shaloq kundaliklarda shunday
belgilar qo‘yib borishlari kerak.
“Rasmlarni so‘z bilan yozing” usuli
. Mazkur usul orqali ona tili darslarida
og‘zaki va yozma savodxonlik rivojlantiriladi.
Bunda hozirgi zamon fe'liga tegishli -yap qo‘shimchasi bor so‘zlarni topib,
yozing. Tagiga ikki chiziq chizing.
Men li bo‘tqani yeyayapman. Onam
li
somsani tayyorlayapti. Buvum buterbrod uchun
bilan
ni kesyapti. Men 2ta ni qovuryapman.
Opam salat uchun
go‘shtini pishiryapti. Ukam
javondan guruch, ni olyapti. Sovutkichga
va
qaymoqni qo‘yyapman. Biz mevali
ni maza qilib
yeyapmiz.
“Kichik guruhlarda ishlash” usuli.
Kichik guruhdarda ishlash zamonaviy ta’lim jarayonining
muhim qismi bo‘lib hisoblanadi. O‘quvchilar birgalikda qarorlar qabul qilishadi, birgalikda
turli-tuman manbalardan bilim olishni o‘rganishadi, g‘oyalar va aхborotlarni ijodiy biriktirish
ko‘nikmalarini hosil qilishadi, birgalikda turli masalalar echimini topishga harakat qilishadi.
Bunday ta’lim jarayonida ular bir-birlarini fikrlarini хurmat qilishga, o‘z fikrlarini himoya qilib,
yetkazishga, har guruhi uchun javobgarlik hissiyotini shakllantirishga muvofiq bo‘ladilar.
Kichik guruhlarning shakli: yoki juftliklar, yoki uch ko`pi bilan olti, yetti o‘quvchilardan iborat
bo‘lgan birikma…
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
131
Boshlang‘ich ta’limda o'qituvchilarni metodikadan unumli foydalanishga tayyorlash tizimining
vazifasi bunday ehtiyojni amalga oshirish, metodik vakolatlarni shakllantirishdir. Maktab va
universitetlarning vazifasi o'qituvchilar va o'quvchilar ijodini rivojlantirishni rag'batlantirish
va rag'batlantirishdir. O'qituvchining muhim vazifasi - uning pedagogik salohiyatini doimiy
ravishda aks ettirish va rivojlantirish; u holda o'qituvchining namunasi ta'sirida bo'lgan talaba
faol va malakali inson bo'ladi. Barcha o'quvchilar har xil. Biroq, aksariyat o'quv ma'ruzalari va
materiallari hamma uchun bir xildir. Bu o'quvchiga mazmun bilan qanday aloqada bo'lishini
aniqlash uchun yukni yuklash orqali ta'lim muammosini keltirib chiqaradi.
“
Anketa metodi (fransuzcha — tekshirish).
Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va
suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar
asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar,
ko‘p hollarda, yozma ravishda olinadi.
O'rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan
holda anketa savollari quyidagicha bo‘ladi:
“Oltin qafas” metodi.
Ona tili darslarida metodlarni qo‘llashda voqealar ketma-ketligiga
rioya etish dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Mazkur metodda ham “Sifatlar
shaharchasi”da juda ko’p to’tiqushlar bor ekan. Ular erkin uchib yurishar kechkirganda “Oltin
qafas”iga qaytar ekan. Kunlardan bir kun chang-to’zon bo’lib ular qafasini topa olishmabdi. Qani
2-raqamli aziz bolajonlar to’tiqushlar qafasini topishga yordam beringlarchi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
132
Boshlang‘ich ta’lim ona tili darslarida koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan
foydalanishdan asosiy maqsad taʼlim oluvchilarning mavzuni oʻrganishlarida ularning diqqatini
toʻplash, darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, oʻzlariga boʻlgan ishonchni uygʻotish hamda
koʻrgazmalilik va tarqatmalilik asosida ularning bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishdan
iborat. Shuning uchun ham xalq taʼlimi tizimining boshlangʻich davrlaridanoq oʻquvchilar
ongida milliy axloqiy sifatlarni, orzu-istaklari, iymon-eʼtiqodlari, dunyoqarashlarini milliy
asoslardagina shakllantira bormas ekan, koʻzlangan maksadga erishib bulmaydi. Buning uchun,
shubhasiz,
kelajagimiz
boʻlmish
farzandlarimizning,
barkamol,
axloqli
boʻlib
tarbiyalanishlariga erishishda faqat milliy taʼlim-tarbiyaga asoslangan taʼlim muassasalariga
ega boʻlishimiz darkor.
References:
1.
Sariyev Sh. Savod o‘rgatish darslarida nutq o‘stirish. “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali № 4. –
Toshkent, 1997-yil
2.
Babanskiy Yu. K. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o‘qitish metodlari. – Т.:
O‘qituvchi, 1990-yil.
3.
R.Mavlyanova, N.Raxmankulova. "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va
integratsiyasi, Toshkent "Voris nashriyot", 2013-yil.
4.
Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. –Toshkent: TDPU, 2003-
yil.