Авторы

  • Sardorbek Qo’ldoshev
    IIV Akademiyasi 3-kurs 320-guruh kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.87221

Аннотация

Huquqbuzarliklar profilaktikasi siyosati – bu O‘zbekiston Respublikasi ichki siyosatining alohida mustaqil yo‘nalishi bo‘lgan jinoyatchilikka qarshi kurashning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

121

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI MILLIY TIZIMI TUSHUNCHASI VA

UNING AHAMIYATI

Qo’ldoshev Sardorbek Nafiddin o’g’li

IIV Akademiyasi 3-kurs 320-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11171000

Huquqbuzarliklar profilaktikasi siyosati – bu O‘zbekiston Respublikasi ichki siyosatining
alohida mustaqil yo‘nalishi bo‘lgan jinoyatchilikka qarshi kurashning ustuvor yo‘nalishi
hisoblanadi.
O‘zbekistonda huquqbuzarliklar profilaktikasi siyosati:

ichki siyosatning tarkibiy qismi bo‘lgan jinoyatchilikka qarshi kurashning ustuvor

yo‘nalishi hisoblanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi va Senati tomonidan

belgilanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining faol ishtirokida belgilanadi;

mazmun-mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalarida

mustahkamlangan qoida va prinsiplarda o‘z aksini topgan.
O‘zbekistonda shakllangan huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimining

ma’naviy asoslari

o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, ajdodlar meroslari, o‘gitlari va pand-nasihatlari, oila
qadriyatlari, milliy g‘oyasi va mafkurasi, jamiyatdagi, jumladan mahalladagi sog‘lom muhit,
barqarorlik, tinchlik va millatlararo totuvlikda namoyon bo‘ladi.
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va buyuk ajdodlarimiz meroslari «kimdir shunchaki o‘ylab
topgan shirin kalom, quloqqa xush yoqadigan so‘zlar emas. Bunday tushunchalar asrlar
mobaynida el-yurtimizning dunyoqarashi, ma’naviy hayotining negizi sifatida vujudga kelgan,
ongu shuurimizdan chuqur joy olgan buyuk qadriyatlarning amaliy ifodasidir.
Masalan, ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini oladigan bo‘lsak, uning
juda teran tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini ko‘rish mumkin. Bu avvalo insonning inson
bilan, qo‘shnining qo‘shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila bilan, eng muhimi,
shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini, yetim-yesir, beva-bechora va nogironlarga,
musofirlarga saxovat ko‘rsatish, sidqidildan, beg‘araz yordam berishni anglatadi va bunday
xususiyat xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech kim inkor eta olmaydi

1

.

Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘llari, bu boradagi saboq
va xulosalar shundan dalolat beradiki, qaerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning tinch-
osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo‘yib yashashi uchun yetarli
shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, o‘sha yerda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviy
yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug‘iladi. Shuning uchun ham O‘zbekistonda
huquqbuzarliklar profilaktikasi milliy tizimini shakllantirishda o‘zbek xalqining ma’naviyati
asosiy tayanch ustun qilib olindi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ va muassasalar milliy
tizimining shakllanishiga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilk qadamlar mustaqillik
arafasida qo‘yilgan.

1 Қ.Р.Абдурасулова, О.Г.Закирова, Б.А.Умирзақов, Ғ.С.Қаршиев Криминология:

Чизмалар албоми. Т-2020


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

122

Mustaqillik yillarida bosqichma-bosqich, mantiqiy ketma-ketlikda huquqbuzarliklar
profilaktikasi siyosati o‘z ma’naviy asoslariga to‘liq mos keladigan va ularni hayotga samarali
joriy etib kelayotgan organlar va muassasasalar tizimi shakllandi hamda u bugungi kunda
yanada takomillashtirilmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston huquqbuzarliklar profilaktikasi milliy tizimining institutsional
asoslarini tashkil etuvchi organ va muassasalarni o‘z huquqiy mavqei hamda vakolatlaridan
kelib chiqqan holda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:

huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir davlat va hududiy dasturlarini, iqtisodiy va

ijtimoiy-madaniy rivojlanish sohasida tegishli, xususan aholining ijtimoiy muhofaza qilinishini
ta’minlashga, qonuniylik va huquq-tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklari himoya
qilinishini ta’minlash chora-tadbirlarni ishlab chiquvchi, shuningdek bu sohada hamkorligini
ta’minlovchi organlar;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organ va muassasalar;

huquqbuzarliklar profilaktikasida ishtirok etuvchi organ va muassasalar.

Respublikada faoliyat olib borayotgan yuqori davlat organlari , huquqni muhofaza qilish
organlari va bir qator vazirliklar ham huquqbuzarliklar sohasidagi davlat siyosatini amalga
oshiradi .Ularning ham ushbu sohada bir qancha vakolatlari mavjuddir.
Bundan tashqari chet davlat tajribalaridan foydalanish orqali ha ularning vakolatlarini yanada
kengaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasini tubdan
takomillashtirish borasida ham bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqildi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni
muvofiqlashtirishning ta’sirchan tizimini yaratish, qonun buzilishlarining oldini olish va
ularni bartaraf etishning zamonaviy tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi PQ-2833 son
«Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori

2

qabul qilindi.

Xulosa o’rnida shuni alohida takidlash joizki, huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlar va o’zgarishlar orqali turli xildagi jinoyatchilik va yuz berishi
mumkin bo’lgan huquqbuzarliklarni bartaraf etish mumkindir. Huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jinoyatchilikkka qarshi kurashish bevosita davlatimizning ustuvor
yo’nalishlaridan biri sifatida qayt etilgan.


2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 15 апрельдаги, ички ишлар органлари учун
профессионал кадрлар тайёрлашнинг сифат жихатидан янги тизимини жорий этиш бўйича чора-
тадбирлар тўғрисидагПҚ-5076-сонли Қарори