Авторы

  • Madina Olimjoniva
    Amaliy psixologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabalari
  • Gulshoda Shokirova
    Amaliy psixologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.87223

Ключевые слова:

Nutq ta’lim-tarbiya ijtimoiylashuv tibbiy logoped.

Аннотация

Ushbu maqolada nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari va nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi haqida ma’lumotlar berilgan. Har bir inson nuqson kamchiliklariga qaramay jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishga to’laqonli haqqi bor. Ushbu masalalarni maqolamizda keraklicha yoritishga imkon darajasida harakat qilganmiz.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

115

NUTQ NUQSONLARINING KELIB CHIQISH SABABLARI VA NUTQ NUQSONIGA

EGA BO’LGAN BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI

Olimjoniva Madina

Shokirova Gulshoda

Amaliy psixologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.11170696

Annotatsiya

: Ushbu maqolada nutq nuqsonlarining kelib chiqish sabablari va nutq nuqsoniga

ega bo’lgan bolalarning ijtimoiy moslashuvi haqida ma’lumotlar berilgan. Har bir inson
nuqson kamchiliklariga qaramay jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishga to’laqonli haqqi bor.
Ushbu masalalarni maqolamizda keraklicha yoritishga imkon darajasida harakat qilganmiz.

Kalit so’zlar

: Nutq, ta’lim-tarbiya, ijtimoiylashuv, tibbiy, logoped.


«Ta’lim to‘g’risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-, 23- va 24-moddalarida,
jumladan, jismoniy yoki psixik rivojlanishida kamchiliklari bo‘lgan, shuningdek, uzoq muddat
davolanishga ehtiyoj sezgan bolalar va o‘smirlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni davolash
uchun maxsus ta’lim muassasalari tashkil etiladi, deb belgilab qo‘yilgan.
Bu nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar uchun ham taalluqlidir. Bunday bolalar tibbiy-ijtimoiy
yordam olish huquqiga ega bo‘lib, bu profilaktika, davolash-tashxis qo‘yish, abilitatsiya va
reabilitatsiya, sanatoriya-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilan
imtiyozli shartlarda ta’minlanishni va boshqa yordam turlarini o'z ichiga oladi.
Bu masalaga o‘tishdan oldin, nutq nuqsonlarining yuzaga kelish sabablariga qisqacha to'xtalib
o‘tamiz.
Bolalarda nutq buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablarga tashqi (ekzogen) va ichki (endogen)
omillar, shuningdek, atrof-muhitning tashqi sharoitlari kiradi. Nutq nuqsonlarining turli
sabablarini aniqlashga evolutsion-dinamik yondashiladi. Bu nuqsonning yuzaga kelish
jarayonini tahlil qilishdan, nuqsonli rivojlanishning umumiy qonuniyatlarini hisobga olishni
talab qiladi (Abu Ali ibn Sino, I.M.Sechenov, L.V. Vigotskiy).
Bolalardagi nutqiy nuqsonlarning asosiy sabablarini uch guruhga ajratish mumkin.
1. Ekologik sabablar: ichki va tashqi radiatsiya; qishloq xo'jaligida qo'llanadigan pestitsidlar
va gerbitsidlar; avtotransportdan chiqadigan gazlar; harbiy poligonning zararli ta’sirlari; oziq-
ovqat va suv ta’minotining sifatsizligi.
2. Tibbiy-ijtimoiy sabablar: er-xotin qarindoshchiligi; ota-onaning rivojlanishidagi orqada
qolishlar; jarohatlar (jismoniy va ruhiy); ota-onalarning surunkali kasalliklari; zararli odatlar
(ichkilikbozlik, nashavandlik, toksomoniya, kashandalik); onaning surunkali og‘ir anamnezi;
oilani noto‘g‘ri rejalashtirish, abortlar, onaning ginekologik kasalliklari, erta va kech
tug'ruqlar (birinchi homilaning 16 yoshdan oldin va 40 yoshdan keyin bo'lishi); tug'ruqdan
oldingi jarohatlar; bolalarda somatik kasalliklar; bakterial-virusli infeksiyalar; ona va bolaning
to'liq oziqlanmasligi; oilaga tibbiy tashxis va korreksion yordamning o'z vaqtida berilmasligi.
3. Psixik-ijtimoiy sabablar: ommaviy va majmuali deprivatsiya; ota-onalar tomonidan diqqat-
e’tiborning sustligi; bolalarga nisbatan qattiqqo'llik; oila va aholi intellektual saviyasining
pastligi; oilaning to'liqsizligi; fojiali vaziyat (ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy); ruhiy-pedagogik
tashxis va korreksiyaning sifati, hajmi va hozirgi zamon talablariga javob bermasligi.
Embrion rivojlanish davridagi turli xil patologiyalar:


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

116

— homiladorlik vaqtidagi toksikozlar, virusli va endokrin kasalliklar, jarohatlar, onaning
rezus-faktorga mos kelmasligi;
— tug‘ruq vaqtidagi shikastlanish va asfiksiya;
— bola rivojlanishining birinchi yilidagi bosh miya kasalliklari
(meningit, ensofalit);
— miyaning chayqalishi bilan birga sodir bo‘ladigan bosh miya
jarohatlari;
— nasliy omillar. Bunday hollarda nutq buzilishlari umumiy
nerv tizim buzilishlarining bir qismini tashkil etib, intellektual va
harakat kamchiliklari bilan birga kuzatiladi;
— ijtimoiy sharoitning yomonligi. Bu holat pedagogik qarovsizlikka, vegetativ disfunksiyaga,
emotsional-irodaviy muhitning buzilishlariga va nutqning rivojlanmay qolishiga sabab boiadi.
Barcha nutq buzilishlari kelib chiqishiga ko‘ra ikki guruhga
bolinadi:
1. Organik xarakterdagi nutq buzilishlari.
2. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlari.
Organik nutq buzilishlari o‘z navbatida ma’lum nutq organi jo'yining zararlanishiga ko‘ra
markaziy va periferik xarakterda boiadi.
Markaziy buzilishlar: markaziy nerv tizimidagi u yoki bu qismlarning buzilishi, zararlanishi
natijasida kelib chiqadi.
Markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: alaliya, afaziya, dizartriya kabi nutq
kamchiliklari kiradi.
Periferik buzilishlar: artikulatsion apparatning noto‘g‘ri tuzilishi yoki buzilishi va periferik
nerv artikulatsion organlar inervatsiyasining buzilishidan kelib chiqadi. Periferik xarakterdagi
organik nutq buzilishlariga: rinolaliya, prognatiya, progeniya kiradi.
Funksional buzilishlar. Bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan a’zolar tuzilishida hech
qanday o‘zgarishlar bolmaydi. Funksional xarakterdagi nutq buzilishlariga — dislaliya,
duduqlanish kabi nutq nuqsonlari kiradi.
Nutqda nuqsoni bo'lgan bolani chuqur psixologik-pedagogik o'rganish tashxis natijalari
asosida tuzatish dasturini ishlab chiqishga qaratilgan. Bu, asosan, ta'lim va ba'zan maslahat
muassasalarida o'rganish uchun vaqt talab etadi. Bunday tadqiqotning o'ziga xos vazifalari
ko'p qirrali va turli yosh guruhlari uchun o'ziga xosdir. Ular orasida:

Bolaning individual psixologik-pedagogik xususiyatlarini aniqlash;

individual rivojlanish va ta'lim tuzatish dasturini ishlab chiqish;

oiladagi ichki munosabatlarni o‘rganish va tarbiya sharoitlarini aniqlash;

Qiyin ta'lim sharoitida yordam.

Mutaxassislar tomonidan u yoki bu funksiya yetishmagan yoki rivojlanmagan hollarda
samarali tavsiyalar beriladi, lekin boladagi ijobiy xususiyatlarni, ayniqsa, bolaning shaxsiyati,
ya’ni tasavvuri, nutqi, ijtimoiy va shaxsiy muammolarini aniqlash borasidagi ishlar yetarli
darajada rivojlanmagan. Biroq, samarali tuzatish-pedagogik jarayon nafaqat salbiy omillarga,
balki birinchi navbatda bolaning individual psixologik va pedagogik imkoniyatlarini
aniqlashga qaratilgan. Shunday qilib, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolaning psixologik
pedagogik diagnostikasining muhim vazifalari quyidagilardan iborat: bolalarda rivojlanish
nuqsonlarini erta aniqlash ; nuqsonning sababi va xususiyatini aniqlash; -bolaning pedagogik


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

117

yo‘nalishini aniqlash; rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolangizning individual psixologik
xususiyatlarini aniqlash; ta'lim va rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish.
Rivojlanishida kamchiliklar boigan bolalarni erta aniqlash va logopedik yordam berish nutq
kamchiliklarining oldini olish va maktabga nutqiy jihatdan tayyorlashdir. Nutqiy
rivojlanishdagi nuqsonlarning oldini olishda tugllish vaqtida shikastlangan bolalarning
dispanserizatsiyasi muhim rol o‘ynaydi.
Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq buzilishlarining yuzaga kelishida
ekzogen-organik omilning rolini baholashda jarohatning vaqti, xarakteri va joylashishini, bola
nerv tizimining moslashuvchanligini, shuningdek, miya jarohatlangan paytda nutq
funksiyasining shakllanganlik darajasini hisobga olish
zarur.
Nutq nuqsoniga ega bolalarning ijtimoiy moslashuvi masalalari nutq buzilganda, ayniqsa,
nutqning to'liq rivojlanmasligi kamchiligida bolalarni maxsus o‘qitmay turib butun til
sistemalarining shakllanishi juda qiyin va umuman mumkin emas. Nutqi to‘liq rivojlanmagan
bolalar guruhlarida o‘qitishdan maqsad nutqdagi kamchilikni va rivojlanmaslik natijasida
kelib chiqqan ikkilamchi alomatlarni yo‘qotishdan iborat. Nutqni tuzatish, bolalarni
tarbiyalash va o‘qitish ishlarini logoped, psixolog, tarbiyachi, musiqa rahbari bolaning ota-
onasi bilan uzviy muloqotda amalga oshiradi.
Maxsus maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari quyidagi vazifalarni hal qilishlari lozim:
— maxsus izchil ta’lim va tarbiyaga jalb qilingan bolalarni chuqur o‘rganish jarayonida ularga
birlamchi diagnoz qo‘yish;
— pedagogik shart-sharoit yaratib berish va tarbiyaga kompleks yondashish tufayli bolalarga
bir xil imkoniyat yaratish hisobiga ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash;
— nutqning buzilishi xarakteri va kamchilikning qandayligini hisobga olib tuzatish
— pedagogik, tarbiya ishlarini izchil amalga oshirish, bolalarni maktabda o‘qitishga
tayyorlash;
— maktabgacha yoshdagi bolalarning ruhiy-jismoniy imkoniyatlarini va ruhiy
funksiyalarining shakllanishidagi sezgirlik davrlarini hisobga olish;
— kamchilikning qandayligini, qachon paydo bo‘lganligini, bolalarning shaxsiy xususiyatlarini
hisobga olib, umumiy rivojlanish ishlarini tuzatish, tarbiyalash ishlari bilan uyg‘unlashtirish;
— bolalarning o‘sishini muttasil o‘rganish va maqsadli pedagogik ta’sir natijasida paydo
bo'ladigan yangi ruhiy o‘zgarishlarini aniqlash va korreksiyalash;
— har qaysi yosh guruhida ta’limni bir xillashtirish uchun sharoit
yaratish;
— didaktik qoidalarga rioya qilishda maktab bilan izchil aloqani
ta’minlash: har bir navbatdagi yosh bosqichda talablarni kuchaytirib
yubormaslik;
— maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va tarbiyalashga
faollik bilan yondashish, bu esa bolalar faoliyatidagi yetakchi omillar maromidagi tarbiya-
ta’lim va (o‘yinlar, rasmlar va chizmalar chizish, mehnat, o‘quv faoliyatining oddiy xillari)
tuzatish-tiklash ishlarining barcha turlarini o‘tkazishni taqozo qiladi;
— nutqni rivojlantirishga nutq faoliyatining turli xillarini shakllantiradigan omil deb qarash
lozim.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

118

Nutqni tuzatishga qaratilgan ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligi bolalarning bog'chada
bo‘lish vaqtlarini aniq rejalashtirish, kun mobaynida oltkaziladigan tadbirlarni to‘g‘ri
taqsimlash, mutaxassislarning ishlarini bir-biriga to‘g‘ri muvofiqlashtirish bilan belgilanadi.
Bolaning ijtimoiy moslashuvi yuqoridagi ishlarning to‘g‘ri tashkil etilishi va samaradorligiga
bog‘liq.

Xulosa:

Bu kamchiliklar asosan ikki yo'nalish, tibbiy yoki logopedik yo'nalishlar asosida

bartaraf etiladi. Lekin shu bilan birga bu davrda psixologning faoliyati muhim rol o'ynaydi.
Chunki bu bemor o'z nutqidan uyaladi, tushkunlikka tushadi, diqqat, xotira, mantiqiy tafakkur,
idrok, hissiy iroda sohalarida kamchiliklar kuzatiladi. Psixolog bunday bemorlar bilan ko'proq
suhbatlar o'tkazishi, treninglar, rag'batlantirish ishlari olib borishi kerak. Bolalarda nutq
kamchiliklarini barvaqt aniqlash, ularni maxsus ta’limga jalb etish, har tomonlama
rivojlantirish, insonparvarlik, fidoyilik ruhida tarbiyalash, o‘qitish, kasbga yo‘naltirish,
sog‘lomlashtirish, hayotga tayyorlash va normal rivojlangan insonlar jamiyatiga moslashtirish
amaliy logopediyaning vazifalariga kiradi.

References:

1.

Yangi ta’lim to’g’risidagi qonun .2020y

2.

Ayupova M.Yu. Logopеdiya. O’zbеkiston faylasuflar Milliy jamiyati. T.: 2007 y.

3.

Bеlova N.I. Spеtsialnaya doshkolnaya surdopеdagogika. M. 1985 g.

4.

Еrmakov V.P, Yakunin G.A. Osnovoi tiflopеdagogiki Moskva:Vlados 2000g.

5.

Ignatеva S.A. Blinkov Yu.A. Logopеdichеskaya rеabilitatsiya dеtеy s otklonеniyami v

razvitii. Moskva: «Vlados». 2004 g.
6.

Mo’minova L.R., Ayupova M.Yu. Logopеdiya. O’qituvchi nashriyoti. Toshkеnt 1993.

Библиографические ссылки

Yangi ta’lim to’g’risidagi qonun .2020y

Ayupova M.Yu. Logopеdiya. O’zbеkiston faylasuflar Milliy jamiyati. T.: 2007 y.

Bеlova N.I. Spеtsialnaya doshkolnaya surdopеdagogika. M. 1985 g.

Еrmakov V.P, Yakunin G.A. Osnovoi tiflopеdagogiki Moskva:Vlados 2000g.

Ignatеva S.A. Blinkov Yu.A. Logopеdichеskaya rеabilitatsiya dеtеy s otklonеniyami v razvitii. Moskva: «Vlados». 2004 g.

Mo’minova L.R., Ayupova M.Yu. Logopеdiya. O’qituvchi nashriyoti. Toshkеnt 1993.