ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
86
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA INKLYUZIV TA’LIMNING O’RNI VA
BOLALARNING RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Latipova Lobar Turaboyevna
Toshkent shahar Bektemir tumani
574-KTIDMTTda pedagog-psixolog
+99890 512 77 07
https://doi.org/10.5281/zenodo.11146584
Annotatsiya:
ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida inklyuziv ta’limning o’rni va
bolalarning rivojlanishiga ta’siri haqida yoritilib, maslahatlar va tavsiyalar berib, muammoli
jihatlari o’rganilgan holatda yoritib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
ta’lim, inklyuziv, pedagog, integratsiya, yordamga muhtoj, jamiyat, farzand,
imkoniyat, segregatsion, tarbiya, muassasa, tashkilot.
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan davr
mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk
voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda
usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish
bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning
maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini
zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali
pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimida inklyuziv ta'limning o'rni va ahamiyati haqida gaplashish juda
muhim masalalardan biridir. Inklyuziv ta'lim, barcha bolalar uchun barqaror, o'zgarmas va
barpo etilgan ta'limni ta'minlashni maqsad qiladi, ya'ni har qanday bola, har qanday
sharoitda o'z malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Negaki, bolalarni qiziqishi
uchun, jamoaga qo’shilib keta olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berilishi ularning
qiziquvchanligini oshirib ijobiy hislatlarini shakllantiradi.
Inklyuziv ta'lim tizimida har bir bola o'ziga xos xususiyatlari va o'zgaruvchilariga qarab,
maxsus qo'llab-quvvatlash va kerakli bilimlarni olishi lozim. Bu esa har bir bolalarda qo'llab-
quvvatlash orqali o’z ijobiy hislatlarini shakllanishi va ilm olishga qiziqishi oshirishini
ta'minlaydi.
Inklyuziv ta'limning o'rni juda katta, chunki bu ushbu ta'limot va tajribalar orqali barcha
bolalarni qo'llab-quvvatlash, o'zlashtirish va ularga tushuntirishga imkon beradi. Bu esa
jamiyatda yanada sog'liqni oshirish, bolalarni (farzandlarni) muvofiqlashtirish va butun
jamiyat hayotini o'zlashtirish imkoniyatini yaratib beradi.
Inklyuziv ta’lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga
sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari
cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada
yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda
tutadi. Inklyuziv ta’lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har
qanday maktabda ta’lim olishi, o‘zlashtirishda qiynalayotgan bo‘lsa, o‘qish va yozishga
o‘rganish uchun maxsus yordamga ega bo‘lishi, darslarga qatnamay qo‘ygan bolaga esa
maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko‘rsatilishini kafolatlaydi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
87
Maktabgacha ta'lim tizimida inklyuziv ta'limning ahamiyati shundaki, imkoniyati cheklangan
bolalarni ilk yoshlaridanoq sog'lom bolalar qatoriga qo'shib sifatli ta'lim olishini ta'minlagan
holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va harakatlarini rivojlantirishdir.
Inklyuziv ta'lim imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi?
-o'z imkoniyatini o'zi uchun kashf etish imkonini beradi;
- mustaqil harakatlanish bilan birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyati orqali yuzaga
keladi;
-dunyoqarashi kengayadi va hayotiy tajribasi oshadi;
-o'qishga bo'lgan ehtiyoji va qiziqishlari ortadi;
-o'zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi;
-ilgari sezilmagan, o’zi anglamagan imkoniyatlari ochiladi;
-yotsirash, yakkalanish, begona kabi xususiyatlari yo'qoladi.
Inklyuziv ta'lim sog'lom bolalar hayotiga qanday ta'sir ko'rsatadi?
-o'zlariga o'xshamagan tengdoshlari va ularning hayoti, ehtiyojlarini his qiladilar;
-tengdoshlariga g'amxo'rlik hissi uyg'onadi;
-ularni qo'llab-quvvatlash, yordam berishga intilish;
-insonparvarlik hissi tarbiyalanadi;
-o'quvchilarda atrofdagi insonlarga, imkoniyati cheklanganlarga pozitiv munosabat, o'zaro
hurmat tarbiyalanadi;
-yordamga muhtoj insonlarga e'tibosizlik qilmaydigan, befarq bo’lmaydigan shaxsga
aylanadilar.
Hozirda mamlakatimizda inklyuziv ta'limga yo'naltirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari
kun sayin ko'payib va takomillashib bormoqda.
Sharqning mashhur allomalari Ibn Sino, Imom al Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy,
Abdulla Avloniylar tarbiyasining maqsadlari har bir bola shaxsining rivojlanishiga, ta’limning
ta’siri to’g’risidagi qarashlari inklyuziv ta’lim rivojlanishining metodologik bazasi hisoblanadi.
Juda uzoq vaqt davomida maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta'lim muassasalariga
nisbatan maxsus segregatsion ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya berish samarali deb
hisoblanib kelindi. 1970-1980 yillarga kelib jahon miqyosida insonparvarlik va kamsitishlarga
yo‘l qo‘ymaslik g‘oyasining ilgari surilishi maxsus ehtiyojli bolalarga e'tiborning yanada
yaxshilanishiga olib keldi.
Imkoniyati cheklangan bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo’yilgan
birinchi qadamdir. Imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim muassalari tarkibiga qarab
olinishi jahon miqyosida ,,inklyuziv’’ yoki ,,integratsion’’ta’lim atamalari bilan ataladi.
Integratsiyalashgan ta’lim
bu-diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib ketish
muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir.
Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vaziflarni hal etilishi talab etiladi:
ta’lim muassasida imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim olishlari uchun zaruriy
psixologik-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo’naltirilgan
umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish;
o’quvchilarning ta’limdagi tenglik xuquqini kafolatlash;
jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog’lom bolalarning extiyojlarini
qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
88
imkoniyati cheklangan bolalarni oiladan ajramagan holda yashash xuquqini ro’yobga
chiqarish;
jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan do’stona va mehr-
muhabbatli munosabatni shakllantirishdir.
Inklyuziv ta'limning muammolari.
Ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta'limni joriy etish bo‘yicha davlat normativ xujjatlarida
qayd qilinmaganligi;
nogiron bolalarga nisbatan salbiy munosabat;
imkoniyati cheklangan bolalarning hamjamiyatda ko‘rinmaslik muammosi;
imkoniyati cheklangan bolalarning maktabda ko‘rinmaslik muammosi;
moddiy mablag‘ muammolari;
ta'lim muassasalarini,tashkilotlarini moslashtirish;
sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi;
kambag‘allik;
jinsiy tafovutlarga qarab kamsitish;
imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi;
favqulodda vaziyatlar , mojarolar, qochoqlar;
kadrlar masalasidagi muammolar.
Haqli savol tug‘iladi, nima uchun imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta'lim tizimiga jalb
etish kerak? Yuqorida keltirilgan dalillarni hal etib inklyuziv ta'lim tizimiga o‘tishga qanday
zaruriyat bor?
Darhaqiqat, bu ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish oson kechmaydi. Ammo bu ta'lim
tizimining nafli jixati juda ko‘p ular sirasiga quyidagilar kiradi:
inklyuziv ta'lim qashshoqlik iskanjasidan qutilishga imkon beradi;
inklyuziv ta'lim barcha uchun ta'lim sifatini yaxshilaydi;
kamsitishlarni oldini oladi;
inklyuziv ta'lim yanada inklyuzivlikka olib keladi.
Inklyuziv ta'limning prinsiplari:
1.Bolalarning qadr qimmati, uning qobiliyati va yutug‘iga
bog‘liq emas. 2. Har bir bola o‘ylash va xis qilish qobiliyatiga ega. 3. Har bir bola eshitish va
muloqot qilish qobiliyatiga ega. 4. Har bir bola bir biriga muxtoj. 5. Shaxsning to‘liq va haqiqiy
ta'lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi. 6. Hamma bolalar o‘z tengdoshlarini
qo‘llab quvvatlashga muxtoj. 7. Hamma ta'lim oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning
nimadir qila olmasligi emas, balki nimanidir qila olishidir. 8. Hamkorlik qilishga o’tgatish
bolalar hayotini har tomonlama kuchaytiradi.
Inklyuziv ta'lim tizimi quyidagi ta'lim muassasalarni o‘z ichiga oladi; maktabgacha umuta'lim,
umum o‘rta ta'lim, o‘rta maxsus kasb-xunar va oliy ta'lim. Bu ta'lim muassasalarning maqsadi
bolalarning ta'lim olishi va kasb-xunarga tayyorlashda ularning o‘rtasidagi to‘sqinlikni
bartaraf etib ochiq ta'lim muxitini yaratishdan iborat. Umumta'lim maktablarda alohida
dastur va darsliklardan foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi.
Inklyuziv ta'lim tizimi integratsiyalashgan ta'lim tizimidan o’zinig mazmun – moxiyati,
maqsadi, vazifalari va xarakat dasturi bilan farqlanadi. Bolaning tarbiya va o‘quv faoliyatida
orqada qolishi psixik funksiyalarni o‘zlashtirmaganligi natijasidir. Masalan, bolaning kiyim
kiyishida ketma-ketlikning buzilishi uning xotirasi zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan malakalarni egallamaganligi tufayli ro‘y beradi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
89
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, maktabgacha ta'lim tashkiloti inklyuziv ta'limni amalga
oshirish orqali bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Inklyuziv ta'limning tushunchasi, har
bir maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalari uchun maslahatlar va qulayliklar taqdim etish,
ularning hamma bilan teng ekanliklari va kuchlarni rivojlantirish, har bir bolaga, qo'llanma
taqdim etish va ularni boshqarishga yordam berishdir. Bu usul, eng ko'p qatnashuvchilarga
imkoniyat yaratib beradi va har bir bolaning o'ziga xos qobiliyatlarini o'rganish imkonini
beradi.
Inklyuziv ta'lim tashkiloti orqali, har bir bola o'z rivojlanishi uchun kerak bo'lgan
qo'llanmalarga, yo’l-yo’riqlarga ega bo'ladi va ularning o'zlarini qanday ifodalashlari va
o'zlarini qanday rivojlantirishlari lozimligini o'rganishlari ta'minlanadi. Bu esa, bolalarning
saviyasi kengayishini va rivojlanishini ta'minlaydi, ularning o'zlarini ishonchi, o’zidan
qoniqishlarini va o'zlarini ustida mustaqil rivojlantirishlarini, bilimlarni mustaqil
o'rganishlarini oshiradi va oz ustida ishlash jarayonlari shular jumlasidandir.
References:
1.
https://cyberleninka.ru/article/n/maktabgacha-ta-limda-inklyuziv-ta-lim-tizimini-
rivojlantirish
2.
https://fanvatalim.uz/uz/article/131/
3.
https://zenodo.org/records/6386733/files/Yusupova%20Ziyoda%20Hodjimurodovna
1.pdf
4.
https://sciencebox.uz/index.php/sjeg/article/download/5983/5493/6276
5.
Umumiy psixologiya.Ergash G’oziyev. 123-bet.