Авторы

  • Baxtiyor Ergashmirzayev
    IIV Akademiyasi 3-bosqich kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.87233

Ключевые слова:

Ichki ishlar organi xodimi psixologik shakllar etika va estetika kasbiy madaniyat psixologik portret majburiyat burch qasamyodga sodiqlik.

Аннотация

Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlashda psixologik bilimlarning o’rni va ahamiyati keltirib o’tilgan. Shu bilan birga Ichki ishlar organlar xodimlarining shaxsiga psixologik tavsif, xodimlarning ish faoliyatida bilish jarayonlarining o’rni , oilada va xizmat faolioyatisda yuzaga keladigan nizoli vazoiyatlar , ziddiyatlar va ularni bartaraf etish usullari haqida ta’kidlab o’tiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

82

ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARINING O’Z KASBLARIGA MOSLIGINI

O’RGANISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ergashmirzayev Baxtiyor Qobuljon o’g’li

IIV Akademiyasi 3-bosqich kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11146540

Annotatsiya:

Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlashda psixologik bilimlarning o’rni va

ahamiyati keltirib o’tilgan. Shu bilan birga Ichki ishlar organlar xodimlarining shaxsiga
psixologik tavsif, xodimlarning ish faoliyatida bilish jarayonlarining o’rni , oilada va xizmat
faolioyatisda yuzaga keladigan nizoli vazoiyatlar , ziddiyatlar va ularni bartaraf etish usullari
haqida ta’kidlab o’tiladi.

Kalit so`zlar:

Ichki ishlar organi xodimi, psixologik shakllar, etika va estetika, kasbiy

madaniyat, psixologik portret, majburiyat, burch, qasamyodga sodiqlik.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ СОТРУДНИКОВ ОРГАНОВ

ВНУТРЕННИХ ДЕЛ ДЛЯ ИЗУЧЕНИЯ ИХ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ

СОВМЕСТИМОСТИ

Аннотация:

Обозначена роль и значение психологических знаний в подготовке кадров

органов внутренних дел. При этом подчеркиваются психологические особенности
сотрудников ОВД, роль процессов знаний в трудовой иерархии сотрудников,
конфликты, конфликты и методы преодоления конфликтов, возникающих в семье и
служебной деятельности.

Ключевые слова:

сотрудник органов внутренних дел, психологические формы, этика

и эстетика, профессиональная культура, психологический портрет, обязательность,
долг, верность присяге.

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF EMPLOYEES OF INTERNAL

AFFAIRS BODIES FOR THE STUDY OF THEIR PROFESSIONAL

COMPATIBILITY


Annotation:

The role and importance of psychological knowledge in the preparation of

internal affairs personnel is outlined. At the same time, it emphasizes the psychological
characteristics of the employees of the Department of Internal Affairs, the role of knowledge
processes in the work hierarchy of employees, the conflicts, conflicts, and methods of
overcoming conflicts that arise in the family and service activities.

Key words:

employee of the internal affairs div, psychological forms, ethics and aesthetics,

professional culture, psychological portrait, commitment, duty, loyalty to the oath.

Agar davlat tayanadigan asosiy ustun qonun bo‘lsa, uning kuchini amalda namoyon etadigan
eng samarali tizim bu – ichki ishlar sohasi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

83

Ichki ishlar idoralari xodimi fuqarolarning xavfsizligi, tinchligi, haq-huquqi va erkinliklarini
ta’minlashga mas’ul bo‘lgan davlat xizmatchisi hisoblanadi. Ana shu mas’uliyat xodimdan
birinchi navbatda o‘z kasbining bilimdoni, ustasi bo‘lishni talab qiladi. O‘z kasbining bilimdoni
bo‘lish uchun nafaqat yuridik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy holati va kechinmalarini ham
yaxshi bilish kerak bo‘ladi. Bu esa har bir ichki ishlar idorasi xodimidan psixologiya ilmining
sir-asrorlaridan xabardor bo‘lish va shu asosda qonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishni
taqozo etadi.
Shuning uchun ham bu haqda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom
Karimov: «Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o‘rganish –
hayotni, insonni o‘rganish degani. Kerak bo‘lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo‘lib,
odamlarga ko‘rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama
o‘rganish kerak»1, – degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik
asoslaridan birini tashkil qiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyati jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha kasblardan,
birinchidan, davlat tomonidan qat’iy belgilab berilgan qonunlar, buyruqlar, nizom va
yo‘riqnomalar asosida ish ko‘rishi; ikkinchidan, bevosita jinoyatchilar dunyosi bilan ishlashi;
uchinchidan, hayotining doimo xavf-xatar ostida bo‘lishi; to‘rtinchidan, davlat hokimiyatining
vakili sifatida ish ko‘rishi bilan ajralib turadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining samaradorligini belgilovchi omillar,
shuningdek, ushbu faoliyatning psixologik jihatlarini tahlil qilish, uning o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘rganish, shu orqali bu faoliyatni takomillashtirishning psixologik
mexanizmlarini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish davr talabidir.
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishadi va bu
muloqot jarayonida har ikki tomon o‘zining ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi.
Ana shu ruhiy holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Chunki ular
doimiy ravishda turli toifadagi odamlar bilan uchrashadilar, muloqotga kirishadilar. Bu esa
xodimdan kasbiy psixologiya fanini, jumladan ichki ishlar idoralari faoliyatida yuz beradigan
psixik holat va jarayonlarni yaxshi bilishni, ularga qarshi doimo tayyor turishni talab qiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimi fuqarolarning xavfsizligi, tinchligi, haq-huquqi va erkinliklarini
ta’minlashga mas’ul bo‘lgan davlat xizmatchisi hisoblanadi. Ana shu mas’uliyat xodimdan
birinchi navbatda o‘z kasbining bilimdoni, ustasi bo‘lishni talab qiladi.
O‘z kasbining bilimdoni bo‘lish uchun nafaqat yuridik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy holati
va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo‘ladi. Bu esa har bir ichki ishlar idorasi
xodimidan psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo‘lish va shu asosda qonuniy xatti-
harakatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Shuning uchun ham bu haqda O‘zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz uchun eng zarur
sohalardan biri. Psixologiyani o‘rganish – hayotni, insonni o‘rganish degani. Kerakbo‘lsa,
rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo‘lib, odamlarga ko‘rsatma bermoqchi ekansiz, oldin
ularning psixologiyasini har tomonlama o‘rganish kerak», – degan edi.
Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik asoslaridan birini tashkil qiladi. Har
qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o‘zining
bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

84

va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli
va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil
qiladi.
Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli in’ikos etuvchi
murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg‘unligining
mahsuli hisoblanadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyati jamiyatda mavjud bo‘lgan barcha kasblardan,
birinchidan, davlat tomonidan qat’iy belgilab berilgan qonunlar, buyruqlar, nizom va
yo‘riqnomalar asosida ish ko‘rishi; ikkinchidan, bevosita jinoyatchilar dunyosi bilan ishlashi;
uchinchidan, hayotining doimo xavf-xatar ostida bo‘lishi; to‘rtinchidan, davlat hokimiyatining
vakili sifatida ish ko‘rishi bilan ajralib turadi. Ana shu faoliyat ma’lum psixologik qonunlar,
usullar asosida ish ko‘rishni talab etadi. Bu esa ichki ishlar idoralari faoliyatida yuz beradigan
psixik holat va jarayonlarni alohida – kasbiy psixologiya sifatida o‘rganishni taqozo etadi.

Kasbiy psixologiyaning predmeti quyidagilardan iborat:

- ichki ishlar xodimlarining o‘z kasblariga mosligini o‘rganishning psixologik xususiyatlarini
o‘rganish;
- kasbiy faoliyati motivlarini shakllantirishning nazariy-amaliy asoslarini o‘rganish;
- ichki ishlar xodimlarining faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
- ichki ishlar xodimlarining faoliyati motivlarini shakllantirish usul va vositalarini aniqlash;
- ichki ishlar xodimlarining faoliyati motivlarini shakllantirish jarayonining samaradorlik
darajasini belgilash hamda .ichki ishlar xodimlarining faoliyatini motivlarini shakllantirishga
yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Farmonda mavjud jiddiy kamchilik va
muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda salbiy oqibatlari chuqur tahlil qilingan.
Jumladan, respublika, viloyat va tuman darajasidagi bo‘linmalar o‘rtasida asosiy vazifa va
funksiyalar aniq taqsimlanmagan, ichki ishlar organlarining ish hajmi tashkiliy-shtat
tuzilmasiga mos kelmaydi. Buning oqibatida yuqori bo‘g‘indagi ayrim bo‘linmalar xodimlari
o‘z ish faoliyatida mavjud kuch va imkoniyatlarini to‘liq ishga solmayotgan bir paytda, quyi
bo‘g‘in bo‘linmalari xodimlari zimmasidagi xizmat vazifalari ularning haqiqiyimkoniyatlaridan
ancha yuqoriligicha qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, xodimlarning o‘zxizmat majburiyatlarini
bajarishda mas’uliyatning susayishiga sabab bo‘lmoqda.
Ichki ishlar organlari mansabdor shaxslari, profilaktika inspektorlarining aholi bilan
muntazam uchrashuvlar o‘tkazmayotganligi va jamoatchilik bilan hamkorlik qilmayotganligi
sababli aholining muammo hamda tashvishlaridan xabardor emasligi tizimning eng asosiy
vazifasi hisoblangan profilaktika ishlarida jiddiy kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
Tizimda ish faoliyatining samaradorligi va mahsuldorligiga erishish, avvalambor, aholi bilan
bevosita muloqot o‘rnatish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlik va
hamjihatlikni yo‘lga qo‘yishni talab etadi. Ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud fuqarolar
murojaatlari bilan ishlashga yetarlicha e’tibor bermaslik, befarqlik, ishga yuzaki munosabatda
bo‘lish va rasmiyatchilik, aholi bilan muloqot qilish madaniyatining pastligi, afsuski achchiq
haqiqatdir. Oqibatda bunday vaziyatdan norozi bo‘lgan fuqarolar yuqori tashkilotlarga
shikoyat qilmoqda. Farmonda bu kabi muammo va kamchiliklarni hal etish uchun ichki ishlar
organlari tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi. Xususan, ichki ishlar
organlarini aholiga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatadigan ijtimoiy yo‘naltirilgan


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

85

professional xizmatga aylantirish zarurligi, “

Xalq manfaatlariga xizmat qilish

” har bir

xodimning asosiy xizmat burchi ekani qayd etildi.

XULOSA

• Psixologiya bo’linmalariga faqat psixolog yo’nalishi doirasida o’qib kelgan kadrlarni imyihon
asosida tanlab ishlarga jalb qilish, ularni ish faoliyatini to’g’ri tashkil qilinayotganligi
yuzasidan olib boorish kerak;
• Psixologlarni ish unumdorligini oshirish va ularga buyruq talablariga mos bo’lgan xonalar,
amonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash zarur;

Deyarli barcha tergov harakatlaridapsixologlar qatnashib, o’z fikrlarini bildirishlari va

inobatga olinishini ta’minlash maqsadida kerakli davlat organlari nazorat qilishlari lozim.
Agarda yuqoridagi jihatlarni inobatga olgan holda ishlar tashkil qilinsa, bularningbarchasi
ichki ishlar organlari tizimidagi samaradorlik va professsianallik oshishiga o’z hissani
qo’shadi.

References:

1.

IIV Akademiyasi Axborotnomasi. Toshkent-2018.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining 2021-yil 21-oktabrdagi 400-sonli

buyrug‘i.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son “Ichki

ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda
ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.
4.

Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini

tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-3413

Библиографические ссылки

IIV Akademiyasi Axborotnomasi. Toshkent-2018.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirining 2021-yil 21-oktabrdagi 400-sonli buyrug‘i.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.

Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-3413