OCHIQ BURCHAKLI GLAUCOMA KASALLIGIDA ULTRATOVUSHLI BIOMIKROSKOPIYA BILAN ERTA DIAGNOSTIKA QILISH

Аннотация

Hozirgi vaqtda   yuqori texnologiyali zamonaviy tekshirish  usullaridan biri hisoblangan ultratovushli biomikroskopiya  rangdor pardani tashxislashda yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Ultratovushli biomikroskopiya  turli xil ko’z kasalliklarni biomikroskopiya klinik amaliyotda  ko‘z oldingi qismlarini keng qamrovli birlamchi  rangdor pardani tekshirish  usuli hisoblanadi. Nafaqat oldingi, balki ko‘zning orqa kamerasining holatini baholash orqali ultratovushli biomikroskopiya glaukomaning barcha turlarida  kasallikning patogenetik va morfologik rivojlanishini kuzatish va boshqa kasalliklar bilan differetsial tashxisoti, davolash samaradorligini baholashda  asosiy tekshrangdor pardah usuli bo‘lib kelmoqda.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
31-32
7

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Fayzullayev , F. ., & Odilova, G. (2024). OCHIQ BURCHAKLI GLAUCOMA KASALLIGIDA ULTRATOVUSHLI BIOMIKROSKOPIYA BILAN ERTA DIAGNOSTIKA QILISH. Наука и инновация, 2(12), 31–32. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/87740
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi vaqtda   yuqori texnologiyali zamonaviy tekshirish  usullaridan biri hisoblangan ultratovushli biomikroskopiya  rangdor pardani tashxislashda yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Ultratovushli biomikroskopiya  turli xil ko’z kasalliklarni biomikroskopiya klinik amaliyotda  ko‘z oldingi qismlarini keng qamrovli birlamchi  rangdor pardani tekshirish  usuli hisoblanadi. Nafaqat oldingi, balki ko‘zning orqa kamerasining holatini baholash orqali ultratovushli biomikroskopiya glaukomaning barcha turlarida  kasallikning patogenetik va morfologik rivojlanishini kuzatish va boshqa kasalliklar bilan differetsial tashxisoti, davolash samaradorligini baholashda  asosiy tekshrangdor pardah usuli bo‘lib kelmoqda.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

31

OCHIQ BURCHAKLI GLAUCOMA KASALLIGIDA ULTRATOVUSHLI

BIOMIKROSKOPIYA BILAN ERTA DIAGNOSTIKA QILISH

Fayzullayev Fazliddin Saidovich

Buxoro davlat tibbiyot universiteti 3-bosqich magistranti

Odilova G.R.

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.11118629

Dolzarbligi.

Hozirgi vaqtda yuqori texnologiyali zamonaviy tekshirish usullaridan biri

hisoblangan ultratovushli biomikroskopiya rangdor pardani tashxislashda yangi
imkoniyatlarni yuzaga keltirdi. Ultratovushli biomikroskopiya turli xil ko’z kasalliklarni
biomikroskopiya klinik amaliyotda ko‘z oldingi qismlarini keng qamrovli birlamchi rangdor
pardani tekshirish usuli hisoblanadi. Nafaqat oldingi, balki ko‘zning orqa kamerasining
holatini baholash orqali ultratovushli biomikroskopiya glaukomaning barcha turlarida
kasallikning patogenetik va morfologik rivojlanishini kuzatish va boshqa kasalliklar bilan
differetsial tashxisoti, davolash samaradorligini baholashda asosiy tekshrangdor pardah usuli
bo‘lib kelmoqda.

Tadqiqot maqsadi

. Birlamchi ochiq burchakli glaukomada ultratovushli biomikroskopiya

yordamida ko‘zning oldingi qismlari holatini baholash.
Glaukoma zamonaviy oftalmologiyaning muhim tibbiy va ijtimoiy muammolaridan
biridir. Ushbu kasallikning tashxislash va davolashdagi ko’plab yutuqlarga qaramay,
u dunyo bo'ylab bemorlarning ko'rish qobiliyatini yo'qotishining asosiy sabablaridan biri
bo'lib qolmoqda. Bugungi kunga kelib, dunyoda glaukoma bilan og'rigan bemorlarning
umumiy soni taxminan 105 million kishini tashkil etgan va JSSTning taxminlariga ko'ra, 2030
yilga kelib u ikki baravar ko'payishi mumkin. Kasallikning aholi o’rtasida tarqalishi
bemorlarning yosh ko’rsatkichi ortishi bilan ko’payib boradi: 40–49 yoshdagi bemorlarning
0,1 foizida, 60 yoshdan 69 yoshgacha - 2,8 foizda, 80 yoshdan oshganlarda - 14,3 foiz hollarda
glaukoma uchraydi [2,3].
Glaukoma 40 yoshdan oshgan aholi qatlami o’rtasida ko’z kasalliklari sababli mehnatga
layoqatsizlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. JSST ma’lumotlariga ko’ra butun
dunyoda glaukomaning turli shakllari natijasida ko’r bemorlar soni 5.2 mln.ni tashkil qiladi.
Ko’zi ojiz bemorlar umumiy sonining 15% dan ko'prog'i glaukoma tufayli ko'rishni yo'qotgan
va bu ko’rsatkich bo’yicha kataraktadan keyin, ikkinchi o’rinni egallaydi.
Glaukomaning turli xil shakllari orasida 72-80%ni birlamchi ochiq burchakli glaukoma
(BOBG) tashkil etadi [1,2].
O'zbekistonda 40 yoshdan oshdan aholining glaukoma bilan kasallanish ko’rsatkichi 1,5 -
2,5% ni tashkil etadi. Barcha glaukomali bemorlarning 79,9% BOBG, 20,1%da YoBG
uchraydi. Yosh ortishi bilan BOBG ning tarqalishi mutanosib ravishda ortib boradi. 40 – 45
yoshli aholining 0,1%, 50 - 60 yoshda 1,5 - 2%, 75 va undan katta yoshdagilarda esa taxminan
10%ni tashkil etadi [1 ].
Hozirgi kunga qadar birlamchi ochiq burchakli glaukomani tashxislash tamoyillari va
glaukomali bemorlarni olib borish taktikasini tanlash sub'ektiv baholash usullarining
natijalariga (ko'z ichi bosimini o'lchash, ko’ruv nervi halqasi holatini va ko'rish maydonini
baholash) asoslangan. Perimetrik testlar ko'rish[4].


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

32

Birlamchi ochiq burchakli glaukoma bilan og'rigan bemorlarning kasallik xususiyatlarini
hisobga olgan holda (ko'pchilik bemorlarning mehnatga layoqatli yoshda ekanligi),
ularni reabilitatsiya qilishning eng muhim vazifalari bemorlarni jamoaga qaytarish, ish
faoliyatini tiklashga qaratilgan bo’lishi kerak. Glaukoma natijasida kelib chiqadigan nogironlik
muammolari, glaukoma bilan kasallangan bemorlarning o'z-o'zini parvarish qilish, turli
darajadagi ko'rish qobiliyatiga ega bemorlarning jamiyatda tutadigan o’rni va birlamchi ochiq
burchakli glaukoma bosqichini baholash mezonlari bugungi kunda bir qator mualliflar
tomonidan o'rganilgan [5].

Xulosa

. Bugungi kunda zamonaviy tibbiyot muammolaridan biri bo’lgan ochiq burchakli

glaukoma dunyo mamlakatlari orasida tezlik bilan rivojlanib va yosharib borayotgan
kasalliklar qatoriga kiradi, uning erta diagnostikasi esa kasallik keltirib chiqaradigan
asoratlarini bartaraf etishda muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

References:

1.

Kiryu J., Park M., Kobayashi H. et.al. Ultrasound biomicroscopy of the anterior Segment

of the eyes of Infants// J.Pediatr 1998. P.320-322.
2.

Twelker J.D.1., Mitchell G.L., Messer D.H. et al. Children’s Ocular Components and Age,

Gender, and Ethnicity// 2009. P.918-35
3.

Одилова, Г. Р., & Икромова, С. Б. (2021). Клинико-морфологические изменение

роговицы при сахарном диабете. обзор литературы. Academic research in educational
sciences, 2(6), 757-762.
4.

Одилова, Г. Р., & Бобоева, Р. Р. (2019). Патология глаз при хроническом вирусном

гепатите. Биология и интегративная медицина, (3 (31)), 59-66.
5.

Одилова, Г. Р., & Файзуллаев, Ф. С. (2024). Значение Ультробиомикроскопии При

Диагностике Открытоугольной Глаукомы В Ранних Стадиях.

International Journal Of

Science And Technology

,

1

(13), 65-72.

Библиографические ссылки

Kiryu J., Park M., Kobayashi H. et.al. Ultrasound biomicroscopy of the anterior Segment of the eyes of Infants// J.Pediatr 1998. P.320-322.

Twelker J.D.1., Mitchell G.L., Messer D.H. et al. Children’s Ocular Components and Age, Gender, and Ethnicity// 2009. P.918-35

Одилова, Г. Р., & Икромова, С. Б. (2021). Клинико-морфологические изменение роговицы при сахарном диабете. обзор литературы. Academic research in educational sciences, 2(6), 757-762.

Одилова, Г. Р., & Бобоева, Р. Р. (2019). Патология глаз при хроническом вирусном гепатите. Биология и интегративная медицина, (3 (31)), 59-66.

Одилова, Г. Р., & Файзуллаев, Ф. С. (2024). Значение Ультробиомикроскопии При Диагностике Открытоугольной Глаукомы В Ранних Стадиях. International Journal Of Science And Technology, 1(13), 65-72.