ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
4
O`ZBEK VA INGLIZ ADABIYOTIDA AYOL IFODASINING LINVO- MADANIY
TALQINI
Rasulova Inobat Ilkhomovna
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11112433
Istiqlol davri — о‘zbek adabiyotshunosligining xalqaro maydondagi о‘rni va nufuzini
oshirishni, hozirgi adabiy jarayon hodisalarini tanqidiy о‘rganish va о‘zlashtirishni, milliy-
madaniy merosimizni tadqiq etishni, bugungi globallashuv jarayonida qadriyatlarni anglash
zaruratining badiiy adabiyot mohiyatiga yanada chuqur kirib borishini, badiiy asarlarning
jahon adabiyoti rivojidagi munosib о‘rnini asoslashni va keyingi davr adabiyotiga kuchli taʼsir
о‘tkazgan ijodkorlar merosini о‘rganishni taqozo etmoqda. Shundan kelib chiqib, bugungi
madaniy-maʼrifiy sohalardagi islohotlar jarayoni о‘zbek adabiyotshunosligi oldiga ham qator
yangi vazifalar qо‘ymoqda. Xususan, adabiyot nazariyasi, poetika, nazm, xalqaro adabiy
aloqalar va adabiy taʼsir masalalari, mumtoz adabiyot tarixi, tarjimashunoslik, adabiy-estetik,
badiiy-falsafiy tafakkur takomili singari sohalarda ayol obrazini talqin etish va ifodalash
muammolari jahon va o’zbek ilm-fani uchun tadqiq manbaiga aylangan. Maʼlumki, har qanday
adabiyot о‘z g‘oya va personajlari bilan ajralib turadi. Shunga kо‘ra, barcha zamonlarda ayol
siymosiga, ayol xarakterini ochib berishga bag‘ishlangan asarlar yaratilgan. Bu esa ayolning
jamiyat va insoniyat hayotidagi о‘rni, ayol timsolining dolzarbligidan dalolat beradi. Аyol obrazi
hozirda turli fanlar va sanʼatning barcha turlarida (kino, teatr, haykaltaroshlik, rassomchilik,
raqs, badiiy adabiyot, sanʼatshunoslik, psixologiya) muhim muammo sifatida о‘rganilmoqda.
Аmmo bu boradagi ishlar bugungi kun ayolining ichki dunyosini, ijtimoiy-siyosiy faoliyatini,
onalik, bekalik kabi zalvorli majburiyatini, ularning gо‘zallik, aql va donishmandlik timsoli
sifatidagi qirralarini yetarli darajada ochib berishda ko’zlangan maqsadga erishilmayapti.
О‘zbek nasrida ayol obrazi talqini mumtoz va zamonaviy adabiyotda kо‘p uchraydi. XX asrning
dastlabki yillarida ayollar obrazlari mahorat bilan yoritilgan asarlar soni yanada oshdi va ular
orasida aynan nasriy janrda yozilgan asarlarni alohida kо‘rsatish mumkin. Misol uchun,
Kumushbibi, Zaynab (“О‘tkan kunlar”), Zebi (“Kecha va kunduz”), Unsin (“Dahshat”), Gulnor
(“Qutlug‘ qon”), Saida (“Sinchalak”) obrazlari о‘zbek nasrida yaratilgan ayol siymosi mohirlik
bilan ochib berilgan asarlar sirasiga kiradi. Zamonaviy adabiyotshunoslikda esa ayol obrazini
yoritishga qaratilgan asarlar juda kо‘p bо‘lmasa-da, lekin deyarli har bir asarlarda ayol
xarakterini, ayolning ichki kechinmalarini tо‘laqonli ochib beruvchi qahramonlar mavjud.
Adabiyot millat kо‘zgusidir. Har bir millat yoki mamlakat adabiyotini о‘qib kuzatar ekanmiz,
asardagi qahramonlar orqali о‘sha millat madaniyatini ham kо‘z oldimizga keltiramiz.
Qolaversa, belgilangan mavzular va umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlarga taʼsir qiladi.
Turli mualliflarning bu boradagi asarlari xalq og‘zaki ijodi bilan birgalikda har bir xalqning
keyingi avlodlari uchun adabiy meros sifatida xizmat qiladi (8, 44). Dunyoning turli xalqlari
madaniyatlari doimo bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib, adabiyot orqali ham madaniy, ham
maʼnaviy jihatdan boyib boradi va о‘ziga xosligi bilan ajralib turadigan, ayni paytda bir-birini
tо‘ldiradigan milliy adabiyotlar jahon adabiyotini tashkil etadi. Shunga kо‘ra, xalqlar adabiyoti
bir-biri bilan chambarchas bog‘lanib, tobora kо‘proq о‘zaro aloqada bо‘lish va о‘zaro taʼsirni
adabiy-tarixiy makonda о‘rganish jahon adabiyotshunosligining har tomonlama rivojlanishi
uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
5
Kuzatishlarimizdan maʼlum bо‘lishicha, hozirgi kungacha ingliz adabiyotining har bir adabiy
davrida ayol obrazi tasvirlangan kо‘plab asarlar yaratilgan. Xususan, Jeyn Ostinning “G‘urur va
andisha” asaridagi Elizabet Bennet xarakteri, Ayollarning tafakkuri, о‘ziga xos xususiyati,
chidam va bardoshi kabi xislatlari badiiy asarrida о‘z aksini topgan. Ularning yorqinligini, о‘ziga
xos shaxs ekanligini ifodalash bо‘yicha nafaqat adabiyot namoyandalari, balki har bir sanʼat ahli
turli nuqtai nazardan о‘z tadqiqotlarini olib borishgan. Аyol obrazini yaratishda asosan ayol va
jamiyat о‘rtasidagi munosabatning ifodalanishi, ayolning jamiyat qatlamlarida qanday tan
olinishi va uning jamiyatda, oiladagi о‘rnini tahlil qilgan holda ayol obrazining nasrda
tasvirlanishi kuzatiladi.
Ingliz va о‘zbek adabiyoti hamisha о‘zining g‘oyaviy mazmunining teranligi, hayot mazmun-
mohiyati masalalarini hal etishga tinimsiz intilishi, insonparvarlik munosabatlari,
tasvirlashning haqqoniyligi bilan ajralib turadi. Ingliz va о‘zbek yozuvchilari ayol obrazlarida
eng yaxshi xususiyatlarni ifodalashga intilishgan. О‘zining sodiq va mehribon qalbi, betakror
maʼnaviy gо‘zalligi bilan ajralib turadigan ayol obrazlari jahon badiiy adabiyotida turlicha
tasvirlangan. Ayol kо‘p qirrali xilqat bо‘lib vaqt о‘tishi bilan uning vazifalari kengayib, dunyoga
qarashi о‘zgargan bо‘lishidan qatʼiy nazar uning nozikligi, oilaparvarligi, mehribon ona kabi
xislatlari о‘zgarmasdan qolaveradi. Mustaqillik davri о‘zbek qissanavislari badiiy, adabiy ijodiy
tajribalarini tо‘plashda milliy qissachilikdan tashqari, dunyo qissachiligi tajribalarini
о‘zlashtirdi va milliy islomiy badiiy talqinlarga yuz burganini kо‘rsatdi. Adabiyotning bosh
qahramoni, bosh mavzusi ayoldir. Tо‘g‘ri, adabiyotlarda ota-onaga muhabbat, tabiat gо‘zalligi,
insof, farzand muhabbati, dushmanga nafrat kabi abadiy mavzular mavjud bо‘lib, ularning har
biri minglab xalqlarning adabiyotida tarannum etiladi. Ayollar mavzusini o’ganish ham
adabiyotshunoslikda tadqiq etilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar sirasiga kiradi.
References:
1.
Ahrorovna, N. N., & Marjona, M. (2021). Online — conferences platform, pp. 62–68,
available at: http://papers.onlineconferences.com/index.php/titfl/article/view/589
2.
Baxtin M., Voprosi literature i estetiki (Issue of Literature and Aesthetics), Moscow, 1975,
504 p.
3.
EshmatovaY.B. Istiqlol davri oʻzbek qissachiligida ayol ruhiyatining badiiy talqini
(Independence is an Artistic Interpretation of the Female Psyche in Uzbek Short Stories),
candidate’s thesis, Tashkent, 2020, 167 p.