ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
69
O‘QUVCHILARDA YOZMA NUTQNI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN
METOD VA USULLAR BAYONI
Olimova Barchinoy Orifjon qizi
Alisher Navoiy nomidagi
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15469221
Annotatsiya:
Maqolada o‘quvchilarda yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirishning
samarali usullari tahlil qilinib, ona tili darslarida yozma nutqni rivojlantirish faqat grammatik
bilimlar bilan cheklanmasligi, balki o‘quvchilarning erkin fikrlashi, mantiqiy izchillikda ifoda
qilish qobiliyatini ham o‘stirishi zarurligi asoslab beriladi.
Annotation:
The article analyzes effective methods for developing students’ written
communication skills. It substantiates the idea that enhancing written speech in mother
tongue lessons should not be limited to grammatical knowledge alone, but must also foster
students’ ability to think freely and express ideas with logical consistency.
Kalit so‘zlar:
Yozma nutqni shakllantirish, ona tili darslari, o‘quvchi faoliyati, kalit so‘z
metodi, fikr zanjiri, ijodiy fikrlash, mantiqiy izchillik, matn yaratish, nutqiy ko‘nikma, fikr
zanjiri, ijodiy yondashuv, matn tuzish, o‘qitish metodikasi
Keywords:
Development of written discourse, native language lessons, learner
engagement, key word method, thought chain technique, creative thinking, logical coherence,
text generation, speech competence, creative approach, text structuring, teaching
methodology.
O‘quvchilarda yozma nutqni shakllantirish — ularning tilga oid nazariy bilimlarini
amaliyotda qo‘llash, fikrni to‘g’ri, aniq, mantiqiy va izchil bayon eta olish malakasini
shakllantirish bilan bevosita bog’liq. Yozma nutq — bu mustaqil, barqaror, izchil fikrlash
mahsuli bo‘lib, o‘quvchining tafakkuri va nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda muhim
vositadir. Ona tili o‘qituvchisining vazifasi nafaqat grammatik me’yorlarni o‘rgatish, balki
o‘quvchini erkin fikrlashga, o‘z qarashlarini asosli ifoda etishga o‘rgatishdan iborat. Shu bois
yozma nutqqa o‘rgatishda zamonaviy, faol, o‘quvchini ishtirokga jalb qiladigan metodlar zarur
bo‘ladi. Shu e’tiboridan bugunki kun talablariga javob bera oladigan, o‘quvchini fikrlashga,
salohiyatini oshirishga undaydigan metodlar ishlab chiqishga harakat qildim.
O‘quvchilarda til qurilishiga oid o‘zlashtiriladigan amaliy bilimlarni fonetika, orfoepiya,
leksika, so‘z tarkibi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari,
stilistikaga oid tushunchalarni malaka talablarini rivojlantirish va takomillashtirishda esa ona
tili o‘qituvchisining o‘rni beqiyosdir. Bu xususida psixolog olim E.G’oziyev shunday deydi:
“O‘smirning to‘g’ri mantiqiy fikrlashini rivojlantirish borasida ona tili va adabiyot
o‘qituvchisining roli juda muhimdir. U hamma vaqt o‘quvchilarni to‘g’ri jumla tuzishga, ravon
mulohaza qilishga, fikr yuritishga, yozish o‘rgatib boradi”. Demak, nutqiy kompetensiyalarni
rivojlantirish jarayonida ona tili o‘qituvchisi kontekstli o‘qitish va zamonaviy yondashuvlar
asosida o‘quvchilarga mazmunan va grammatik jihatdan to‘g’ri jumla tuzishni, mustaqil fikr
yuritishni hamda o‘z fikr mulohazalarini og’zaki hamda yozma bayon qilishda olingan
bilimlarni amalda qo‘llay olishni o‘rgatib boradi. Ona tili nafaqat barcha fanlarni
o‘zlashtirishda, balki umuman, jamiyatda insonlarning o‘zaro munosabatga kirishishida –
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
70
muloqotning shakllanishida ham ahamiyatlidir. Ona tili darslarida milliy til - ona tilini
o‘qitishda har bir sinfda o‘quvchilar egallashi ko‘zda tutilgan nutqiy faoliyatning asosiy to‘rt
lisoniy ko‘nikmasini, ya’ni nutqni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish amallari
bo‘yicha talab etiladigan malaka va ko‘nikmalar me’yori rivojlantirilib boriladi Yozma nutq
xususiyatlari Ona tili ta’limida yozma nutq ustida ishlamasdan, faqat og'zaki nutqni o‘stirish
hosil bo‘lgan nutqiy ko‘nikmalarning mustahkam bo‘lmasligiga olib keladi. [ ]Bu fikrlardan
anglashiladiki, mustaqil fikr yuritish, insonlar bilan bevosita muloqot o‘rgangan bilimlarini o‘z
o‘rnida to‘g’ri qo‘llay olishida ona tili o‘qituvchisi va ona tili fanini o‘rni beqiyosdir.
Yozma nutq, gapirish kabi, produktiv faoliyat sanaladi. Biroq, ularning qator o‘xshash
jihatlari bo‘lsa-da, keskin farqlari ham bor, ular muloqotning og’zaki va yozma shakllarda
amalga oshirilishi bilan bog’liq.
Avvalambor, muloqotning yozma shaklida yaratilayotgan nutqqa tuzatish kirituvchi
omillar yo‘qligini ta’kidlash kerak. Xususan, suhbatdoshning bevosita reaksiyasi bo‘lmasligi,
yozayotgan shaxs nutq ohanglaridan foydalana olmasligi, shuningdek, og’zaki muloqot
shaklida muhim o‘rin tutadigan imo-ishoralar va yuz ifodasining berilmasligi, Yozma nutqni
o‘stirish - o‘quvchilarda o‘z fikrini muloqot ehtiyojlariga ko‘ra yozma ravishda to‘g’ri ifodalash
malakasini shakllantirish demakdir. Yozma nutq mustaqil shakllanmaydi, uni o‘zlashtirish
ta’lim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Biroq yozma nutq tinglab tushunish, o‘qib tushunish va
og’zaki nutq ko‘nikmalari bilan chambarchas bog’liq holda ularni rivojlantirish vositasi
bo‘lishi mumkin. Demak, yozma nutq og’zaki nutq singari mustaqil shakllanmas ekan, u
maktab ta’limida bosqichma-bosqich o‘zlashtiriladi.
Yozma nutq malakalarini hosil qilishning murakkabligi yozma nutq kengaytirilganlik,
erkinlik va boshgarilish xususiyatlariga sababi ham ularni ishga tushirish zarurati bilan
izohlanadi. Shuningdek, Yozma ravishda mustahkamlash nutg birliklari so‘zning orfografik va
grammatik shakllarini eslab olishga ko‘maklashadi. Yozma nutgning erkinligi shundaki,
yozayotgan shaxs zarur mazmun uchun mos til vositalarini mustaqil tarzda tanlaydi. Yozma
nutq kengaytirilgan, chunki muloqot ishtirokchilari o‘rtasida vositali aloqa boladi. Yozma
muloqotda hamma narsa batafsil tushuntirigan bo‘lishi kerak, chunki bunday muloqotda
ishtirokchilar noverbal muloqot vositalaridan foydalana olmaydilar. Yozma nutqni o‘stirish
uchun o‘qituvchi ta’lim maqsadlarini belgilab olishi zarur. Ta’lim maqsadlari o‘quvchilarning
yoshi, lingvistik bilimlari darajasi, ta’lim shakli va o‘rganilayotgan mavzu xususiyatiga ko‘ra
turlicha bo‘ladi.
Yozish nutqiy ko‘nikmasini shakllantirish o‘quvchilarda ifodalovchanlik, ijodkorlik va
mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Bolalarga yozishning turli shakllari
(matn, hikoya, insho, maqola, esse)ni o‘rgatish kerak. Faqat nazariy ma’lumotlarni berish
bilan cheklanmasdan, amaliy mashqlar va qiziqarli faoliyat orqali yo‘naltiruvchi,
rag’batlantiruvchi yondashuvni qo‘llash muhim. Bu nafaqat yozish ko‘nikmasi, balki umumiy
fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini ham rivojlantiradi. “Logo” usuli xuddi shu maqsadni
amalga oshirishda qoʻl keladi.
“Logotip” yunon tilidan olingan bo‘lib, “so‘z” va “belgi” degan ma’noni bildiradi. Undan
turli o‘rinlar: bannerlar, ijtimoiy tarmoqlar, gazeta va jurnallarda foydalaniladi. Istalgan
narsa, shaxs, joy va jarayonni tanitishda asosiy vosita logo-tip. Bu usulda o‘quvchilarga turli
xil rangsiz logotiplar tasviri tarqatiladi. O‘quvchilar avval ularni bo‘yashi, so‘ng darsda
o‘tilayotgan grammatik mavzu asosida yozma matn yaratishi kerak bo‘ladi. Bu qiziqarli usul
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
71
orqali yozish ko‘nikmasi rivojlantiriladi, shuningdek, tasviriy san’at fani bilan integratsiyaga
erishiladi, ijodkor o‘quvchilar aniqlanadi.
Quyida taqdim etilayotgan usullar — “Kalit so‘z” Metodi, “Model asosida yozish” (tayyor
andaza asosida qayta yozish)hamda “Fikr zanjiri” usuli — o‘quvchini faollikka, izchillikka,
mazmunli va ijodiy fikrlashga yo‘naltiradi.
1-metod: “Kalit so‘z” asosida matn tuzish
Maqsadi:
O‘quvchilarning tanlangan mavzu bo‘yicha asosiy tushunchani anglashini chuqurlashtirish,
erkin va lo‘nda fikr bildirish, so‘z boyligini kengaytirish.
Mohiyati:
Tanlangan kalit so‘zning har bir harfiga bog’liq holda, mavzuga oid kichik gaplar yoki
fikrlar tuziladi. Bu usul mavzuni yoritishda ijodiy yondashuvni talab qiladi.
Qo‘llash bosqichlari:
1.O‘quvchilar bilan birgalikda mavzuga mos kalit so‘z tanlanadi (masalan:
OILA,
DO‘STLIK
)
2.So‘zning har bir harfi ustun tarzida yoziladi.
3.Har bir harf asosida mazmunli jumla yoki ibora tuziladi.
Barcha fikrlar umumlashtirilib, yakuniy matn tahlil qilinadi.
Misol:
OILA
O
– Odamlari bir-biriga mehribon
I
– Ishonch ustiga qurilgan
L
– Lutf, sahovat va muhabbat bilan yashnaydigan jamiyat
A
– Aql va qalb uyg’unligida barhayot bo‘lgan maskan
Natijalar:
O‘quvchilarning ijodiy tafakkuri rivojlanadi. Kichik matn tuzish ko‘nikmasi shakllanadi.
So‘z va gapni to‘g’ri tanlash, qisqa ifodalash malakasi mustahkamlanadi
2-metod: “Fikr zanjiri” (hikoyani davom ettirish)
Maqsadi:
O‘quvchilarda mantiqiy bog’liqlikda hikoya tuzish, yozma nutq ko‘nikmasini rivojlantirish,
ijodiy fikrlash va jamoada ishlash qobiliyatini shakllantirish.
Mohiyati:
Berilgan boshlang’ich jumla asosida har bir o‘quvchi fikrni uzmasdan navbatma-navbat
davom ettirib, yakuniy hikoya tuzadi.
Bajarish bosqichlari:
1. O‘qituvchi mavzuga mos kirish jumlasini beradi (masalan: “Bir kuni maktabdan
qaytayotganimda g’aroyib hodisa sodir bo‘ldi”).
2. O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi yoki butun sinf bo‘ylab zanjir shaklida
ishlaydi.
3. Har bir o‘quvchi hikoyani bitta jumla bilan davom ettiradi, avvalgi jumla bilan
mantiqiy bog’liqlikni saqlaydi.
4. Belgilangan miqdordagi (masalan, 8-10) jumladan iborat hikoya tuziladi.
5. Guruhlar hikoyani taqdim etadi, birgalikda tahlil qilinadi.
Natijalar:
Mantiqiy fikrlash va bog’liqlikni saqlash malakasi shakllanadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
72
Yozma nutqda izchillik, mazmunlilik ortadi.
Jamoaviy ish, boshqalarning fikrini inobatga olish ko‘nikmasi rivojlanadi. Hikoya qilish
orqali ozaki nutqga tayyorlov ham amalga oshadi
3-metod “Model asosida yozish” (andazaviy qayta yozish)
Maqsadi:
O‘quvchilarning mavjud matn asosida izchil, asosli va ijodiy tarzda yozuv ishlarini
bajarishiga erishish, strukturaviy fikrlash va tasavvur doirasini kengaytirish.
Mohiyati:
Tayyor matn asosida o‘quvchi kontekstni o‘zgartiradi, rollarni almashtiradi yoki janrni
yangilaydi. Shu bilan birga, matn tarkibiy tuzilmasi saqlanadi.
Amalga oshirish usullari:
1. Kontekstni o‘zgartirish
Tayyor hikoya beriladi
O‘quvchidan so‘raladi: “Agar bu voqea boshqa joyda yoki zamonda sodir bo‘lsa, qanday
bo‘ladi
Masalan: “Sehrli qalpoqcha” sarguzashti o‘rniga “Robot bolaning Marsdagi sarguzashti”
2. Rol almashtirish
:
Matndagi qahramonlar o‘rnini o‘zgartirish: bolaning o‘rniga hayvon,
kattalarning o‘rniga o‘yinchoq va h.k.
3. Janrni almashtirish
Hikoyani she’rga aylantirish yoki aksincha.
Hikoyaga yangi qahramon qo‘shish.
Yakunni o‘zgartirish (fojiali tugatish, kulminatsiyani chuqurlashtirish)
Kutilayotgan natijalar.
Tahliliy va ijodiy fikrlash shakllanadi.
So‘z boyligi, sinonimlar va grammatik tuzilmalarni qo‘llash kuchayadi.
Yozma nutqda yangicha yondashuv paydo bo‘ladi
.
Strukturaviy fikrlash va kompozitsion tuzilmani saqlash malakasi mustahkamlanadi.
Yozma nutq o‘quvchining mustaqil fikrlash, izchil bayon, matn yaratish, tahlil va xulosa
chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Shu bois, yozma nutqqa o‘rgatishda faqat grammatik
bilimlar bilan cheklanmasdan, o‘quvchining tafakkurini faollashtiruvchi, erkin va ijodiy
fikrlashga undovchi metodlardan foydalanish zarur. “Kalit so‘z” va “Fikr zanjiri” kabi metodlar
bevosita o‘quvchini faol fikrlovchi subyektga aylantiradi, ularning yozma nutqdagi malaka va
ko‘nikmalarini samarali shakllantiradi. Ushbu metodlar o‘qituvchining darsdagi yondashuvini
boyitadi, o‘quvchini esa fikr bildiruvchi, muloqotga kirishuvchi, mustaqil ijodkor sifatida
tarbiyalaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Pardayeva G.J. Ona tili darslarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini
rivojlantirish. // Inter education & global study. 2024. №8. B.371-377.
2.
Gulshan Asilova. Nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish asoslari. 2024. B.92
3.
Komila Rajabova. Mo‘jaz tadqiqot metodi. Til va adabiyot ta’limi. 1/2025. B.26
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
73
4.
Абдуллаева, М. Х., Башарова, Г. Г., & Рахматова, О. К. (2019). Преимущества
индивидуального подхода в образовательном процессе. Проблемы современной науки
и образования, (12-1 (145)), 88-90.
5.
Kizi, K. G. S. (2023). A deep study of wael B hallaq’s explaining views of islamic law.
Asian Journal Of Multidimensional Research, 12(8), 7-10.