ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
68
MIOKARD REVASKULARİZATSIYASIDAN KEYIN KOMORBID PATOLOGIYA
FONIDA YUIKNING KECHISHI
Muxitdinova O.Yu.
Raimqulova N.R.
Toshkent pediatriya tibbiyot institute
https://doi.org/10.5281/zenodo.15469115
Dolzarblik
. Adabiyotlar ma`lumotlariga ko'ra, surunkali jigar kasalliklarining
tarqalganligi katta yoshdagi aholisi orasida, shu jumladan, AQShda ham ortib bormoqda.
Boshqa tomondan, surunkali jigar kasalliklari bilan og'rigan bemorlarda yurak ishemik
kasalligining tarqalganligi juda yuqori. YuIK va surunkali progressiv jigar shikastlanishi bilan
og'rigan bemorlarda aorto-koronar shuntlashdandan so'ng operatsiyadan keyingi o'lim va
kasallanish xavfi o`ta yuqoriligicha qolmoqda. Jigar shikastlanishi hamdosh bo'lgan YuIK bilan
og`rigan bemorlarda TOKA natijalari hali ham yaxshi o'rganilmagan.
Materiallar va usullar.
Biz zo`riqish stenokardiyasi kuzatilgan YuIK bilan og'rigan va
TOKA talab etilgan 85 nafar bemorni tekshirdik, bunda bemorlarning ma'lum bir qismida
jigar disfunktsiyasi aniqlandi. Birinchi guruhdagi barcha bemorlarda revaskulyarizatsiya bilan
teri orqali koronar aralashuv o'tkazildi. YuIK va zo`riqish stenokardiyasi hamda jigar
disfunktsiyasi kuzatilgan ikkinchi guruh bemorlarida standart medikamentoz terapiya
o`tkazildi. Ikkala guruhdagi bemorlarning klinik tavsifini tenglashtirish mumkin bo`lgan va
jinsi yoki keyingi keltirilgan xususiyatlar bo'yicha sezilarli farqlarni ko'rsatmadi, bu tanlangan
guruhlardagi bemorlarning reprezentativligidan darak beradi. Ma'lumotlarga statistik ishlov
beridi.
Natijalar.
Nobop oqibat xavfini baholashda komorbid fonni hisobga olish muhim.
Buning uchun biz Charlston komorbidlik indeksidan foydalandik, bu 1-guruhdagi bemorlarda
4 ballni tashkil etib, bu 53,39% ga teng 10 yillik omon qolish darajasiga mos keladi, 2-
guruhdagi bemorlar uchun Charlston komorbidlik indeksi 13 ballni tashkil etdi (10 yillik
omon qolish darajasi 0,00% ga teng), bu 2-guruh bemorlari uchun noqulay prognozni
tasdiqlaydi.
Taxminan 8 yillik kasallik tarixiga ega bo'lgan qand kasalligi bilan og'rigan bemorlar 6
oydan kam bo`lmagan muddat davomida glyukoza darajasini pasaytiradigan davo oldilar.
Ilgari miokard infarkti, MQAO`Bni o`tkazgan, shuningdek, ketokonazol, klaritromitsin,
simvastatin va lovastatin kabi kuchli CYP3A4 inhibitorlarini yuqori dozalarda olgan,
gipokoagulyatsiya, nazorat qilib bo`lmaydigan arterial gipertenziya (AB > 180/110 sim.ust.
mm), anamnezida kalla suyaklari ichiga qon ketishi, oshqozon-ichaklardan qon ketishi
kuzatilgan, tadqiqot boshlanishidan 2 oy oldin jarrohlik aralashuvlari o`tkazgan, terminal SBE
bo`lgan bemorlar istisno qilish mezonlari bo`lib xizmat qildilar.
Xulosa.
Shu tariqa, koronaroangiografiyani qo`llagan holda YuIK bo`lgan bemorlarni o'z
vaqtida aniqlash, so'ngra revaskulyarizatsiya o`tkazish YuIK bilan og'rigan bemorlarda xavfni
ahamiyatli darajada kamayishini ta`minlaydi. Jigarning funktsional parametrlarini baholashga,
YuIKning turli funktsional sinflari va turli xil hamdosh patologiyalar, shuningdek, koronar
oqim jaroxatlanishining turli variantlari bo'lgan bemorlarda xavfning tabaqalanishiga e'tibor
qaratish lozim. YuIK bilan og`rigan va jigar jaroxatlanishi kuzatilgan, ayniqsa TOKAni talab
qiladigan toifadagi bemorlarni boshqarish protokollari talab etiladi.