Авторы

  • Durdonaxon Abdubannopova
    Farg‘ona davlat universiteti chet tillari fakulteti filolgiya va tillarni òqitish ingliz tili yónalishi 22.157 guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.90347

Ключевые слова:

frazeologizm frazeologik birliklar sinonimiyasi antonimiyasi idioma maqol.

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tili frazeologik birliklarining o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi va farqi, ularni tarjima qilish shakllari qiyosiy jihatdan o‘rganilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

60

O‘ZBEK VA INGLIZ FRAZEOLOGIYASI TAHLILI

Abdubannopova Durdonaxon Alijon qizi

Farg‘ona davlat universiteti chet tillari fakulteti filolgiya va tillarni òqitish ingliz tili

yónalishi 22.157 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15464050

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tili frazeologik birliklarining o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi

va farqi, ularni tarjima qilish shakllari qiyosiy jihatdan o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

frazeologizm, frazeologik birliklar sinonimiyasi, antonimiyasi, idioma,

maqol.

ANALYSIS OF UZBEK AND ENGLISH PHRASEOLOGY

ABSTRACT

This article provides a comparative study of the interrelationships and differences

between the phraseological units of the Uzbek and English languages, as well as the forms of
their translation.

Keywords:

phraseology, synonymy of phraseological units, antonymy, idiom, proverb.


Bugungi kunga kelib zamanaviy tilshunoslikda Frazeologiya alohida o‘ringa ega. Bu soha

keyingi paytlarda rivojlanib va buning ustida ko‘plab ilmiy ishlar olib borilmoqda. Frazeologiya
iboralar haqidagi bilimdir. Iboralar, so‘z uyushmalari, erkin va turg‘un uyushmalar bo‘lib
frazeologiyada ular tuzilishi va ma'no jihatdan o‘rganiladi. Frazeologik birlik nutqqa daxldor
bo‘lgan birlik bo‘lib, birdan ortiq mustaqil leksema ko‘rinishidagi birikuvdan tashkil topgan
obrazli ma'noviy birlik hisoblanadi.: tepa sochi tikka bo‘ldi, boshi osmonga yetdi; to show the
right feather, to play the first fiddle. Barcha tillardagi frazeologik birikmalar, xususan ingliz
tilidagi frazeologik birikmalar ham, millatning donishmandligi ko‘rsatuvchi xalq ijodi sanaladi.
Ingliz tilidagi frazeologik birikmalarni kelib chiqishiga ko‘ra olimlar uchta katta guruhga
ajratadi:

1. Ingliz tilidagi ko‘hna frazeologik birikmalar
2. Boshqa tillardan o‘zlashtirilgan frazeologik birikmalar
3. Ingliz tilining amerika variantidan olingan frazeologik birikmalar
Frazeologik birliklar ingliz xalqining ko‘hna odatlari, tarixiy haqiqatlari, an'analari bilan

bevosita aloqador. Ko‘pgina frazeologik birikmalar ingliz xalqining an'analari va e'tiqodi,
Angliya tarixining biz bilgan va bilmagan tarixiy haqiqatlarini aks ettiradi. Ko‘plab ingliz
frazeologizmlari badiiy asarlardan, turli adabiyotlardan olingan va yozuvchilarning asarlari,
bolalar she'riyati, ertaklar va karikatura kabilar ularning kelib chiqish manbasi
sanaladi.Masalan ingliz yozuvchi Uillyam Shekspir ingliz lug‘atini boyitishga katta hissa
qo‘shgan. U yaratagan frazeologizmlar Bibliyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Hozir ulardan
ba'zilarini ko‘rib chiqamiz:

Cakes and ale - (s.s.) pirojnoye va pivo; tashvishsiz quvonch, hayotdan zavqlanmoq.
A fool's paradise - hayoldagi baxt, hayolot dunyosi.
Give the devil his due - dushmanga tan bermoq.
The green-eyed monster - (k.u.) yashil ko‘zli berahm odam; rashkchi.
Have an itching palm - poraxo‘rlik qilmoq; tamagir.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

61

Lay it on with a trowel - bo‘rttirib maqtamoq, haddan tashqari maqtamoq
Not to care a fig - hammaga birdek bo‘lmoq
That's got him - qilmish-qidirmish
There is a deer - ziyrak bo‘ling!
I am fed up with it! - jonga tegdi! Yetadi!
To have a go - sinab ko‘rmoq.
Shekspirdan tashqari yana ko‘plab ingliz yozuvchilar frazeologiya lug‘atini boyitishgan.

Ular: Jeffri Choser, Edmond Spenser, Tomas Braun, Volter Skott va hokazo. Odatlar, an'analar
va e'tiqodga aloqador frazeologizmlarming mualliflari noma'lum, ular qadimda-qadimda xalq
orasida shakllanib borgan. Bunday frazeologik biriklilar xalq ijodi namunalaridir.

Ular bir tildan ikkinchi tilga to‘g‘ridan to‘gri tarjima qilinmaydi, balki o‘sha tildagi

ekvivalalenti olinadi. Bunga sabab har bir xalqning urf-odatlari, qadriyatlari va an'analari
turlicha bo‘lganligidadir. Masalan: bite off more than one can chew - nonni katta tishlamoq,
kuchi yetmaydigan ishga chiranmoq, behuda urinmoq, ortiqcha chiranish bel chiqarar; Have a
bee in one^s bonnet - bo‘lmag‘ur fikrlar bilan boshini band qilmoq, Hold one^s head high -
boshini baland tutmoq; dance attendance on somediv - laganbardorlik qilmoq, biror kimsa
uchun yugurmoq, kimningdir xizmatiga doim tayyor bo‘lmoq, also ran - musobaqaning omadsiz
ishtirokchisi, omadsiz.

Musobaqalardan keyin e'lon aytilsa also ran so‘zlari bilan boshlangan.
Frazeologiya sohasini o‘rgangan tilshunos olimlardan biri bu A. Mamatov o‘zbek

frazeologik birikmalarini shakllanish jihatdan o‘rgangan holda 4 ta tasnifga ajratadi:

1. Shaxs faoliyati va psixikasi bilan bog‘liqligi jihatidan shakllangan frazeolgizmlar: ko‘ngli

ochiq, hafsalasi pir bo‘lmoq, yerga ursa ko‘kka sapchimoq va hokazo.

2. Kasb-korga bog‘liqligi jihatdan shakllangan frazeolgizmlar: bo‘zchining mokisidek.
3. Hayvonlarga xos obrazlar asosida shakllangan frazeologizmlar: oyog‘i kuygan

tovuqday, ammamning buzog‘iday, to‘ygan qo‘zi va hokazo.

4. Dinga bog‘liqligi jihatidan shakllangan frazeolgizmlar: xudo ko‘tarsin, payg‘ambar

hassasi bilan turgan singari.

Frazeologizmlarda ham leksemalarda bo‘lagani kabi sinonimlik, antonimlik, omonimlik

holatlari kuzatiladi. H.Jalmonxonovning fikriga ko‘ra bunday munosabat asosida frazeologik
sinonimiya va frazeologik anotinimya vujudga keladi.

Masalan og‘zi qulog‘ida va boshi osmonga yetdi frazeologik birliklari o‘zaro sinonim, har

ikkalasi ham quvonch va xursandchilikni bildiradi. Ko‘kka ko‘tarmoq va yer bilan bitta qilmoq
esa o‘zaro antonim birliklar sanaladi. To get the bit between one's teeth o‘zini tuta olmaslik To
take the bit between one's teeth o‘zidan ketmoq To nip in the bud ildizini quritmoq To check in
the bud ildizini quritmoq

To leave no stone unturned barcha imkoniyatlarni ishga solmoq To move heaven and

earth qo‘lidan kelganini qilmoq Bu frazeologizmlar o‘zaro sinonim hisoblanadi.

Ingliz tilida ham frazeologik birliklar nutqqa tayyor shaklda olib keladi, ularni boshqa so‘z

almashtirib bo‘lmaydi va bu nutqni yanada obrazli qilishga yordam beradi. Idiomalar ya'ni
barqaroq birikmalar nutqda hamma uchun tushunarli bo‘lgan va bevosita nutqda qo‘llash qulay
bo‘lgan birikmalardir. Xuddi o‘zbek tilidagidek ingliz tilida ham sinonim, antonim, omonim
iboralar talaygina. Misol uchun, a dark house -sirli va black ship- o‘zgalardan ajralib
turadigan,sirli ma'nolarini bildiruvchi bu ikki birikmalar bir-biriga sinonim bo‘la oladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

62

Ingliz idiomalari ham yuqoridagi kabi black ship, dark hourse kabilar hayvonlar guruhiga

mansub frazeologik birliklar hsoblanadi.Frazeologik birliklar nutqni yanayam chiroyli qiladi va
tilni boyitadi. Ularning kelib chiqishi, tarixi, nima asosida shakllanganligi to‘g‘risida ko‘plab
ingliz, rus, o‘zbek olimlar ilmiy ishlar olib borgan. Tilshunos ingliz olimi L.Graff frazeologik
birikmalar va ularning uslubiy bog‘lanishidagi farqini tavsiflab bergan. Va u breakfast so‘z ham
to break fast turg‘un birikmasidan kelib chiqqanini aytadi.

O‘zbek tilida ham bo‘lgani kabi ingliz tilida boshqa tildan kirib kelgan so‘zlar, iboralar va

idiomalar bir talay. Ayniqsa fransuz va lotin tillaridan ko‘plab frazeogizmlar o‘zlashtirilgan.
Bundan tashqari yunon, ispan, italyan va yana boshqa tillardan ham kirib kelganlari mavjud.

O‘zlashtirilgan frazaeologik birikmalar o‘zida kitobiylikni namoyon etadi. Frazeologik

birkimalar ham bir necha shaklda o‘zlashtiriladi: so‘zma-so‘z o‘zlashtirish masalan, make
believe- mug‘ombirlik qilmoq: biroz o‘zgartirish kiritgan holda, bir qismini o‘zgartirib, bir
qismini tarjima qilish (a propos (yoki apropos) of nothing - hech narsadan hech narsayo^q,
bekordan bekorga) kabi. O‘zbek va ingliz tillarida so‘zma-so‘z tarjima qilinadigan va bir-biriga
bevosita to‘g‘ri keladigan frazeologizmlar ko‘p uchraydi. Masalan, to play with fire-o‘t bilan
o‘ynashmoq, first think, then speak-avval o‘yla, keyin so‘yla kabi. Frazeologik birikmalarni
tarjima qilishda asosiy qiyinchiliklardan biri shundaki, lug‘atlarning hech biri matnda
frazeologik birikmalarning rang-barangligini ko‘rsata olmaydi.

Maqollar ham frazeologik birikmalarga aloqador sanaladi ya'ni u ham ham frazeologik

birikmalarning bir turi. Ular xuddi frazeologizmlar kabi nutqqa to‘g‘ridan to‘gri olib kelinadi va
tarjima jarayonida uning boshqa tildagi ekvivalenti olinadi.

Masalan, no pains, no gains (og‘riq yo‘q - yutuq yo‘q), A friend in need is a friend indeed

(Muhtojlikdagi do‘st - haqiqiy do‘st) Do‘ st kulfatda bilinar.

Maqollar ham o‘zaro sinonim, antonym, omonim bo‘la olish xususiyatiga egadir. Maqollar

bir-biri bilan sinonim bo‘lishi mumkin: Make hay while the sun shines. Strike the iron while it
is hot.

After rain comes sunshine - yomg‘irdan so‘ng quyosh chiqadi
A bird may be known by its song- qushning qandayligini sayrashidan bilish mumkin
A honey tongue, a heart of gull- tili asal, yuragi zahar
A word of spoken is past recalling-aytilgan so‘z, otilgan o‘q
After death the doctor- o‘limdan keyin doktor, to‘ydan keyin nog‘ora
As you brew, so you must drink-nimani qaynatsang(damlasang) shuni ichasan
Xulosa o‘rnida, har bir til frazeologizmlar bilan rang-barang va boydir. Ularni kundalik

hayotda qo‘llash nutqimizni yanayam chiroyli va ravon qiladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan
frazeologik birikmalarning tahlilidan shunday deyish mumkinki, Frazeologiyani
tilshunoslikning bir bo‘limi sifatida emas, mustaqil fan tariqasida o‘rganilishi kerak.

Frazeologik birliklarni nutqda qo‘llab, ularni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib, to‘g‘ri

qo‘llashga alohida e'tibor zarur. Bu birliklar nutqqa yoxud badiiy matnga emotsional-
ekspressivlik hamda obrazlilik baxsh etishdan tashqari tilning naqadar lug‘at imkoniyatlari
ko‘pligini belgilab beradi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

63

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ginsburg R.S. A Course in Modern English Lexicology. M., 1979

2.

Johnathan Swift. Polite Conversation. M., 2005.

3.

Little W. The Shorter Oxford Dictionary, Clementon. Press 1933.

4.

Mednikova E.M.. Seminars in English Lexicology. M., 1978. 30.

5.

Mirzayev M., Usmonov S.. Ozbek tili. T., —Oqituvchill, 1978.

6.

Парпиева, М. М., Исраилова, С. М., & Мадумарова, М. Д. (2019). Преимущества

применения ИКТ (информационно-коммуникационных технологий) на уроках русского
языка.

Наука, техника и образование

, (5 (58)), 90-92.

7.

Nazaraliyeva, M. A., & Saydaliyeva, M. U. (2020). Developing reading skill in using

integrated skills.

Вестник педагогики: наука и практика

, (51), 133-134.

8.

Mamatov A. Antonimiya asosida frazeologik shakllanish masalalari. // O‘zbek tili va

adabiyoti. O‘zFAN., T., 1998

Библиографические ссылки

Ginsburg R.S. A Course in Modern English Lexicology. M., 1979

Johnathan Swift. Polite Conversation. M., 2005.

Little W. The Shorter Oxford Dictionary, Clementon. Press 1933.

Mednikova E.M.. Seminars in English Lexicology. M., 1978. 30.

Mirzayev M., Usmonov S.. Ozbek tili. T., —Oqituvchill, 1978.

Парпиева, М. М., Исраилова, С. М., & Мадумарова, М. Д. (2019). Преимущества применения ИКТ (информационно-коммуникационных технологий) на уроках русского языка. Наука, техника и образование, (5 (58)), 90-92.

Nazaraliyeva, M. A., & Saydaliyeva, M. U. (2020). Developing reading skill in using integrated skills. Вестник педагогики: наука и практика, (51), 133-134.

Mamatov A. Antonimiya asosida frazeologik shakllanish masalalari. // O‘zbek tili va adabiyoti. O‘zFAN., T., 1998